Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
19
Gah o‘tun bo‘ldi, gahe su urdu paykondin anga. 
Dardu g‘am bo‘stonining tovusidur ko‘nglum qushi,
Gul bo‘lub jismimda keskan na’l har yondin anga. 
Ne kabutar yeta olur ul quyoshqa, ne nasim, 
Ey ko‘ngul, holingni e’lom ayla afg‘ondin anga. 
Ko‘zga to kirmish xayoling sovug‘ ohim vahmidin,
Bog‘lamish men qo‘re har sori mujgondin anga. 
Ey Navoiy, yig‘lamoq ohimg‘a taskin bermadi,
Vah, bu ne o‘tdurki, yo‘q ta’sir to‘fondin anga. 
11 
Vahki ishqing zohir etsam vahm erur o‘lmak manga,
Gar nihon tutsam dag‘i jon xavfidur beshak manga. 
Kelgan ermish ul Masih o‘lganlarin tirguzgali,
Men tirig, vah, yaxshiroq bu umrdin o‘lmak manga. 
Juzv-juzvumni, fig‘onkim, munfak etti tiyg‘i hajr
Bir-biridin lek o‘zidur juzvi loyanfak manga. 
Ko‘nglum o‘tidin yig‘och kuldur, bashok bir qatra su. 
Nogah ul sho‘xi jafokesh otsa bir novak manga. 
Oltun ezinib-erib kuygan «soyu» xolis bo‘lur,
Ne ajab sarg‘arsa yuz, yetkan soyu emgak manga. 
Chok aylarmen yoqa ul qoshi yoni ko‘rgach-o‘q, 
Kim xadangin otsa hoyil bo‘lmag‘ay ko‘nglak manga. 
Boda hajridin oqarmish ko‘zlarim, ey piri dayr,
Aylagil may shishasidin sindurub aynak manga, 
Sarsari hijron, vujudum xirmanin andoq sovur
Kim, fano yo‘lida sarsar bo‘lmasun hamtak manga. 
Ey Navoiy, gar manga ko‘prak emas ummidi vasl,
Bas nag‘u ushshoqidin javri erur ko‘prak manga. 
12 
Garchi hajringdin erur yuz g‘amu ozor manga,
G‘am emas vaslingga ummid agar bor manga. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
20
Bir buzug‘ uzra junun qushlari qo‘ng‘an kebidur,
Toshkim, yog‘durur ul sho‘xi sitamgor manga. 
Zohid uchmog‘ni etar vasfu men ul oy ko‘yin,
Gulshani xuld anga, ul gulli ruxsor manga. 
Telba andog‘ki pariy jilvasidin oldarag‘ay,
O‘t solur har taraf ul turfa namudor manga. 
Baski qonimni yalarlar, adadi ko‘p yaradin,
Itlarin qildi muloyim tani afgor manga. 
Ko‘nglum istar yana maqsud jamoli aksin,
Soqiyo, tut qadahi oyinakirdor manga. 
Subha torini yig‘, ey shayxki, bir lahza burun
Taqtilar mug‘bachalar rishtayi zunnor manga. 
Solg‘il, ey ishq, vujudumg‘a fano o‘tinikim,
Yopti maqsud yuzin pardayi pindor manga. 
Chun vafo ahli zamon zotida yo‘qtur, ne ajab,
Har zamon qilsa jafo ul buti ayyor manga. 
G‘arazim bir necha kun shohidu maydur, yo‘q esa,
Ey Navoiy, bu fano dayrida ne bor manga? 
13 
Ul malohat ganji hajrida buzug‘ maskan manga,
Uyladurkim, jondin ayru yuz yaralig‘ tan manga. 
Mehr ila mah partavidin ko‘zni ravshan qilmadim,
Bo‘lg‘ali mehri ruhung mohiyyati ravshan manga. 
Bo‘ldi ravzan-ravzan ul qotil xadangidin ko‘ngul,
Jon qushi chiqmoqqa bir yo‘l angla har ravzan manga. 
Men o‘larmen g‘amdinu, yig‘lab kuyub boshimda sham’
Dudidin chirmab qora har tun tutar shevan manga. 
Rahm etib holimg‘a dushman do‘st bo‘lmoq, vah, ne sud.
Do‘st chun rahm aylamay bo‘lmishturur dushman manga. 
G‘am tuni zulmida xandon bo‘lmadi holimg‘a subh,
Subhdek ne tongki, bo‘lg‘ay chok pirohan manga. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling