Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
96 faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
28 HORGIY (GORGIY) (Miloddan avvalgi 483 (taxminan) - 375 yillar) Yunonistonlik faylasuf, notiq Horgiy Sitsiliyadagi Leontin shahrida tug‘ilgan. U faylasuf Empedoklning shogirdi. 427 yildan boshlab Afina shahrida yashagan. Horgiyning quyidagi asarlari ma’lum: «Yelenaga maqtovlar» (ma’ruza), «Tabiat to‘g‘risida», «Palamedni yoqlab...» * * * Dori-darmon jismimizga qanday ta’sir o‘tkazsa, so‘z ham ruhimizga shunday ta’sir etadi. Dorilarning ba’zisi tanadagi turli xiltlarni haydasa, boshqalari goho o‘limga sabab bo‘ladi. Xuddi shunga o‘xshash ba’zi bir notiqlar tinglovchilarni qayg‘uga botirsa, boshqalari ularga huzur-halovat, ko‘tarinkilik baxsh etadilar. Ayrim notiqlar esa insonlar qalbiga qutqu solsalar, yana birovlari tinglovchilarda mardonavorlikni jo‘sh urdiradilar. Boshqa bir toifa notiqlar yovuz so‘zlari bilan tinglovchilarni rom etib, qalblarni zaharlaydilar. * * * San’at odamlarni boshqa hunarlardan ko‘ra ko‘proq ishontiradi. San’at majburlash orqali emas, balki ixtiyoriy ravishda hammani o‘z quliga aylantiradi. Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf www.ziyouz.com кутубхонаси 29 PROTAGOR (Taxminan miloddan avvalgi 480-410 yillar) Qadimgi yunon faylasufi, mohir notiq Protagor Abdera shahrida tug‘ilgan. U sofistlardan bo‘lib, talabalarga falsafa, notiqlik va bahs san’ati (eristika)dan saboq bergan. «Sofist» — qadimiy yunoncha so‘z bo‘lib, usta, yaratuvchi, ixtirochi, donishmand degan ma’nolarni anglatadi. Ammo miloddan avvalgi V asrning ikkinchi yarmidan bu so‘z alohida ma’no kasb eta boshladi. Ya’ni falsafa, notiqlik va bahs san’atidan pullik saboq beruvchilar sofistlar deb atala boshladi. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling