Microsoft Word Материал резина lotin
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Материал резина lotin 02.03.2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Polifosfazen kauchuklari va ftor saqlovchi nitrozoelastomerlar
- Ftorsaqlovchi nitrozoelastomerlari
Akrilat kauchuklari
Akrilat kauchuklar asosidagi rezinalar turli avtomobil moylari bilan ta’sirlashadigan buyum va detallarda qo‘llaniladi. Bu kabi moylarda 150 о С haroratda uzoq muddat elastikligi va ish qobiliyatini saqlab qoladi. Ayni holatda butadien-nitril kauchuklar asosidagi rezinalar 1 sutkadan keyin sinuvchan holatga keladi. Akril kauchuklar (AK) asosan avtomobil sanoatida turli 171 zichlovchi xalqalar, trubka- naychalar, turli prokladkalar va boshqalar tayyorlashda qo‘llaniladi. Polifosfazen kauchuklari va ftor saqlovchi nitrozoelastomerlar Polifosfazen elastomerlari o‘ta noyob hisoblanadi. Polifosfazenlar- poluneorganik elastomerlar birinchi turi bo‘lib polisiloksanlardan keyin yaratilgan. Ularning farqli jihatlari asosiy zanjirda azot atomi bilan bog‘langan fosfor atomi mavjudligi. Fosfor o‘rindoshlarini o‘zgartirish yo‘li bilan polimer xossalarini boshqarish mumkin. Polifosfazen elastomerlari- kam qo‘llaniladigan tor maqsaddagi polimerlar bo‘lib, harbiy, aerokosmik, neft – gaz, mashinasozligida, tibbiyotda, energetika sanoatida mas’uliyatli muhim detallar tayyorlashda qo‘llaniladi. Ftorsaqlovchi nitrozoelastomerlari Nitrozoelastomerlari- triftornitrozometan CF 3 NO bilan tetraftoretilenning C 2 F 4 ekvimol nisbatdagi sopolimerizatsiyasi orqali olinadi. Bu polimer chiziqli strukturaga ega. 200 o С haroratda 20 soat qizdirilganda massasi o‘zgarmas bo‘lib, polimer shaffof va yonmaydi. Bu turdagi polimerdagi vulkanlash sistemasi trietilentetramin va geksametilendiaminokarbamatning kombinatsiyasi hisoblanadi. Nitrozoelastomerlar o‘ta yuqori kimyoviy turg‘unligi bilan ftor kauchuklaridan ustun. 172 TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR Qo‘llanilishi, texnologik xossalari, fizik-mexanik xossalari, sanoat tarmoqlari, qo‘llanilish sharoitlari TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR 1. Sanoat tarmoqlarini rezina texnik buyumlariga bo‘lgan talab. 2. RTB qanday ekspluatatsion sharoitlarda qo‘llaniladi. 3. Maxsus maxsaddagi kauchuklarning qo‘llanish imkoniyatlari. 4. Kauchuklarni turli tijorat va texnik nomlari. 5. Turli mqsadlarda ishlab chiqaruvchi kauchuklarning firma va kompaniyalar. 6. Umum maqsaddagi kauchuklarning qo‘llanish imkoniyatlari. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling