Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc


«O’sha davrda men nafaqat Vagner bilan aloqani uzish to‘g‘risida bir qarorga keldim, balki umuman yanglishganimni anglab yetdim...» deb yozadi Nitsshe


Download 264.58 Kb.
bet114/115
Sana25.02.2023
Hajmi264.58 Kb.
#1229839
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   115
Bog'liq
Saida Jo\'rayeva. Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf

«O’sha davrda men nafaqat Vagner bilan aloqani uzish to‘g‘risida bir qarorga keldim, balki umuman yanglishganimni anglab yetdim...» deb yozadi Nitsshe.
1880 yilda Nitsshe Yevgeniy Dyuring qalamiga mansub «Falsafa kursi» asarini o‘qib chiqadi. Bu asar uning dunyoqarashiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Nitsshega, ayniqsa, faylasufning koinotdagi barcha jarayonlarning davriy xususiyatga ega ekanligi, ularning doimo takrorlanib turishi to‘g‘risidagi fikrlari ma’qul keladi. Shu asosda o‘zining bu boradagi shaxsiy fikrlarini rivojlantiradi va «Mangu qaytarilish» haqidagi qarashlar tizimini ishlab chiqadi: «Hamma narsa mangu qaytarilishga mahkum. Biz qachonlardir yana ayni vaziyatda uchrashamiz. Men yana xastalikda yashayman, siz esa yana mening nutqimdan hayratga tushasiz. Mening o‘lish-o‘lmasligim baribir emasmi, chunki hech narsa meni bu hayotdan uzoqlashtirmaydi ham, yaqinlashtirmaydi ham. Chunki har bir lahza yana qaytariladi, har bir daqiqa mangudir».
Nitsshening quyidagi asarlari ma’lum:
«Tarixning hayot uchun foydasi va zarari to‘g‘risida» (1874), «Shopengauer murabbiy sifatida» (1874), «Rixard Vagner Bayreytda» (1875-1876), «Erkin tafakkur sohiblari uchun qo‘llanma» (1876-1878), «Tong yallig‘i» (1881), «Zardusht tavallosi: «Har bir kishi va hamma uchun kitob» (1881-1885), «Quvnoq bilim» (1882), «Yovuz donishmandlik: hikmatlar va dono so‘zlar» (1882-1885), «Axloqning mohiyati» (1887), «Hokimiyatga intilish» (Mazkur asar 1906 yilda chop etilgan). Nitsshe 1889 yilning boshida aqldan ozadi va oradan bir yil o‘tgach, vafot etadi.
Nitsshe falsafaga hozir ham qo‘llanib kelayotgan quyidagi ilmiy tushunchalarni kiritdi: «Hokimiyatga intilish», «Barcha qadriyatlarni qayta baholash», «Odamlarning yangi nasli», «Mallarang dog‘ulilar», «Oliy inson».
Nitsshe hayotni boshqalarga qaraganda teranroq his etgan. U o‘z aniq-ravshanligi bilan sirli, tushunarsiz darajada tushunarli bo‘lgan yagona faylasuf edi.
* * *
Kimdir bizdan uzr so‘ramoqchi bo‘lsa, bu ishni o‘ta mohirona bajarmog‘i kerak. Aks holda, biz o‘zimizni aybdordek noqulay his etamiz.
* * *
Har qanday haqiqat - egri. Chunki vaqtning o'zi ham bir doiradir.
* * *
Men kitoblarimni doim butun jismi jonim va hayotim ila yozdim. Sof ruhiy muammolar neligini esa bilmayman.
* * *
Inson ham xuddi daraxtga o‘xshaydi. Daraxtlar yuksaklik, yorug‘lik sari qanchalik ko‘p intilsalar, ildizlari yer qa’riga, qorong‘ulikka - tubanlik tomon shunchalar chuqurroq kirib boraveradi.
* * *
Mangulikka daxldor bo‘lish uchun ba’zan hayotni qurbon qilishga to‘g‘ri keladi.
* * *
Axloqiylik majburiyatni keltirib chiqaradi. Keyinchalik u odatga aylanadi, undan so‘ngroq esa u ixtiyoriy itoatkorlikka va nihoyat, tabiiy maylga aylanadi.
* * *
Inson o‘zga kishi oldida ayblariga iqror bo‘lgach, ularni darhol unutadi. Ammo o‘zga kishi uning ayblarini yodida saqlab qoladi.
* * *
Mukammal ayol odamzotning komil erkakdan ko‘ra oliyroq turidir. Ammo ularning soni komil erkaklarga nisbatan kamroq.
* * *
Shunday qoida mavjudki, biz uning vositasida insonning hayotini tortib olishimiz mumkin. Biroq insondan uning o‘limini tortib olishga imkon beruvchi qoida mavjud emas.
* * *
Shuhratparast odam uchun o‘zgalarning fikri emas, balki o‘zining boshqalar fikri to‘g‘risidagi mulohazasi muhimroqdir.
* * *
Olijanoblik xushfe’llik va haddan ortiq ishonuvchanlik omixtasidir.
* * *
Hamdardlik dard chekishdan ko‘ra azobliroqdir.
* 72 *
Isyon - qul uchun shon-shavkat.
* * *
Sen uni o‘z tarafingga og‘dirmoqchimisan? U holda uning huzurida o‘zingni dovdirayotgandek tut.
* * *
Har qanday jiddiy mehnat axloqimizga ta’sir o‘tkazadi. Diqqatimizni topshirilgan ishni bajarish uchun jamlashga bo‘lgan urinishimizni ruhiy olamimizga tashlangan toshga o‘xshatish mumkin. Tosh kelib tushgach, birinchi doira kichik bo‘ladi, keyingilari esa o‘z-o‘zidan kattalashib boradi.
* * *
Iztirob haqiqatga erishishning eng tezkor usulidir.
* * *
Bu olamda faqat uch narsa menga yupanch bo‘la oladi: mening Shopengauerim, Shuman va yolg‘izlikdagi sayrlar.
* * *
Biz nimani izlaymiz? Xotirjamlik, baxtnimi? Biz qanchalar dahshatli va jirkanch bo‘lmasin, haqiqatni izlaymiz.
* * *
Qachonlardir hamma narsa o‘z nihoyasiga yetadi. Shunda - menga ko‘rish nasib etmaydigan olis kunlarning birida — kitoblarimni qo‘lga olib ochishadi va o‘z o‘quvchilarim paydo bo‘ladi. Men ana shu muxlislarim uchun yozishim, shular uchun asosiy g‘oyalarimni nihoyasiga yetkazishim kerak. Hozir kurasholmayman - mening hatto dushmanim ham yo‘q.

Download 264.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling