Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc


Budda dunyoda eng keng tarqalgan dinlardan biri


Download 264.58 Kb.
bet8/115
Sana25.02.2023
Hajmi264.58 Kb.
#1229839
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   115
Bog'liq
Saida Jo\'rayeva. Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf

Budda dunyoda eng keng tarqalgan dinlardan biri buddizmning asoschisidir. U Hindistondagi Shakya qabilasi hukmdorining o‘g‘li bo‘lgan.
Budda Himolay tog‘ining etagida dunyoga kelgan. Uning asl ismi Gautama bo‘lgan. Shakya Muni uning laqabi bo‘lib, «shakya qabilasining zohidi» degan ma’noni bildiradi.
Gautama muhtasham saroyda, gullar va dur-javohirlar ichida, raqqosalar, musiqachilar qurshovida yashagan. Shuning uchun u hayot hamma yerda go‘zal va zavqli degan xulosaga kelgan...
Biroq bir kuni og‘zida bitta ham tishi yo‘q, qartayib qolgan qariyani uchratgach, keksalik muqarrar ekanligini tushunadi. Bemor odamni uchratib, salomatlik omonatligini angladi va o‘lim to‘g‘risida o‘ylay boshlaydi. Shu tariqa zohidlikni ixtiyor qiladi. Yetti yil tarkidunyochilikda, ochlik va sargardonlikda yashaydi. Kunlardan bir kun u katta daraxt ostida chordona qurib chuqur o‘yga tolgancha o‘tirganda mo‘‘jiza yuz berib, ongi tiniqlashadi va donishmandlik sari yuz tutadi. Shu paytdan boshlab uni Budda deb atashadi. Budda sanskritcha xotirjam, osoyishta, degan ma’noni bildiradi. Budda Gang daryosi bo‘yidagi Banoras shahrida o‘z ta’limoti asoslari bo‘yicha dars bergan.
* * *
Budda Shakya Muni shunday degandi: «Inson hayoti azob-uqubatlardan iboratdir. Biroq doimo to‘g‘ri so‘zlab, ezgulikka intilish, o‘zgalarning haqiga xiyonat qilmaslik, g‘azab va hasadni yengish orqali uni yengillatish mumkin. Shuningdek, inson behuda yugur-yugurlardan, mol-dunyo orttirish havasi va haddan ziyoda huzur-halovat istagidan ozod bo‘lmog‘i lozim. Ana shunda har bir boy va kambag‘al, shoh va qul, ruhoniy va oddiy kimsalar dunyoga qayta-qayta kelish azobidan xalos bo‘ladilar».
* * *
Budda shogirdlari toliqib qolgan kezlarda ularga kutilmagan savollar berib, tezlik bilan javob qaytarishlarini so‘rardi. Masalan, gohida oddiy bir buyumni ko‘rsatib, uni ko‘pi bilan uchta so‘z va kamida yuz satr orqali ta’riflab berishlarini buyurgan. Ba’zan talabalardan birini tanbalangan eshik qarshisiga turg‘azib qo‘yib: «Eshikni nima bilan ochasan?» deb savol bergan, goho musiqachilarni deraza tagiga tizib, biror qo‘shiqni teskari mazmunda kuylashga majbur etgan. Ba’zida shogirdlari safidan o‘ta turib, nechta qadam tashlaganini so‘rab qolardi. Biror jonivordan yoki tabiat hodisalaridan cho‘chigan talabalardan esa o‘zlaridagi qo‘rquvni yengishni talab qilgan.
* * *
Uch shogird Byddadan uning mo‘‘jizalarini ko‘pish ychyn ijozat so‘radilar. Donishmand ularning har birini qorong‘i xonaga kiritib, ustlaridan qulflab qo‘ydi. Oradan bir oz vaqt o‘tib, ularni huzuriga chaqirdi va ko‘rganlarini so‘zlab berishlarini so‘radi. Talabalar birin-ketin ko‘rganlarini hikoya qilishdi. Budda ularning hikoyalarini tinglab bo‘lgach, dedi:
Endi siz mo‘‘jiza o‘zingiz uchun foydasiz ekaniga ishonch hosil qilmog‘ingiz lozim. Negaki, siz asosiy mo‘‘jizani sezishga ojizlik qildingiz. Zero, botiniy borliqni his eta olganingizda edi, bu tuyg‘u sizni o‘zga olamlarga yo‘llagan bo‘lardi. Ammo siz o‘zingizning yerda o‘tirganingizni his etishda davom etdingiz. Sizning fikrlaringiz yerga turli kulfatlar yog‘dirdi. Siz qoyalarni vayron qilib, to‘fonda kemalarni parchalab tashladingiz.
Shu so‘zlardan so‘ng Budda bir oz tin olib talabalarning biriga so‘z qotdi:
Mana, sen boshiga alangadan toj kiygan alvon tusli jonivorni ko‘rding. Sen tubsizlikdan olib chiqqan bu olov himoyasiz odamlarning boshpanalarini o‘z domiga olib, kuydirib yubordi. Zudlik bilan ularga yordam ber!
Sen esa qiz qiyofasidagi kaltakesakni ko‘rding, dedi ikkinchi talabaga. Va to‘lqinlarni baliqchilarning qirg‘oqdagi qayiqlarini yuvib ketishga majbur qilding. Sen ham yordamga shoshil!
Uchinchi shogirdiga yuzlandi:
Sen parvoz etayotgan lochinni ko‘rding va kuchli dovul dehqonlarning hosilini uchirib ketdi. Endi sen borib, ularga tovon to‘lamog‘ing lozim!
Shogirdlarim! Ayting-chi, siz atrofdagilarga qanday naf keltirdingiz. Zero, kavakdagi boyqush ham vaqtini sizdan ko‘ra foydaliroq narsalarga sarflaydi! Siz yo ter to‘kib, yerda mehnat qilmog‘ingiz yoxud yolg‘izlikda yerdan yuksaklikka ko‘tarilishga o‘zingizda ruhiy quvvat topmog‘ingiz darkor. Donishmand odam bema’ni fikr to‘lqinini qo‘zg‘atishdan doimo saqlanmog‘i zarur.
Shu narsa haqiqatki, mittigina qushning qanotidan tushgan patning zarbidan uzoqlarda momaqaldiroq hosil bo‘ladi. Inson nafas olganda butun olam bilan qorishib ketadi.
Donishmand doimo yuksaklik sari intiladi. Zero, odamlar doimo bir-biriga donolik sifatlarini ochgusidir.
* 3 *
Budda Qonun g‘ildiragi haqida shunday rivoyat qiladi:
Bir mohir xattot huzuriga muhtaram zot kelib, Tan-griga murojaatnoma yozib berishni so‘raydi. Va shunga loyiq teri (qadim zamonda qog‘oz o‘rnida ishlatilgan) tashlab ketadi. U ketgach, yana bir odam kelib, tahdid va g‘azabga to‘la maktubini zudlik bilan ko‘chirib berishni buyuradi. Xattot uning hojatini chiqarish maqsadida maktubni ko‘chirishga kirishadi va shoshilinchda adashib, birinchi kishi keltirgan terini ishlatib yuboradi. Janjalkash odam quvonib, maktubni olib ketadi. So‘ngra birinchi buyurtmachi keladi-da, terini ko‘rib:
Men tashlab ketgan teri qani? deb so‘raydi. Xattotdan yuz bergan anglashilmovchilikni eshitib, shunday dedi:
Ezgu tilaklar bitish uchun senga keltirilgan teriga oq fotiha berilgandi. Tahdid va ig‘vo bitilishi lozim bo‘lgan teri esa o‘z ta’sir kuchidan mahrum etilgandi.
Sen muddatlar qonunini insofsizlarcha buzib, bir bemorga yordam beruvchi duoning kuchini yo‘qotding. Buning ustiga ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan, og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan yovuzlikni, zug‘umni harakatga keltirding. Men keltirgan teriga oq fotiha bergan avliyoning mehnati bir pul bo‘ldi. Yovuzlikning kuchini kesgan avliyoning mehnati zoe ketdi. Sen olamga yovuz duoibadni «chiqarib» yubording va u bir kun albatta o‘zingga qaytib kelajak. Sen Qonun g‘ildiragini izdan chiqarding. Endi sen unga chiqa olmaysan, u yo‘lingni kesib o‘tadi.
Bu voqeadan xulosa shuki, qonunlarni birinchi duch kelgan o‘g‘ri olib ketadigan o‘lik teriga yozmang. Qonunlarni qalbingizda saqlang. Ana shunda baxt-saodat sizga yo‘lingizni yengillashtirguvchi Qonun g‘ildiragini hadya etadi.
* * *
Bir sofdil odam Buddani ko‘rmoqlik niyatida atrofdagi turfa buyumlarga bir-bir nazar soldi. Biroq uning qo‘llari dono timsollarni tuta olmadi, ko‘zlari esa mo‘‘tabar buyumlarni teshib o‘tishga ojizlik qildi u Buddani ko‘rolmadi.
Nihoyat, ibodat qilayotgan chog‘ida peshonasiga o‘rgimchak ini tegayotganini sezib, uni qo‘li bilan sidirib tashladi. Shunda g‘oyibdan dona-dona ovoz keldi:
Nega mening qo‘limni itarayapsan? Mening nurim seni quchishiga ijozat ber.
So‘ng atrof birdan yorishib ketdi. Haligi odam o‘zi sidirib tashlagan o‘rgimchak ipini qo‘liga oldi. Ip har birida Budda siymosi aks etgan qirqta marvarid dona-siga aylandi. Marvarid donalarining o‘rtasida bir tosh bo‘lib, unga: «Jasorat, umidsizlik, shodlik», degan so‘zlar bitilgandi. Budda muhibi shodlikni tanladi. Negaki, u shodlikka olib boruvchi yo‘lni topgandi.
Buddaning huzuriga bir talaba kelib:
Mo‘‘jiza ko‘rsatganingizdan keyingina sizga ishonishim mumkin, dedi.
Budda g‘amgin jilmaydi-da, unga g‘aroyib mo‘‘jiza ko‘rsatdi. Talaba o‘zini tutolmay hayqirib yubordi:
O, Budda! Endi men sening rahnamoligingda ilm olishga roziman.
Biroq Budda unga eshikni ko‘rsatib, dedi:
Endi menga sening keraging yo‘q!
* * *
Budda shunday degandi: kamchilik va nuqsonlaringni ko‘rsatib, seni koyigan donishmandning etagidan mahkam tut. Zero, u zot xazinaga eltayotgan yo‘lboshchiga o‘xshaydi va sen sira kam bo‘lmaysan.
KONFUTSIY
(Miloddan avvalgi 551-479 yillar)
Konfutsiy Xitoyning sharqidagi Lu knyazligida tug‘ildi. U aslzodalar xonadoniga mansub bo‘lib, otasi Shulyan Xe Lu knyazligidagi Szou muzofotini boshqargan. Konfutsiy tug‘ilganda otasi 70 yoshga to‘lgan edi. Uch yoshga to‘lganda otasidan, 17 yoshida onasidan ayrildi. Oilada Konfutsiydan tashqari 9 qiz va bir nogiron o‘g‘il bo‘lgan.
Uning asl ismi Kun Syu bo‘lib, muxlislari Kun Fu-tszi, deb atashgan. Bu ism bora-bora Kun Fu-tszi, degan faxrli laqabga aylangan. Bu ism «hurmatli ustoz Kun», degan ma’noni anglatadi. XVII asrda Xitoyga kelgan iezuit-missionerlar xitoylik donishmand ta’limoti bilan tanishib, uni Yevropa madaniyatining ham vakiliga aylantirish maqsadida Konfutsiy deb atay boshlashgan.
Konfutsiy Pifagor va Suqrot kabi faqat og‘zaki ta’lim bergan. Shuning uchun undan bir satr ham qo‘lyozma qolmagan. Bizga ma’lum asarlarining hammasi shogirdlari tomonidan yozilgan.

Download 264.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling