Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc


Uning quyidagi asarlari ma’lum


Download 264.58 Kb.
bet16/115
Sana25.02.2023
Hajmi264.58 Kb.
#1229839
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   115
Bog'liq
Saida Jo\'rayeva. Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf

Uning quyidagi asarlari ma’lum: «Tangrilar haqida», «Bahs ilmi», «Narsalarning ibtidoiy tartibi to‘g‘risida», «Davlat to‘g‘risida», «Buyuk so‘z», «Mohiyat haqida» va boshqalar.
* * *
Irlandiyaning «Xeyn end sone» deb ataluvchi kema qatnovi birlashmasining tamg‘asida qo‘l panjasi va uch tomchi qon suvrati tasvirlangan.
Bu belgi zamirida Protagor uchun muammo hisoblangan «masala»ning mohiyati aks etgan tarixiy voqea yotadi.
Aytishlaricha, bir odamning ikki o‘g‘li va bisotida bittagina kemasi bo‘lgan. U ana shu kemani qaysi o‘g‘liga meros qilib qoldirishini bilmay boshi qotadi. O’ylay-o‘ylay oxir-oqibat, ikki o‘g‘liga bir xil shart qo‘yadi. Ya’ni, qaysi biri kemaning yon chekkasiga birinchi bo‘lib qo‘lini tekkizsa, kema o‘shanga nasib etishini ma’lum qiladi. Belgilangan kuni ikki o‘g‘il ikki qayiqqa o‘tirib, kema tomon zo‘r berib eshkak esha boshlaydilar... Akasi ancha ilgarilab ketganini ko‘rgan kenja o‘g‘il boltani olib, bir qo‘lining panjasini chopadi. So‘ng kesilgan panjani kema tomon uloqtiradi. Natijada kema zukko kenja o‘g‘ilga nasib etadi...
* * *
Inson barcha narsalarning: mavjud narsalarning mavjudligini va nomavjud narsalarning nomavjudligini belgilovchi omildir.
* * *
Mana bu naql faylasuf Protagor tafakkurining mevasidir: «Timsoh bir ayolning bolasini o‘g‘irlab ketdi. Onaizor timsohdan jigarbandini qaytarib berishini o‘tinib so‘radi.
Shunda timsoh:
Mayli, bolangni qaytarib beraman. Faqat bir shartim bor. Sen menga haqiqatni aytishing kerak! dedi.
Ayol bir oz o‘ylanib, dedi:
Lekin, baribir, sen menga bolamni qaytarmaysan.
Demak, so‘zingdan ko‘rinadiki, haqiqatni aytish-aytmasligingdan qat’i nazar, bolangni qaytarolmayman. Negaki, agar sening hozirgina og‘zingdan chiqqan so‘zlar haqiqat bo‘lsa, unga muvofiq bolangni senga qaytarmasligim kerak. Bordi-yu, so‘zlaring haqiqatligini inkor etsang ham farzandingni qaytarib berolmayman. Chunki sen mening shartimni bajarmagan bo‘lasan!»
* * *
Protagor shogirdi Evatl bilan shartnoma tuzadi. Bu shartnomaga muvofiq Evatl o‘zi olib borgan sud jarayonida g‘olib chiqsa, Protagorga pul berishi lozim edi. Lekin shogird biror sud jarayonini boshlashga shoshilmaydi. Toqati toq bo‘lgan ustoz shogirdiga: «Seni sudga beraman», deb po‘pisa qiladi. Evatl esa hali bitta ham sud jarayonida g‘olib chiqmaganini ro‘kach qilib, pul berishdan bosh tortadi.
Shunda Protagor:
U holda sudga murojaat qilamiz. Agar ajrim mening foydamga hal bo‘lsa, sen menga pul berasan. Bordi-yu, sen g‘olib chiqqan taqdiringda ham mendan qarzdor bo‘lib qolasan. Chunki avval shunday shartlashganmiz, deydi.
O’z ustoziga munosib shogird bo‘lgan Evatl Protagorni mana bu javob bilan lol qoldiradi:
Agar sudda men mag‘lub bo‘lsam, sizga pul bermasligim aniq. Chunki kelishuvimizga muvofiq men g‘olib bo‘lsamgina to‘lov to‘lashim lozim. Sud jarayonida g‘olib chiqsam ham pul bermayman. Chunki men g‘alaba qozongan bo‘laman.
(Ustoz va shogird o‘rtasidagi bu muammoli munozara jahon tarixi sahifalarida «Evatl safsatasi» nomi bilan muhrlanib qolgan).
MO-SZI (MO DI)
(Miloddan avvalgi 480 (taxminan) -400yillar)
Qadimiy Xitoy faylasufi Mo-tszi mayda mulkdor oilasida tug‘ildi. U g‘ildiraklar va qurollar uchun so‘loq yasovchi mohir usta bo‘lgan. Konfutsiy ta’limotini chuqur o‘rgangan. U xitoy falsafasiga birinchi bo‘lib GU (sabab) va LEY (tur) darajalari tushunchasini olib kirdi hamda asoslab berdi.
Mo-tszi qarashlari uning shogirdlari tomonidan to‘plangan «Mo-tszi» kitobida jamlangan. Mo-tszining zamondoshlariga ta’siri shunchalar kuchli bo‘lganki, u xuddi Konfutsiy kabi shuhrat qozongan.
* 6 *
Odamzot endigina paydo bo‘lgan qadim zamonlarda insonlar jazo nima ekanligini bilishmas, adolatni har kim o‘zicha tushunardi. Adolat haqida o‘nta odam o‘n xil o‘ylar va har biri o‘zicha haq edi. Oqibatda odamlar o‘rtasida kuchli adovat paydo bo‘ldi. Tartibsizlik va o‘zaro adovatning sababi boshboshdoqlik ekanini anglagan odamlar oralaridan eng adolatli va dono kishini hukmdorlikka tanlab olishdi va uni Samo farzandi, deb e’lon qilishdi.
* * *
Mo-tszining shogirdi Pen Sin ustoziga dedi:
O’tmishni bilish mumkin, ammo kelajakda nimalar yuz berishini avvaldan bilib bo‘lmaydi.
Mo-tszi shogirdiga javoban shunday dedi:
Faraz qilginki, yuz li uzoqlikda yashovchi yaqin kishilaring boshiga og‘ir kulfat tushdi. Vaziyat shundayki, bir kunda ularning hayot-mamoti hal bo‘ladi. Agar sen ana shu bir kun ichida ularning qoshiga yetib borolsang, tirik qoladilar, aks holda halokatga mahkum bo‘ladilar. Qarshingda esa manzilga eltuvchi ikki arava turibdi. Aravalardan biri o‘ta mustahkam va baquvvat otlar qo‘shilgan, ikkinchisining esa g‘ildiraklari singan va bir juft oriq ot qo‘shilgan. Qani, ayt-chi, sen qay birini tanlaysan?
Albatta, baquvvat aravani tanlayman-da! dedi shogird o‘ylab o‘tirmay.
Shunda Mo-tszi istehzo bilan dedi:
Xo‘sh, unda nima sababdan kelajakni oldindan ko‘rib bo‘lmaydi, deyapsan?
* * *
Insonlar o‘rtasidagi o‘zaro mehr-muhabbat o‘zgalar mulkiga, xonadoniga xuddi o‘ziniki kabi munosabatda bo‘lib, har bir kishini o‘zini tushungandek tushunishga o‘rgatadi.
* * *
Odamlar orasida o‘ta noyob fazilatlari tufayli hayotdan ko‘z yumganlar ko‘proq uchraydi. Chunki haddan ortiq yukni asrash doimo ranju alam chekishga sabab bo‘ladi. Zotan, baland daraxtga eng avval bolta uradilar, ohu va toshbaqaning yirigini ham darrov qo‘lga tushiradilar, katta ilonni esa birinchi bo‘lib mahv etadilar.

  • * *

Mo-Szi yana quyidagi fikrlarni olg‘a suradi: «Samo adolatni sevadi. Adolatsizlikdan esa nafratlanadi. U insonlar bir-birini sevib, bir-biriga doimo yordam berishini tilaydi».

  • * *

Donishmandlarni davlat ishlariga ko‘proq jalb etib, martabalarini oshirmoq, ularning badavlat va e’tiborli bo‘lishlarini, amaldorlar ustidan nazorat o‘rnatishlarini ta’minlamoq joizdir.

  • * *

Mamlakatning butun boyligi jam etilganda ham qimmati jihatidan donishmandlar va davlat ishiga jalb etilgan zakovat sohiblariga tenglasholmaydi.

  • * *

Kambag‘allik mamlakatdagi tartibsizliklar ildizi.

  • * *

Insonga baho berishda uning niyatlari majmuini va harakatlari natijasini ko‘rib chiqish kerak.

  • * *

Dono hukmdor xalqqa foyda keltirmaydigan xarajatlardan voz kechadi.

  • * *

Hukmdorlar haqiqatni tik aytadigan mulozimlarga ega bo‘lmog‘i zarur.

Download 264.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling