Microsoft Word mustaqil ish 3


Download 188.68 Kb.
Pdf ko'rish
Sana02.11.2023
Hajmi188.68 Kb.
#1738956
Bog'liq
mustaqil3 sevara



Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU
Qarshi filiali
ATS-12-23 guruh talabasi Yaxshiboyeva 
Sevaraning O'zbekistonning eng yangi tarixi 
fanidan tayyorlagan 3- 
Bajardi:
Yaxshiboyeva S 
Qabul qildi:
Tursunov A 


Mustaqillik yillarida qishloq xo‘jaligi va sanoat sohasidagi o‘zgarishlar. 
Reja: 
1. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini оqilоnа joylashtirishning asosiy mеzоni 
– mehnat sаrfini mаksimаl darаjаda tejash. 
2. Qishloq xo‘jaligida ixtisoslashtirish 
3. Sanoat sohasidagi o’zgarishlar.
Mamlakat hududi bo‘yicha qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini jоylаshtirilishini 
baholаsh uchun bu jarayon ta’sirida yuz beradigan asosiy omillarni аjrаtish kerak. 
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini оqilоnа jоylаshtirish asosiy tur mahsulotlarning 
hаjmini ko‘paytirish va agrosanoat kоmplеksining barcha tarmoqlarida iqtisodiy 
samaradorlikni oshirishga yordam beradi. Iхtisоslаshtirilgan qishloq xo‘jaligi tovar 
mahsulotlari ishlab chiqarishning аsоsi hisоblаnаdi. Shuning uchun qishloq xo‘jaligi 
ishlab chiqarishining iхtisоslаshtirish yo‘nаlishi ularda yеtishtirilgan tovar 
mahsulotining strukturаsiga qаrаb аniqlаnаdi. Birinchi guruhga qоidaga asosan 
tarkibida bittа tarmog‘i bo‘lib, uning tovar mahsulot strukturаsidagi ulushi 90-100 
fоizni tashkil qilgan xo‘jaliklar kirаdi (pаrrаndachilik fаbrikаsi, bug‘dоychilik 
kоmplеkslari, pаrnik va tеplitsа, mеva ko‘chаti yеtishtirish va shunga o‘хshаsh 
xo‘jaliklar). а) Tarkibida bittа asosiy tarmoq bo‘lib, uning tovar mahsulotidan 
nisbаti 50 % dan yuqori bo‘lgan xo‘jaliklar kirаdi (pахtаchilik, chorvachilik, 
pаrrаndachilik xo‘jaliklari); b) Tarkibida ikkita asosiy tarmoq bo‘lib, ularning hаr 
biri tovar mahsulotidagi nisbаti 20 % dan kаm bo‘lmаy, birgalikda tovar 
mahsulotining yarmidan ko‘prоq qismini tashkil qilgan xo‘jaliklar kirаdi (dоn-
pахtаchilik, dоn-chorvachilik, sаbzаvоt-sutchilik, bоg‘dоrchilik-uzumchilik); с) 
Tarkibida uchtа asosiy tarmoq bo‘lib, ularga xo‘jalik tovar mahsulotining to‘rtdan 
uch qismini tashkil qilgan hamda tarkibida bir nеchtа yordamchi tarmoqlar bo‘lgan 
xo‘jaliklar kirаdi (dоn-pахtа-chorvachilik, dоn-kаrtоshkа-chorvachilik va hоkаzо). 
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Suv xo‘jaligi 
vazirliklari tomonidan ishlab chiqilgan agrar tarmoqni rivojlantirishning istiqbolli 
dasturi quyidagi eng muhim yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi: 1. Agrar sohada 


iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, mulkiy munosabatlar va xo‘jalik 
yuritish shakllarini takomillashtirish borasida barcha sub’ektlar o‘rtasidagi o‘zaro 
iqtisodiy munosabatlarni bozor tamoyillari asosida amalga oshirish, shartnomaviy 
majburiyatlarning bajarilishida tomonlar mas’uliyatini oshirish. 2. Qishloq 
xo‘jaligida yerdan foydalanish mexanizmini takomillashtirish va samarali 
foydalanishni rag‘batlantirish yo‘nalishi bo‘yicha tuproq unumdorligini yaxshilash 
va meliorativ holatini yaxshilash borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish 
maqsadida barcha hududlarda qishloq xo‘jaligi yerlari unumdorligini oshirish, 
unumdorligi past yer maydonlari salmog‘ini kamaytirish. 3. Suv xo‘jaligi tizimini 
takomillashtirish, yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash maqsadida suv 
xo‘jaligi tizimida moddiy va ma’naviy eskirgan irrigatsiya-melioratsiya tizimini 
yangilash, uning samaradorligini oshirish, yangi sug‘orish texnologiyalari va suvdan 
foydalanish mexanizmlarini joriy etish, yer maydonlari meliorativ holatini 
yaxshilash, drenaj tarmoqlarini qurish va ta’mirlash tadbirlarini amalga oshirish. 4. 
Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini viloyatlar va tumanlarning tabiiy-iqlim 
sharoitlarini hisobga olgan holda joylashtirish, mahsulotlar sifati va ekinlar 
hosildorligini oshirishga alohida e’tibor qaratish. Tadbirkorlik faoliyatining qishloq 
xo‘jalik sohalaridagi shakli agrobiznes ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Agro biznes 
tushunchasiga qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat bilan shug‘ullanuvchi 
biznes turlari ham kiritiladi. Bu qishloq xo‘jaligiga texnikaviy, ta’mirlash xizmat 
ko‘rsatish, uning mahsulotlarini qayta ishlash va iste’molchilarga etkazib berish 
bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirkorlik faoliyatidir. Qisqacha qilib satganda, agrobiznes 
agrar iqtisodiyot integratsiyasi natijasida vujudga kelgan agrosanoat majmuasining 
barcha bo‘g‘inlarni qamrab oladi. Agrobiznes faoliyatining maqsadi iste’mol 
bozorini etarli miqdorda sifatli qishloq xo‘jalik mahsulotlari, sanoatni esa xom ashyo 
bilan uzluksiz taminlash orqali foyda ko‘rishdan iborat. Agrobiznesning asosiy 
shakli va birlamchi bo‘g‘ini fermer va dehqon xo‘jaliklaridir. Chunki ular bevosita 
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Bu xo‘jaliklar o‘z yerida yoki 
ijaraga olingan yerda ish yuritib, unda mulk egasi va ishlab chiqaruvchi fermer yoki 
dehqonning o‘zi va oila azolari hisoblanib, ayrim hollarda yollanma mehnatdan 


foydalanishi ham mumkin. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini kontsentratsiyalash 
deganda ishlab chiqarish vositalari va ishlab chiqarish kuchlarining yirik 
korxonalаrga to‘plаnishini bildirаdi. Kоntsеntrаtsiyani chuqurlаshtirish – yirik 
ishlab chiqarishning mаydalari оldida ustunligi haqidagi аmаldagi iqtisodiy qоnunga 
bog‘liq ob’yektiv jarayon. Yirik qishloq xo‘jaligi korxonalarida qishloq xo‘jaligi 
ekinlari hosildоrligi va chorvachilik mаhsuldоrligi yuqori bo‘ladi, mahsulot birligiga 
kamroq xom-ashyo sаrflаnаdi, unga ketadigan mehnat sаrfi va tаnnаrх pаstrоq, 
ishlab chiqarish rеntаbеlligi esa balandroq ko‘rsatkichni tashkil etadi. Аmmо 
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yiriklаshtirish chеksiz davоm etmаydi: ishlab 
chiqarish kuchlarining hаr bir bosqichdagi rivojlanishida chеgarаlar mavjud va 
bunda kоntsеntrаtsiyaning samaradorligi keskin pаsаyadi. Yirik ishlab chiqarishning 
mаydalariga nisbаtаn ustuvоrligi qоnuni qishloq xo‘jaligida mutlоq ahamiyatga ega 
emаs. Iхtisоslаshtirish va kontsentratsiyalash аgrosanoat ishlab chiqarishi 
samaradorligiga jiddiy ta’sir ko‘rsаtаdi. Ko‘pginа оlimlar tomonidan o‘tkazilgan 
tadqiqotlar 
natijasiga 
ko‘ra, 
ishlab 
chiqarishda 
ixtisoslashuv 
va 
kontsentratsiyalashni mа‘lum (оptimаl) darаjаgachа chuqurlаshtirish iqtisodiy 
samaradorlikning оshishiga yordam beradi. Rivojlangan mamlakatlar tаjribаsi shuni 
ko‘rsаtаdiki, bozor iqtisodiyoti sharoitida fаqаt yirik fermer xo‘jaliklari samarali 
faoliyat ko‘rsаtаdi. Ular qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy ishlab 
chiqaruvchilari hisоblаnаdi. Masalan, АQSHda yirik fermalar (yillik mаhsulоt 
rеаlizаtsiya qilish hаjmi 250 ming dоllardan yuqori) bаrchа fermer xo‘jaliklari 
sоnining 5,3 foizini tashkil etib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hаjmining 50 foizga 
yaqinini ta’minlaydi. Ularning ishlоv berilаdigan yerdagi va kapital qiymаtidagi 
ulushi mоs rаvishda 24,7 va 22,1 foizga tеng. Hammа fermer xo‘jaliklarining 80,4 
foizini tashkil etuvchi mаyda fermalarga 100 ming dоllargachа rеаlizаtsiya qilingan 
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 25 foizdan kаmrоg‘i to‘g‘ri kеlаdi. Ular ishlоv 
berilаdigan hammа yerning 47,7 foizini bаnd qiladilar va kapitalning umumiy 
qiymаtidan 54,1 foizga egalar. Bu mahsulotlar АQSH qishloq xo‘jaligida ishlab 
chiqarishni kontsentratsiyalash yuqori darаjadaligidan dalolat beradi. Fikrimizcha, 
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yagоnа texnologiya asosida ishlab chiqarish, sаqlаsh 


va 
qayta 
ishlаshga 
iхtisоslаngan 
yirik 
аgrosanoat 
korxonalarida 
intеgrаtsiyalаshmаganlariga nisbаtаn iqtisodiy samaradorlik yuqori. Ishlab chiqarish 
samaradorligini oshirishga yеtishtirilgan hammа mahsulotlar, shu jumlаdan, 
nоstаndart, tеz buzilаdigan va trаnspоrtirоvkаsi kаm bo‘lganlaridan ham оqilоnа 
foydalanish imkоnini beruvchi qayta ishlоvchi tsех va sаqlаsh оmbоrlarining 
mavjudligi sеzilarli ta’sir qiladi. Bundan tashqari, аgrosanoat korxonasida yil 
davоmida ish kuchidan аnchа оqilоnа foydalаnilаdi. Xulosa qilib aytganda, 
аgrosanoat intеgrаtsiyasi asosida ishlab chiqarishni kеlgusida iхtisоslаshtirish va 
kontsentratsiyalash mahsulot ishlab chiqarishni sеzilarli oshirish, tаnnаrхni 
pasaytirish, uning sifatini оrttirish, mehnat unumdorligini yuksаltirishga xizmat 
qiladi. Yuqorida ko’rsatib o’tilganlarni inobatga olib, ekin maxsulotlari 
yetishtiriladigan hudud tuproqlarida mikroelementlarning o’zlashtiriladigan 
miqdorlari, mikroelementlarning turli shakl va manbalarini, kuzgi va qishki 
ekinlarga bo’lgan maksimal darajadagi talabini aniqlash, shu asosda yuqori 
agroiqtisodiy samaradorlikka erishish shu kunning dolzarb masalalaridan 
hisoblanadi. 
Mustaqillik yillarida respublikada qishloq xo`jaligi sohasiga bozor tamoyillarini 
joriy qilish va mulkchilik shakllarini to`liq o`zgartirish bilan tub islohotlar o`tkazildi, 
natijada xo`jalik yuritishning yangi shakllari paydo bo`lib, ular qishloq xo`jaligi 
iqtisodiyotining 
rivojlanishida 
o`z 
aksini 
topdi. 
Ishlab 
chiqarishni 
diversifikatsiyalash va oziq-ovqat mustaqilligini ta`minlash bo`yicha qishloq 
xo`jaligini strategik rivojlantirish doirasida o`tkazilgan kompleks chora-
tadbirlarning 
amalga oshirilishi natijasida
, so`nggi yillarda sohada yuqori 
sur`atlarga erishildi. 
Iqtisodiy islohatlarning butun zanjirida agrar sohadagi uzgarishlarga g‘oyat katta 
ahamiyat berilmoqda. Bu esa aholining aksariyati qishloqda yashashi, 
iqtisodiyotning agrar-sanoat tarzida ekanligi hamda xayotiy muhim muammolarni 
hal qilishda qishloq xo‘jaligining tutgan o‘rni bilan bog‘liq. Hozir iqtisodiyotning 
Ayni agrar sohasi katta imkoniyatlarga ega. 


Qishloq xo‘jaligida ixtisoslashtirish deganda - mamlakatning ayrim iqtisodiy 
hududlari, tuman va ayrim xo‘jaliklarini u yoki bu mahsulot turini ko‘plab 
yetishtirish uchun moslashuvi tushuniladi. Kishloq xo‘jaligini ixtisoslashtirish 
kompleks mexanizatsiya, tarmoqlarni intensiv texnologiya asosida olib borish, 
mehnatni tashkil qilishni progressiv shakl va uslublarini joriy etish, ishchilarning 
malakasini oshirish va mehnat unumdorligini o‘sishiga, mehnat vositalari va 
buyumlaridan ratsional foydalanish sharoitlarini yaratishga keng imkoniyatlar ochib 
beradi. Ixtisoslashtirish darajasini chuqurlashishi jarayonida qishloq xo‘jaligi ishlab 
chiqarishi takomillashadi va bu o‘zgarishlar undagi tarmoqlar bilan bir qatorda 
6utun qishloq xo‘jaligini iqtisodiy samaradorligini oshishiga olib keladi. 
Qishloq xo‘jaligini iqtisodiy asoslangan joylashtirish va ixtisoslashtirish ma’lum 
darajadagi 
qonuniyatlar 
asosida 
amalga 
oshiriladi: 
Bozor talablarini hisobga olish, Ishlab chiqarish resurslaridan to‘la foydalanish, 
Mahsulot 
ishlab 
chiqarishni 
talab 
joylarni 
yaqinlashtirish, 
Hududlarni 
o‘z-o‘zini 
oziq-ovqat 
bilan 
ta’minlash, 
Mamlakatni iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash, Xalqaro mehnat taqsimotini 
hisobga olish. Qishloq xo‘jaligida ixtisoslashtirish mamlakatning ayrim hududlari, 
viloyat, tuman, xo‘jalik va ularning bo‘limlari miqyosida amalga oshiriladi. Shu 
boisdan 
ixtisoslashishning 
quyidagi 
shakllari 
mavjuddir: 
1) Zonalar bo‘yicha ixtisoslashish 
2) Xo‘jaliklararo ixtisoslashish 
3) Xo‘jalik ichidagi ixtisoslashish 
4)Tarmoq ichidagi ixtisoslashish 
Zonalar bo‘yicha ixtisoslashish- bu mamlakat viloyat va qishloq xo‘jaligi hududlari 
va boshqa shu kabi ma’lum territorial birliklarniig ixtisoslashishidir. 
Xo‘jaliklararo ixtisoslashtirish deganda xo‘jalik va boshqa qishloq xo‘jaligi 
korxonalarini ma’lum qishloq Xo‘jalik ichidagi ixtisoslashtirish - bu xo‘jalik ichki 
bo‘linmalarida, kichik jamoa guruhlarini, fermalarni ma’lum qishloq xo‘jaligi 


mahsuloti 
yetishtirishga 
ixtisoslashishi 
tushuniladi. 
Tarmoqlar ichidagi ixtisoslashtirish deganda xo‘jaliklar va ularning bo‘linmalarini 
pirovard mahsulot ishlab chiqarishni texnologik bosqichlar bo‘yicha moslanishiga 
aytiladi. Bunda ishlab chiqarish jarayonlari, o‘zicha alohida bo‘lgan xo‘jaliklar va 
ularning bo‘linmalari o‘rtasida farqlanadi. Bu turdagi ixtisoslashish hozirda ayniqsa 
parrandachilikda, 
sut 
va 
go‘sht 
qoramolchiligida 
keng 
tarqalgan. 
Ixtisoslashtirish deganda korxona faoliyatini asosan biror tur (yoki tor doirada bir 
necha tur) mahsulot yetishtirishga qaratilishi, yetishtiriladigan mahsulotlar tarkibida 
shu mahsulot salmog‘ining asosiy o‘rin egallashi tushuniladi. U yoki bu qishloq 
xo‘jalik mahsulotini yetishtirishga nafaqat qishloq xo‘jaligi korxonasi, balki butun 
bir hudud, viloyat, iqtisodiy hudud va zonalar ixtisoslashishi mumkin. 
Qishloq xo‘jaligida ixtisoslashtirish to‘rtta turga bo‘linadi (5-chizma): 
- hududiy (zonal) 
ixtisoslashuv

- xo‘jaliklararo ixtisoslashuvi; 
- ichki xo‘jalik ixtisoslashuvi; 
- tarmoq ichida ixtisoslashuv. 
Tovar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish maqsadida qishloq xo‘jaligi 
zonalari yoki ma’muriy-hududiy bo‘linmalar o‘rtasidagi mehnat taqsimoti 
Bir zona yoki ma’muriy-hududiy bo‘linmada joylash-gan qishloq xo‘jaligi 
korxonalarining tovar ishlab chiqarishi 
Xo‘jaliklararo ixtisoslashtirish 
Tovar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish maqsadida qishloq xo‘jaligi 
korxonalari 
(fermer, shirkat 
xo‘jaligi) o‘rtasidagi mehnat 
taqsimoti 
Qishloq xo‘jaligi kor-xonalarining (fermer, shirkat xo‘jaligining) tovar ishlab 
chiqarishi 
Ichki xo‘jalik ixtisoslashtirish 


Yalpi qishloq xo‘jaligi mahsu-lotlari yetishtirish maqsadida korxonaning ishlab 
chiqarish bo‘linmalari o‘rtasidagi mehnat taqsimoti 
Qishloq xo‘jaligi kor-xonalarining yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab 
chiqarishi 
Tarmoq ichida ixtisoslashuv 
Qishloq xo‘jaligi korxonalari yoki ularning bo‘linmalari o‘rtasida biror turdagi 
mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida texnologik jarayonning bir qismini 
bajarishga 
ixtisoslashgan 
mehnat 
taqsimoti 
Qishloq xo‘jaligi kor-xonalarining yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab 
chiqarishi 
Korxonalarning ixtisoslashtirish darajasini quyidagi ko‘rsatkichlar ifoda etadi: 
korxona tovar mahsulotining tarkibi, ya’ni jami tovar mahsulotidagi u yoki bu 
turdagi mahsulotning salmog‘i; 
korxona yalpi mahsulotini tarkibi; 
yer 
maydoni, 
ekin 
maydoni 
tarkibi, 
chorva 
va 
poda 
tarkibi; 
ishchi 
kuchlari 
va 
mehnat 
sarfining 
tarkibi 
va 
taqsimlanishi. 
Qishloq xo‘jaligi korxonalarining u yoki bu mahsulot turi yetishtirishga 
ixtisoslashuv darajasini ifodalovchi umumiy ko‘rsatkich sifatida ixtisoslashuv 
darajasini ko‘rsatish mumkin: 
Bu yerda:
Id – ixtisoslashuv darajasi, foizda; 
Mk – muayyan turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotining qiymati, ming so‘mda; 
YAMk – korxonaning yalpi qishloq xo‘jaligi 
mahsulot qiymati
, ming so‘mda. 
Qishloq xo‘jaligi korxonalarining ixtisoslashuviga turli omillar ta’sir ko‘rsatadi. 
Ulardan biri korxonaning tabiiy-iqlim sharoiti va jug‘rofik joylashuvidir. Cho‘l 
zonalarda, tabiiy yog‘ingarchilik juda kam hududlarda suvni kam talab etadigan 
sohalar rivojlantiriladi. Shuning uchun cho‘l zonalarida joylashgan korxonalar 


qo‘ychilik, shuningdek, qorako‘lchilik yo‘nalishiga, tog‘ yonbag‘rida joylashgan 
korxonalar bog‘dorchilikka ixtisoslashgan. 
Qishloq xo‘jaligi korxonalarining ixtisoslashuviga ta’sir etuvchi muhim omillardan 
yana biri – xo‘jalik joylashgan hududda ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatuvchi 
infratuzilmalarning rivojlanish darajasidir. 
Ixtisoslashuv darajasining ortishiga davlatning agrar iqtisodiy siyosati ham ta’sir 
ko‘rsatishi mumkin. Xususan, mustaqillik yillarida davlat tomonidan paxta va g‘alla 
yetishtirishning strategik yo‘nalishlardan biri sifatida e’tirof etilishi, paxta va 
g‘allaga davlat buyurtmalarining joriy etilishi natijasida dehqonchilik yo‘nalishidagi 
qishloq xo‘jaligi korxonalarining asosiy qismi paxta va g‘alla yetishtirishga 
ixtisoslashgan. 
Ixtisoslashuvga korxona joylashgan hududdagi aholining qishloq xo‘jaligi ishlab 
chiqarishi sohasidagi tajribalari, asrlar davomida shakllanib kelgan va avloddan-
avlodga o‘tuvchi bilim va malakalari, yashash tarzi ham o‘z ta’sirini ko‘rsatishi 
mumkin. Masalan, Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidagi Varganza qishlog‘i 
va Farg‘ona viloyatining Quva tumani aholisi anor yetishtirish sirlarini yaxshi 
egallagani 
bilan 
mashhur. 
Ixtisoslashuv tushunchasi eng avvalo korxonaning tarmoq tarkibini shakllantiruvchi 
asosiy 
omil 
hisoblanadi. 
Qishloq 
xo‘jaligida 
turli-tuman 
mahsulotlarni 
yetishtirish 
jarayonlari 
qo‘llanilayotgan mehnat qurollari, mahsulot yetishtirish usuli, mehnatni tashkil 
qilish xususiyatlariga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Shuning uchun - qo‘llanilayotgan 
vositalar, ishlab chiqarish texnologiyasi, tashkil qilish xususiyati hamda 
mahsulotlardan foydalanish tartibiga ko‘ra bir-biridan farq qiladigan ishlab 
chiqarishning bir qismiga tarmoq deb aytiladi. Qishloq xo‘jaligidagi tarmoqlar 
asosan ikkita katta guruhga: o‘simlikchilik va chorvachilikka (6-chizma) bo‘linadi. 
Qishloq xo‘jaligi korxonalari tarmoqlari quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 
- asosiy tarmoq; 
- yordamchi tarmoq; 


- xizmat ko‘rsatuvchi tarmoq; 
- qo‘shimcha tarmoq. 
Ixtisoslashtirilgan qishloq xo‘jaligi tovar mahsulotlari ishlab chiqarishning asosi 
hisoblanadi. Shuning uchun qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining ixtisoslashtirish 
yo‘nalishi ularda yetishtirilgai tovar mahsulotining strukturasiga qarab aniqlanadi. 
Ma’lumki xo‘jaliklarda faqatgina tovar mahsulotlar yetishtirilmay balki urug‘lik, 
chorva uchun yem, sut, inkubatsiya uchun tuxum va shunga o‘xshash mahsulotlar 
yetishtiriladiki, ular yalpi mahsulot strukturasida o‘z ifodasini topadi va aniqlanadi. 
O‘zlarining iqtisodiy ahamiyatiga ko‘ra xo‘jaliklardagi ixtisoslashish tarmoqlari 
asosiy, 
yordamchi 
va 
xizmat 
qiluvchilarga 
bo‘linadi. 


O‘zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari kafolatining yaratilishi 
Reja: 
1. Inson huquqlari sohasida taraqqiyot. 
2. Inson huquqlari sohasidagi kamchiliklar 
3. Milliy strategiyaning maqsad va vazifalari 
Inson huquq va erkinliklarini ta'minlashda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 
Xalq va Virtual qabulxonalari, shuningdek, Bosh vazirning Tadbirkorlar 
murojaatlarini ko'rib chiqish bo'yicha qabulxonalari alohida o'rin egallamoqda. 
Sud-huquq sohasini yanada demokratlashtirish, Konstitutsiya ustuvorligi, qonun 
oldida tenglik, insonparvarlik, adolatlilik, sud hokimiyatining mustaqilligini 
ta'minlash, sud jarayonida tortishuv tamoyillarini tatbiq etish, aholining odil 
sudlovga bo'lgan ishonchini oshirish, «Xabeas korpus» institutini kengaytirish, 
tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish bo'yicha chora-tadbirlar majmui qabul 
qilindi. 
Inson huquq va erkinliklarini ta'minlashda, nizolarni sudgacha hal qilishda va 
taraflarni yarashtirishda 
advokatlarning 
vakolatlari 
sezilarli 
darajada 
kengaytirilmoqda. 
Sudlarda ishlarni ko'rib chiqishda adolatni, ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash uchun 
«Elektron odil sudlov» tizimi joriy etildi. Aholiga bepul yuridik yordam ko'rsatish 
tizimi, shuningdek, Advice.uz huquqiy ma'lumotlar tizimining imkoniyatlarini 
kengaytirish hamda fuqarolarga bepul huquqiy maslahatlar xizmatini ko'rsatuvchi 
«Madad» nodavlat notijorat tashkilotini qo'llab-quvvatlash bo'yicha chora-tadbirlar 
qabul qilindi. 
Ma'muriy, 
jinoiy, 
jinoyat-protsessual 
va 
jinoyat-ijroiya 
qonunchiligi 
takomillashtirib 
borilmoqda 
hamda 
insonparvarlik 
tamoyiliga 
yanada 
moslashtirilmoqda. Afv etish va jamoat birlashmalarining kafilligi ostida shaxslarni 
jazodan ozod qilishning mutlaqo yangi tizimi joriy etildi. 


Qoraqalpog'iston Respublikasining Jasliq qo'rg'onida joylashgan ixtisoslashtirilgan 
jazoni ijro etish koloniyasining yopilishi muhim insonparvar voqelik bo'ldi. Qabul 
qilinayotgan chora-tadbirlar natijasida ozodlikdan mahrum qilish joylarida 
saqlanayotgan mahkumlarning soni 2,5 baravar kamaydi. 
O'zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotining (keyingi o'rinlarda – BMT) Inson 
huquqlari ta'limi sohasidagi butunjahon dasturida faol ishtirok etmoqda. «Jamiyatda 
huquqiy madaniyatni yuksaltirish kontseptsiyasi» va BMTning Inson 
huquqlari sohasida ta'lim va tarbiya to'g'risidagi deklaratsiyasi qoidalarini amalga 
oshirish bo'yicha Milliy harakat dasturining ijrosi yuzasidan keng qamrovli chora-
tadbirlar amalga oshirilmoqda. Davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, 
ommaviy axborot vositalari, ta'lim muassasalari aholi orasida umuminsoniy 
qadriyatlar, inson huquqlarini hurmat qilish va rioya qilish tamoyillarini 
ommalashtirishga, shuningdek, fuqarolarning huquqiy axborotdan foydalanishini 
ta'minlash jarayoniga keng jalb etilgan. 
Fuqarolarning siyosiy huquqlari va erkinliklari, fikr, so'z va vijdon erkinligini 
ta'minlashda jamiyat va davlat boshqaruvidagi keng qamrovli tub o'zgarishlar katta 
ahamiyatga ega. Parlament va jamoatchilik nazoratining samarali mexanizmlari 
mustahkamlanmoqda. Vazirlar Mahkamasining parlament oldidagi mas'uliyati 
sezilarli darajada kuchaytirildi. «Elektron parlament» va «Elektron hukumat» tizimi 
rivojlantirilmoqda, davlat xizmatlarining turlarini kengaytirish, ularning 
imkoniyatlari, sifati va tezkorligini oshirish bo'yicha chora-tadbirlar qabul 
qilinmoqda. 
Parlament, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalarining rolini 
kuchaytirish, «Xalq qonunlarning tom ma'noda yagona manbai va muallifi 
hisoblanadi» hamda «Barcha muhim qarorlar bevosita xalq bilan muloqot asosida, 
jamoatchilikning fikrini hisobga olgan holda qabul qilinadi» tamoyillarini amalga 
oshirish bo'yicha tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 


Oliy Majlis palatalari tomonidan inson huquqlarining holati to'g'risidagi ma'ruzalar, 
inson huquqlarini ta'minlashda xalqaro va mintaqaviy mexanizmlar bilan 
hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha milliy harakat rejalari («yo'l xaritalari»)ni 
tasdiqlash amaliyotining yo'lga qo'yilishi qonun ijodkorligida yangi muhim qadam 
bo'ldi. 
O'zbekistonda inson huquqlariga rioya qilish va uni himoya qilishning 
milliy mexanizmlarini yanada mustahkamlash va rivojlantirish bo'yicha tizimli 
chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari bo'yicha vakili 
(ombudsman) va Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi 
faoliyati tubdan takomillashtirildi. Bola huquqlari bo'yicha vakil va O'zbekiston 
Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va 
qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil lavozimlari joriy qilindi. 
Fuqarolarning ijtimoiy va madaniy huquqlarini ta'minlashning noyob tizimi 
yaratildi. «Obod qishloq», «Obod mahalla», «Yoshlar – kelajagimiz», «Besh 
tashabbus» kabi 20 dan ortiq davlat ijtimoiy dasturlari va kontseptsiyalari amalga 
oshirilmoqda. BMT Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida milliy maqsadlarni 
ro'yobga chiqarish, inson taraqqiyoti bo'yicha yuqori indeksga ega bo'lgan 
(intellektual salohiyati, savodxonligi, insonning o'rtacha umr ko'rish davomiyligi) 
davlatlar darajasiga erishishga, ijtimoiy sohaga innovatsiyalarni keng joriy etishni 
ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlar qabul qilinmoqda. 
Ta'lim va tarbiya sohasida keng ko'lamli tub o'zgarishlar amalga oshirilmoqda. 2025 
yilga borib, 3–7 yoshdagi bolalarning 74,5 foizini maktabgacha ta'lim bilan qamrab 
olishni nazarda tutuvchi maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirish kontseptsiyasi 
hayotga joriy etilmoqda. 11 yillik maktab ta'limi tizimi qayta tiklandi. Bugungi 
kunda davlat, nodavlat va xorijiy oliy o'quv yurtlarining soni ortib bormoqda. 


O'zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotidagi nufuzi oshirilmoqda hamda xalqaro 
darajada «Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari» tamoyili asosida chora-tadbirlar 
amalga oshirilmoqda. 
Sog'liqni saqlash sohasidagi islohotlar natijasida aholining sifatli tibbiy-sanitariya 
xizmatlaridan foydalanish imkoniyati oshdi. Eng asosiysi, mamlakatdagi o'rtacha 
umr ko'rish darajasi 1990 yildagi 67,2 yoshdan 2020 yilga kelib 74,6 yoshga yetdi, 
onalar o'limi bir yarim baravar hamda bolalar o'limi esa, to'rt baravarga kamaydi. 
O'zbekiston iqlim o'zgarishlari bo'yicha Parij bitimiga qo'shildi, mamlakatda 
Ekologik ta'limni rivojlantirish kontseptsiyasi amalga oshirilmoqda. 
Kam ta'minlangan oilalar, nogironligi bo'lgan shaxslar, mehnat migrantlari, bolalar, 
yoshlar, ayollar, katta yoshdagilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya 
qilish, shuningdek, oila institutini mustahkamlash bo'yicha ishlar tubdan qayta 
ko'rib chiqildi. Oila institutini mustahkamlash bo'yicha kontseptsiya qabul qilinib, 
uning mazmunida oilaviy mojarolarni hal etish mexanizmlari, ayollar va bolalar 
huquqlarini himoya qilish masalalari o'rin oldi. 
Gender tenglikni ta'minlash maqsadida bir qator qonun hujjatlari qabul qilindi. 
Xususan, 2019 yilda qabul qilingan «Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq 
hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida»gi, «Xotin-qizlarni tazyiq va 
zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida»gi qonunlar shular jumlasidan. Xotin-qizlar 
uchun 197 ta Zo'rlik ishlatishdan jabr ko'rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va 
moslashtirish, o'z joniga qasd qilishning oldini olish markazlari, yoshlarni oilaviy 
hayotga tayyorlash bo'yicha 200 dan ortiq innovatsion maktablar tashkil etildi. 
Erkaklar va ayollar uchun nikoh tuzishning minimal yoshi o'n sakkiz yosh etib 
belgilandi. 
Xalqaro saylov standartlarini amalga oshirish maqsadida O'zbekiston 
Respublikasining Saylov kodeksi qabul qilinib, uning asosida 2019 yil 22 dekabrda 
«Yangi O'zbekiston – yangi saylovlar» shiori ostida bo'lib o'tgan saylovlarda ilk bor 
5 ta siyosiy partiya ishtirok etdi. Saylovlarning ochiq-oydin, xalqaro standartlar 


asosida o'tkazilishini nazorat qilish uchun 50 ga yaqin davlat hamda 10 ta xalqaro 
tashkilotdan 825 nafar kuzatuvchi, jumladan, birinchi marta Yevropada Xavfsizlik 
va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo'yicha 
byurosining to'laqonli missiyasi ishtirok etdi. 
Mamlakatda uzoq vaqtdan beri yashab kelib, O'zbekiston fuqarosi degan huquqiy 
maqomga ega bo'lmagan 50 mingga yaqin yurtdoshlarimizning ana shu muammosi 
hal etilib, ularni O'zbekiston fuqarolari sifatida tan olishning qonuniy choralari 
ko'rildi. Propiska qilish tizimidan xabar berish xususiyatidagi ro'yxatdan o'tkazish 
tizimiga o'tish bo'yicha ishlar amalga oshirildi. 
Barcha iqtisodiy va ijtimoiy dasturlar, kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikni rivojlantirish bo'yicha qabul qilinayotgan investitsion loyihalar yangi 
ish o'rinlarini yaratish, shuningdek, mehnat migrantlarining huquqlari va 
manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan. Bandlikka ko'maklashish jamg'armasi, 
Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo'llab-quvvatlash hamda 
ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg'armasi tashkil etildi. 
«Inson manfaatlari hamma narsadan ustun» degan tamoyil asosida xalqimiz hayotini 
tubdan yaxshilash bo'yicha olib borilayotgan keng ko'lamli ijtimoiy-
iqtisodiy islohotlarni davom ettirish, aholi farovonligini oshirish va uning ijtimoiy 
himoyasini kuchaytirish davlat hokimiyati organlarining bosh vazifalaridan biri 
bo'lib qoladi. 
O'zbekistonda vijdon erkinligi huquqini ta'minlash sohasida keng ko'lamli chora-
tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda mamlakatda 16 ta konfessiyaning 2 
277 ta diniy tashkilotlari o'z faoliyatini olib bormoqda. «Jaholatga qarshi ma'rifat» 
g'oyasini amalga oshirishga, diniy ta'lim va ma'rifat tizimini rivojlantirishga, diniy 
xodimlar tayyorlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. 
O'zbekiston xalqaro huquq sub'ekti sifatida o'z rivojlanishining yangi bosqichiga 
ko'tarilmoqda va xalqaro norma ijodkorligining faol ishtirokchisi va yangi xalqaro 
shartnomalarning tashabbuskori sifatida maydonga chiqmoqda. 


Iqtisodiy, siyosiy-huquqiy reytinglar va indekslardagi pozitsiyani yaxshilash, 
mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirish maqsadida xorijiy 
reyting agentliklari bilan tizimli ravishda yaqindan hamkorlik aloqalari amalga 
oshirilmoqda. Ustuvor xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashni muvofiqlashtirish 
bo'yicha respublika kengashi tashkil etildi. 
BMT Bosh Assambleyasining 73-sessiyasida O'zbekistonning tashabbusi bilan 
«Ma'rifat va diniy bag'rikenglik» to'g'risidagi rezolyutsiya qabul qilindi. O'zbekiston 
BMTning Yoshlar huquqlari to'g'risidagi xalqaro konventsiyasini ishlab chiqish 
tashabbusini ilgari surdi. 
BMTning ustav organlari va shartnomaviy qo'mitalari, inson huquqlari bo'yicha 
maxsus ma'ruzachilar instituti bilan hamkorlik izchil ravishda rivojlanib bormoqda. 
Jumladan, mamlakatimizga tashrif buyurgan BMTning Inson huquqlari bo'yicha 
Oliy komissari, Inson huquqlari bo'yicha kengashining Din va e'tiqod erkinligi 
hamda Sud`yalar va advokatlar mustaqilligi masalalari bo'yicha maxsus 
ma'ruzachilarining tavsiyalarini bajarish yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga 
oshirilmoqda. 
O'zbekistonning Xalqaro mehnat tashkiloti konventsiyalari doirasida xalqaro 
majburiyatlarini, shuningdek, ushbu tashkilot tomonidan taqdim etilgan paxta 
yig'im-terim kampaniyasi monitoringi yakunlari bo'yicha tavsiyalarni bajarishi, shu 
jumladan, 2017–2020 yillarda O'zbekistonda munosib mehnat bo'yicha dasturning 
amalga oshirilishi xalqaro hamkorlar tomonidan ijobiy baholandi. 
BMT tashkil etilganidan buyon Osiyo mintaqasida birinchi marta tashkil etilgan 
Inson huquqlari bo'yicha Osiyo forumi Samarqand shahrida bo'lib o'tdi. 
Ushbu Forumda BMT Bosh Assambleyasi 73-sessiyasining asosiy hujjatlaridan biri 
sifatida tasdiqlangan Inson huquqlari bo'yicha Samarqand deklaratsiyasi qabul 
qilindi. O'zbekiston parlamenti inson huquqlarining «Samarqand ruhi»ni amalga 
oshirish bo'yicha «Yo'l xaritasi»ni tasdiqladi. 


2019 yilda Toshkent shahrida Islom hamkorlik tashkilotining Inson huquqlari 
bo'yicha Mustaqil doimiy komissiyasining VI yillik seminari o'tkazildi va uning 
natijalari bo'yicha Yoshlar huquqlari to'g'risidagi Toshkent deklaratsiyasi qabul 
qilindi. 
Mamlakatda inson huquqlari sohasida amaldagi holatni o'rganish natijalari, 
shuningdek, BMTning shartnomaviy organlari, O'zbekistonga tashrif buyurgan 
BMTning maxsus ma'ruzachilari, Universal davriy hisobot va boshqa xalqaro 
mexanizmlar doirasida berilgan tavsiyalarning tizimli tahlili shuni ko'rsatmoqdaki, 
inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishni 
ta'minlash maqsadida sohada demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va 
izchil davom ettirish talab etiladi. 
Birinchidan, inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish faoliyatini 
ta'minlashning mexanizmlarini tartibga solishda hamda inson huquqlari bo'yicha 
xalqaro standartlarni qonunchilik va huquqni qo'llash amaliyotiga implementatsiya 
qilishdagi huquqiy bo'shliqlarni bartaraf etish zarur. 
Ikkinchidan, davlat boshqaruvi organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining inson 
huquqlari sohasidagi faoliyatini o'zaro hamkorlikda amalga oshirishning aniq 
mexanizmlari ishlab chiqilmagan. Shuningdek, inson huquqlari sohasida 
O'zbekistonning xalqaro majburiyatlari lozim darajada bajarilishi ustidan parlament 
va jamoatchilik nazoratini ta'minlash tizimini yanada takomillashtirish zarur. 
Uchinchidan, inson huquqlari sohasida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari 
faoliyatini huquqiy tartibga solish, bu sohada zarur dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish 
va amalga oshirishning aniq tartibini belgilash lozim. 
To'rtinchidan, sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan inson 
huquqlari bo'yicha xalqaro shartnomalar normalarini qo'llash amaliyotini yanada 
kengaytirish, ozodlikdan mahrum qilish joylarida saqlanayotgan shaxslar 
huquqlariga rioya etilishini monitoring qilish tizimini takomillashtirish hamda 


shartnomaviy qo'mitalarning xabarlarini ko'rib chiqish yuzasidan qarorlarni 
bajarishning aniq mexanizmlarini ishlab chiqish lozim. 
Beshinchidan, insonning shaxsiy, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy huquqlari va 
erkinliklarini ta'minlash kafolatlarini kuchaytirish, jumladan mazkur huquqlarni 
poymol qilganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish talab etiladi. 
Oltinchidan, jamiyatda inson huquqlari va erkinliklariga hurmat hissining 
shakllanishi, xalqaro va mintaqaviy mexanizmlar tavsiyalarining to'liq bajarilishi 
uchun sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda boshqa davlat organlari 
xodimlarining inson huquqlari bo'yicha malakasini oshirish ishlarini tizimli yo'lga 
qo'yish zarur. 
Shu munosabat bilan, quyidagi maqsad va vazifalar hamda asosiy yo'nalishlarni 
nazarda tutuvchi Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasining Milliy 
strategiyasini (keyingi o'rinlarda – Milliy strategiya) amalga oshirish alohida 
ahamiyat kasb etmoqda.


MILLIY XAVFSIZLIKNI TA'MINLASH BORASIDA AMALGA 
OSHIRILAYOTGAN ISHLAR 
Reja: 
1. Milliy xavfsizlikning asosiy manosi 
2. O’zbekistonda havsizlik tashkilotlaring tashkil topishi 
3. O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari 
Davlat milliy xavfsizlikni ta’minlash jarayonida inson huquqlarini poymol 
qilmasligi, demokratik erkinliklar esa barcha uchun barobar bo‘lgan qonunlarni 
buzish uchun qo‘llanilmasligi lozim. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi 
ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Xalqaro press-klubning bugun, 3 dekabr kuni 
o‘tgan “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunchiligida so‘z 
hamda matbuot erkinligi va O‘zbekistonda OAVni rivojlantirish jarayonlari” 
mavzusidagi davra suhbatida aytib o‘tdi
Uning qayd etishicha, O‘zbekiston demokratik taraqqiyot masalalari bilan 
shug‘ullanadigan barcha xalqaro tashkilotlar va tuzilmalar, jumladan BMTning 
Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari byurosi, BMTning konvensiyaviy organlari, 
YeXHTning Ommaviy axborot vositalari erkinligi bo‘yicha oliy komissari 
boshqarmasi va boshqalar bilan yaqindan, ochiq hamkorlik qiladi.
“Inson huquqlari bo‘yicha muloqot O‘zbekistonning muhim sheriklari, xususan 
Yevropa Ittifoqi, AQSH, MDH davlatlari bilan hamkorligi kun tartibiga kiritilgan. 
Keng xalqaro ko‘mak bilan O‘zbekiston birinchi marta keyingi uch yil muddatga 
BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Kengashiga saylandi”, deydi Abdulaziz 
Komilov.
O‘zbekiston tashqi idorasi rahbari so‘zida davom etarkan, mamlakat ko‘p yillar 
davomida go‘yo milliy xavfsizlikni ta’minlashni ro‘kach qilib, asosiy inson 
huquqlarini buzayotgani uchun tanqid qilib kelinganini aytdi.
“Bugun men sizning e’tiboringizni inson huquqlari sohasidagi xalqaro sheriklar 
bilan muloqotimiz mazmunining muhim jihatlaridan biriga qaratmoqchiman. Bu 
davlat xavfsizligi va inson huquqlari o‘rtasidagi nisbat hamda ularning o‘zaro 


bog‘liqlik masalasidir. Hammaga ma’lumki, ko‘p yillar davomida O‘zbekison 
go‘yoki Milliy xavfsizlikni ta’minlashni ro‘kach qilib, asosiy inson huquqlari va 
erkinliklarini buzayotgani uchun tanqid qilib kelingan. Bu oddiy muammo emas va 
demokratik rivojlanish darajasidan qat’i nazar ko‘p mamlakatlar uchun dolzarbdir.
O‘zbekistonga to‘xtaladigan bo‘lsak, so‘nggi 3-4 yil ichida amalga oshirilayotgan 
demokratik islohotlar va fuqarolik jamiyatini mustahkamlash jarayonida ushbu 
mammoni bartaraf etish uchun juda ko‘p ishlar qilindi. Albatta, inson huquq va 
erkinliklari har qanday sharoitda ham himoya ostida bo‘lmog‘i lozim. O‘zbekiston 
rahbariyati tomonidan davlat hokimiyatini demokratlashtirish xalq va ommaviy 
axborot vositalari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va shaffof muloqotni yo‘lga qo‘yish, 
ularning fuqarolik va jamoatchilik faolligini qo‘llab-quvvatlash borasida ortga 
qaytmaydigan yo‘lda bormoqda”, deydi Komilov. 
Vazirga ko‘ra, O‘zbekiston inson huquqlariga oid har qanday nozik masalalarni 
milliy va global darajada ochiq muhokama qilyapti. U 2018 yil noyabr oyida 
Samarqandda tashkil etilgan Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumi va joriy yil 
avgust oyida virtual formatda o‘tkazilgan xuddi shunday tadbirni esladi.
Komilovga ko‘ra, O‘zbekistonning inson huquqlari buzilishi va jamoat xavfsizligini 
ta’minlash jarayonida fuqarolarning erkinliklarini cheklashga bo‘lgan munosabati 
keskin o‘zgargan. U bunga misol tariqasida o‘tgan yili Suriyadan 200 ga yaqin 
fuqaroning qaytarilgani va navbatdagi shunday missiyaga tayyorgarlik 
ko‘rilayotganini aytdi.
“O‘zbekistonda xalq manfaatlari hamma narsadan ustundir va bu tamoyil Prezident 
Shavkat Mirziyoyev aniq ta’kidlaganidek, har qanday sharoitda, shu jumladan 
favqulodda vaziyatlarda ham qat’iy amal qiladi. Ammo bu muammoning, ya’ni 
xavfsizlik hamda inson huquqlari nisbati va bog‘liqliginining yana bir tomoni bor. 
Fuqarolik jamiyati va demokratik institutlar inson huquqlari, shu jumladan so‘z 
erkinligini amalda ro‘yobga chiqarish uchun ken imkoniyatlar yaratadi. Biroq, ushbu 
demokratik qadriyatlar barqarorlik asoslariga putur yetkazish, jamoat tartibini, 
amaldagi qonunlarni buzish bahona va imkoniyatga aylanib qolmasligi kerak. Nima 
demoqchiman? Masalan, so‘nggi paytlarda ayrim, hatto, demokratik rivojlangan 


mamlakatlarda ham ommaviy kayfiyatlarning keskinlashuvi natijasida huquqiy 
tartibning buzilishiga, tartibsizliklarga, o‘t qo‘yishlarga va hatto odamlarning 
qurbon bo‘lishiga guvoh bo‘lyapmiz. O‘zingizga yaxshi ma’lumki, ushbu 
qonunbuzarliklarning demokratik huquq va erkinliklarni suiiste’mol qilish orqali 
sodir etilgan. Natijada biz tabiiy bir xulosaga keldik: mamlakatning barqarorligi, 
xavfsizligi va demokratik rivojlanishi faqat davlat va jamiyatning yaqin va 
konstruvtiv hamkorligi sharoitidagina ta’minlanishi mumkin.
Ayni paytda yuqorida aytib o‘tganimdek, davlat milliy xavfsizlikni ta’minlash 
jarayonida inson huquqlarini poymol qilmasligi, demokratik erkinliklar esa barcha 
uchun barobar bo‘lgan qonunlarni buzish uchun qo‘llanilmasligi lozim. Buni anglab 
yetish, so‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilgan asosiy tub 
o‘zgarishlardan biridir”, deydi tashqi idora rahbari. 
1991-yil 31-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan 
tashqari bo‘lib o‘tgan oltinchi sessiyasida qabul qilingan «O‘zbekiston 
Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi Qonun va «O‘zbekiston 
Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida Bayonoti»da ilgari surilgan 
tadbirlar mamlakat milliy xavfsizligini ta’minlash va davlatimiz mudofaasini tashkil 
etishning 
ilk 
qadamlardan 
biridir.
«O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi 
Qonunning 6-moddasida shunday deyilgan: «O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa 
ishlari vazirligini tuzish, milliy gvardiya va noharbiy (muqobil) xizmat tashkil etish 
huquqiga 
ega» 
(2-ilova).
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasidan: 
125-modda. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Qurolli 
Kuchlari 
O‘zbekiston 
Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch 
hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi. Qurolli Kuchlarning tuzilishi 
va ularni tashkil etish qonun bilan belgilanadi. 
126-modda. O‘zbekiston Respublikasi o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun yetarli 
darajada Qurolli Kuchlarga ega.» 


O‘zbekiston hukumati mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab mamlakat 
milliy xavfsizligini ta’minlash va davlat mudofaa tizimini tashkil etishga alohida 
e’tibor berdi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil 6-sentabrdagi Farmoni bilan 
Mudofaa ishlari vazirligi tashkil etildi. 
1991-yil 26-sentabrda O‘zbekiston Prezidentining Farmoni bilan O‘zbekiston SSR 
Davlat Xavfsizlik Qo‘mitasi (DXQ) tugatilib, uning o‘rniga O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentiga bo‘ysunadigan O‘zbekiston Respublikasi Milliy 
Xavfsizlik Xizmati (O‘zRMXX) tashkil etildi. 
1992-yil 14-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tuzildi. 
1992-yil 3-iyulda Prezident I.Karimov Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi 
Mudofaa ishlari vazirligi — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga 
aylantirildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Milliy Xavfsizlik Xizmati oldiga 
mamlakat milliy xavfsizligi va davlat mudofaasini tashkil etishni ta’minlashdek 
g‘oyat murakkab va ayni paytda olijanob vazifa qo‘yildi. Vaziyat milliy 
xavfsizlikning keng qamrovli konsepsiyasini ishlab chiqishni, uning huquqiy 
asoslarini belgilab beruvchi qonunlar yaratishni taqozo etardi. 
Milliy xavfsizlik masalasining davlat siyosati va uning uzoq yillarga mo‘ljallangan 
strategiyasi mamlakat Oliy Majlisining 1995-yil 24-fevralda bo‘lib o‘tgan birinchi 
chaqiriq birinchi sessiyasida Prezident I.Karimov tomonidan aniq va batafsil yoritib 
berildi. 
1995-yil 1-mayda Prezident I.Karimov Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasining 
Milliy 
xavfsizlik 
Kengashi 
tuzildi.
Milliy xavfsizlik Kengashi mamlakatimizda milliy xavfsizlikni ta’minlash 
masalalarini o‘rganish, muhokama qilish va zarur chora-tadbirlar ko‘rish bilan 
shug‘ullanuvchi maslahat organi hisoblanadi. 


1996-yil 24-aprelda Oliy Majlisning beshinchi sessiyasida to‘rt bo‘lim, yigirma 
sakkiz moddadan iborat bo‘lgan «Milliy xavfsizlik to‘g‘risida»gi Qonun loyihasi 
muhokama qilindi. Mazkur loyiha Milliy xavfsizlik tizimini shakllantirish, milliy 
xavfsizlikni ta’minlash borasidagi vazifalar va ularni amalga oshirish prinsiplarini 
huquqiy normalarda belgilab beradigan, butunlay yangicha hujjat sifatida ko‘rib 
chiqildi. 1997-yil avgust oyida Oliy Majlisning birinchi chaqiriq to‘qqizinchi 
sessiyasi «O‘zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik konsepsiyasi 
to‘g‘risida»gi 
Qonunni 
qabul 
qildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining vujudga kelishida O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 14-yanvardagi Qarori katta ahamiyatga 
ega bo‘ldi. 
1992-yil 14-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n ikkinchi 
chaqiriq to‘qqizinchi sessiyasi Qarori bilan respublika hududida joylashgan sobiq 
Ittifoq Qurolli Kuchlarining barcha qismlari, qo‘shilmalari, harbiy o‘quv yurtlari, 
muassasa va tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi tasarrufiga olindi va ular 
moddiy-texnika, 
mablag‘ 
bilan 
ta’minlanadigan 
bo‘ldi. 
Shu tarzda Mustaqil mamlakat Qurolli Kuchlarini barpo etishning dastlabki tashkiliy 
davri amalga oshirildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 3-iyulda bo‘lib o‘tgan 
o‘ninchi sessiyasi «Mudofaa to‘g‘risida»gi, «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy 
xizmat 
to‘g‘risida»gi 
va 
«Muqobil 
xizmat 
to‘g‘risida»gi 
muhim 
qonunlar, 
shuningdek
, harbiy qasamyodning yangi matni va qasamyod qildirish 
tartibi qabul qilindi. 
Davlatimizning harbiy sohadagi tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari 1996-yil 26-
dekabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosati faoliyatining 
asosiy tamoyillari» haqidagi Qonunda mujassamlangan. Qonunda «O‘zbekiston 
hech qanday harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok etmaydi va harbiy-siyosiy blokka 
transformatsiya qilingan vaqtda har qanday xalqaro tashkilotlardan chiqish huquqini 
o‘z ixtiyorida qoldiradi» deb qonuniy rasmiylashtirilgan. Bu Qonun 


O‘zbekistonning tinchliksevarlik siyosatini, uning dunyo hamjamiyatida 
integratsiyaga intilishlarini tasdiqlaydi. 
O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari — harbiy tuzilmalar, harbiy o‘quv 
yurtlari va boshqa harbiy qismlardan iborat. U O‘zbekiston Respublikasining davlat 
mustaqilligini, hududiy yaxlitligini, aholisining tinch hayot kechirishini va 
xavfsizligini 
ta’minlashga 
qaratilgandir. 
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari davlatni himoya qilishda butun mudofaa 
tizimining asosini tashkil etadi va tarkibiga quyidagilar kiradi: 
1999-yilgacha Chegara qo‘shinlari Milliy Xavfsizlik xizmati tarkibida bo‘lgan. 
1999-yil 13-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga 
binoan O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mita 
tashkil etildi. 
Qurolli Kuchlarni joylashtirish (dislokatsiya) O‘zbekiston Respublikasi hududlari, 
chegaralari va havo bo‘shliqlarining mustahkam mudofaasini umumiy strategik 
maqsad asosida ta’minlashdan kelib chiqib belgilanadi va harbiy doktrina talablariga 
muvofiq strategik va operativ rejalar bo‘yicha amalga oshiriladi. 
Qurolli Kuchlarga Oliy boshqaruvni Prezident amalga oshiradi. O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 20-bandiga muvofiq Prezident 
mamlakat Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo‘mondoni hisoblanadi, Qurolli 
Kuchlarning oliy qo‘mondonlarini tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi, oliy harbiy 
unvonlar 
beradi. 
«Mudofaa to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq Prezident mamlakat mudofaa 
qobiliyatini ta’minlash, qurolli tajovuz bo‘lgan hollarda davlat suvereniteti, hududiy 
yaxlitligi va mustaqilligini himoya qilish yuzasidan zarur chora-tadbirlar qabul 
qiladi, Mudofaa vazirini tayinlaydi. Qurolli Kuchlarga jangovar harakatlarni olib 
borish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va buyruq beradi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi chaqiriq o‘ninchi sessiyasida 
(2002-yil 12-dekabr) «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida» 
hamda «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi xizmat 
to‘g‘risida»gi qonunlar qabul qilindi. Mazkur qonunlarga ko‘ra, Qurolli Kuchlar 


safidagi muddatli xizmat bir yarim yildan bir yilga qisqartirildi. Oliy o‘quv yurtlari 
bitiruvchilari esa xizmatga faqat to‘qqiz oyga chaqiriladigan bo‘ldi. Prezident 
I.Karimovning «O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida» asarida 
iqtisodiyotni isloh qilishning asosiy strategik 
maqsadlari asoslab berilga 
Oliy Kengash tomonidan iqtisodiyotga oid 100 dan ortiq qonun qabul qilindi. 
Albatta, ana shu rasmiy hujjatlar orasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 
alohida ahamiyatga ega. Konstitutsiyamiz XII bobining 53—55-moddalarida bozor 
iqtisodiyotiga asoslangan jamiyatning iqtisodiy negizlari huquqiy jihatdan asoslab 
berilgan (14-ilova). 
Bu borada «Xo‘jalik jamoalari va shirkatlari to‘g‘risida»gi (1998-yil), «Qishloq 
xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) to‘g‘risida»gi (1998-yil), «Dehqon xo‘jaligi 
to‘g‘risida»gi (1998-yil) qonunlar qabul qilindi. 
«Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi (1996-yil), «O‘zbekiston Respublikasining 
pul tizimi to‘g‘risida»gi (1993-yil), «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari 
to‘g‘risida»gi (2000-yil), «Sug‘urta to‘g‘risida»gi (1993-yil), «Birjalar va birja 
faoliyati to‘g‘risida»gi (1993-yil), «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi (2000-yil), 
«Qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida»gi (2000-yil) va boshqa qonunlar 
qabul 
qilindi.
«Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida»gi (2000-yil), «O‘zbekiston Respublikasining 
yetakchi xalqaro tashkilotlarga a’zoligi to‘g‘risida»gi, «Valyutani tartibga solish 
to‘g‘risida»gi, «Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida»gi (1996-yil) qabul qilingan 
qonunlar, xalqaro pakt va bitimlarning O‘zbekiston tomonidan imzolanishi 
mamlakatimiz tashqi aloqalarining rivojlanishi tarixida yangi sahifa ochdi. 
«Aholining bandligi to‘g‘risida»gi (1998-yil), «Nogironlarning ijtimoiy muhofazasi 
to‘g‘risida»gi (1991-yil), Fuqarolarning Davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi 
(1993-yil), «Ta’lim to‘g‘risida»gi (1997-yil), «Yoshlarga doir davlat siyosatining 
asoslari to‘g‘risida»gi (1991-yil), «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar 
to‘g‘risida»gi (1998-yil) qonunlar shular jumlasidandir. Bu huquqiy hujjatlar bozor 
munosabatlariga o‘tishning murakkab sharoitida aholining muhtoj qatlamlarini 
ijtimoiy himoyalash, kishilarning ijodiy qobiliyatlarini yanada jo‘sh urdirish 


imkoniyatini berdi. O‘zbekiston Respublikasi ko‘p ukladli iqtisodiyotni vujudga 
keltirish maqsadlarini ko‘zlab davlat mulkini xususiylashtirish yo‘lini tutdi. Bu yo‘l 
jahon davlatlari tajribasida hayotda o‘zini oqlagan yo‘ldir. Bu yo‘ldan dunyoning 
rivojlangan va rivojlanayotgan Buyuk Britaniya, Fransiya, Yaponiya, Filippin 
singari 
davlatlari 
ham 
bormoqdalar. 
O‘zbekiston Respublikasida xususiylashtirish jarayonini tashkil qilish va unga 
rahbarlik qilish maqsadida 1992-yil fevralda Davlat mulkini boshqarish va 
xususiylashtirish Davlat qo‘mitasi ta’sis qilindi. 1994-yilda u Davlat mulkini 
boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash Davlat qo‘mitasiga aylantirildi. 
1992—1993-yillarda 28,8 ming yuridik shaxs 53,9 mingta xususiy obyekt egasi 
bo‘ldi. Shu yillarda 1 million kvartira xususiylashtirildi. Ular xususiy mulkka 
aylandi. 
2002-yilga kelib O‘zbekiston aholisining asosiy qismi qaysidir shakldagi mulk egasi 
bo‘ldi. Davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan obyektlardan tashqari, barcha mulkka 
fuqaroning o‘zi egalik qilmoqda. 
2003-yilning birinchi yarmiga kelib mamlakatda 698 korxona va obyekt davlat 
tasarrufidan chiqarildi. Ushbu xususiylashtirishdan tushgan jami mablag‘ 22,5 
milliard 
so‘mni 
tashkil 
qildi 
O‘zbekistonda davlat mulkini xususiylashtirish 1990-yildayoq hukumat tavsiyasi 
asosida mahalliy sanoatda 3 ta xususiy korxona tashkil qilinishi bilan belgilangan 
edi. Samarqanddagi uy mehnatiga asoslangan xususiy fabrika hissadorlik jamiyatiga 
aylandi. Sirdaryo shoyi to‘qish fabrikasi va boshqa qator korxonalar ijaraga o‘tib 
ishlay boshladi. Bu yerda to‘plangan dastlabki tajribalar keyinchalik davlat mulkini 
xususiylashtirishda hisobga olindi, undan samarali foydalanildi. 1991-yil 18-
noyabrda O‘zbekiston Oliy Kengashining o‘n ikkinchi chaqiriq sakkizinchi 
sessiyasida mulkni «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida»gi 
Qonun qabul qilindi. 
Dasturga asosan dastlabki bosqichda xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy 
fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko‘rsatish korxonalarini hamda qishloq 


xo‘jalik mahsulotlarini tayyorlash tizimini qamrab oldi. Bu «kichik 
xususiylashtirish» deb nom oldi. 
Kichik xususiylashtirish 1994-yildayoq tugallandi. 1992—1994-yillarda 54 mingga 
yaqin korxona va obyekt davlat tasarrufidan chiqarildi. Ularning 18,4 mingtasi 
xususiy mulk bo‘lib qoldi. 26,1 mingtasi aksiyadorlik, 8,7 
mingtasi jamoa
, 661 tasi 
ijara korxonalariga aylandi. 1994-yilda mamlakat yalpi ijtimoiy mahsulotining 
deyarli yarmi iqtisodiyotning davlatga qarashli bo‘lmagan sektorida ishlab chiqildi, 
bu sektorda 4 millionga yaqin kishi ish bilan band bo‘ldi. 
Bir million kvartira yoki davlat uy-joy fondining 95 foizdan ortiqrog‘i 
xususiylashtirildi. Har uch kvartiraning bittasi egalariga imtiyozli shartlar bilan yoki 
bepul berildi. Urush faxriylari va ijodiy ziyolilar kvartiralarning bepul egalari 
bo‘lishdi. 
Mamlakat Oliy Majlisi mulkdorlar sinfini shakllantirishning huquqiy asoslarini 
yaratish maqsadida 1996-yil 25-aprelda o‘zining beshinchi sessiyasida 
«Aksiyadorlar jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi, 
«Qimmatli qog‘ozlar bozorining faoliyat ko‘rsatish mexanizmi to‘g‘risida»gi 
qonunlarni qabul qildi. 1994-yil 21-yanvarda qabul qilingan «Iqtisodiy islohotlarni 
chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi va 1994-yil 16-martda qabul 
qilingan. «Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini 
yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmonlari 
xususiylashtirish jarayonini yana ham yangi pog‘onaga ko‘tarish, uni sifat jihatidan 
yaxshilash imkonini berdi. 
Xususiylashtirish borasidagi barcha ishlar izchil va muntazam olib borildi. Mulkni 
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga doir 20 dan ortiq davlat dasturi 
qabul qilindi. Bu dasturlarga muvofiq xalq xo‘jaligidagi barcha soha tarmoqlarini 
ommaviy xususiylashtirish uchun imkon yaratildi, bu boradagi cheklashlar olib 
tashlandi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
1994-yil 29-martda tasdiqlangan Davlat dasturiga muvofiq shu yilning o‘zida 5127 
obyekt xususiylashtirildi. 


1995-yili xalq xo‘jaligida ommaviy xususiylashtirishlar davri bo‘ldi. Yirik 
korxonalar ham davlat ixtiyoridan chiqarila boshlandi. Shu yili mashinasozlik 
kompleksiga qarashli 89 ta korxona, 81 ta yoqilg‘i energetika, 55 ta qurilish 
industriyasiga qarashli, 114 ta transport, 68 ta uy-joy kommunal xo‘jaligi, 229 ta 
qayta ishlash korxonasi va 291 ta qurilish bilan bog‘liq obyektlar xususiylashtirildi. 
Iqtisodiyotning davlat sektori negizida mingdan ortiq ochiq turdagi hissadorlik 
jamiyatlari, 6000 xususiy va oilaviy korxonalar vujudga keldi. 
O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish chog‘ida aholi uchun imtiyozli 
tizim yaratildi. Masalan, xususiylashtirilayotgan korxona xodimlariga imtiyozli 
aksiyalar berildi. Shuningdek, davlat xo‘jaliklarining mol-mulki, fermalar, bog‘lar 
va uzumzorlar imtiyozli shartlarda xususiylashtirildi. 
1998-yilga kelib xususiylashtirilgan korxonalar tarmog‘i keskin ko‘payganligi bilan 
xarakterlanadi. Agar 1993-yilda mamlakatdagi jami korxonalarning 39,4 foizdan 
ortiqrog‘i davlatga tegishli bo‘lmagan korxonalar bo‘lgan bo‘lsa, 1994-yilga kelib 
bunday korxonalar 57,7 foizga va 1998-yilga kelib esa 88,2 foizga teng bo‘ldi. 
Davlat mulkini xususiylashtirish yuzasidan mamlakatimizda olib borilgan katta 
ko‘lamdagi amaliy ishlar natijasida mamlakatda ko‘p ukladli iqtisodiyot va 
mulkdorlar sinfi vujudga keldi. 
2003-yil boshiga kelib, xususiy va kichik korxonalar soni 120 mingdan oshib ketdi. 
Qishloq xo‘jaligi mashinasozligining 15 ta korxonasi yuqori investitsiya 
salohiyatiga ega bo‘lgan xo‘jalik tuzilmasini «O‘zqishloqxo‘jalikmashxolding»ni 
tashkil etdi. Uning tarkibiga Toshkent traktor 
ishlab chiqarish birlashmasi
, Toshkent 
agregat zavodi, «Chirchiqqishmash», «O‘zbekqishmash» aksionerlik jamiyatlari 
kabi yirik korxonalar kirdi. 
Bir so‘z bilan aytganda, mustaqillik yillarida xususiylashtirish jarayoni 
O‘zbekistonda izchillik bilan bosqichma-bosqich amalga oshirila bordi. 
1996-yil 12-martda tadbirkorlikni rivojlantirish va uni qo‘llab-quvvatlash 
maqsadida Prezident I.Karimovning «O‘zbekistonda tovar ishlab chiqaruvchilar va 
tadbirkorlar palatasini tashkil etish to‘g‘risida» Farmoni e’lon qilindi. 


2003-yilning birinchi yarmiga kelib mamlakatda mavjud tijorat banklarining jami 
mablag‘lari 32 foizga ortdi, kreditlarning qaytarilish darajasi yaxshilandi. Bu esa, 
o‘z navbatida, o‘tgan yarim-yillikning o‘zida berilgan kreditlar hajmini 36 foiz 
oshirishga imkon tug‘dirdi.
1991-yilda mamlakatda birinchi bo‘lib «Toshkent» tovar-fond birjasi tuzildi va 
dastlabki kim oshdi savdosini o‘tkazdi. 1992-yilda 30 dan ortiq shunday birjalar ish 
olib bordi. Mamlakat tovar-xomashyo birjasi 1994-yilda umumiy summasi 1,3 
milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan mingdan ziyod oldi-sotdi bitimini rasmiylashtirdi. 
1994-yildan boshlab mamlakatda kredit resurslari bozori faol ishlay boshladi. Foiz 
stavkasi (darajasi) o‘zgartirildi, endi u moliyaviy resurslarni korxonalar o‘rtasida 
qayta taqsimlashga faol ta’sir eta boshladi. Banklararo valyuta birjasi tashkil etildi. 
Bu birja tomonidan o‘tkazilayotgan valyuta kim oshdi savdosida tashqi iqtisodiy 
faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar bemalol qatnashadigan bo‘ldi. 
O‘zbekiston 1991—1993-yillarda rubl zonasida bo‘lgan davrda ishlab chiqarishning 
butunlay inqirozga yuz tutishiga va aholi turmush darajasining pasayib ketishiga 
yo‘l qo‘ymaslik, savdo balansining ahvolini yaxshilashga, iqtisodiy tizimni 
takomillashtirishga qaratilgan siyosat olib 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan 
«Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston SSR Qonuni, shuningdek, 
keyin unga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgarishlar bank, bank muassasalarini tashkil 
etish yo‘llarini belgilab berdi. 

Download 188.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling