Tajriba (eksperiment) o’tkazish - bu shunday tadqiqot o’tkazish uslubiki, nazorat qilinadigan vaziyatda bir yoki bir necha omillar o’zgarishi bilan qolganlari o’zgartirilmas holatini saqlab qoladilar.
Taklif - bozorga chiqarilgan mavjud yoki keltirilishi mumkin bo’lgan jami tovar miqdori va tarkibi.
Taklif strukturasi - tovar turlarining umumiy hajmiga nisbatan hissasi.
Taklif hajmi - mavjud tovarlarning umumiy yoki turlari bo’yicha miqdori.
Taqchillik (tanglik) - xalq iste'mol tovarlari va xizmatlarning aholi talabini qondirish uchun etishmasligi.
Talab - iqtisodiyotning aniq rivojlanishi sharoitida aholi tomonidan tovar olishga mo’ljallangan pul mablag’larining ma'lum miqdori.
Talab va taklif qonuni - bozorning asosiy ob'ektiv qonuni bo’lib, bozorda talab bilan taklifning har tomonlama o’zaro mos bo’lishini taqozo etadi.
Talab ko’rsatkichlari - talabni miqdor va sifat jihatidan ifoda etadigan belgalar, vositalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |