Microsoft Word Moliyaviy hisob


Pul ekvivalentlari, yo’ldagi pullar schyoti


Download 58.39 Kb.
bet7/9
Sana20.06.2023
Hajmi58.39 Kb.
#1636471
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
pul refarat

Pul ekvivalentlari, yo’ldagi pullar schyoti
Pul ekvivalentlari – bu pul mablag’lariga o’xshaydigan, lekin boshqacha turkumlanadigan aktivlardir. Ular kassa veksel (kassa veksellari – bu muomalaga chiqarilgan, keyin bir yildan kam muddatga qaytariladigan davlatning foizsiz majburiyatlaridir. To’lash qiymati bilan chiqarilish qiymati o’rtasidagi farq xaridorning foiz daromadi bo’ladi. Kassa veksellari bir yil ichida va undan ortiq muddatda to’lanadigan davlat majburiyatlari hisoblanib, agar ular joriy moliyaviy yil davomida to’lanmasa, qisqa muddatli investitsiya sifatida turkumlanmaydi), tijorat veksellari (qisqa muddatli veksel –
bu korporatsiyalar tomonidan chiqarilgan o’zining qisqa muddatli pul mablag’lariga bo’lgan ehtiyojlarini moliyalashtiruvchi mablag’lardir) va depozit sertifikatlaridan (tezda talab qilib olish mumkin bo’lmagan depozit sertifikatlari yoki bank depozitlari, muomaladan chiqarish yo’li bilan to’lanishi mumkin) iborat. Ekvivalentlar kassa schyotida hisobga olinadi va ko’pincha pul ekvivalentlarini hisoblashish vositalariga aylantirish ehtiyoji yo’q.
Pul ekvivalentlari hamda yo’ldagi pul mablag’larining holati va harakati to’g’risidagi ma’lumotlarni qayd qilish, umumlashtirish maqsadida 5600-«Pul ekvivalentlari va yo’ldagi pul mablag’lari» schyotlaridan foydalaniladi. Ushbu schyotlar aktiv schyotlar bo’lib pul mablag’lari schyotlarining guruhiga mansubdir. Pul ekvivalentlari 5600 schyotda nominal qiymati hisobida olib boriladi.
Yo’ldagi pul mablag’lari, deganda tovar va mahsulotlarni sotish natijasida kassaga olingan naqd pulning bankdagi pul mablag’lariga o’tkazish uchun inkassatorlarga 25
topshirilgan, ammo bank tomonidan qabul qilinadigan tasdiqlanmagan naqd pul mablag’lari kiradi. Ushbu ma’lumotlarni qayd qilish va umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
• 5610 «Yo’ldagi pul ekvivalentlari(turlari bo’yicha)»
• 5620 «Yo’ldagi pul mablag’lari(turlari bo’yicha)»
Ushbu mablag’lar va muomalalarni tegishli schyotlarda qayd qilish quyidagi hujjatlarga asosan amalga oshiriladi:
• Tushgan naqd pullarni topshirganda - bankning pattalari , aloqa bo’limlarining pattalari, inkassatorlarga topshirilganligini tasdiqlovchi kuzatuv qaydnomasining nusxasi va hokazolar;
• Bosh sub’ekt yuborgan mablag’ga – sanasi, topshiriqnoma nomeri, miqdori, bank yoki aloqa bo’limining nomi ko’rsatilgan bildirishnomani olish.
Pul ekvivalentlarining holati va harakatini schyotlarda qayd qilish chizmasi quyidagi tartibda belgilanadi:

Download 58.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling