Microsoft Word muslimbek refarat


-modda. Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini muntazam


Download 309.41 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/10
Sana23.04.2023
Hajmi309.41 Kb.
#1383332
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
MUSLIMBEK 69 MAVZU EH BOYICHA

11-modda. Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini muntazam 
takomillashtirib borish prinsipi 
Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish, shuningdek elektron davlat xizmatlari 
ko‘rsatuvchi davlat organlarining o‘zaro hamkorlik qilish tartibi takomillashtirib borilishi
shu jumladan quyidagi yo‘llar bilan takomillashtirib borilishi shart: 
davlat organlarining ortiqcha ma’muriy tartib-taomillarini bartaraf etish va (yoki) 
birlashtirish hamda kelishib olinadigan vazifalari sonini kamaytirish; 
ariza beruvchilar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar sonini qisqartirish; 
idoralararo elektron hamkorlik qilishni maqbullashtirish
elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish muddatlarini qisqartirish. 
Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari elektron davlat xizmatlari 
ko‘rsatish tartibini muntazam takomillashtirib borishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab 
chiqishi va amalga oshirishi shart. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-iyundagi 
184-sonli “Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi 
qarori

12-modda. Axborot xavfsizligini ta’minlash prinsipi 
Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari elektron davlat xizmatlari 
ko‘rsatishda foydalaniladigan axborot tizimlari va axborot resurslarining axborot 
xavfsizligini ta’minlashi shart. 
Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari shaxsga doir 
ma’lumotlar, shuningdek davlat sirlarini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni 
tashkil etuvchi ma’lumotlar muhofaza qilinishini va ulardan ruxsatsiz foydalanishning oldi 
olinishini ta’minlash yuzasidan zarur tashkiliy-texnik choralar ko‘radi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi 
Qonunining 
19-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat sirlarini saqlash 
to‘g‘risida”gi Qonunining 
1-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik 
kodeksining
 98-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining “Tijorat siri to‘g‘risida”gi Qonuni 
3-moddasining 
ikkinchi xatboshi
, O‘zbekiston Respublikasining “Bank siri to‘g‘risida”gi 
Qonunining 
3-moddasi

Oldingi
 tahrirga qarang. 
Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlarining axborot tizimlarida va 
axborot resurslarida saqlanadigan shaxsga doir ma’lumotlardan ular qaysi ariza 
beruvchiga taalluqli bo‘lsa, o‘sha ariza beruvchining roziligi bilan ularga ishlov berish, 
ularni uzatish va olish uchun foydalaniladi, bundan qonunchilikda belgilangan hollar 
mustasno. 
(12-moddaning uchinchi qismi 
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 
21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 

Download 309.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling