Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin
www.ziyouz.com kutubxonasi
17 Vale me’mori hikmatsozi oning, Burundin qildi sangandozi oning. Angakim o‘g‘riliq rasmin qilib fosh, Yetib aflok sangandozidin tosh. Yog‘ib chun toshi har yon oshkoro, Topib ahbob – gavhar, xasm – xoro. Otay deb xora, ganj og‘zini ochmay, Vagar ochib, ne gavharlarki sochmay. Tutub gavharlari yaksar jahonni, Nechukkim xayli axtar osmonni. Yo‘q, ul gavharki chun turroqqa qolg‘ay, Ayog‘ ostig‘a chun qolg‘ay, usholg‘ay. Aningdek gavharekim jilva chog‘i, Muzayyan bo‘lg‘ay andin el qulog‘i. Ne ul ziynatki osilg‘ay quloqtin, Vagar ochilsa ayrilg‘ay quloqtin. Durekim chun quloqni qildi maskan, Kirib qilg‘ay ko‘ngul durjini maxzan. Ko‘ngul durjin demay bo‘lg‘ay labolab – Kim ul daryoga solg‘ay durni to lab. Kim ul gavhardin olsa xalq har dam, Yuz ilda bo‘lmag‘ay mingdin biri kam. Kishi mundoq bo‘la olmay guharrez, Magar ul hinduyizodi 8 shakarrez. Ne hindu, to‘tii shirin maqol ul, Ne to‘ti, bulbuli sho‘ridahol ul. Tushub olamg‘a to‘tidek bayoni, Yetib gardung‘a bulbuldek fig‘oni. Bo‘yig‘a nazm solg‘on hulla axzar, Dema to‘ti, degil Xizri 9 rayambar. Aning zulmoti Hindustoni oxir, Ravon so‘z chashmai hayvoni 10 oxir. Alisher Navoiy. Farhod va Shirin www.ziyouz.com kutubxonasi 18 Agar bulbul desang, Hinduston – tun, Qaro zulmat dema, anbarfishon tun. Bu andoq tun aro shabxez bulbul, Shabiston ichra sho‘rangez bulbul. Dema bulbul, de oni qaqnusi 11 zor, Topib lahnidin oning qaqnus ozor. Agar qaqnus chekib yuz nola jonso‘z, Anga ming nola o‘qi borcha dildo‘z. Dema o‘q, balki har bir barqi ohi Ki, sekrib o‘rtabon mah to ba mohi 12 . Solib yuz shu’la har dam xirmanig‘a, O‘zining yo‘qki, olam xirmanig‘a. Maoniy bahrig‘a anfosidin mavj Ki, ul mavj ostig‘a qolib to‘quz avj; Takallum rishtasig‘a nazmidin dur, Falak bag‘rig‘a ul durdin tafoxur. Savodi nazm anga abri bahori, Bo‘lub el boshig‘a gavhar nisori. Sarosar ul bulut gavhar arodur Ki, naysoniy bulut yanglig‘ qarodur. Savodi demakim, mushkin sahobi, Bo‘lub har qatra anda durri nobi. Bu durkim vasfi sig‘may so‘zga hargiz, Latofatdin ko‘runmay ko‘zga hargiz. Tili durrosh, o‘zi pokiza gavhar – Xiroji mulk, yo‘qkim reza gavhar. Ne gavhar, balki ilmu fazl koni, Dema konkim, degil ko‘hi maoni. Emas gar tog‘, bas shiddat qilib big‘, Netib gardung‘a har dam yetkurub tig‘. Emas oson bu maydon ichra turmoq, Nizomiy ranjasig‘a ranja urmoq 13 . |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling