Microsoft Word menejment va marketing asoslari


jadval. "Tizimli" yoki zamonaviy menejment


Download 1.44 Mb.
bet29/324
Sana02.01.2022
Hajmi1.44 Mb.
#184459
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   324
Bog'liq
menejment va marketing asoslari o`quv qo`llanma

jadval. "Tizimli" yoki zamonaviy menejment







Boshqarishga yondoshuv turlari

Izoh

1.

Tizimli yondoshuv

- Tizim-bu bir-biri bilan o’zaro bog’langan qismlar majmuidir. har bir qism yaxlit tizimning o’zgarishiga o’z hissasini qo’shadi. Tashkilot-bu yaxlit ochiq tizimdir. Uning taqdiri tashqi va ichki muhitga bog’liq. Tashkilotni boshqarishga tizimli yondoshuvda asosan uning ichki muhitiga (iqtisodiy,

ilmiy-texnik, ijtimoiy-siyosiy), e'tibor beriladi.



2.

Vaziyatli yondoshuv

  • Garchi tizimli yondoshuvda yaxlit tashkilot qanday qismlardan tashkil topgan degan savolga javob topolsak-da, bu o’rinda qismlarning qaysi biri muhim, qaysi biri ikkinchi yoki uchinchi darajali degan savol ko’ndalang turmaydi.

  • Yaxlitning qaysi bir qismi o’ta muhim degan savolga vaziyatli tahlil javob beradi. Bunda tashkilotning ichki tarkibidagi o’zgarishlar tashqi muhitning ta'siri bilan bog’lab o’rganiladi. Ammo

turli darajadagi vaziyat turli darajadagi bilimni talab qiladi.

3.

Funktsional yondoshuv

  • Boshqaruvga tashkiliy mexanizmlarning eng oqilona yo’llarini ishlab chiqish imkonini beradi. Shu nuqtai nazardan boshqarish quyidagi funktsiyalarni bajaradi:

  • rejalashtirish;

  • tashkillishtirish;

  • rahbarlik qilish;

  • muvofiqlashtirish;

  • nazorat qilish va hk.

4.

Miqdorli yondoshuv

- Bunday yondoshuvda asosan:

-menejmentning operatsion printsipiga;

-qaror qabul qilish nazariyasi printsiplariga;

-matematik yoki ilmiy menejment kabilarga e'tibor qaratiladi.

Miqdorli yondoshuvdagi boshqarish jarayonida nafaqat matematik; statistika, kibernetika, muhandislik fanlari bilan sotsiologiya birga ruhshunoslik, tizimlar nazariyasi kabi fanlardan ham

keng foydalaniladi.


Zamonaviy menejmentning maqsadi qaror qabul qilish jarayonini elektron hisoblash texnikasi hamda eng yangi matematik usul va vositalarni qo’llagan holda tadqiq qilishdir. Tizimli menejment qarorlarning oqilonaligini ta'minlashni o’z oldiga vazifa qilib qo’yadi.




    1. Download 1.44 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling