Marketing tadqiqotlari - moddiy boyliklar va xizmatlar muomalasi sohasida qarorlar qabul qilish va ularni nazorat qilish jarayonlarini takomillashtirish maqsadida muntazam holda muammolarni tahlil etish, asosiy qoidalarni yaratish va ma'lumotlarni jamg’arish.
Marketing taktikasi - strategik maqsadlarga erishish uchun marketingning aniq yo’naltirilgan amaliyoti.
Marketing taftishi - korxonaning marketing doirasini atroflicha, sistemali, xolis va muntazam tadqiq etish.
Mahsulotning hayotiy davri - tovarning bozorga kirib kelishidan boshlab, to uning bozordan chiqib ketishiga qadar amalga oshiriladigan izchil chora-tadbirlar.
Maxsus talabli tovarlar - maxsus iste'molchilarga mo’ljallangan, ularning yuqori didi va boy tasavvuriga mos hislatlar berib tayyorlangan tovarlar.
Ma'naviy ehtiyoj - ma'naviy boyliklar; o’qish, bilim olish, san'at, madaniy dam olish va hokazolarga bo’lgan ehtiyoj.
Menejerlik - ishlab chiqarish faoliyatidan ko’proq samara olish maqsadida intellektual, moliyaviy, xom ashyo va moddiy quvvatlarni boshqarish san'ati.
Mehnat birjasi - ishsizlarni muntazam ishga joylash, yoshlarni kasbga yo’llash, ish kuchiga bo’lgan talabni oldindan aytib berish, ishsizlik nafaqalarini to’lash va hokazo vazifalarni o’tovchi davlat muassasasi.
Mijoz - korxona, tadbirkor tovari va xizmatidan foydalanib kelayotgan barqaror iste'molchi.
Do'stlaringiz bilan baham: |