Microsoft Word Материал резина lotin


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/87
Sana28.10.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1732304
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   87
Bog'liq
Материал резина lotin 02.03.2021

Ksantogenatlar. Ksantogenatlarglerod sulfidni ishqor ishtirokida spirt bilan 
ta’sirlashishi natijasida olinadi. Ular juda faol tezlashtirgichlar bo‘lib, xona haroratida 
ham vulkanlanish qobiliyatiga ega, ammo ular saqlashga beqaror. Ularni ichida rux 
butilksantogenat (BS ksantogen) bo‘lib, oq poroshok bo‘lib, zichligi 1400-1500 
kg/m
3
, suyuqlanish harorati 110
o
C, asta- sekin saqlash mobaynida parchalanadi.
Ular aminlar bilan aktivlanadi. Ularni sanoatda o‘z -o‘zidan vulkanlovchi 
kleylar uchun qo‘llaniladi. 
Aldegidaminlar. Ushbu turdagi tezlashtirgichlar boshqa klassdagi 
tezlashtirgichlarga mansub bo‘lib, yog‘ aldegidlarini aromatik yoki alifatik aminlar 
bilan kondensatsiyalanishi orqali olinadi. Aksariyat hollarda bu turdagi 
tezlashtirgichlar anilin yoki ularni gomologini aldegidlar (formaldegi, sirka, moy, 
geptil kabilar) bilan kondensatsiya mahsulotidir. Ular o‘rtacha faol tezlashtirgichlarga 
mansub bo‘lib, rezinalarda podvulkanlanishni hosil qilmaydi. Rezina aralashmasida 


119 
ularni miqdori 5 mass.q gacha bo‘ladi (oltingugurt miqdori 3 mass q. bo‘lganda). Ular 
issiqlik ta’sirida qarishi, cho‘zilishdagi kuchlanish va mustaxkamlikni ta’minlaydi. 
SHuning uchun ularni issiqbardosh rezina olishda ko‘proq qo‘llanilib kelinadi. Rangli 
rezina mahsuloti olishda qo‘llanilmaydi, bunga sabab vulkanizatlarni to‘qlashtirib 
yuboradi [12]. 
Tezlashtirgichlarni to‘g‘ri tanlash rezina sifati, xossalari va tannarxiga ta’sir 
ko‘rsatadi.
TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR 
Tezlashtirgichlar, vulkanlash kinetikasi, vulkanlash tezligi, turlari, xossalari 
TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR 
1. Tezlashtirgichlarning vulkanlash jarayonidagi axamiyati. 
2. Vulkanlash tezlashtirgichlarining turlari, vazifalari 
3. Tiozol guruxi tezlashtirgichlarning turlari, xossalari va qo‘llanilishi. 
4. Tiuram guruhi tezlashtirgichlarining turlari, xossalari va qo‘llanilishi.
5. Sulfenamid guruhi tezlashtirgichlarining turlari, xossalari va qo‘llanilishi.
6. Guanidin guruhi tezlashtirgichlarining turlari, xossalari va qo‘llanilishi.
7. Ksantagenat guruhi tezlashtirgichlarining turlari, xossalari va qo‘llanilishi.
8. Tezlashtirgichlarning ta’sir qilish mexanizmiga ko‘ra turlari. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling