Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc


Download 264.58 Kb.
bet108/115
Sana25.02.2023
Hajmi264.58 Kb.
#1229839
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   115
Bog'liq
Saida Jo\'rayeva. Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf

STENDAL
(1783-1842)
Frantsuz adibi, faylasuf va insoniy ehtiroslar nazariyotchisi Stendal Frantsiyaning Grenbi shahrida tug‘ilib o‘sdi. Uning haqiqiy ismi Anri-Mari Beyl edi. Stendal 1800-1812 yillarda Bonapart qo‘shinida xizmat qilgan. Borodino janglarining guvohi bo‘lgan.
Bonapart inqirozga uchragandan keyin Italiyaga jo‘nab ketadi. 1821 yilda esa yana Frantsiyaga qaytadi.
1831 yilda Frantsiya konsuli sifatida Italiyaning Chivitavekkya shahriga ko‘chib o‘tadi. Uning birinchi asari «Rim, Neapol va Frantsiya» (1817) deb nomlangan.
Zamondosh odamlarning sevishga qodir emasligi - Stendal romanlarining yetakchi mavzusi edi.
Uning quyidagi asarlari ma’lum: «Italiya tasviriy san’ati tarixi» (1817), «Sevgi haqida (1822), «Armans yoki 1827yildagi Parij salonidan lavhalar» (1827) (Stendalning mazkur birinchi romani e’tiborsiz qolgan), «Qizil va qora» (1831), «Lyusen Leven» («Qizil va oq») (1836), «Parma ibodatxonasi».
Stendal 1842 yilda «Lamel» nomli so‘nggi romanini yozib tugatolmay miyasiga qon quyilishi oqibatida vafot etdi.
Stendalning «Sevgi haqida» nomli asari yetarli muvaffaqiyat qozonmagan bo‘lsa-da, muallif tomonidan uzoq yillar mobaynida yig‘ilgan sevgining o‘ziga xos jihatlari to‘g‘risidagi fikrlar hamon o‘z qimmatini yo‘qotmagan.

  • * *

Boy berilgan narsa to‘g‘risidagi xotira kelajakdan kutishimiz mumkin bo‘lgan narsadan doim ustun turadi.

  • * *

Askar kasalxona to‘g‘risida o‘ylamagani kabi yozuvchi ham tanqid haqida o‘ylamasligi kerak.

  • * *

Sabr-toqat hamda g‘azabni jilovlay olish qobiliyatidan mahrum kishini siyosatchi deb bo‘lmaydi.

  • * *

Tuyg'ular olamida faqat birgina qonun - o'zing uchun sevimli odamga baxt ato etmoq qonuni hukmrondir.

  • * *

Do‘st uchun o‘zni har kuni va pinhona qurbon qilmoq muayyan bir vaziyatda uning uchun jon fido etmoqlikdan a’loroqdir.

  • * *

Dunyoda ikki baxtsizlik bor: ehtirosning qondirilmay qolishi va haddan ortiq g‘am-anduh chekish.

  • * *

Go‘zallik - baxt haqidagi bir va’da, xolos.

  • * *

Husn sevgining paydo bo‘lishida peshlavha kabi zarurdir.
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling