Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin
www.ziyouz.com kutubxonasi
404 kelib chiqqan ekan. 8. Zahhok – qadimgi afsonalarga ko‘ra, Jamshiddan so‘ng taxtga o‘tirgan o‘ta zulmkor podshoh. Uning ikki yelkasida ikkita maraz (illat, yara; boshqa rivoyatda ikki ilon) bo‘lib, uning og‘rig‘iga odamzod mag‘zi (miyasi)dan bo‘lak narsa taskin bera olmas ekan. Shu sababli har kuni ikki gunohkorni o‘ldirib, mag‘zini unga berar, agar gunohli odam topilmasa, jurba tashlab xalq orasidan ikki kishini qatl qilar ekanlar. Bir kuni jurba isfahonlik ohangar – temirchi Kova o‘g‘illaridan biriga tushib qatl qilinadi. So‘ngra yana bir o‘g‘liga tushadi. Darg‘azab Kova odamlarni yig‘ib, Zahhokka qarshi isyon ko‘taradi. Ular temirchilar saxtiyoni – partug‘ini bayroq qilib, Zahhok ustiga otlanadilar. Kovaga Jamshidning nabirasi (boshqa rivoyatda Tahmuras naslidan Obitin o‘g‘li) Faridun kelib qo‘shiladi va Zahhokni o‘ldiradi. 9. Bu va keyingi baytning mazmuni: nima foydali, nima zararli ekanligini hikmat ajratib berishligini aniq anglaganingdan keyin, foydalilari bilan shug‘ullan. Lekin hamma ishda ham o‘rtani tutishga mayl qil. 10. Bu baytda shoir irsoli masal san’atini qo‘llaydi: u yuqoridagi baytdagi o‘z muddaosi – mizoj mayl ko‘rsatgan narsaga ortiqcha ruju’ qilmaslik lozim, degan fikrni tasdiqlash uchun «yaxshining ko‘pidan yomonning ozi yaxshi» maqolini keltiradi. LIV Bob sarlavhasida shoir bu dostonni tugallash, undagi voqea – hodisalarni oxiriga yetkazishga g‘ayrat ko‘rsatganini bayon etadi. 1. «Lo» – arabcha; yo‘q, emas, degan ma’noni, inkorni anglatadi. «da’» – arabcha: tashla, yo‘q qil, demakdir. 2. «Alqamdu lillohillazi vaffaqani min iftitohiha ilo ixtitomihi va sallalohu alayhi va olihi va ashobi kiramiht – arabcha: meni boshlab tugatishimga muvaffaq qilgan Ollohga maqtovlar bo‘lsin, Muhammadga, uning ehtiromli yaqinlari, sirdoshlariga Olloh rahmati bo‘lsin, demakdir. 3. Kumayt – qora to‘riq (ot), bu yerda shoirning qalami ko‘zda tutiladi. Navoiy bu o‘rinda istiora san’atini ishlatadi. 5. Birjis – q. Mushtariy sayyorasi. 6. Taylason – rido (darveshlarnnng ustiga yopinadigan libosi). 7. Nohid – q. Zuhro yulduzi. 8. Bu fasl avvalidan shu baytga qadar Navoiy o‘zining qanday qiyin va sharafli ishni bajarganini (ya’ni yangi dostonni yozib tutallaganini) badiiy mahorat bilan tasvirlab beradi. Keyingi baytlarda esa shoir uni tushunib yetmagan, binobarin, qadrlay olmagan «ko‘ri modarzod» (ya’ni «tug‘ma ko‘rlar», «boyqush», «ko‘rshapalak», «daniylar» (ya’ni pastkash odamlar), «qora qo‘ng‘iz» (gul isidan halok bo‘ladigan) kabilardan noliydi. 9. Baytning mazmuni: lekin har kim, agar nozikfahm bo‘lsa, bu ikkovining (ya’ni yuqoridagi baytlarda tasvirlangan qora qo‘ng‘iz va bulbulning xushbo‘y guldan ta’sirlanishda qaysi biri haq ekanini bilib oladi. Shoir bu yerda badiiy adabiyotning nozikligi, uning jonbaxshligiga ishora qiladi. 10. Bu va keyingi ikki baytda Navoiy faxriya usulidan foydalanib o‘zining qanday shoir ekanligini ta’riflaydi. Bu o‘rinda go‘zal istiora, tashbih va ifodali ruju’ san’atlarini qo‘llaydi. 11. Baytda shoir litota san’atini qo‘llab, o‘zini tufroq deb ataydi, tufroq bo‘lganidayam elning oyoqlarn ostida yanchilib (baytdagi «ko‘p topmoq» – yanchilmoq, ezilmoq ma’nosida ishlatilgan) ketgan, quyun kabi ahvoli to‘s-to‘polon tufroq, deb yozadi. 12. Baytning mazmuni: yel to‘dasidek bir dam jahonni kezdiradi, (yana bir dam) bug‘ bo‘lagidek osmonni aylantiradi. Bu yerda shoir o‘zi haqida so‘zlab, yuqorida aytilganidek o‘zini tuproq bilan tenglashtiradi va hodisalarning qattiq esgan sovuq shamoli tuproqni ne ko‘ylarga solishini tasvirlaydi. 13. O‘turmay – bu yerda o‘tkarmay ma’nosida ishlatilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling