Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc


Download 264.58 Kb.
bet10/115
Sana25.02.2023
Hajmi264.58 Kb.
#1229839
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   115
Bog'liq
Saida Jo\'rayeva. Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf

Yunon faylasufi Parmenid janubiy Italiyada istiqomat qiluvchi aslzoda, boy-badavlat xonadonda dunyoga keldi. U faylasuf Ksenofan va Pifagorning izdoshi Aminiydan saboq olgan.
* 5 *
Hamma narsaning asosida ikki ibtido olov va yer yotadi.
* * *
Yo‘qlikning mavjudligi haqidagi fikr xatodir.
* * *
Borliq mushtarak, uzluksiz, yaxlit, bo‘linmas va bir jinsli voqelikdir.
* * *
Yo‘q narsalarning borligini hech qachon isbotlab bo‘lmaydi. Tadqiqotning bu yo‘lidan fikringizni qaytaring. Chunki yo‘qlikni na anglab va na ifodalab bo‘ladi. Yo‘qlik yetib bo‘lmas voqelikdir.
* * *
Ko‘pincha: «Biz o‘z kamchiliklarimizni ko‘ramiz», deyishadi. Shunday savol tug‘iladi: qanday qilib nimanidir emas, aynan kamchilikni ko‘rish mumkin? Kamchilik so‘zi yo‘q narsani ifodalaydi. Axir, mohiyatan, bu so‘z mavjud bo‘lmagan narsani yoki nomavjudlikning o‘zini anglatadi-ku!
Aslida yo‘q narsani qanday ko‘rish mumkin?! Demak, ko‘rayotganlarimiz biz uchun ko‘rinmish sifatida kam, yetarli emas. Biz ko‘proq yoki boshqacharoq ko‘rishni, ya’ni muayyan narsada mavjud bo‘lmasa-da, boshqa bir narsada bor bo‘lgan nimanidir ko‘rishni xohlaymiz.
Demak, qat’iy qilib aytganda, biz nafaqat ko‘rmaymiz axir «nomavjudlik»ni qanday ko‘rish mumkin balki ko‘rganlarimiz bilan kelisha olmaymiz.
* * *
Qarama-qarshilik haqiqatga nomuvofiqdir.
* * *
Na o‘tmish va na kelajak mavjud. Chunki o‘tmish endilikda yo‘q, kelajak esa hali yetib kelmagan.
* * *
Bema’ni ma’ruzalarga quloq osma.
EFESLIK BUQROT (GERAKLIT)
(Taxminan miloddan avvalgi 535-475 yillar)

Download 264.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling