Fales Misr ehromlarining balandligini ularning soyasiga qarab o‘lchagan. U yolg‘izlikda hayot kechirib, davlat ishlariga aralashmagan. Uning quyidagi asarlari ma’lum:
«Quyoshning harakati haqida».
«Tengkunlik haqida».
Sitseron shunday guvohlik beradi:
«Falsafa Falesdan boshlanadi, u birinchi edi».
* * *
Ko‘hna qo‘lyozmalarda Falesning xachiri bilan sodir bo‘lgan mana bu voqea hikoya qilinadi:
«Ustiga bir necha qop tuz ortilgan xachir daryoni kechib o‘tayotganda bexosdan toyib ketadi. Natijada ivigan qoplardagi tuz erib, xachirning yuki yengillashib qoladi. Shundan so‘ng xachir daryodan kechib o‘tayotganda har safar atayin suvga bir sho‘ng‘ib olishni odat qiladi. Nihoyat Fales xachirning bu nayrangini sezib qolib, uning ustiga yung solingan qoplarni ortishni buyuradi. Xachir noiloj ayyorlikdan voz kechib, odatini tark etishga majbur bo‘ladi».
* * *
Fales shunday deb yozadi:
Hamma narsaning ibtidosi suvdir.
* * *
Tangri hamma narsadan ko‘hnaroqdir. Chunki u yaratilmagan.
* * *
Yer suvda suzadi.
* * *
Xudoning na ibtidosi, na intihosi bor. U — Koinotning tafakkuri. Koinot jonli va ayni damda ilohiyotga to‘liqdir.
* * *
— Eng go‘zal narsa nima?
— Odam. Chunki u Tangrining mahsulidir.
— Eng tez narsa nima?
— Aql. U hamma narsani ortda qoldiradi.
— Hammadan donoroq narsa-chi?
— Vaqt. Chunki yolg‘iz vaqtgina hamma narsani oydin-lashtiradi.
— Hamma uchun eng umumiy narsa nima?
— Umid. Chunki u hech vaqosi yo‘qlarda ham mavjud-dir.
— Eng kuchli narsa nima?
— Zaruriyat. Chunki u hamma narsaning ustidan huk-mronlik qiladi.
— Eng qiyin narsa nima?
— O’zni anglash.
— Eng oson narsa-chi?
— O’zgalarga maslahat berish.
— Kimni baxtli sanash mumkin?
— Jismoniy sog‘lom, ruhiy xotirjam hamda iste’dodini o‘stira olgan kishini.
— Baxtsizlikka dosh berishning oson yo‘li nima?
— G’animlarning sendan-da yomon ahvolga tushib qolganiga guvoh bo‘lish.
* * *
Men uch narsa uchun taqdirdan minnatdorman: birinchidan, hayvon emas, inson bo‘lib tug‘ilganim uchun; ikkinchidan, ayol emas, erkak bo‘lib tug‘ilganim uchun; uchinchidan esa varvar emas, ellinlik bo‘lganim uchun.
EZOP
(Taxminan miloddan avvalgi 640-560 yillar)
Do'stlaringiz bilan baham: |