Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
pdf mehnat.docx
Mehnat shartnomasi – bu xodim bilan ish beruvchi o‘rtasida muayyan
mutaxassislik, malaka, lavozim bo‘yicha ishni ichki mehnat tartibiga bo‘ysungan holda taraflar kelishuvi, shuningdek mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan shartlar asosida, haq evaziga bajarish haqidagi kelishuvlar. Xodim va ish beruvchi mehnat shartnomasining taraflari hisobla- nadilar, keng ma’noda mehnat munosabatlarining subyekti bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday jismoniy yoki yuridik shaxs mehnat shartnomasining taraflari hisoblanadi. Mehnat shartnomasini tuzish haqidagi kelishuvdan oldin qo‘shimcha holatlar bo‘lishi mumkin, masalan, tanlovdan o‘tish, lavozimga saylanish va shu kabilar. Mehnat shartnomasining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagicha: a)muayyan turdagi mehnat vazifalarining bajarilishi (mehnatning predmeti); b) ishning bajaruvchi korxonadagi ichki mehnat tartibi qoidalariga qat’iy amal qilgani holda, o‘z xizmat vazifalarini bajarishi lozimligi; d)ishning oxirgi natijalariga ko‘ra, oldindan belgilangan stavkalar, ishbay baholar, mansab maoshlari asosida ham to‘lanishida ko‘zga tash- lanadi. Mehnat shartnomasining mazmuni deganda taraflar kelishuvchi bilan, shuningdek mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarda aks etgan shartlar ko‘zda tutiladi. Mehnat shartnomasini tuzish, uni o‘zgartirish va bekor qilish mehnat qonunchiligi hamda normativ hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Yangi qonun qabul qilingunga qadar mehnat shartnomasi yozma yoki og‘zaki usulda tuzilgan. Mehnat shartnomasi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrdagi qonuniga muvofiq 1993- yil 3- dekabrdan boshlab barcha muassasalarda ishga kiruvchilar bilan yozma shaklda, bir xil kuchga ega bo‘lgan ikki nusxada tuzilishi va har bir tarafga (ish beruvchi va xodim) saqlash uchun berilishi shart. Bu talab O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 74-moddasida ham ko‘rsatib o‘tilgan. Mehnat shartnomasining namunaviy yozma shakli O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan normativ hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida»gi 1997-yil 11-mart 133-sonli qarori bilan tasdiqlangan (1-ilova). Mehnat shartnomasida ishga kiruvchi va ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxsning kelishuvi 55 asosida ish joyi, xodimning mehnat vazifasi, ya’ni mutaxassisligi, malakasi, u ishlaydigan lavozim, ishning boshlanish kuni, agar muddatli mehnat shartnomasi tuzilgan bo‘lsa, uning tugash kuni, mehnat haqi miqdori, qo‘shimcha mehnat ta’tilining muddati, beriladigan imtiyozlar va mehnatning boshqa shartlari belgilanadi. Amaliyotda ayrim muassasalarda ish haqining miqdori aniq summada (masalan, 20 ming so‘m) ko‘rsatiladi. Bu, albatta, noto‘g‘ri. Ish haqidagi ma’lumotda lavozim bo‘yicha razradi ko‘rsatilishi kerak. Chunki bu oylik maosh miqdori hukumat tomonidan oshirilganda ancha qiyinchiliklar va nizolarning oldini oladi. Mehnat shartnomasi xususiy huquqiy shartnomalarning bir turi sifatida shartnomalarga xos barcha xususiyatlarni o‘zida aks ettiradi va uning taraflari o‘rtasidagi o‘zaro huquqiy munosabat, huquqlar va majburiyatlar mazmunini ifodalaydi. Mehnat shartnomasi ham uning taraflarida bir-birlariga nisbatan o‘zaro huquqlar va majburiyatlarni yuzaga keltirishga qaratilgan kelishuv ekanligi bilan har qanday shartnomalar bilan umumiy xususiyatga egadir. Ayniqsa, tartibga solish predmeti mehnat ekanligi bilan ish bajarish (xizmat ko‘rsatish)ga oid fuqarolik huquqiy shartnomalar (pudrat, topshiriq, mualliflik, ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish va boshqalar) bilan o‘xshash jihatlarga ega. Biroq, mehnat shartnomalarining o‘ziga xos xususiyatlari va bir qator jihatlari borki, ular mehnat shartnomasini fuqarolik huquqiy shartnomalaridan aniq farqlash imkonini beradi. Mehnat huquqi fanida ko‘pchilik tomonidan e’tirof etilgan ana shunday farqlovchi jihatlar qatoriga quyidagilar kiritilishi mumkin: 1) mehnat shartnomasiga ko‘ra xodim korxonada muayyan kasb, ixtisos va malakaga oid ishni bajarishi, ish beruvchi esa ana shunday ish bilan ta’minlashi lozim. Mehnat shartnomasi majburiyati predmeti ishning natijasi yoki ko‘rsatiladigan muayyan xizmat turi emas, balki tirik mehnatning o‘zi sanaladi. Har bir xodim mehnat jamoasi tarkibida bo‘lgani holda bajaradigan ishning xususiyati ishlab chiqarish vazifalaridan kelib chiqqan holda tegishli kasb, ixtisos doirasida o‘zgarib turishi mumkin; 2) xodim o‘z kasbi, ixtisosi, lavozimiga oid ishni korxona ichki mehnat tartibiga amal qilgan holda bajarishi lozim bo‘ladi. Ichki mehnat Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling