Microsoft Word matn muharriri va unda hujjatlar bilan ishlash


Download 0.53 Mb.
bet1/9
Sana21.09.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1683840
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Microsoft Word matn muharriri va unda hujjatlar bilan ishlash


Mavzu: Kompyuterda matn yozishda turli xil o'lchov va ko'rinishdagi shriftlardan foydalanish.


REJA:



  1. MS Word muharriri, uning oynalari, menyulari, chizg’ichlari va ish sohasi haqida ma’lumot.

  2. Asboblar paneli. Sichqonchadan unumli foydalanish usullari. Hujjatni tahrirlash.

  3. Word matn muharririda murakkab matnlar va jadvallar tayyorlash

  4. Word matn muharririning menyular satri

  5. Word matn muharriri tezkor tugmalari bilan tanishish.



MS Word muharriri, uning oynalari, menyulari, chizg’ichlari
va ish sohasi haqida ma’lumot.
Bizga ma’lumki, oldingi mavzularda sistemali va amaliy dasturlar to’g’risida fikrlar yuritilgan edi. Shunga ko’ra, ana shu amaliy dasturlardan biri bo’lgan MS Word-2003 matn muharriri haqida to’xtalib o’tamiz.
MS Word-2003 matn muharriri Microsoft firmasi tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, Windows-XP operatsion sistemasining ilovalaridan biri. Ana shu matn muharririda ishlash ko’nikmalarini hosil qilishga harakat qilamiz:
MS Word-2003 ni ishga tushirish uchun:
1.Ekranning quyi qismida joylashgan «Панели задачи» (Masalalar paneli) dagi «Пуск» tugmachasi bosiladi va rasmdagi harakat bajariladi.

1-rasm
2. «Microsoft Office» so’ngra «Microsoft Office Word 2003» (Bundan keyin Word deb yuritamiz) bandi ustida sichqonchaning chap klavishi bosiladi (1-rasm).
3. «Пуск» menyusidagi «Недавные документы...» bandi orqali oxirgi 15 ta hujjatlar ruyxati ekranga chiqariladi. Ixtiyoriy MS Word hujjatini ishga tushirish va ochilgan ish sohasidagi «Файл» menyusining «Создать…» bandi bosilsa, yangi ish sohasi ochiladi.

MS Word matn muharriri ishga tushganda ekranda quyidagi ish soha ochiladi.

Matn kiritish va barcha amallarni bajarib, hujjatni fayl ko’rinishda kompyuter xotirasida saqlagandan so’ng ishni yakunlash uchun uchun «Файл» menyusidan «Выход» buyrug’i yoki sarlavha satrining o’ng qismidagi «Закрыть» (yakunlash) tugmasini bosish bilan ham amalga osirish mumkin.
Klaviatura yordamida «Alt+F4» klavishlarini birgalikda bosish bilan yakunlash mumkin. Bu holda, quyidagi holat yo’z berishi kutiladi:
Agar hujjatda biror o’zgarishlar bo’lsa, Word yordamchisi ishga tushib, ekranda quyidagi muloqot oynagi hosil bo’ladi.

U holda «Da» tugmani bosish orqali hujjat saqlanadi. Aks holda «Нет» tugmachasi tanlanadi va hujjat oldingi holatida o’zgarishsiz qoladi.
MS Word asosiy oynak elementlari.
Har bir hujjat uchun alohida yordamchi oynaklar mavjud bo’ladi. Word matn muharriri quyidagi asosiy oynaklardan iborat:

Asboblar panelidagi piktogrammalar guruhini foydalanuvchining xoxishiga ko’ra o’lchamlarini, shaklini va ekranda joylashish o’rnini ham o’zgartirish mumkin.
Word muharririda munozarali oynaklar bilan ishlash imkoniyati ham mavjud. Munozarali oynaklar menyular satridagi buyruqdan so’ng «. . .» (3 no’qta) mavjud bo’ladi. Ular tanlansa ekranda munozarali oynaklar hosil bo’ladi (4-rasm).

4-rasm
Masalan, «Формат» menyusidan shrift tanlansa, munozarali oynak hosil bo’lib, shriftlarni, satrlar orasidagi «Интервал» o’lchamlarini, shrift ranglarini, yozuv stillarini o’zgatririshi mumkin.
Munozara oynalari ichma-ich joylashgan bo’limlardan iborat bo’lishi mumkin.
Munozara oynagidagi quyilmalar soni turlicha bo’lishi mumkin va ular kartotekadagi kartochkalarni eslatadi va har birining yorliqlari o’z nomi bilan ko’rinib turadi. Har bir quyilmaga bog’langan parametrlar guruhi joylashgan bo’ladi.



5-rasm
5-rasmda keltirilgan shrift munozara oynagi aks ettirilgan bolib, «Шрифт», «Интервал» va «Анимация» quyilmalaridan iborat.
Hujjatni yaratish va saqlash.
Wordning ish sohasi mustaqil oynak bo’lib, ekran elektron qog’ozga aylangan bo’ladi. Word dagi kiritilayotgan ma’lumotlar operativ (tezkor) xotirada saqlanadi. Kompyuter elektr tarmog’idan o’zilsa, kiritilayotgan barcha ma’lumotlar to’liq uchib ketadi. Shuning uchun bu ma’lumotlarni kompyuter xotirasida fayl sifatida saqlash zarur bo’ladi.
Hujjatni fayl sifatida saqlash uchun:
a). «Файл» menyusidan «Сохранить как…» buyrug’i tanlanadi. Agar faylga o’zgartirishlar kiritilgan bo’lsa fayl eski nomi bilan «Мои документы» papkasida yoki ko’rsatilgan yunalishda saqlanadi (6-rasm).

6-rasm

b). Asboblar panelida



c). Klaviatura yordamida «Ctrl+C» yoki «Shift+F12» tugmachalarini bosish bilan ham saqlash mumkin.
d). «Файл» menyusidan «Сохранить как…» buyrug’ini tanlash bilan faylning nomini o’zgartirib, qaytadan saqlash mumkin.
Word da fayl nomi 255 tagacha simvollardan tarkib topishi mumkin. Fayl nomida A dan F gacha lotin, A dan Я gacha rus harflari va 0 dan 9 gacha raqamlar ishlatilishi ko’zda tutilgan. Word da saqlanayotgan fayllar kengaytmasi «doc» yoki «rtf» dan iborat bo’ladi.
Hujjattni formatlash.
Hujjattlarni formatlashda dastlab simvol, so’zlar, satrlar, gaplar, abzatslar yoki butun matn blokka (qora rang) ajratiladi, so’ng formatlash buyruqlari beriladi. Buyruqlar belgilangan blokka taalluqli bo’ladi. Hosil qilingan blok ajratilgan qora rang bilan quyidagicha aks etadi

Blokka olish yoki belgilash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a). Biror belgini blokka olish uchun ko'rsor shu belgiga keltiriladi, «Shift» klavishi bosilgan holda sichqonchaning chap tugmachasini bosib o’nga yoki chapga harakatga keltiriladi.
Klaviatura yordamida esa «Shift» va {←} {→} klavishlar orqali belgilanadi.
b). So’zni blokka olish uchun sichqoncha ko’rsatgichi so’zga keltirladi va chap tugmacha 2 marta tez bosiladi.
Klaviatura yordamida ko’rsatgich so’z boshiga keltirladi. «Shift» va {←} {→} klavish bilan so’z oxirigacha keltirilib, belgilash mumkin.
c). Sichqoncha ko’rsatgichini satrning chap qismidagi ajratilgan sohaga keltiriladi va chap tugmacha bosiladi. Klaviatura yordamida ko'rsor satr boshiga keltiriladi, «Shift» va {←} {→} klavish yordamida satrni blokka olish mumkin.
d) Butun matnni blokka olish uchun «Правка» menyusidan «Выделить все» buyrug’i tanlanadi. Formatlash odatda shriftlari, o’lchamlari, stillari va ranglarini, shuningdek boshqa parametrlarini o’zgartirishni o’z ichiga oladi.

Hujjatni formatlashda klaviaturadan ham foydalanish mumkin.


1.Ctrl +B quyiq shriftni o’rnatish uchun;
2.Ctrl+I og’ma shriftni;
3.Ctrl-U tagiga chizib yezish;
4.Ctrl+Shift +w faqat so’zni tagiga chizish;
5.Ctrl+Shift+D-tagiga ikkilangan chiziq chizish.
6.Yuqori indeks Ctrl+Shift+k
7.Quyi indeks Ctrl +k
8.Ctrl+Shift+F-shriftlarni o’zgartirish.
9.Ctrl+Shift+Q simvol
Abzatsni formatlashda instrumentlar sohasidagi tugmachalardan ham keng foydalaniladi. Buning uchun instrumentlar sohasidagi mos tugmachalardan foydalanish lozim bo’ladi.
Abzatslarni formatlashda lineykadan ham keng foydalanish mumkin.

Lineykadagi markerni sichqoncha yordamida surish bilan chap va o’ng tomonlarda qoldiriladigan maydonlarni to’liq o’zgartirsh mumkin.


Hujjattlarni qog’ozga chiqarish.
Windowsda o’rnatilgan printerlar Word da ham ixtiyoriy hujjatlarni qog’ozga chiqarish uchun to’liq xizmat qiladi.
Hujjatt tahrirlangandan so’ng, ya’ni formatlangandan so’ng, «Файл» menyusidan «Печать» buyrug’ini, asboblar panelidan piktogrammasini, klaviaturadan esa, «Ctrl+P» klaviishlari bosilsa, ekranda pechat parametrlar to’plamini sozlash uchun imkon beradigan munozara oynagi chiqariladi (7-rasm).


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling