Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc


Download 264.58 Kb.
bet5/115
Sana25.02.2023
Hajmi264.58 Kb.
#1229839
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115
Bog'liq
Saida Jo\'rayeva. Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf

Afsonaviy yunon donishmandi Epimenid Krit orolida tug‘ilgan. U donishmand Solon bilan yaqin do‘st bo‘lgan. Solonga qonunlarni tuzishda ko‘maklashgan. Miloddan avvalgi 596 yilda Epimenid Afina shahrini vabo epidemiyasidan saqlab qolgan. Manbalarda yozilishicha, faylasuf 300 yildan ortiq umr ko‘rgan.
* * *
Epimenidning yolg‘on so‘zlagan kritlik haqidagi mantiqiy ziddiyati necha asrlardan buyon donishmandlar uchun yechib bo‘lmas muammoligicha qolayotir. Bu zidlamaning mazmuni shunday: «Bir kritlik so‘zlay turib: «Men aldayapman», deydi yoki: «Hozir men aytadigan so‘zlar yolg‘on», deyishi mumkin. Yo bo‘lmasa bunday deydi: «Aytgan so‘zlarimning bari yolg‘on». Agar so‘zlovchi chindanam yolg‘on gapirgan bo‘lsa, uning iqrori haqiqat. Aksincha, so‘zlovchining aytganlari chin bo‘lsa-yu, «yolg‘on gapirdim», desa, u rostdan ham yolg‘on gapirgan. Shunday qilib, agar so‘zlovchining iqrori rost bo‘lsa, u yolg‘on gapirayotgan bo‘ladi, aksincha, uning iqrori yolg‘on bo‘lsa, gaplari rostdir.
Ushbu mantiqiy ziddiyatning kashf etilishi ko‘plab faylasuflarni boshi berk ko‘chaga kiritib qo‘ydi. Faylasuf Xristipp (miloddan avvalgi 281-208-yillar) ana shu zidlamaga bag‘ishlangan uchta kitob yozdi. Kosslik Filet ismli donishmand esa bosh qotira-qotira, ziddiyatni yecholmagach, alam ustida o‘z joniga qasd qildi.
Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, taniqli yunon olimi, mantiq ilmining bilimdoni Diodor Kronos (miloddan avvalgi 307 yilda vafot etgan) hayotining so‘nggi yillarida ushbu zidlamani yechishga bel bog‘lagan. U yechimni topmaguncha ovqat yemaslikka ont ichgan va oxir-oqibat bandalikni bajo keltirgan.
MILETLIK ANAKSIMEN
(Taxminan miloddan avvalgi 585-525 yillar)
Qadimgi yunon faylasufi Anaksimen miletlik Evristratning o‘g‘li va faylasuf Anaksimandrning yaqin do‘sti bo‘lgan.
* * *
Anaksimen shogirdi bilan qalin daraxtzorda sayr qilib yurardi. Suhbat orasida shogirdi undan so‘rab qoldi: «Ustoz, mana siz buyuk ellinlardan saboq olgan, ko‘p yillik hayotiy tajriba orttirib, donishmandlik maqomiga erishgan insonsiz. Lekin negadir hali ko‘p narsani bilmayman, deb noliysiz. Nahotki, sizdek donishmand uchun ham yechilmagan savollar bo‘lsa bu dunyoda?» Faylasuf o‘ylanib qoldi va tayoq olib yerga ikkita doira chizdi. Bu doiralarning biri kichkina, ikkinchisi kattaroq edi. «Mana bu kichkina doira sening bilimlaring, kattasi esa meniki, dedi Anaksimen. Ushbu doiralardan tashqaridagi maydon esa hali biz anglab yetmagan ilmlardir. Endi bir e’tibor bergin-a, doira qanchalik kichik bo‘lsa, undan tashqaridagi maydon ham shuncha kichik, ya’ni hali biz tushunib yetmagan ilmlar kamroqdir. Doira katta bo‘lsa, buning aksi, ya’ni insonning bilim doirasi qanchalar keng bo‘lsa, bu doiraga tutash noma’lumlik maydoni ham shunchalar kengdir.
LAO SZI
(Miloddan avvalgi 579-499 yillar)

Download 264.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling