Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
pdf mehnat.docx
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-mavzu «MEHNAT HUQUQI» TUSHUNCHASI, PREDMETI, METODLARI, VAZIFALARI VA TIZIMI 1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI A K A D E M I YA M E H N A T H U Q U Q I M a ’ r u z a l a r k u r s i TOSHKENT – 2014 5 1-mavzu «MEHNAT HUQUQI» TUSHUNCHASI, PREDMETI, METODLARI, VAZIFALARI VA TIZIMI 1- §. «Mehnat huquqi» tushunchasi va predmeti Mehnat huquqi huquqshunoslik fanlari orasida yetakchi o‘rin tutadi. U mehnat bozori faoliyati natijasida yuzaga keladigan yollanma mehnatni qo‘llash va undan foydalanishni tashkil etish oqibatida paydo bo‘ladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Demak, mehnat huquqi deb, mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda, shuningdek ayrim fuqarolar ixtiyorida mehnat shartno- masi (kontrakt) bo‘yicha ishlayotgan jismoniy shaxslarning mehnatga oid munosabatlarini tartibga solib turuvchi huquq sohasiga aytiladi. Keng ma’noda mehnat huquqi deb, mehnat bozori faoliyati natijasida yuzaga keluvchi, yollanma mehnatni qo‘llash va undan foydalanishni tashkil etish oqibatida paydo bo‘ladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquq sohasi ekanligini qayd etish mumkin. Huquq sohasining predmeti deb, huquq sohasining normalari ta’sir o‘tkazadigan ijtimoiy munosabatlarga aytiladi. Huquqiy tartibga solish predmeti – huquqiy ta’sir doirasidagi barcha ijtimoiy munosabatlardir, boshqacha aytganda, huquqiy maydon ko‘lamidagi munosabatlar 1 . Shunday qilib, mehnat huquqining predmeti deb, ijtimoiy mehnat munosabatlarida mehnat kuchlari bilan ishlab chiqarishning bevosita bog‘lanish jarayoni va shu jarayonga ko‘maklashuvchi mehnat-huquqiy munosabatlar yig‘indisiga aytiladi. Mehnat munosabatlarining quyidagi ikki turi mavjud: 1) mehnat shartnomasi (kontrakti) asosida yuzaga keladigan muno- sabatlar; 2) jamoa xo‘jaligida yoki boshqa bir kooperativda a’zolikka asoslangan mehnat munosabatlari. 1 Давлат ва ҳуқуқ назарияси: Дарслик / Х.Т.Одилқориев, И.Т.Тультеев ва бошқ. – Т., 2009. – Б.351. 6 Mehnat huquqi mehnat shartnomasi (kontrakti) asosida yuzaga keladigan mehnat munosabatlarini tartibga solib turadi. Kooperativ, shu jumladan jamoa xo‘jaliklariga doir ikkinchi tur mehnat munosabatlari tegishli qonunlar bilan tartibga solinadi. Mehnat huquqi yaqin vaqtlargacha faqat davlat korxona, muassasa va tashkilotlarida mehnat qilayotgan ishchi va xizmatchilarning mehnat munosabatlarini tartibga solib turardi. Endilikda davlat korxonalari va shirkat (jamoa) hamda xususiy mulkka asoslangan korxonalarda mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan har bir xodimning mehnat mu- nosabatlarini tartibga solish ham mehnat huquqining predmeti hisob- lanadi. Mehnat ijtimoiy boylik manbai hisoblanadi. Chunki, jami moddiy va madaniy boyliklar inson mehnati bilan yaratiladi. Mehnat jismoniy va aqliy kuch-quvvatning sarflanishi emas, balki fuqarolarning ijtimoiy foydali faoliyatidir. Mehnat insonning tashqi dunyo predmetlariga ta’sir o‘tkazish vositasi sifatida har bir fuqaroning faoliyatida namoyon bo‘ladi. Bu jarayon turli ijtimoiy munosabatlarni qamrab olsa-da, hammasi ham mehnat huquqiga taalluqli bo‘lavermaydi. Masalan: mualliflik huquqi, pudrat, topshiriq shartnomalari, yuk tashish shartnomasi mehnat bilan bog‘liq bo‘lsa-da, aslida fuqarolik huquqining predmeti hisoblanadi. Shu o‘rinda mehnat huquqining mehnat bilan bog‘liq boshqa huquq sohalaridan farqini aytib o‘tish joiz. Avvalo, shuni aytish kerakki, mehnat huquqining ba’zi belgilari fuqarolik huquqida ham uchraydi, ammo ular o‘rtasidagi farq anchagina. Mehnat huquqiy munosabatlarida, birinchidan, xodimlar korxona mehnat jamoasi tarkibiga kiradi, ikkinchidan, xodimlar mehnat jarayonida o‘rnatilgan qoidalarga, ya’ni mehnat kun tartibiga rioya qiladilar, uchinchidan, ichki mehnat kun tartibi buzilganda, xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llaniladi. Fuqarolik huquqida esa munosabatlar faqatgina shartnoma asosida o‘rnatiladi, tomonlar teng huquqlidir, shartnoma shartlari buzilganda, shartnoma umuman to‘xtatiladi yoki yetkazilgan zarar undirib olinadi. Mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi ma’muriy va qishloq xo‘jalik huquqlari ham mehnat huquqidan o‘z predmeti va metodiga ko‘ra farq qiladi. Ularning o‘rtasidagi farqlar mehnat huquqining maxsus qismida o‘rganiladi. 7 Mehnat huquqining predmetini tashkil etuvchi ijtimoiy munosabatlar tizimi mehnatga oid munosabatlardan tashqari, ular bilan muayyan tarzda bog‘langan boshqa munosabatlarni ham o‘z ichiga oladi. Bu munosabatlar mehnat munosabatlaridan oldinroq yoki ular bilan bir vaqtda yoxud mehnat munosabatlaridan keyin vujudga kelishi mumkin. Shunday munosabatlar jumlasiga quyidagilar kiradi: 1) tashkiliy boshqaruv munosabatlari; 2) ishga joylashtirishga oid munosabatlar; 3) kasbga tayyorlash va malaka oshirishga oid munosabatlar; 4) mehnat muhofazasi va mehnat qonunlariga rioya etishni nazorat qilishga oid munosabatlar; 5) mehnat nizolarini hal etishga oid munosabatlar; 6) mehnat munosabatlaridan kelib chiquvchi protsessual munosa- batlar. Tashkiliy boshqaruv munosabatlari asosan ish beruvchi va korxona jamoasi, kasaba uyushmasining o‘rtasida mehnatni tashkil etish hamda boshqarish yuzasidan vujudga keladi. Bunday munosabatlar sirasiga ijtimoiy sherikchilik munosabatlari, ya’ni jamoa shartnomasi va kelishuvlarini tuzish, uni bajarishga oid munosabatlar ham kiradi. Ishga joylashtirishga oid munosabatlar fuqaroning ishga joylash- tirish bo‘limiga ish so‘rab murojaat qilishi bilan paydo bo‘ladi. Kasbga tayyorlash va malaka oshirishga oid munosabatlar fuqaroning ishlab chiqarishdan ajralmagan holda yakka tartibda, brigada tarkibida yoki maxsus kurslarda kasbga o‘rgatish, malakasini oshirish vaqtida yuzaga keladi. Mehnat muhofazasi va mehnat qonunlariga rioya etishni nazorat qilishga oid munosabatlar vakolatli organlarning mehnat qonunlari va mehnatni muhofaza qilish qoidalari ustidan nazoratni amalga oshirishi jarayonida yuzaga keladi. Mehnat nizolarini hal etishga oid munosabatlar xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi mehnatga oid nizolarni hal etish bilan bog‘liq holatlarda vujudga keladi. Mehnat munosabatlaridan kelib chiquvchi protsessual munosabatlar mehnat munosabatlarining vujudga kelishi, o‘zgarishi va barham topishi jarayonidagi protsessual tartibga solish shaklini belgilab beradi. Mehnat huquqining predmeti bevosita mehnatga oid munosabatlar bo‘lganligi tufayli u fuqarolik va qishloq xo‘jalik huquqi; boshqaruv faoliyatiga bog‘liqligi uchun ma’muriy huquq; ish haqi, mukofotlar 8 to‘lashga taalluqli bo‘lganligi uchun moliya huquqi; mehnat natijalariga ko‘ra rag‘batlantirishlarga aloqador bo‘lganligi uchun ijtimoiy ta’minot va oila huquqi kabi sohalar bilan uzviy bog‘liq. Ammo bu bog‘liqlik o‘ta nisbiy bo‘lib, ularning har biri yuridik fanning mustaqil tarmog‘i ekanligini yorqin namoyish qiluvchi, boshqa fanlardan farqlashga imkon beruvchi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling