Microsoft Word menejment va marketing asoslari


Qo’llab-quvvatlovchi marketing


Download 1.44 Mb.
bet178/324
Sana02.01.2022
Hajmi1.44 Mb.
#184459
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   324
Bog'liq
menejment va marketing asoslari o`quv qo`llanma

Qo’llab-quvvatlovchi marketing to’liq talabning mavjudligini harakterlaydi, ya'ni bunda tovar va xizmatlarga talabning darajasi va tarkibi taklifning darajasi va tarkibi to’la mos keladi. Bunday marketing turining vazifasi bo’lib, odatda, to’laqonli talab sharoitida uning darajasini iste'molchilarning istaklari tizimi va raqobatning kuchayishini hisobga olgan holda saqlab turish hisoblanadi. Bu erda marketolog birinchi navbatda savodli narx siyosatini o’tkazishi, sotishning zaruriy hajmini saqlab turishi, sotish faoliyatini rag’batlantirish va o’zgaruvchan xarajatlar ustidan nazoratni amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan bir qator taktik tadbirlarga e'tibor berishi kerak. To’laqonli marketingga eng yaxshi misol "Djeneral motors" kompaniyasining faoliyati bilan bog’liq. 20-yillar o’rtalarida kompaniya "Ford" kompaniyasini orqada qoldirishga muvaffaq bo’ldi. Ushbu kompaniya o’rta amerikalik uchun narxlari past

bo’lgan, bir xil qora rangga bo’yalgan "T" ford modeliga o’zining zamonaviy, keng rang gammasida ishlab chiqilgan avtomobil modelini qarama-qarshi qo’ydi.



Demarketing haddan tashqari katta talab sharoitida, ya'ni tovar yoki xizmatga bo’lgan talab taklifdan ancha katta bo’lgan holda qo’llanadi. Uning vazifasi bo’lib salbiy bozor hodisalari, masalan, chayqovchilikni yo’qotish maqsadida talabni vaqtinchalik yoki doimiy pasaytirish usullarini topish hisoblanadi. Haddan tashqari talabni pasaytirish tovar yoki xizmatlar narxlarini oshirish, reklama kompaniyasini va sotilishlarni rag’batlantirishni to’xtatish orqali hal qilinishi mumkin.


Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling