Microsoft Word Норматова Шоира darslik 11. 02 2015. doc


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/143
Sana10.09.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1675273
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   143
Bog'liq
Ozbek-tili.-Darslik.-Sh.Normatova-M.Abduraxmonova.-2014

 
 
 
3 D 
QAHRAMONLIK QO‘SHIG‘I 
Ma’lumki, bu dunyoda har qaysi millatning o‘z afsonaviy qahramonlari
o‘zi sevib ardoqlaydigan pahlavonlari bo‘ladi. Xalqimiz azaldan o‘z vujudi, 
o‘z tomirida mavjud ilohiy qudratga munosib bo‘lishga intilib, o‘z 
o‘g‘lonlarini mardlik va halollik, jasurlik ruhida, el-yurt uchun jonini ham 
ayamaydigan asl pahlavonlar etib tarbiyalab kelgan. Shu ma’noda, xalq 
og‘zaki ijodining noyob durdonasi bo‘lmish “Alpomish” dostoni 
millatimizning o‘zligini namoyon etadigan va avlodlardan avlodlarga o‘tib 
kelayotgan qahramonlik qo‘shig‘idir. Adolat o‘rnatish uchun botir bo‘lish 
zarur. Maqsadga yetish uchun kurashish kerak. “Alpomish” mardlik 
dostonidir. Sevimli yori Barchin to‘rtta shart qo‘yadi. Har kim maydonga ot 
soladi, otini o‘zdirgan odam oladi. Bu to‘rt shart – botirlik, qahramonlik 
shartlaridir.
Boboxondan poyga qilib o‘zdirsa,
Oti ildam alp yigitga tegaman. 
Yoy tortishsa, yoyi sinmay qolganga
Men tegaman shul yoyondoz polvonga. 
Ming qadamdan tanga pulni urganga, 
Men tegaman shul qirag‘ay merganga. 
Savash bo‘lsa bul shubonib chiqqanga, 
Kurash qilib to‘qson alpni yiqqanga, 
Men tegaman nor bilakli polvonga
Otin toblab kira bersin maydonga… 
Barchin tomonidan qo‘yilgan bu go‘zal shartlar haqiqatan qahramonlik 
shartlaridir. 
Agarki xalqimizning qadimiy va shonli tarixi tuganmas bir doston 
bo‘lsa, “Alpomish” ana shu dostonning shoh bayti desak, to‘g‘ri bo‘ladi. Bu 
mumtoz asarda tarix to‘fonlaridan, hayot-mamot sinovlaridan omon chiqib, 
o‘zligini doimo saqlagan el-yurtimizning bag‘rikenglik, matonat, olyjanoblik, 
vafo va sadoqat kabi ezgu fazilatlari o‘z ifodasini topgan.“Alpomish” dostoni 
odil va haqgo‘y bo‘lishga, o‘z yurtimizni, oilamizni qo‘riqlashga o‘rgatadi. 
Xalqimizning yengilmas bahodiri Alpomish timsolida biz Vatanimizni 
yomon ko‘zlardan, balo-qazolardan asrashga qodir, kerak bo‘lsa, bu y aure 
jonini ham fido qilishga tayyor bo‘lgan azamat o‘g‘lonlarimiz – bugungi 
alpomishlarning ma`naviy qiyofasini ko‘ramiz.


174

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling