Chaadaev yoshligidanoq Pushkin bilan do‘st bo‘lgan. Pushkin o‘zining eng yaxshi she’rlaridan birini Chaadaevga bag‘ishlagan.
Chaadaev 1856 yil 14 aprel kuni Moskva shahrida vafot etdi.
Vatanga muhabbat - ajoyib tuyg'u. Lekin undanda teranroq bir tuyg'u borki, u haqiqatga bo'lgan muhabbatdir. Vatan ishqi qahramonlarni dunyoga keltiradi. Haqiqatga bo‘lgan muhabbat esa insoniyatga donishmandlarni, muruvvatpeshalarni tuhfa etadi. Vatan muhabbati xalqlarni bir-biridan ajratadi, milliy adovatni yuzaga keltiradi va goho yerni motam libosiga burkaydi. Haqiqat ishqi esa olamga ilm nurlarini sochadi.
Suyukli odamlarni sevishdan oson ish yo‘q. Ammo sevimli bo‘lmagan odamlarni ham bir oz yaxshi ko‘rmoq kerak.
Men Vatanimni tanqid qilishim, kamsitishim va unga ozor berishim mumkin, lekin hech qachon uni aldamayman.
Zaif dushman eng yaxshi do‘st, hasadgo‘y do‘st esa eng yovuz dushmandir.
Ishoning, men o‘z Vatanimni har biringizdan ko‘ra ko‘proq yaxshi ko‘raman. Unga shon-shuhrat tilayman, xalqimning yuksak fazilatlarini qadrlayman... Biroq men Vatanni ko'zni yumib sevishga o‘rganmaganman.
Insoniyat an’analarining buyuk xazinasi bo‘lmish Sharqni o‘rganing.
Boshqalarning ortidan quvishimizga hojat yo‘q. Biz o‘zimizni oshkora baholab, kimligimizni tushunib olmog‘imiz, yolg‘ondan voz kechib, haqiqat yo‘lini mahkam tutmog‘imiz kerak. Shunda olg‘a bosamiz va boshqalardan ko‘ra ildamroq qadam tashlaymiz. Chunki biz o‘zgalardan ortda qolish asnosida ilgari o‘tganlarning butun tajribasi hamda asriy zahmatlaridan boxabar bo‘lamiz.
Qullikdan orlanmaydigan xalqning tolei pastdir. Bunday xalq qullik uchun yaratilgan.
Mukammallikka yaqinlashishni yagona maqsad qilib olganlargina unga erisha oladilar.
So‘z faqat shafqatli qalbdagina jaranglaydi.
Siz baxtli bo‘lishni istaysiz-ku, axir. Bas, shunday ekan, shaxsiy farog‘atingizni imkon qadar ozroq o‘ylang-da, o‘zgalar uchun qayg‘uring. Bittaga mingta qarshi chiqqan holda garov o‘ynab aytishim mumkinki, shunda siz bu olamda mavjud bo‘lgan eng yuksak darajadagi saodat lazzatidan bahramand bo‘lasiz.
Tarix xalqni tushunish kalitidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |