Microsoft Word Материал резина lotin


Siloksan kauchuklarining qo‘llanilishi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/87
Sana28.10.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1732304
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   87
Bog'liq
Материал резина lotin 02.03.2021

Siloksan kauchuklarining qo‘llanilishi. Siloksan kauchugi asosidagi 
rezinalardan tayyorlangan buyumlar sanoatning turli sohalarida keng qo‘llaniladi, 
jumladan, tibbiy va boshqa maqsaddagi buyumlar uchun. 
Radiotexnika, elektronika va kabel sanoatida qattiq siloksan kauchugi 
asosidagi rezinalar, generatorlar, motorlar va kabel simlarini izolyasialash uchun 
qo‘llaniladi. Asbobsozlikda ular aniq o‘lchovchi uskunalarni tebranish 
(vibratsiya)dan himoya qilish uchun amortizator sifatida qo‘llaniladi. 
Siloksan kauchugining yuqori dielektrik hossasi, termo va sovuq 
bardoshligi, gidrofobligi o‘ta juda og‘ir sharoitda ishlovchi uskunalar kabel va 
simlarini himoya qilishda qo‘llaniladi.
Xlorda qotuvchi suyuq siloksan polimerlari turli qolip quyuvchi, 
germetiklovchi materiallar asosi bo‘lib, detall va murakkab konfiguratsiyali 
profillarni issiqdan, namdan, tebranishdan himoyalovchi asosiy material 
hisoblanadi. 
Kemasozik, aviasozlik, avtomobilsozlik va boshqa sanoat tarmoqlarida 
siloksan asosidagi rezinalar tebranishdan himoyalovchi prokladkalar, diafragmalar, 
halqalar, havo tuynuklari, muzlashdan himoyalovchi va murakkab iqlim sharoitida 
ishlovchi detallar tayyorlashda qo‘llaniladi.
Siloksan kauchugi asosidagi rezinalardan sovuqbardosh prokladkalar, 
amortizatorlar, sovutkichlar texnikasi va koinot(kosmos) texnikasida qo‘llaniladi.  
Uretan kauchuklar. Ishlov berish usuliga ko‘ra uretan kauchuk 
quyiladigan(reaksion qobiliyatli suyuq xolatdagi aralashmalarni ochiq yoki yopiq 
qoliplarga quyish) kachuklar va valslanib ishlov beriladigan kauchuklarga 
bo‘linadi.
Quyiladigan uretan kauchuklar. Hozirzi zamon rezina sanoati qattiq 
kauchuklarni qayta ishlashga asoslangan bo‘lib energiya sarfi, ko‘p bosqichligi va 
yuqori mexnat sarfi bilan xarakterlanadi. Rezina sanoatini rivojlantirishning 
samarali yo‘llaridan biri rezina texnik buyumlar tayyorlashda keyinchalik 
qotadigan suyuq kauchuklardan foydalanishdir. Bunga misol uretan kauchugi 


165 
asosidagi rezina texnik buyumlar tayyorlashdir. Bu usuldagi RTB olishda qoliplar 
alyumin qotishmalardan yoki ayrim xollarda plastmassalardan ham tayyorlanishi 
mumkinki, bu boshlangich sarf xarajatlarni kamaytiradi.
GFR si “Bayer” firmasining turli agresiv va mexanik sharoitlarga bardosh 
Vulkollan materiali quyish bilan buyum olishga misol bo‘la oladi.
Quyish usuli bilan ko‘p buyumlar, jumladan avtomobil, temir yo‘l 
transporti, tog‘ kon sanoati, mashinasozlik, metallurgiya, engil sanoat va sport 
buyumlarida foydalanish mumkin.
Bundan tashqari ayrim bemor insonga protezlar tayorlashda, changi botinkalari 
tayyorlashda , qurilmalarga qoplama sifatida xam qo‘llaniladi.


166 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling