Microsoft Word maq togay murod ziyouz com doc


- Tog‘ay Murod ijodi bor bo‘yi bilan haqiqiy o‘zbek kishisi xarakterini yaratishga


Download 138.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/20
Sana03.02.2023
Hajmi138.64 Kb.
#1150565
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Bog'liq
Dilmurod Quronov va b. Tog\'ay Murod xirgoyilari

- Tog‘ay Murod ijodi bor bo‘yi bilan haqiqiy o‘zbek kishisi xarakterini yaratishga 
qaratilgan. Uning oxirgi e'lon qilingan asari "Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi" romanidagina 
mana shu xususiyat bir oz xiralashgandek tuyulmaydimi sizga? Roman qahramonlari - 
shaharlashgan, o‘z ildizidan bir oz uzoqlashib, umumiy qiyofaga singib borayotgan 
odamlar. Balki adib millatimiz kishilaridagi shunday qiyofali shaxslarni 
gavdalantirmoqchi bo‘lgandir. Lekin bu millatdoshlarimizni ham o‘zini tutishiyu ba'zi 
odatlaridan tanib olish qiyin kechmaydi... Darvoqe, yozuvchining ikkinchi romani 
adabiyotshunoslikda o‘zining munosib bahosini olmadi, nazarimda. U yer-bu yerda 
qisman muhokama qilingandek bo‘ldi. 
- Avvalambor, shuni ta'kidlash joizki, hech qaysi bir adibning barcha asarlari bir yo‘sinda, bir 
uslubdagina yozilmaydi. Qahramon va xarakterlarning namoyon bo‘lishini belgilovchi badiiyatning 
iqlimi bir xildangina iborat bo‘lib qolmaydi. Tog‘ay Murod ham, uning so‘nggi romani ham bundan 
istisno emas. "Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi" romanida u avvalgi asarida boshlangan badiiy niyatlarini 


Tog’ay Murod xirgoyilari 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
12
yanada chuqurlashtiradi. Adib bu asarida g‘oyalarga aldanib, umri sarobga aylangan inson fojiasini 
ko‘rsatishga harakat qildi. Yozuvchi o‘z qahramonlarini, bir qaraganda, go‘yo fosh etayotgandek, hajv 
qilayotgandek tuyuladi. Lekin jiddiyroq nazar tashlasangiz, ijodkorning maqsadi ularni hajv etishdan 
iborat emas, balki aniq va tiniq aks ettirish ekani ko‘rinadi. Biz esa, yozuvchi uslubi va mahoratidan 
kelib chiqib, goh qah-qah uramiz, goh dahshatga tushamiz. Xoh badiiy qiymati, xoh g‘oyaviy maqsadi 
jihatidan olaylik, "Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi" Tog‘ay Murodning boshqa asarlaridan kam emas. Kezi 
kelganda, shuni ham ta'kidlash kerakki, Tog‘ay Murod bu asarining ba'zi joylarida unchalik chuqur 
ketmagan, ko‘rinib turgan imkoniyatlardan foydalanmagani xayron qoldiradi odamni. Biz o‘qigan 
nusxa romanning qisqartirilgan varianti emasmikin, degan fikrga boradi kishi. "Bu dunyoda o‘lib 
bo‘lmaydi" asari atroflicha o‘rganilib, kelajakda unga ba'zi oydinliklar kiritilar balki. Umuman, Tog‘ay 
Murod ijodi shu kungacha asosan mavzu yo‘nalishi e'tibori bilan o‘rganilmoqda. Uning o‘ziga xos 
uslubi e'tirof etilayapti-yu, lekin bu uslubning betakrorligi, mahorat jozibalari nimalarda ekanini 
chuqurroq tadqiq etish oldimizdagi muhim vazifa bo‘lib turibdi. Tog‘lar uzoqdan aniq va go‘zalroq 
ko‘ringani kabi vaqt o‘tgan sayin Tog‘ay Murod ijodi ham o‘zining haqiqiy bahosini oladi.

Download 138.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling