Microsoft Word Mehnat me'yori, xronometraj va ish kunining fotografiyalash usul Sulaymonov Bobomurod


Download 164.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana19.04.2023
Hajmi164.63 Kb.
#1365267
  1   2   3   4
Bog'liq
Sulaymonov Bobomurod



Mehnat me'yori, xronometraj va ish kunining fotografiyalash 
usullari.
 
Reja: 
1. Mehnatni me’yorlash mohiyati 
2. Mehnat me’yorlari shakllari 
3. Mehnat unumdorligi tushunchasi, uning omillari va mehnat unumdorligini 
oshirishning rezevlari. 
4. Mehnat unumdorligining ko’rsatkichlari va uni oshirish yo’llari. 


Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar miqdor va sifat
ko’rsatkichlaridagi o’zgarishlarga sabab bo’ldi. Mustaqillik hamda barcha
xo’jalik yuritish tizimining bozor munosabatlariga o’tishi iqtisodiyotning asosiy 
bo’g’ini hisoblangan korxona maqomining sezilarli o’zgarishiga sabab bo’ldi.
Korxonalar endilikda o’z faoliyatlarini mustaqil ravishda yuritmoqdalar. Ular
faoliyati asosini bozor talabini tashkil etadi. Bundan kelib chiqqan holda ular 
kerak bo’lgan barcha turdagi resurslar hajmini mustaqil belgilamoqda.Korxonalar
ilg’or ishlab chiqarish texnikasi, ishlab chiqarish texnologiyasi va tejamkorlik
rejimiga rioya etish masalalari bilan shug’ullanmoqdalar, zamonaviy boshqaruvni
yo’lga qo’ymoqdalar, joriy ishlab chiqarishni rejalashtirmoqdalar va
rivojlanishning zaruriy prognozlarini amalga oshirmoqdalar. Korxonalarning
rivojlanishi, taraqqiy etishi va iqtisodiy jihatdan baquvvat bo’lishi respublika
iqtisodiyotini barqororlashuviga zamin yaratadi.Xalqimiz turmush darajasining har
tomonlama yuksalishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Hozirgi sharoitda mehnatni ilmiy asosida tashkil qilish, fan-texnika yutuqlari
va ilg‘or tajribaga asoslanib texnika va odamlarning yagona ishlab chiqarish
jarayonida birlashtirish moddiy va mehnat resurslarida eng samarali foydalanish, 
mehnat unumdorligini oshirib borish, mehnat jarayonida inson salomatligiga 
g‘amxo‘rlik qilish demakdir. 
Mehnatni ilmiy tashkil qilishda mehnatni me’yorlash ga aloxida e’tibor
beriladi. Shu bilan bir qatorda fan va texnikani zamonoviy yutuqlari asosida
iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida qayta qurollashtirishni amalga oshirishda
mehnatni me’yorlash muhim ahamiyatga ega. 
Mehnatni me’yorlashtirish – bu ma’lum tashkiliy texnik sharoitda mahsulot
birligini tayyorlash yoki vaqt birligi ichida mahsulot ishlab chiqarishni yoki 
belgilangan ish xajmini bajarish, ishlab chiqarish vositalariga xizmat qilish uchun
mehnat sarfi o‘lchovini belgilashdir. 
Mehnatni me’yorlash har bir ish o‘rnida uchastka va sexda mehnatni to‘g‘ri va
ilmiy asosda tashkil qilish, ish jarayonining bir tekis, bir me’yorda borishini


ta’minlash, ish vaqtida tejab foydalanish, mehnatning ilg‘or usul va uslublarini 
aniqlash va joriy qilish, mehnatni yuksak samaradorligini ta’minlash, korxona 
faoliyatning rejalashtirish asosi bo‘lib xizmat qiladi. 
Mehnat unumdorligini o‘sishida texnikaviy asoslangan mehnat me’yorlari
ning belgilanishni ahamiyati kattadir. Texnikaviy asosilangan Me’yorlarni joriy 
qilish iqtisodiy vazifalarni belgilashda ham aloxida e’tiborni talab qiladi. 
Mehnatni texnik me’yorlash mohiyati. Mehnatni texnik normalash deganda
ma’lum texnik sharoitlarda biror-bir mahsulot turini yoki bir ishni bajarish uchun 
zarur bo‘lgan mehnat me’yorlari ni (Vaqt me’yori, mahsulot ishlab chiqarish
me’yori, xizmat ko‘rsatish me’yori va x.k.) ilmiy ishlab chiqarish tushuniladi. 
Mehnatni texnik normalash - ishlab chiqarishda mehnatni to‘g‘ri tashkil
etishning negizidir, chunki har bir ish o‘rnida uchastkada sexda mehnatni tashkil
etish, avvalo har bir konkret ish operatsiyasini bajarish uchun qancha mehnat sarf
qilinishi va ishning qanday sifati zarurligini aniqlab olishdan boshlanadi.
Mehnatning miqdori va sifati aniqlab olingandan keyin ma’lum xajmidagi ishni 
bajarish uchun talab qilinadigan ishchilar soni, ularning kasb va malakasi tarkibini 
belgilash mumkin. Demak, mehnatni tashkil etish uchun barcha qilinadigan ishlar 
oldindan hisoblab chiqilgan va ilmiy asoslangan mehnat sarfi me’yorlari mavjud 
bo‘lishi kerak. Bu vazifalarni amalga oshirishda texnik me’yorlar asosiy vosita 
rolini o‘ynaydi. Mehnatni texnik normalash mehnatni tashkil etishning eng ratsional 
forma, uslub va usullarini tanlab olib joriy qilinga imkoniyat tug‘dirishi bilan
birga texnika jixatdan asoslangan va progressiv Me’yorlarni joriy qilishni 
ta’minlaydi.
Mehnatni yengillashtirish, sog‘lomlashtirish va mehnat sharoitini yaxshilash,
mehnatni ilmiy asosida tashkil etish bo‘yicha injener texnika va iqtisodchilar
bir qatorda fiziologlar va psixologlarning tavsiyanomalari hisobga olinadi. 
Texnik me’yorlar faqat ishbay ish bajaruvchi ishchilarning mehnatini tashkil
qilish uchungina emas, balki vaqtbay ishlovchi ishchilarning mehnatini ham,
shuningdek, injener-texnik xodimlarning va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning ham


mehnatini to‘g‘ri tashkil qilishda katta ahamiyatga ega. Texnik me’yorlarning
ilg‘or ish usularini va uslublarini o‘rganish va umumlashtirishda, shuningdek
shu asosda ratsional mehnat protseslarini ishlab chiqishdagi ahamiyati ayniqsa 
kattadir. Bunda ortiqcha mehnat harakatlari bartaraf etiladi, kam unumli mehnat
xarakatlari samarali mehnat xarakatlari bilan almashtiriladi.
Mehnat me’yori muayyan bir ish operatsiyasini bajarish uchun sarflanadigan
ish vaqti bilan belgilanadi. Ish vaqti mehnatning birdan-bir o‘lchovi hisoblanadi 
yoki boshqacha qilib aytganda u Vaqt me’yoridan kelib chiqadi. Mehnat me’yorlari 
turlari Shunga ko‘ra ish vaqti ham normalashtiriladi va Vaqt me’yori deb yuritiladi. 
Hozirgi vaqtda barcha tarmoq korxonalarida me’yorlashtirish holati
iqtisodiyotning rivojlanish talablariga jovob bermaydi. Ilg’or texnika va
texnologiyadan foydalanish asosida mehnatni tashkil etishni yaxshilash jarayonida
hamma vaqt barcha me’yorlarni almashtirishga yetarli e’tibor berilmayapti. Bu 
holat ishlab chiqarish samaradorligini ancha kamaytirmoqda. Shuning uchun sanoat 
korxonalarida me’yorlashtirishni tashkil etish holatini o’rganish va uni yaxshilash
imkoniyatlarini aniqlash dolzarb masala bo’lib hisoblanadi.Texnik va ilmiy
jihatdan asoslangan me’yorlarini ishlab chiqish asosida mehnat va moddiy
resurslardan tejash imkoniyati yaratiladi. Ilmiy jihatdan asoslangan me’yorlarini
ishlab chiqish bilan bog’liq bo’lgan nazariy va amaliy bilimlarni o’rganishda esa 
“Me’yorlashtirish asoslari” fani muhim ahamiyatga ega hisoblanidi. Bu kurs oldida 
ishlab chiqarish korxonasining mavjud imkoniyatlarida resurslarga talabn 
irejalashtirishga ilmiy yondashish va muxandis olimlarning tadqiqotlaridan 
foydalanish, resurslarni me’yorlashtirishda o’ziga hos yo’nalishlardan borish, 
shuningdek, , mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun me’yorlar belgilanganda 
qanday kuzatish uslublari va turlaridan foydalanish kabi masalalarni yoritish 
vazifasi ham turadi. 
Korxonalar faoliyatini samarali tashkil etish va rejalashtirishning asosini
ilmiy asoslangan texnik – iqtisodiy me’yor va normativlardan foydalanish,
korxona normativ bazasini shakllantirish tashkil etadi . Ular korxona rejaviy


ko’rsatkichlar sifatini belgilab beradi. Me’yor va normativlar xo’jalik boshqarish 
mexanizmi var ejalashtirishning muhim elementi hisoblanadi. 
Har bir tadbirkor o’z faoliyatini boshlar ekan, albatta, uning uchun zarur
bo’lgan resurslarga talabni yoki sarflangan xarajatlarining hisobini yuritadi, ya’ni
resurslarga talabni me’yorlashtirish yoki rejalashtirishni amalga oshiradi. Bunda u
minimal harjat qilish orqali yuqori darajada miqdoriy va sifat natijalarga erishishni
ko’zlaydi. Xo’jalik yuritish amaliyotida me’yorlashtirish – normal ishlab
chiqarish jarayonlarini ta’minlash uchun zarur bo’lgan resurslar sarfi va
chegaraviy zaxira kattaligini ishlab chiqish va belgilash uslubidir. Me’yorlashtirish 
ning elementlari sifatida me’yor va normativlar yuzaga chiqadi. Me’yor –
mahsulot birligini tayyorlash uchun xom – ashyo, material, energiya, yoqilg’ining 
absolyut sarfining ruhsat etilgan miqdori. Mashina uchun kauchuk sarfi, 10
ming tonna kilometr brutto uchun dizelyoqilg’i sarfi. 
Shunday qilib, natural, mehnat va qiymat ifodasida ifodalangan me’yor
yo’rdamida mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq barcha harajatlar hisobga
olinadi (reglamentlashtiriladi). 
Normativlar mehnat buyumlari va mehnat vositalaridan foydalanish
darajasini, mahsulot birligi, maydon, og’irlik, hajm birligiga resurslar sarfini
xarakterlaydigan ko’rsatkichlardir. Masalan, metalldan foydalanish koeffitsienti, 
1m2 maydondan olinadigan mahsulot miqdori, ular foizi, mahsulot chiqish foizi. 
Normativ – nisbiy ko’rsatkichlar bo’lib koeffitsientlarda belgilanadi ( masalan, 
jihozning yuklanish koeffitsienti, sutning yoglilik darajasi). 
Shuningdek, normativlar xodimlarning talab etilgan sonini aniqlashda,
aylanma mablag’lar kattaligini aniqlashda ham qo’llaniladi va ular iqtisodiy
normativlar deb yuritiladi. Xo’jalik boshqaruv mexanizmida normativlarning o’rni
va ahamiyatini quydagicha tasvirlash mumkin: 


Me’yor va normativlar quyidagi asosiy guruhlar bo’yicha ishlab chiqiladi: 
- mehnat sarfi me’yorlari
- material sarfi me’yorlari
- vaqt me’yorlari (asosiy, yordamchi va h.k.) 
- mashina va jihozlar, ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish normativlari. 
- ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish normativlari 
- atrof-muhitni muhofaza qilish normativlari 
- loyiha quvvatlarini o’zlashtirish normativlari 
- kapital qo’yilmalar samaradorligi normativlari 
Me’yor va normativlar rejalashtirilgan yildagi faoliyatning texnik-iqtisodiy 
va tashkiliy sharoitlari asosida shakllanadi. Vaqt o’tishi va ish sharoitlari 
o’zgarishi, shuningdek, ilmiy texnik taraqqiyot ta’sirida amaldagi me’yor va 
normativlar ham qayta ko’rib chiqiladi. 
Norma va normativlar texnik, iqtisodiy va fiziologik jihatdan asoslangan
bo’lishi lozim. Iqtisodiy asoslanganlik me’yorlarning o’zaro teng kuchli va
optimalligini ta’minlashini ko’zda tutadi. Texnik asoslanganlik ishchining
o’rtacha bilim darajasida va o’rtacha mehnat intensivligi sharoitida ishlarni
bajarish davomiyligiga omillar ta’sirini umumlashtirishni ko’zda tutadi.
Me’yorlarning fiziologik asoslanganligi ularning ishlash va demolish
reglamentlariga, sanitar – gigienik sharoitlariga muvofiqligini ifodalaydi. 
Korxonaning normativ bazasi me’yor va normativlarning quyidagi asosiy
guruhlarini qamrab oladi: 
1. Kalendar - reja normativlari; 


2. Xom – ashyo va materiallar sarf me’yorlari; 
3. Yoqilg’i- energetic resurslar sarfi me’yorlari; 
4. Jihozlardan foydalanish normativlari; 
5. Ishlab chiqarish quvvatlarini o’zlashtirish normative; 
6. Mehnat sarfi me’yori; 
7. Moliyaviy me’yor va normativlar. 
Shunday ekan mehnat unumdorligini o’sishi va tejamkorlikni ta’minlashning asosiy 
omillaridan biri bo’lib mehnatni oqilona me’yorlashtirish hisoblanadi. Mehnatni
to’g’ri me’yorlashtirish hisobiga katta kapital mablag’lar sarf etmasdan mahsulot 
birligini ishlab chiqarish uchun sarflanadigan vaqtni qisqartirish asosida xarajatlar 
bo’yicha tejamkorlikka erishish ta’minlanishi mumkin. Me’yorlashtirish asosini
sarf o’lchovini belgilash tashkil etadi.Shuning uchun uni ham iqtisodiy, texnik
va psixofiziologik jihatdan asoslash zaruriyati ob’ektiv ravishda paydo bo’ladi. 
Mehnat unumdorligi; omillar; ichki va tashqi omillar; mehnat unumdorligini 
oshirishning moddiy-texnika, tashkiliy, ijtimoiy-iqtisodiy omillari; mehnat 
unumdorligini oshirish rezevlari; jonli mehnatdan foydalanishni yaxshilash 
rezevlari, asosiy va aylanma fontlardan yanada samaraliroq foydalanish rezevlari; 
zahira va nobud bo’lish rezevlari; joriy va istiqbol rezevlari; xalq xo’jalik, tarmoq 
va ichki ishlab chiqarish rezevlari; umumlashtiruvchi, xususiy va yordamchi 
ko’rsatkichlar. 

Download 164.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling