Microsoft Word Норматова Шоира darslik 11. 02 2015. doc


Matn bo‘yicha topshiriqlar


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/143
Sana10.09.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1675273
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   143
Bog'liq
Ozbek-tili.-Darslik.-Sh.Normatova-M.Abduraxmonova.-2014

 Matn bo‘yicha topshiriqlar 
1. Savob deganda nimani tushunasiz? 
2. Matndan kichraytirish-erkalash otlarini toping. 


33
2-DARS 
TARIXSIZ KELAJAK YO‘Q 
2 A 
Tayanch so‘z va iboralar: davlat arbobi, sarkarda, chop etmoq, 
nishonlamoq, ilk ajdodlar, yaratmoq, ma’naviy, meros, tolmas, istibdod, 
siyosat, qadam qo‘ymoq, mislsiz, yuksalmoq, parokanda, mahalliy, qarama-
qarshilik, avj olmoq, ustiga-ustak, uyushtirmoq, istibdod, alam, din 
peshvolari, dohiy, taqdir taqozosi, xaloskor, yo‘lboshchi, sahna, paydo 
bo‘lmoq, birlashtirmoq, xaroba, barpo qilmoq, surib yubormoq, 
kengaytirmoq, qarash, aks etmoq. 

Matnni o‘qing
AMIR TEMUR 
2006-yil 9-aprel kuni O‘zbekistonda buyuk davlat arbobi va sarkarda, 
Yevropada “Tamerlan” nomi bilan mashhur bo‘lgan Amir Temurning 
tug‘ilganiga 670 yil to‘lishi keng nishonlandi. 1991-yilda O‘zbekiston 
mustaqillikka erishgandan so‘ng ilk kunlardanoq, ko‘p asrlar davomida 
ajdodlar tomonidan yaratilgan ulug‘, bebaho ma’naviy va madaniy merosni 
tiklash davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Mashhur davlat arbobi, O‘rta 
asrlar islohotchisi, sarkarda, adolat uchun tolmas kurashchi, ilm-fan va 
madaniyat rahnamosi Amir Temur davrida ilm-fan, madaniyat va ta’lim 
mislsiz darajada yuksaldi.
Siyosiy maydonga qadam qo‘yganida Amir Temur endigina 24 yoshga 
kirgandi. Mamlakat parokanda, mahalliy siyosiy kuchlar o‘rtasidagi o‘zaro 
qarama-qarshiliklar avj olgandi. Ustiga-ustak, Chingizxon avlodlari 
Movarounnahrga tez-tez bosqin uyushtirib turardi. Taxminan bir asr davom 
etgan bu davrda Movarounnahrning istibdod alamini tortgan oddiy 
fuqarolaridan to yirik siyosiy arboblari-yu din peshvolarigacha juda ham 
og‘ir kun kechirdilar. Jamiyatga ozodlikka va taraqqiyotga bo‘lgan 
intilishlarni o‘zida mujassam etgan xaloskor, dunyuoqarashi keng dohiy 
zarur edi. Taqdir taqozosi bilan Amir Temur ana shunday kuchli salohiyat 
egasi bo‘lgan qudratli xaloskor va yo‘lboshchi sifatida tarix sahnasida paydo 
bo‘ldi. 
1370-yilda Amir Temur Balxda bo‘lib o‘tgan qurultoyda 
Movarounnahrning ulug‘ amiri deb e’lon qilindi. Tarqoqlikni bartaraf etib
ayrim o‘lkalarni yagona davlatga birlashtirish Amir Temurning asosiy 
maqsadi edi. U davlatning poytaxti qilib So‘g‘diyonaning qadimiy poytaxti 
bo‘lgan Afrosiyob xarobalari yonidagi Samarqandni belgiladi va yangi 
shaharga asos soldi. Amudaryo bilan Sirdaryo oralig‘i, shuningdek, Farg‘ona 


34
va Shosh viloyatlarini birlashtirib o‘ziga bo‘ysundirgandan keyin Amir 
Temur boshqa mamlakatlar sari harbiy yurishlarga kirishdi. 
Amir Temur saltanati Markaziy Osiyoda 35 yil (1370-1405) hukm 
surdi. U Markaziy Osiyo hududlarini yagona markazlashgan davlatga 
birlashtirdi, Hind va Gangadan to Sirdaryo va Zarafshongacha, Tyan-
Shandan to Bosforgacha ulkan imperiya barpo etdi. Amir Temur harbiy 
yurishlarining bilvosita oqibatlari ulkan ahamiyatga ega: u Xitoyda Min 
sulolasi davlat boshiga kelganda mo‘g‘ullarning Xitoyga solayotgan 
xavfining oldini oldi; Oltin O‘rdani yengib Moskva Rusi uchun ham xuddi 
shunday yordam ko‘rsatdi. 1402-yilda usmonlilar sultoni Boyazid ustidan 
Yevropa uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan g‘alabani qozonib, 
usmonlilarning Konstantinopolni istilo etishlarini yarim asrga surib yubordi. 
Fransuz tarixchisi R.Grusse XX asr boshlarida “Amir Temurning Boyazid 
ustidan g‘alabasi xristian olamini asrab qoldi”, deb yozgan edi. Tarix Amir 
Temurni makedoniyalik Iskandar, Doro I, Yuliy Sezar kabi yirik sarkardalar 
bilan bir qatorga qo‘yadi. Amir Temur mingta jang o‘tkazib, birontasida ham 
yengilmagan mashhuri zamon sarkarda sifatida, davlat tuzilishi ishlariga, ilm-
fan, ma’rifat, madaniyat taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan siyosiy arbob 
sifatida tarixga kirdi. Amir Temur tarafidan tarqoq viloyatlar yagona davlatga 
birlashtirilib, markaziy hokimiyat tuzilib barqarorlashgandan keyin, 
mamlakat iqtisodiyoti mustahkamlandi, savdo va hunarmandchilik ishlab 
chiqarishi rivojlana boshladi, qo‘shni va uzoqdagi mamlakatlar bilan savdo-
xo‘jalik aloqalari kengaydi. Amir Temur hayotlik paytida davlat boshqaruvi 
haqida “Temur tuzuklari” nomi bilan mashhur bo‘lgan kitob yozgan edi. 
Unda bu mashhur davlat arbobi va sarkardaning harbiy san’atga, davlat 
tuzilishi va mamlakatni boshqarishga oid qarashlari aks etdi. 
(Italiyaning Marko Polo instituti tomonidan nashr 
etiladigan “Marko Polo” jurnalining 2006-yil 2-
sonida bosib chiqarilgan maqoladan) 


Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling