Microsoft Word Материал резина lotin
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Материал резина lotin 02.03.2021
Oltingugurt. S - turli allatrop shaklda namoyon bo‘ladi. Sariq kristalli
rombik tizimga ega bo‘lgan a - shaklli yoki rombik oltingugurt eng turg‘un shakli hisoblanadi. Rombik Oltingugurt S kauchukda yaxshi eruvchan bo‘lib, suyuqlanish harorati 112,8 о C, zichligi 2,07 g/sm 3 . Eritilgan oltingugurt sekin eritilganda - shakl-monoklin oltingugurt hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan oltingugurt to‘q sariq ignasimon bo‘lib, suyuqlanish harorati 119 o С va zichligi 1960 kg/m 3 . Ushbu oltingugurt shakli 96 o C bebarqaror bo‘lib, saqlanish vaqtida rombik oltingugurtga oylanadi. Tez sovutilganda esa amorf holatga o‘tadi. Oltingugurt “S” molekulasi halqa shakldagi sakkizta atomdan iborat. Oltingugurtning S-S o‘rtacha bog‘ energiyasi 243-260 kDj/mol ga tengdir. Vulkanlanish jarayonida oltingugurt kauchukga birikib boradi. Quyidagi eksperimental ko‘rsatkichlar oltingugurtni kauchuk bilan kimyoviy birikishini ko‘rsatadi: 99 1. ekstragirovaniya usuli bilan xam kimyoviy bog‘langan oltingugurtni kauchukdan ajratib bo‘lmaydi. 2. vulkanizatsiya jarayonida qo‘shib olingan oltingugurt miqdoriga teng issiqlik ajralib chiqadi. 3. vulkanizatsiya harorati koeffitsienti kimyoviy reaksiya tezligini issiqlik koffitsientiga tengligiga yaqin qiladi, haroratni 10 o С ga ko‘tarilib borsa vulkanlanish tezligi taxmina ikki barobariga ortadi. Vulkanlantiruvchi moddalarga quyidagilar qiradi: - oltingugurt, - organik polisulfidlar, - diaminlar - organik peroksidlar, (PB, perekis dikumila, perekis di-tretbutila) - diazobirikmalar, (DAK, diazoaminobenzol) Oltingugurtni xamma miqdori vulkanizatsiyada qo‘shilmaydi, oltingugurtning ayrim miqdori bosh holatda qoladi va uni vulkanizatdan atsetonli ekstraksiya usuli bilan ajratib olish mumkin. SHunga qarab vulkanizatdagi oltingugurt miqdori bog‘langan va bosh holatga ajratiladi. Bosh va bog‘langan oltingugurt yig‘indisi umumiy oltingugurt deyiladi. S um = S erkin + S bog‘ Kauchukning makromolekulalari orasida ko‘ndalang oltingugurt bog‘lanishlar hosil bo‘ladi, shuning uchun vulkanizatsiyaga uch o‘lchamli tuzilish xususiyatga ega. Vulkanizatsiyada oltingugurt kauchukga birikish jarayoni tugayotganida kauchukning fizik-mexanik xossalari o‘zgarib boradi. Vulkanizatsiya darajasini aniqlash uchun vulkanlanish koeffitsienti kiritilgan. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling