Microsoft Word Majburiy fanlar uchun 1 son javobli


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/48
Sana16.04.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1361064
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   48
Bog'liq
Majburiy fanlar uchun 1 son javobli

Majburiy fan. Ona tili. Variant-52 
1. Qaysi javobda otlarning kichraytirish shaklini hosil qiluvchi 
va so‘z yasovchi qo‘shimchalar shakldoshligiga misollar 
berilgan?
A) bolaginam – Karimgina B) Olimaxon - she’rxon
C) toychoq-o‘yinchoq D) o‘yinchoq – ovunchoq
2. Ham sinonimi, ham antonimi, ham omonimi, ham paronimi 
mavjud soʻzni aniqlang. 
A) dars B) yot C) urush D) unim
3. Olmosh ishtirok etgan gapni toping.


Majburiy ona tili testlari O’qituvchi: Izzatillayev Zayniddin 
33 
A) Bu maskan Umidning shodligini ham, kulfatini ham, 
muhabbatini ham ko‘rgani ma’lum.
B) Bolalar olma terish uchun dalaga chiqa boshladilar.
C) Tansiq qoramag‘iz, chayir yigit bilan qadrdonlashib ketgan. 
D) Boshqa xonaga bolalar uxlash uchun kirdi.
4. Qo‘rq... do‘st yovuz dushman... yomon. Ushbu gapdagi 
nuqtalar o‘rnida qo‘llanilishi kerak bo‘lgan qo‘shimchalarni 
tiklang. Ular haqidagi to‘g‘ri fikrni toping.
A) so‘z yasovchi qo‘shimcha
B) so‘z yasovchi va lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimcha
C) lug‘aviy shakl yasovchi va sintaktik shakl yasovchi 
qo‘shimcha
D) so‘z yasovchi va sintaktik shakl yasovchi qo‘shimcha
5. Qaysi javobdagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zda metafora usuli 
orqali ma’no ko‘chishi yuz bergan?
A) Olma archayotganda qo‘lini kesib oldi.
B) Negadir ishtaham qochib ketdi.
C) Dasturxonga qarang, ona qizim, noz- ne’matlardan yeb 
o‘tiring.
D) Bu maxfiy sirni ishonchli og‘iz orqali yetkazing.
6. Qaysi gapda paronim juftiga ega daraja-miqdor ravishi 
ishtirok etgan?
A) Yaxshiligingiz sira-sira yerda qolmaydi.
B) Qaddini rostlab, eshikni uzoq taqillatdi.
C) Bo‘ying sal cho‘zilsin, bironta duradgor usta topilsa, 
shogirdlikka topshirardim.
D) U aravani Nuriddin minganini ko‘rib, xiyla yengil tortdi.
7. Qaysi qatordagi ibora shakldosh xarakterga ega?
A) ko‘z yummoq B) aql gimnastikasi
C) kapalagi uchmoq D) tepa sochi tikka bo‘lmoq
8. O‘z ruhing bilan ziddiyatga bormaslikning yagona yo‘li 
foydali mexnatdir. Ushbu gapda imloviy jihatdan xato yozilgan 
so‘z qaysi gap bo‘lagi vazifasida kelgan?
A) aniqlovchi B) to‘ldiruvchi C) hol D) kesim
9. Tarkibida sof ko‘makchi qatnashgan gapni aniqlang.
A) O‘rtancha botir voqeani aytib, nishona uchun tasmani o‘rtaga 
tashladi.
B) Qish o‘tib, yana Samarqand tomon yo‘limiz tushdi.
C) «Yomonlar qoshida yalinish yaxshilar ishi emas», - dedi 
shunda otam.
D) Ertalabki choydan keyin biroz hangomalashgach, hammamiz 
yo‘lga otlandik.
10. Qaysi javobda berilgan so‘zlar juftligi o‘zaro ma’nodosh 
emas?
A) chopmoq - yelmoq B) husn - go‘zal
C) ayyor - makkor D) epchil – abjir
11. Qaysi javobda “maqsadga erishishning uzoq muddatli rejasi; 
ijtimoiy-siyosiy hayotni taraqqiy qildirishni, shuningdek, 
boshqaruvni uzoq muddatli, to‘g‘ri va istiqbolli rejalashtirish” 
ma’nosini beruvchi atama berilgan?
A) menejer B) parlament C) strategiya D) brifing
12. Qaysi gapda tire tinish belgisi tushirib qoldirilgan?
A) Na qor, na yomg‘ir, na to‘fon va na bo‘ron hech narsa 
dovyuraklarni qo‘rqita olmadi.
B) Shunday odamlar borki kelajakni oldindan bashorat qila 
oladilar.
C) Mening opam ham tajribali shifokor.
D) Ehtimol, sizda ham shunday hollar bo‘lgandir tun yarmidan 
og‘ganda birdan uyg‘onib ketasiz.
13. Qaysi javobda faqat teng bog‘lovchilar berilgan?
A) bir ... bir, va, toki, ya’ni B) lekin, yoki, goh...goh, hamda
C) chunki, ammo, hamda, na ... na
D) bilan, yo ... yo, na ... na, agar
14. Qaysi javobda so‘zlarning teng bog‘lanishi (so‘z qo‘shilmasi) 
ishtirok etgan?
A) Hech bir xalq dalada ishlash doston yozishdek shonli ish 
ekanligini anglab yetmaguncha yuksalmaydi.
B) Baxt yalqovga begona.
C) Betashvish bosh qayda, mehnatsiz osh qayda?
D) Olimlar orasidagi hasad bilan ko‘rolmaslik jamiyat uchun 
ofatdir.
15. Ikkinchi qo‘shimchasi so‘z yasovchi bo‘lgan so‘zni toping. 
A) bo‘lmasa B) aqlimizga C) muzlatgich D) o‘zicha

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling