Microsoft Word Норматова Шоира darslik 11. 02 2015. doc


D  Tayanch so‘z va iboralar


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/143
Sana10.09.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1675273
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   143
Bog'liq
Ozbek-tili.-Darslik.-Sh.Normatova-M.Abduraxmonova.-2014

7 D 
Tayanch so‘z va iboralar: autekologiya, diqqat markazida, tirik zot, 
omil, tabiatni muhofaza qilish, biologik afzal ko‘rmoq, hayot sharoitini, 
tadbir, tur, maqbul, tirik organism, unsur, jonsiz tabiat, oqilona, oqibat, oxir-
oqibatda, bardoshlilik, bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatish, zimmasiga 
vazifa yuklamoq, ta’sir ko‘lami, o‘zaro bog‘liq hodisalar zanjiri, kun 
ko‘rmoq, o‘tamoq, umumlashma ma’no, mo‘tadil hayot kechirish, namoyon 
bo‘lmoq. 
I. Qavslarni to‘g‘ri oching: 
(Ekologiya fani) tanishmoq, (diqqat markazi) bo‘lmoq, (sharoit) 
aloqadorlik,
(ta’sir ko‘rsatmoq) muhit, (ekologiya) ta’sir ko‘rsatmoq, ( salbiy 
oqibatlar) olib kelmoq,
 

Matnni o‘qing 
EKOLOGIK OMILLAR 
Ekologiya bilan tanishuvimizni eng chuqur ishlab chiqilgan va tadqiq 
etilgan bo‘limlardan biri autekologiyadan boshlaymiz. Autekologiyaning 
diqqat markazida tirik zotning yoki zotlar guruhining atrof muhit 
sharoitlari bilan o‘zaro aloqadorligi masalasi turadi. Shu sababli 
autekologiyaning asos tushunchasi ekologik omil, ya’ni organizmga ta’sir 
ko‘rsatuvchi atrof-muhit omilidir. 
Shubhasiz, tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan biror bir tadbirni 
muayyan omilning ma’lum biologik turga ta’sirini o‘rganmasdan turib 
amalga oshirib bo‘lmaydi. Chindan ham, muayyan turni u qanday hayot 
sharoitini afzal ko‘rishini bilmasdan turib, qanday qilib muhofaza qilib 
bo‘ladi? Hatto ongli inson kabi turning «muhofazasi» sanitariya-gigiyena 
me’yorlarini bilishni talab qiladi, shuning o‘zi insonga nisbatan qo‘llanadigan 
turli ekologik omillarning eng maqbulidir
Atrof-muhitning inson organizmiga ta’siri ekologik omil deyiladi. Bu 
tushunchaning ilmiy ta’rifi quyidagicha: 
EKOLOGIK OMIL – atrof-muhitning tirik mavjudot moslashishi 
mumkin bo‘lgan har qanday sharoitidir. 
Ekologik omil muhitning tirik organizmlarga hech bo‘lmaganda ular 
rivojlanishining biror bosqichida bevosita yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatuvchi 
unsuridir. 
O‘z tabiatiga ko‘ra ekologik omillar uch guruhga bo‘linadi: 
abiotik omillar – jonsiz tabiatning ta’siri; 
biotik omillar – jonsiz tabiatning ta’siri; 


158
antropogen omillar – insonning oqilona va oqibati o‘ylanmagan 
faoliyati ta’siri («antropos» – inson). 
Inson jonli va jonsiz tabiatni o‘zgartirib, o‘z zimmasiga ma’lum 
ma’noda geokimyoviy vazifani oladi (masalan, million yillarga ko‘mir va 
neft sifatida yer ostiga qamalgan uglerodni ozod qilib, havoga is gazi sifatida 
chiqaradi). Shu sababli antropogen omillar o‘zining ta’sir ko‘lami va 
globalligi jihatidan geologik kuchlarga yaqin turadi. 
Ko‘pincha muayyan guruh omillarini ajratib ko‘rsatish lozim bo‘lganida, 
ekologik omillar yanada batafsilroq tasnif qilinadi. Masalan, muhitning 
iqlimiy (iqlimga oid), edafik (tuproqqa oid) omillari singari turlari bor. 
Ekologik omillarning bevosita ta’siriga oddiy misol tariqasida 
qushlarning ulkan to‘dasi – qush bozorini keltiradilar. 
Qushlarning yuqori darajadagi zichligi o‘zaro aloqador sabab-oqibatlar 
zanjirini hosil qiladi. Qushning tezagi suvga tushadi, organik moddalar suvda 
bakteriyalar tomonidan minerallarga aylantiriladi, mineral moddalarning 
katta miqdorda to‘planishi suv o‘simliklari sonining, uning ortidan esa 
zooplanktonlar sonining ko‘payishiga olib keladi. Baliqlar zooplanktonlarga 
kiruvchi tuban qisqichbaqasimonlarni yeydi, «qush bozori»dagi qushlar 
baliqlarni yeb kun ko‘radi. Shu tarzda o‘zaro bog‘liq hodisalar zanjiri 

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling