Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
96 faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
105 * * * Tafakkur — qalbdir yoki u qalbda makon topgan. * * * Haqiqat va yolg‘onni ajratish juda mushkul ish. Shu bois adashgan odamlardan ranjish yaramaydi. * * * Menimcha, haqiqat yolg‘iz Xudoga ayon. Inson ruhi ham haqiqatni bilishga qodir. Ammo buning uchun u zimiston tanadan chiqmog‘i lozim. * * * Adolat tark etgan saltanatning qaroqchilar o‘rdasidan farqi qoladimi? * * * Inson tug‘ilgan onidanoq o‘lim sari yuz tutadi, aniqrog‘i, u bir vaqtning o‘zida ham yashaydi, ham o‘la boshlaydi... * * * Men buyruqbozlarga emas, o‘rgatuvchilarga ko‘proq ishonish kerakligini anglab yetdim. * * * Bo‘yin egib tavba-tazarru qilgan ruh yuksaklarga ko‘tariladi. * * * So‘zlarimga ishonish uchun ularning mag‘zini chaq. Xudoni anglamoq uchun esa Uning so‘zlariga ishon. * * * Xudoning o‘zi o‘zgarmaydi-yu, ammo o‘zgaruvchan narsalarni yaratadi. O’zi vaqtdan tashqarida-yu, ammo vaqtinchalik narsalarni bunyod etadi. * * * Olam yaralmasidan ilgari vaqt ham bo‘lmagan. Uning yaralishi harakatni yuzaga keltirgan. Ana shu harakat onlari va olamdagi o‘zgarishlar — vaqt deb ataladi. * * * Vaqt faqat bizning ruhimizdagina mavjud. O’tmish — xotiramizda, kelajak esa orzu-umidlarimizda yashaydi. Kelajakni hozirgi vaqtdagi ba’zi belgilar vositasida ko‘ra olishimiz mumkin. Demak, hozirgi vaqtning mohiyati kuzatish, mushohada yuritishdan iboratdir. * * * Biz barcha mo‘‘jizalarni tabiatga zid hodisalar deb ataymiz. Lekin aslida bunday emas. Axir Yaratguvchining irodasi bilan yaratilgan narsalar qanday qilib tabiatga zid bo‘lishi mumkin. * * * Sukunat — shovqinning, yalang‘ochlik — libosning, xastalik — salomatlikning, zulmat — yorug‘likning yo‘qligidan darak berganidek, yovuzlik ezgulikning yo‘qligini bildiradi. Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf www.ziyouz.com кутубхонаси 106 * * * Biz nimadan tashkil topganmiz? Ruh va jismdan. Ularning qay biri a’lo? Albatta, ruh yaxshiroq. * * * Mukammallik insonning o‘zidagi nomukammallikni anglamog‘i demakdir. * * * Vaqtinchalik narsalarga bo‘lgan ishtiyoqni mangu narsalarning mazasini tatib ko‘rish yordamida so‘ndirish mumkin. * * * Keyinroq tushunib yetish mumkin bo‘lgan narsalarga avvaldan ishonmaydigan odam hech qachon Xudoga yetisha olmaydi. * * * Tushunmoq uchun ishonmoq darkor. * * * Zulm inson tomonidan sodir etiladigan va u boshidan kechiradigan narsadir. Sodir etiladigani — gunoh, boshdan kechiriladigani — jazo... Inson o‘zi istagan holda zulmni sodir etadi, istamagan holda uni o‘z boshidan kechiradi. * * * O’zgalar seni olqishlaganda, sen o‘zingdan nafratlan. Seni sen orqali harakat qilmoqchi bo‘lganlar olqishlaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling