Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc


Konfutsiy daosizm asoschisi Lao-Szi bilan uchrashgan, undan maslahatlar olgan. Faylasufning


Download 264.58 Kb.
bet9/115
Sana25.02.2023
Hajmi264.58 Kb.
#1229839
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   115
Bog'liq
Saida Jo\'rayeva. Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf

Konfutsiy daosizm asoschisi Lao-Szi bilan uchrashgan, undan maslahatlar olgan. Faylasufning 3000 nafar shogirdi bo‘lgan. Ulardan 72 nafari esa hech qachon ustozlarini tark etishmagan. Konfutsiy 66 yoshiga qadar mamlakatni kezib, o‘z ta’limotidan caboq bergan. U mazkur amalni 30 yoshida boshlagandi.
* * *
Yagona va eng mudhish xato avvalgi xatolarni tuzatmaslikdir.
* * *
Kunlardan bir kun xitoy donishmandi Konfutsiyning sevimli shogirdi Szi-Gunga bir tanishi: «Sen Konfutsiydan ko‘ra bilimliroq va aqlliroqsan», deganda Szi-Gun unga shunday javob berdi: «Donolik misli bir devor bo‘lsa, mening devorim odam bo‘yidan oshmaydi. Shuning uchun har bir odam osongina bu devor ortiga mo‘ralab, nimalar borligini bilib olishi mumkin. Ustoz esa misli bir necha sarjin (bir sarjin — 2,13 metr) balandlikdagi devordir.
Bu devorning darvozasini topolmagan kishi uning ortidagi go‘zal ehrom va muhtasham qasrlarni hech qachon ko‘rolmaydi».
* * *
Konfutsiyning o‘zi bilan deyarli tengdosh Szi-Lu ismli barvasta, jizzaki va o‘taketgan shuhratparast shogirdi bo‘lgan. Bu yigit Syuyfuga chekka qishloqdan omad izlab kelib, o‘zining qo‘pol qiliqlari bilan poytaxt ahlining e’tiborini tortgan edi.
Bir kuni u odob va nazokatni unutib, Konfutsiyga luqma tashladi: «Muhtaram zot, siz shunchalar dono ekansiz, hiyla-nayrang ishlatmay savolimga javob bersangiz: qanday qilib kishilarni qo‘rquvga solmay bo‘ysundirish mumkin?» Konfutsiy shunday javob berdi: «Buning uchun sen mehnating bilan ularga o‘rnak bo‘lmog‘ing lozim». Szi-Lu bu so‘zlarni eshitib, xijolat tortdi. Chunki javob aylanib kelib, o‘ziga taqalgandi-da. Lekin bo‘sh kelmay yana savol berdi: «Deylik, men bunga erishdim. Keyin-chi?» «Bo‘shashmasdan, mehnat qilishda davom et», dedi Konfutsiy. Szi-Lu javobni eshitib, parishon holda jim qoldi. Shunda Konfutsiy yana so‘zida davom etdi:
Endi savol berish uchun menga ijozat et. Ayt-chi, musiqani sevasanmi?
Men uzun shamshirimni sevaman, dag‘allik bilan javob berdi Szi-Lu.
Men sendan boshqa narsani so‘radim. O’zingdagi iste’dodni ilm bilan boyitish payti yetmadimikan?
Bilim olishdan qanday foyda bor? dedi qaysarlik bilan shogird.
O’z fuqarolarini o‘qitmagan podshoh haqiqiy hukmdor bo‘lolmaydi. Do‘stiga nasihat qilib, to‘g‘ri yo‘lga solishga urinmagan mard er olijanoblik xislatidan mahrumdir. Tinmay ilm olgan vijdonli inson, albatta, buyuk donishmandlik darajasiga yetmog‘i tayin. Va ilmni sevgan inson hech qachon voqelikka zid ish qilmaydi.
Janubdagi tog‘larda o‘sadigan egilmas, tikka bambukdan yasalgan kamon o‘qi hatto karkidon terisidan yasalgan sovutni ham teshib o‘tar ekan. Vaholanki, bu o‘simlik ilmdan bexabardir, dedi Szi-Lu o‘zining topqirligidan yayrab.
Bu kamon o‘qining bir uchiga qush patini ulab, ikkinchi uchiga temir nayza o‘rnatsang, u nishonni yana ham chuqurroq yorib kiradi, shunday emasmi? dedi Konfutsiy.
Bu so‘zlardan lol qolgan Szi-Lu shundagina o‘ziga beqiyos ustoz topganini anglab yetib, o‘z ustunligini isbotlashga qanchalar g‘ayrat bilan kirishgan bo‘lsa, shunchalar shijoat bilan Konfutsiyga xizmat qilishga bel bog‘lagan ekan.
* 4 *
Konfutsiydan so‘radilar:
Jen nimani anglatadi?
Donishmand javob berdi:
O’zingga ravo ko‘rmagan narsalarga o‘zgani ham noloyiq, deb bil. Ana shunda saltanat va oiladagi nafrat hamda adovat barham topadi. Qadimiy hind rivoyatlaridan birida hikoya qilinishicha, o‘ta sabrsiz va qiziquvchan yosh yigit olimlardan muqaddas kitoblarni qisqartirib, bir nafasda o‘qib chiqsa bo‘ladigan satrlarga jamlab berishlarini so‘raydi. Yigit nihoyat qonun ilmining bilimdoni Xilelga murojaat qilishga majbur bo‘ladi. Olim yigitning iltimosini eshitib, miyig‘ida kuladi-da:
Nimani o‘zingga nomunosib deb bilsang, o‘shani o‘zgaga ham ravo ko‘rma, deb javob beradi.
* * *
Olijanob er to‘qqiz narsa haqida o‘ylashni kanda qilmaydi. Bular ravshan ko‘rmoqlik, aniq eshitmoqlik, odob bilan muomala qilmoqlik, samimiy so‘zlashmoqlik, ehtiyotkorlik ila harakatda bo‘lmoqlik, qahpy g‘azab oqibatini yodda tutmoqlik, odillikni unutmaslik hamda imkoniyat tug‘ilganda foyda olmoqlik.
* * *
Sima Nyu Konfutsiydan insonparvarlik haqida so‘radi.
Donishmand:
Insonparvarlik haqida so‘zlamoqlik mushkul, —dedi.
Demak, nimaiki to‘g‘risida so‘zlamoq mushkul bo‘lsa, shu insonparvarlik ekan-da? deb so‘radi Sima Nyu.
Uni amalga oshirmoq mushkul-u, y haqda so‘zlamoq mushkul bo‘lmaydimi?! javob berdi Konfutsiy.
* * *
Bir kuni Konfutsiy Chje ismli qaroqchini insofga keltirish maqsadida uning uyiga bordi. Chje Konfutsiyni shunday so‘zlar bilan quvib chiqardi:
Eng uzoq umr yuz yil, o‘rtacha umr sakcon, umrning eng past chegarasi esa 60 yildir. Tinkani qurituvchi xastalik, judolik azoblari hamda g‘am-tashvishlar chiqarib tashlanganda, inson hayotining bir oyida atigi 4-5 kunlik quvonchli damlar bo‘ladi, xolos.
* * *
Tug‘ma bilim sohiblari barchadan balandda turadilar. Tinmay o‘qish yo‘li bilan ilm olganlar esa ulardan keyin yuradilar. Qiyinchiliklar sabab bo‘lib ilm olishga chog‘langanlar undan ham pastroq pog‘onani egallaydilar. Mashaqqatga uchraganda ham bilim olishni istamaganlar eng past pog‘onadagi kishilardir.
* * *
Konfutsiy Szi-Chun ismli shogirdining «Davlatni qanday boshqarmoq darkor degan savoliga qisqagina javob bergandi: «Davlatni to‘g‘ri boshqarmoq uchun hukmdor hukmdorligicha, amaldor amaldorligicha, ota otaligicha, o‘g‘il o‘g‘illigicha qolmog‘i lozimdir».
* * *
Ustozidagi barcha ilm sirlarini bilishga chanqoq talabalardan birining nazdida Konfutsiy eng asosiy bilimlarini faqat tanlangan shogirdigagina o‘rgatayotgandek tuyuladi. Va o‘ylay-o‘ylay, bu baxtli shogird Ustozning o‘z o‘g‘li, degan xulosaga keladi. Bir kuni shogird Konfutsiyning o‘g‘liga duch kelib, shunday savol beradi: «Otang senga hech kimga aytmagan sirlarini oshkor qilganmi?» O’g‘il shunday javob qiladi: «Yo‘q. Lekin bir kuni Ustoz yolg‘iz o‘tirardilar. Men esa hovlida o‘ynab yurardim. U zot meni yonlariga chorlab: «She’rlarni yod oldingmi?» deb so‘radilar. Men: «Yo‘q, hali», degandim, Ustoz: «Agar sen she’rlarni yod olmasang, boshqalarga aytadigan so‘zing bo‘lmaydi», dedilar. Men o‘tirib she’rlarni yod oldim. Boshqa safar yana shu hol takrorlandi. Men o‘ynab yurganimda Ustoz so‘radilar: «Qoidalarni yod oldingmi?» «Yo‘q», dedim men. «Agar qoidalarni yod olmasang, hech qachon qat’iy fikr aytib, so‘zingni isbotlay olmaysan», dedilar. Men darhol qoidalarni yod oldim. Otamdan eshitganlarim ana shular, xolos».
PARMENID
(Taxminan miloddan avvalgi 540 yilda tug‘ilgan. Vafot etgan sanasi noma’lum)

Download 264.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling