Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc
U faylasuflar Anaksimandr va Ferekidning shogirdi bo‘lgan
Download 264.58 Kb.
|
Saida Jo\'rayeva. Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pifagorning quyidagi asarlari ma’lum
- BUDDA SHAKYA MUNI
U faylasuflar Anaksimandr va Ferekidning shogirdi bo‘lgan.
Pifagor uzoq vaqt davomida Misrda tahsil olgan. Zardushtiylik diniga juda qiziqqan. U Misrda ilm sirlarini o‘rganish uchun hatto xatna qildirishga ham rozi bo‘lgan. Aks holda uni kitoblarga yaqinlashtirishmasdi. U hech qachon yig‘lamagan va umuman ehtiros hamda his-hayajonga berilmagan. Pifagorning quyidagi asarlari ma’lum: «Tabiat haqida», «Davlat haqida», «Tarbiya haqida», «Jon haqida», «Olam haqida», «Ilohiy kalom». Pifagor miloddan avvalgi 496 yilda dushmanlari tomonidan o‘ldirilgan. Pifagor hayotning mazmuniga oid qarashlarga «falsafa», deb nom bergan birinchi donishmand edi. * * * Rivoyat qilishlaricha, Fliunt shahriga safari chog‘ida hokim Leon Pifagordan so‘radi: «Sen qaysi ilm bilimdonisan?» — «Hech qaysi, — deb javob berdi Pifagor. — Men shunchaki bir faylasufman». — «Falsafa degani nima o‘zi?» — taajjublanib so‘radi hokim. Pifagor shunday javob berdi: «Inson umrini bozor va olimpiya o‘yinlariga qiyoslash mumkin. Bozordagi sotuvchilar ham, xaridorlar ham doimo o‘z foydalarini ko‘zlaydilar. Olimpiya o‘yinlari ishtirokchilari esa shon-shuhrat va mashhurlik payida bo‘ladilar. O’yingohdagi tomoshabinlar esa ularni diqqat bilan kuzatadilar. Hayotda ham shunday. Odamlarning katta bir guruhi boylik va shon-shuhrat orttirish maqsadida yelib-yuguradilar. Ana shu olomon orasida kamchilikdan iborat bir guruh borkim, ular chetdan turib atrofdagilarni jimgina kuzatadilar. Voqea-hodisalarni, inson tabiatini tadqiq etadilar. Haqiqatni anglash ularning eng sevimli amalidir. Ana shu toifadagi odamlar faylasuflar — donolikni sevuvchilar, deb ataladi. Ular sofoslar, ya’ni donishmandlar emas. Chunki tom ma’nodagi donishmandlik yolg‘iz Allohga xos sifat. Bandalar esa donishmandlikka intilish bilan kifoyalanadilar, xolos». * * * Donishmandlik ibtidosi: fikrlashni o‘rganish, vaysaqilikka barham berish. * * * O’tgan kun haqidagi: «Men uni qanday o‘tkazdim, nimalar qildim-u, nimalarga ulgurolmadim?» — degan savollarga javob topilmaguncha ko‘zlaring uyquga ketmasin. * * * Odamlar! Eng avvalo ezgu axloqqa ega bo‘lishga harakat qiling, zero axloq qonunning asosidir. * * * Tartib sening muqaddas maqsading bo‘lsin. Sen bu maqsad yo‘lida astoydil xizmat qil. Chunki tartib hamma narsaning majmuasidir. Tabiatning mavjudligi asosida ham tartib yotadi. * * * Agar sendan ezgulik nima, deb so‘rasalar: amalda foydalanilgan donishmandlikdir, deb javob ber. * * * Tinglash va sukut saqlash seni donolikka yetaklaydi. Sukut — donolikning boshlanishi. * * * Bilimlilik va donishmandlikni ayni bir narsa deb hisoblamang. * * * Xususiy mulki bo‘lmagan fuqaro bevatandir. * * * Ey, oddiy xalq orasida yashashga mahkum donishmand! Sen moyga o‘xshashing lozim. Moy suvga aralashib ket-may, uning yuzida qalqib turadi. * * * Sen o‘z-o‘zingga hokim bo‘l. O’zingga o‘zing shoh bo‘lib, odilona boshqaruv asnosida yuksak hukmronlik va eng muhim lavozimga erishasan. * * * Rafiqasi bilan murosaga kelolmagan odamni do‘st tutma. * * * Jonzotlarni o‘ldirishdan saqlaning, chunki odam o‘ldirish jonivorlarni o‘ldirishdan boshlangan. BUDDA SHAKYA MUNI (Miloddan avvalgi 556-476yillar) Download 264.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling