Microsoft Word Норматова Шоира darslik 11. 02 2015. doc
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
Ozbek-tili.-Darslik.-Sh.Normatova-M.Abduraxmonova.-2014
Matnni o‘qing BIZ GIYOHVAND MODDALARGA QARSHI “YO‘Q! KERAK EMAS” DEYMIZ! Narkotik yunoncha narkotikos – “qotib qolish, karaxtlik” so‘zidan olingan. (Tilimizda giyohvand modda deb ham yuritiladi). Giyohvandlik va giyohvand moddalar to‘g‘risidagi ilk ma’lumotlar eng qadimgi tarixiy hujjatlarda ham uchraydi. Aleksandr Makedonskiyning miloddan oldingi IV asrdagi harbiy yurishlari natijasida giyohvand moddalar O‘rtayer dengizi mamlakatlari aholisi o‘rtasida, keyinchalik esa butun dunyo bo‘ylab tarqala boshlaydi. Tarixda butun bir davlatlar giyohvand moddalarning odamda jismoniy va ruhiy qaramlik qo‘zg‘ash xususiyatidan xalqlarni tobe qilish maqsadida foydalanganliklari to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud. Masalan, Yaponiya, Xitoy va Koreya aholisi orasida ushbu sarxush qiluvchi vositalar kishilarni giyohvand moddalarga o‘rgatib qo‘yish, keyin esa ularni katta pulga sotish, shu tariqa bu xalqlarni o‘ziga qaram qilib olish maqsadida tekinga tarqatilgan. BMT tomonidan bu holat insoniyatga qarshi eng og‘ir jinoyatlardan biri deb tan olingan. Psixotrop, ya’ni ruhiyatga ta’sir ko‘rsatuvchi moddalar (giyohvand moddalar)ni 3 guruhga bo‘lish mumkin: 61 1. Depressantlar – asab tizimi faoliyatiga og‘ir ta’sir ko‘rsatuvchi moddalar. Ularga ko‘knori va undan tayyorlangan: morfin, omnopon, pantopon, promedol, fentanil kiradi. 2. Stimulyatorlar (rag‘batlantiruvchilar) – qo‘zg‘atuvchi moddalar. Ular sirasiga kokain, efedrin, «ekstazi» sidnofek, kofein va boshqalar kiradi. 3. Gallyutsinogenlar – miyaga ta’sir ko‘rsatuvchi va gallyutsinatsiya qo‘zg‘ovchi moddalar. Ularga nasha, marixuana, LSD va boshqalar kiradi. Giyohvand moddalar faqat organizmga tushganidan keyin ta’sir ko‘rsata boshlaydi. Giyohvand modda iste’mol qiluvchilarning xotirasi yomonlashadi, ularning yagona maqsadi – giyohvand modda topish va qabul qilish. Ular boshqa biror narsa haqida o‘ylash qobiliyatini yo‘qotadilar, ota- onalari, do‘stlari, farzandlaridan voz kechadilar. Giyohvand modda iste’mol qiluvchi kishi istagan paytida bundan voz kecha olaman deb o‘ylaydi. Aslida, organizm giyohvand moddaga juda tez odatlanadi, agar uni vaqtida qabul qilmasa, qattiq xumor tutadigan bo‘lib qoladi. Xumor – abstinent sindromidir. Bu alohida organlar bilan birga butun organizm ham yemirila boshlaganining alomatidir. Giyohvand moddalar savdosi juda katta daromad manbayi hisoblanadi va bu ish bilan shug‘ullanuvchilar o‘z daromadlarini oshirish uchun hech narsadan qaytmaydilar. Ular agar giyohvand moddaga o‘rgatib qo‘yilsa, mo‘may daromad manbayiga ega bo‘lishlarini yaxshi biladilar. Shuning uchun kishini giyohvand moddalarga o‘rgatib qo‘yish va doimiy mijozga ega bo‘lish uchun turli usullardan foydalanadilar: giyohvand moddani bepul tatib ko‘rishni taklif qiladilar, ko‘ndirishga urinadilar, kishilarning zaifliklaridan foydalanadilar. Agar kishi ma’nan zaif va ojiz bo‘lsa, juda tez tushkunlikka tushib qoladi. Mana shunday insonlar ba’zan osongina ularning mijozlariga aylanadilar. Shu sababdan ham giyohvandlik dunyo bo‘ylab tez tarqalmoqda. Giyohvand moddalar ko‘plab iste’dodli kishilarning azobli o‘limiga sabab bo‘lmoqda. Giyohvand moddalar qabul qiluvchilarning asosiy qismi o‘zlari istamagan holda giyohvand bo‘lib qoladilar. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, giyohvand moddalarni tatib ko‘rganlarning 90 foizi ularni iste’mol qilishning xavfli oqibatlarini hatto xayollariga ham keltirmaganlar. Ularda giyohvand moddalar va ularning zararli ta’siri haqida yetarli ma’lumot olish imkoniyati bo‘lmagan! Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling