Microsoft Word Norqulova Munisa Kurs ishi


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
Sana14.02.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1197080
Bog'liq
Norqulova



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA 
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI 
San’atshunoslik fakulteti 
Musiqa ta’limi yo`nalishi 
4-kurs V guruhi talabasi 
NORQULOVA MUNISANING 
“Musiqa tarixi” 
fanidan 
Farg’ona –Toshkent maqom turkumlari 
mavzusidagi 
Ilmiy rahbar: o`qituvchi: Fayziyev O.O 
Navoiy-2023 




MUSIQA TA’LIMI KAFEDRASI 
T A Q R I Z I 
_________________________________________________________________________ 
_________________________________________________________________________ 
_________________________________________________________________________ 
_________________________________________________________________________ 
_________________________________________________________________________ 
_________________________________________________________________________ 
_________________________________________________________________________ 
_________________________________________________________________________ 
_________________________________________________________________________ 
_________________________________________________________________________ 
_________________________________________________________________________ 
_________________________________________________________________________ 
_________________________________________________________________________ 
_________________________________________________________________________ 
_________________________________________________________________________ 
_________________________________________________________________________ 
kurs ishinning yakuniy natijalari 
Ilmiy rahbar: ___________________________________________
Mavzuning 
dolzarbligi 
Ishning 
talaba 
tomonidan 
mustaqil 
bajarilishi 
Amaliy 
jihatdan 
olingan 
natija 
Foydalanilgan 
adabiyotlar 
Rasmiy- 
lashtirish 
Kurs 
ishining 
himoyasi 
Jami % 




Mavzu: 
Farg’ona –Toshkent maqom turkumlari 
Reja: 
Kirish… … … … … … … … … … … … … … … … … … …. …. …. …. 
I-Bob. Farg’ona –Toshkent maqom turkumlari
1.1. Maqom va uning iboralari. 
1.2. Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llarining ashulla bo‘limini kelib chiqishi.
II-Bob.
Chorgoh maqomi haqida.
2.1. Chorgoh maqomi
Xulosa… … … … … … … … … … … … … … … … … … …. …. …. …. 
Foydalanilgan adabiyotlar… … … … … … … … … … … … …. …. …. …. 


KIRISH 
Maqomlar Sharq musiqasiga xos bo’lgan turkumli san’at turidir. Ular 
asosan musulmon Sharqida keng tarqalgan bo’lib, turli mamlakatlarda har-xil nomlanadi. 
Jumladan, biz bilganimizdek o’zbek va tojiklarda maqom, uyg’urlarda muqom, 
Ozarbayjonda mug’om, arablarda va turklarda maqam, E’ronda Dastgoh, hindlarda raga 
kabi. Maqomlar, ya’ni turkumli musiqa janrining ildizi VII asrlarda yashab o’tgan Borbad 
Marvaziyga borib taqaladi degan ilmiy farazlar mavjud. U afsonaviy bastakor, mahoratli 
sozanda va tengsiz hofiz bo’lgan. Aynan uning ijodida birinchi marta turkumli asarlar, 
ya’ni, Husravoniy turkumi yaratildi. Shu tariqa zamonlar o’taverib turkumli musiqa butun 
Sharq bo’ylab rivojlana bordi.Tahminan IX asrlardan shakl ola boshlagan maqomlar butun 
Sharq davlatlari bo’ylab Duvozdaxmaqom, ya’ni, o’n ikki maqom tizimi shaklida 
nomlandi va rivojlanadi. O’n ikki maqom tizimi haqida ilmiy-tarixiy risolalarda bir qancha 
ma’lumotlar bitilgan bo’lib, ularning ma’lum bir qismi bizgacha yetib keldi. Lekin, 
musiqasi yetib kelmadi.Zamonaviy maqomshunoslik fani asoschisi, san’atshunoslik fanlari 
doktori Is’hoq Rajabovning ilmiy tadqiqotlaridan bizga ma’lum bo’lishicha Shashmaqom 
Duvozdaxmaqomdan kelib chiqqan ekan. Maqomshunos alloma I.Rajabov ta’kidlaganidek 
Shashmaqom XVIII asr o’rtalariga kelib uzil-kesil shakllangan. 
Musiqa ko’plab asrlar davomida insonga hamroh bo’lib, uning mehnat faoliyatini, 
turmushini, his-tuyg’usi hamda kechinmalarini, o’y-fikrlari va orzu- umidlarini aks ettirib 
kelgan. Har bir xalqning boy mazmuni, janr va badiiy obrazlar hilma-xilligi ohang 
xususiyatlarining o’ziga xosligi, ritmikasi va melodika (ohang) qurilishi, o’ziga xos 
musiqa (cholg’u) asboblari yaratilishi bilan farqlanuvchi jozibador musiqa asarlari 
behisob.Mustaqillik yillarida O’zbekistonda juda ko’p sohalarda o’zgarishlar va 
yangiliklar bo’ldi. Milliy mumtoz musiqamiz qayta tiklandi. Musiqaga qaratilayotgan 
e’tiborlar oshgandan oshmoqda. Musiqa maktablarining moddiy ba’zasini 
modernizatsiyalashtirish va musiqa asboblari bilan
ta’minlash ishlari amalga oshirildi.Shashmaqom YUNESKOning “Insoniyatning og’zaki 
va nomoddiy madaniy merosi” deb tan olinishi Shashmaqom rivojlanishiga turtki bo’ldi. 
2017-yilda muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “O’zbek milliy maqom 
san’atini rivojlantirishga oid chora tadbirlar to’g’risida”gi qarori qabul qilinib, unga ko’ra 
“O’zbek milliy maqom san’ati markazi” tashkil qilindi. Har bir viloyatda maqom 


ansambllari tashkil etildi. Dastlab, O’zbekiston davlat konservatoriyasida “O’zbek 
maqomi san’ati” nomli fakultet tashkil etildi. Uning ijrochiligi bilan bir qatorda tarixi va 
nazariyasi ham e’tibordan chetda qolmadi. Buning isboti sifatida “O’zbek maqomi tarixi 
va nazariyasi” kafedrasi tashkil etilganligini keltirish mumkin. Har ikki yilda Shahrisabz 
shahrida Xalqaro Maqom anjumani bo’lib o’tadigan bo’ldi va uning tarkibida ijrochilik 
tanlovlaridan tashqari ilmiy-amaliy konferensiya ish yurita boshladi. 2021-yil sentabr 
oyidan boshlab Yunus Rajabiy nomidagi O’zbek milliy musiqa san’ati instituti o’z 
faoliyatini boshladi va h.k.
Kurs ishining dolzarbligi: Umumta`lim maktablarida musiqa darslarining mazmuni, 
unga qo`yiladigan umumiy talablar,uning tuzilishi, o`ziga xos xususiyatlari, uni tashkil 
etish shakllari, vosita va usullari yuqorida qayd etilgan olimlartomonidan ishlab chiqilgan 
bo`lsada, lekin musiqa ta`limi vatarbiyasi jarayoniga bugungi kun nuqtai nazaridan 
yondashib,uni samarali tashkil etish yo`llarini aniqlash alohida muammo sifatida
o`rganilganicha yo`q. Amaliyotda ham ushbu muammo,musiqa tarbiyasining boshqa 
ko`plab muammolari qatori o`zining to`laqonli yechimini topmagan bugungi kunning 
dolzarb muammolaridan biridir. 
Kurs ishining maqsadi: Muhtaram prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev Madaniyat va san`at 
sohasini yanada rivojlantirishga doir qo`shimcha chora tadbirlar to`g`risidagi qarorida 
“umumiy o`rta ta`lim muassasalarida milliy musiqa cholg’ularidan kamida bittasida kuy 
ijro etish mahoratio`rgatiladi hamda bu haqda ularning ta`lim to’g`risidagi hujjatiga
(shahodatnoma) tegishli qayd kiritiladi”.Olib borilayotgan islohotlar shuni ko`rsatib 
turibdiki, o`zbek milliy musiqa san`atining kelajagi porloqdir.Kurs ishimning maqsadi xor 
malakalarini rivojlantirish orqali bo`lajak o`quvchilarning estetik va badiiy didini 
tarbiyalash, professional uslubda kuylash malakalarini shakllantirishdan iboratdir. 
Kurs ishining vazifalari: Asosiy vazifalardan biri ovoz hosil qilish malakalari va 
fiziologik o`rganish hamda uni amalda qo`llay olish, shuningdek,musiqa malakalarini 
rivojlantirish va amaliy ko`nikma xosil qilishdan iborat. O`quvchilarning musiqa 
malakalarini rivojlantirish musiqaning sir-sinoatini bilish, nazariy va amaliy 
savodxonligini o`stirishga oid metodik tavsiyalar ishlab chiqish. 


Kurs ishining ob`ekti: Toshkent Farg`ona maqom yo`llarini o`rganish va uni o`quvchiga 
singdira olish. 


I-Bob. Farg’ona –Toshkent maqom turkumlari
2.1. Maqom va uning iboralari. 
“Mаqоm” аsli аrаbchа so’z bo’lib, “o’rin”, “jоy”, “mаnzil” mа’nоlаrini аnglаtаdi. 
Musiqа аmаliyotidа esа tоrli chоlg’uning tоvush sаdоlаntirilаdigаn jоyi, ya’ni pаrdаsini 
bildirаdi (IX-X аsrlаr Fоrоbiy dаvri). Kеyinchаlik esа biz bilgаn kаsbiy musiqаmizning 
yirik nаmunаsi mustаqil musiqiy jаnrni, ya’ni mаqоmlаrni аnglаtа bоshlаgаn. 
O’zbеkisоndа mаqоmоtning uch turi – Buхоrо mаqоmlаri, Хоrаzm mаqоmlаri vа 
Fаrg’оnа-Tоshkеnt mаqоm yo’llаri mаvjud. Buzruk, Rоst, Nаvо, 
Dugоh, Sеgоh, Irоq. SHаshmаqоm O’n ikki mаqоm tizimining milliy (mаhаlliy) musiqiy 
mаkоn shаrt-shаrоitlаridа rivоjlаntirilishi nаtijаsidа XVIII аsr o’rtаlаridа uzil-kеsil 
shаkllаngаnligi. Undа bаstаkоrlik sаn’аti аn’аnаlаri ilmiy jihаtdаn muаyyan tizimgа 
sоlinib, tаsnif etilgаnligi. SHаshmаqоm – оlti mukаmmаl pаrdа vа ulаrgа mоs kuy vа 
аshulаlаr mаjmuаsi ekаnligi. Uning tаrkibidаgi mаqоmlаrning hаr biri yirik shаkldаgi 
turkumli аsаrlаrdаn ibоrаtligi. Bu mаqоmlаr оg’zаki аn’аnа tаrzidа, ya’ni ustоzdаn 
shоgirdgа «оg’zаki uslub» vоsitаsidа o’tib, bizning dаvrgа qаdаr еtib kеlgаn. 
SHаshmаqоmyb ilk bоr V.Uspеnskiy bеsh chiziqli nоtа yozuvigа оlgаn. 1959 y. 
O’ХMning 5-jildidа YU.Rаjаbiy nоtаlаshtirgаn SHаshmаqоm turkumi chоp etilgаn. 1966-
75 yillаr mоbаynidа SHаshmаqоmni аlоhidа ko’rinishdа chоp etdi. Mаqоmlаrning bu 
bo’limi «mushkilоt» nоmi bilаn yuritilаdi.
Mаvjud bаrchа оlti mаqоmlаrning chоlg’u qichslаri bir хil nоm bilаn аtаlib kеlinаdi: 
Tаsnif, Tаrjе’, Gаrdun, Muхаmmаs, Sаqil dеb nоmlаngаn. Ulаrning hаr birining usul 
birligi mаvjаd. Mаqоmlаrdа nоmdоsh bo’lmаgаn chоlg’u qismlаr hаm mаvjud: Nаvоdа – 
Nаg’mаi Оrаz, Dugоhdа – Pеshrаvi Dugоh vа Sаmоi Dugоh, Sеgоhdа – Hаfifi Sеgоh vа 
h.k. SHаshmаqоmning аshulа bo’limlаri murаkkаb shаkldаgi sho’’bаlаrdаn tаrkib 
tоpgаn. Аshulа bo’limlаridа tuzilishi jihаtidаn bir-biridаn аjrаlib turuvchi ikki хil 
sho’’bаlаr guruhi mаvjuddir. Ulаr o’zining tаrkibi bilаn birinchi vа ikkinchi guruh 
sho’’bаlаr dеb yuritilаdi. Bulаrdаn birinchisigа Sаrахbоr, Tаlqin, Nаsr kаbi sho’’bаlаr vа 
Ufаr qismi kirishi. II guruh sho’’bаlаrlаr Sаvt vа Mo’g’ulchа turkkumlаri nоmi bilаn 
yuritilаdi. 


I guruh sho’’bаlаrning murаkkаb shаkliy tuzilmаlаridа tаrоnаlаr o’rin оlgаn.
SHаshmаqоmlаrning ikkinchi guruh sho’’bаlаri o’zigа хоsligi bilаn аjrаlib turаdi. 
Ulаrning SHаshmаqоm turkumidа nisbаtаn kеch shаkllаngаnligi vа ulаrdа nаzirаgo’ylik 
аn’аnаsining o’zigа хоs аks etishini ko’rish mumkin. Ulаr оdаtdа Sаvt vа Mo’g’ulchа 
nоmli bilаn yuritilаdi. Ikkinchi guruh sho’’bаlаr аniq tаrkibiy tuzulishgа egа bo’lib 
ulаrning hаr birini tаrkibidа Tаlqinchа, Qаshqаrchа, Sоqiynоmа vа Ufаr nоmli 
shохоbchаlаri o’rin оlgаn. Ushbu shохоbchаlаrning yuzаgа kеlishidа аsоsiy 
sho’’bаlаrning kuy-оhаnglаri sаqlаnib, dоirа usullаrining o’zgаrib bоrgаn. Usullаr 
mаqоmlаrning tuzilish хаrаktеrini bеlgilоvchi оmillаrdаndir. Ulаrni аjrаtа оlish, 
mаqоmlаrni qiyofаsini to’g’ri tushunishgа imkоn bеrаdi. SHаshmаqоmning bаrchа 
tаrkibiy qismlаrining o’zigа хоs usul mаjmui mаvjud. Ulаr muаyyan tаrtib аsоsidа tаrkib 
tоpgаn. Hаr bir usulning o’z nоmigа egаdir. Mаsаlаn: Sаrахbоr, nаsr, tаlqin, sаvt, gаrdun, 
tаlqin, qаshqаrchа, sоqiynоmа, ufаr vа h.k. Mаnbаlаrdа ko’rsаtilishichа, ilk usul insоnning 
tоmir urishidаn оlingаn. Tоmirni bаrmоq bilаn ushlаb ko’rilsа, uning go’yo “tаn-tаn”gа 
o’хshаsh bir tеkis urаyotgаni bilinаdi. Оlimlаr buni “Usuli zаrbi qаdim” (Qаdimiy zаrb 
usuli) dеb аtаgаnlаr. Zаrbi qаdim “bаk, bum” hоzirgi musiqа аmаliyotidа Sаrахbоr nоmi 
bilаn mаshhur. Uning murаkkаbrоq shаkllаri 2/4, ¾, 4/4, 5/4, 6/4, 7/4, 8/4, 3/8, 6/8 kаbi 
tаkt-ritm o’lchоvlаridа bo’lgаn dеyish mumkin.
Хаlqlаrining kаsbiy musiqа mеrоsidа mukаmmаl jаnrlаr оdаtdа mаqоmоt tizimigа 
kirаdi. Ko’pchillik shаrq хаlqlаrining o’z аn’аnаlаri аsоsidа shаkllаngаn mаqоmlаri 
mаvjud vа ulаr o’zigа хоs nоmlаnib kеlinаdi. Аrаb mаqаmlаridа Mаqаm, turklаrdа 
mаkаm, uyg’urlаrdа muqоm, turkmаnlаrdа muqоm, оzаrbаyjоnlаrdа mug’оm, erоndа 
dаstgоh, shuningdеk, hindlаrdа rаgа vа h.k. Kаttа аshulа o’zbеk bаstаkоrlik ijоdiyotining 
nоyob, bеnаzir mаhsullаridаn biridir. U kаsbiy, ustоzоnа musiqiy mеrоsimiz qаtlаmigа 
mаnsub bo’lib, аsоsаn Fаrg’оnа vоdiysi – Tоshkеnt mаhаlliy uslubining yorqin vа bеnаzir 
bеlgilаrini o’zidа mujаssаm etgаn. Аsl kаttа аshulа аsоsаn ikki, bа’zidа uch nаfаr 
хоnаndаning hаmnаfаsligidа, hеch qаndаy
chоlg’u jo’rligisiz ijrо etilаdi. Mаqоmdа bo’lgаni kаbi kаttа аshulаdа hаm hоfizlikning 
ustоz-shоgirdlik аn’аnаsi еtаkchilik qilаdi. Ishоq Rаjаbоvning ustоzоnа musiqаning eng 
murаkkаb vа mukаmmаl timsоli bo’lgаn mаqоmlаr bоbidа tеrаn vа chin qоmusiy bilimgа 
egаekаnligi mutахаssislаr tоmоnidаn shаk-shubhаsiz tаn оlingаn. Mаsаlаn, bu bоrаdа 


ustоzning 1963 yili nаshr etilgаn “Mаqоmlаr mаsаlаsigа dоir” nоmli mоnоgrаfik tаdqiqоti 
fikrimizning dаlili bo’lа оlаdi. Ushbu sаlоbаtli ilmiy аsаr mаzmunidа, jumlаdаn, 
SHаshmаqоm mаjmuаsi dаstlаb kаsbiy (sаrоy) musiqаsidа kеng o’rin tutgаnligi, O’n ikki 
mаqоm tizimining tаbiiy rivоji o’lаrоq shаkllаngаnligi hаmdа uning pаrdа tuzuk, kuy-
оhаng, zаrb-usul, аvj-nаmud vа bоshqа shаkliy tuzilish qоnuniyatlаri аynаn аnа shu yaхlit 
tizimning tаrkibiy qismlаri ekаnligi uzil-kеsil rаvishdа o’z еchimigа kеlgаn. SHuningdеk, 
tаdqiqоtdа mаqоmоt tizimining o’zgа shаkllаri bo’lgаn Хоrаzm mаqоmlаri vа Fаrg’оnа-
Tоshkеnt yo’llаrigа оid qimmаtli fikr-mulоhаzаlаr bildirilib, ulаrning SHаshmаqоm bilаn 
o’zаrо bоg’lаnish munоsаbаtlаri хususidа hаm mаlаkаli ko’rsаtmаlаr bаyon etilgаn. 
O‘rta Osiyo mintaqasining maqomoti bu yirik shajaraning asoslaridan birini tashkil etadi. 
U ham mamlakatga o‘xshab tarixan shakllangan. Turli toifalarni o‘z ichiga oluvchi yeg‘ma 
tushuncha. Maqomot-Buxoro shashmaqomi, Xorazm maqomlari, Farg‘ona-Toahkent 
maqom yo‘llari hamda ular zaminida yuzaga kelgan yangi zamonaviy navlarni ko‘zda 
tutadi. Maqomotning umumiylik tomonlari kuy va ashullarning parda asoslari va 
usullarning o‘xshashligida o‘z aksini topadi. O‘ziga xoslik tomonlari esa mustaqil kuy va 
ashullalar, usul va parda tizimlarining xususiyatlari, cholg‘u sozlarini ijro uslublari, 
qolaversa, kuy va ohanglarining betakror janrida namoyon bo‘ldi. 
Musiqiy risolalarda, umuman yozma xujjatlarda Buxoro va Xorazm yoki Farg‘ona-
Toshkent maqomlarining shevalariga oid mulohazalar uchramaydi. Ustoz-sozanda va 
muhlis-shinavandalarining nazarida zikr etilgan maqom turlari umumiy ildizlardan kelib 
chiqqanligi e’tirof etiladi. Masalan, Xorazm sozandalarining fikricha, maqom turkumlarini 
tuzishda Buxoro (navbat-shashmaqom) an’analaridan andoza olgan. 
Buxorolik mashhur ustoz Marduhay Tanburiyning o‘g‘li Mihoel Baraev bilan bo‘lgan 
suhbatda “Maqomlar dar Xorazm paydo bo‘lib, Buxoroda rivoj topgan” (“Maqomho dar 
Xorazm paydo shuda, Buxoro ba rivoj giriftagi”) degan gapni otasidan eshitganligini 
bildirgan edi. Bundan tashqari, Farg‘onada hofiz va sozandalar orasida mazmunan 
yuqoridagiga o‘xshagan “Maqomlarning tanasi-Buxoroda, shoxlari-Xorazmda, mevasi-
Farg‘onada” degan fikri keng tarqalgan. 
Maqomlarning dastlabki tushunchasi Jam’larga bevosita bog‘liq bo‘lgan va ular tarkibidan 
ajratib olingan ladlarning maxsus uyushmasidan iboratdir2. 


Mushtarak an’analarning mohiyatini anglashga qaratilgan ushbu majoziy ta’riflar maqom 
ildizlari va bu san’atning hayotiy ko‘rinishlari xalq tassavvurida aks ettirilishidan dalolat 
beradi. 
Mening mavzuim, Fafg‘ona-Toahkent maqom yo‘llarining ashulla bo’limi. O‘zbek milliy 
musiqasida “Farg‘ona-Toshkent maqomlari” yoki “Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llari” 
maqomchilik san’atining yana bir asosiy turkumini tashkil etadi.
Farg‘ona vodiysida XIX-XX asrlarda turkumli va turkumsiz ashulla va maqom yo‘llari 
keng tarqalgan bo‘lib, ular voha mumtoz musiqa merosida yetakchi o‘rinlarni egallab, 
mahalliy ijrochilik an’analari bilan sug‘orilgan. Katta va kichik turkumga ega bo‘lgan 
Farg‘ona-Toshkent maqom ashulla yo‘llari “Shashmaqom” tarkibidagi bir qator sho‘ba 
(saraxbor, savt), shahobcha (qashqarcha, soqiynoma) va turkumlarga yaqindir. (ularning 
kuy harakati, shakli, usullariga o‘xshash). 
Toshkent, Farg‘onada mashhur bo‘lgan maqom turkumlari asosan ashulla yo‘llaridan 
iborat bo‘lib, ularda Shashmaqomdagi kabi cholg‘u yo‘llar uchramaydi 
Farg‘ona-Toshkent maqomlari va maqom yo‘llari 2,3,5,7 qismli turkumlarni tashkil etadi. 
Ularning har biri ma’lum shohobchalarga ega hamda sonlar vositasi bilan bir-biridan 
ajratiladi. 
Farg‘ona-Toahkent maqomlari orasida yirik shulla turkumlari: Bayot I-V, Chorgoh I-V, 
Gulyor-Shahnoz, Dugoh-Husayniy I-VII (ularning har biri umumtartib soni raqamlari 
bilan belgilanadi. Gulyor-Shahnoz maqomlaridan tashqari), masalan, Byot I, BayotII, 
BayotIII, Bayot IV, Bayot V. 
Farg‘ona-Toshkent maqomlari “Shashmaqom” ashulla bo‘limining sho‘ba’ shaxobcha va 
taronalarining ohang usul va shakllari tarkibida shakllangan va ashulla yo‘lining harakati 
asosida rivoj topgan. 
Farg‘ona-Toshkent maqomlarini targ‘ib etishda Xoji Abdulaziz Abdurasulov, Sodirxon 
hofiz Bobosharipov, Yunus Rajabiy, Abduqodir Ismoilov, Jo‘raxon Sultonov, Ma’murjon 
Uzoqov, Orifjon Xatamov, Mahmudjon Tojiboyev, Imomjon Ikromov, Rasulqori 
Mamadaliyev, Ochilxon Otaxonov va boshqalar maqom yo‘llarini yanada boyitish, yangi 
na’munalarni ijod etishga katta hissa qo‘shganlar. 


FARGʻONA-TOSHKENT MAQOM YOʻLLARI 
FARGʻONA-TOSHKENT MAQOM YOʻLLARI — Toshkent va Fargʻona vodiysi 
(Qoʻqon, Namangan, Andijon, Fargʻona, Margʻilon, Quva va b.) musiqa amaliyotida 
yuzaga kelgan maqom namunalarining umumlashma nomi. Shashmaqom va Xorazm 
matsomlaripxya farqli oʻlaroq alohidaalohida cholgʻu va ashula yoʻllaridan iborat. 
Jumladan, cholgʻu yoʻllari «Nasrullo I—V», «Munojot 1—V», «Ajam va taronalari», 
«Miskin I—V», «Segoh I — III», «Sayqal I— II», «Mirzadavlat I—II», «Choʻli Iroq», 
«Chorgoh», «Surnay Iroqi», «Surnay Dugohi» «Surnay Ushshogʻi» kabilar mashhur. 
Ashula yoʻllari alohida bir qismli («Segoh, «Toshkent» irogʻi» kabi) namunalardan tortib 
keng koʻlamli turkumlardan tashkil topgan. Ayniqsa, besh qismli «Chorgoh», «Bayot», 
«Bayoti Sheroziy», «Gulyor—Shahnoz» va yetti qismli «Dugoh — Husayn» ashula 
yoʻllari ommalashgan. Ular mumtoz sheʼriyat (Sakkokiy, Navoiy, Bobur, Uvaysiy, Furqat, 
Muqimiy va b.) namunalari asosida oʻqiladi. 
Fargʻona—Toshkent maqom turkumlarining qismlari raqamlar vositasida ajratiladi (mas, 
«Miskin I», «Miskin II», «Bayot I»). Ayrim hollarda tarkibiy qismlarning maxsus nomlari 
ham uchraydi. Jumladan, «Miskin» cholgu turkumining III kismi «Adoiy», IV qismi 
«Asiriy», «Nasrullo»ning II qismi «Chavandoz», III qismi «Qashqarcha», IV qismi 
«Tarona», V qismi «Ufar» deb nomlanadi. Shuningdek, Fargʻona-toshkent maqom yoʻllari 
—T. m. y. ning cholgʻu kuylarining ayrimlariga nisbatan «Mashq» atamasini qoʻllash 
odati mavjud (mas, «Mashqi Chorgoh», «Mashqi Dugoh—Husayn» va h. k.). 
Fargʻona-toshkent maqom yoʻllari —T. m. y. larining shakllanish ildizlari oʻrta asrlarda 
mashhur boʻlgan Oʻn ikki maqom tizimi va undan ham oldinroq mavjud turkumli 
asarlarga borib taqaladi. «Yoʻllari» atamasi ham shunga ishora etadi. Zero «maqom» 
atamasidan avvalroq musiqa ilmi amaliyotida «yoʻl» maʼnosidagi «roh», «tariqa», 
«ravashin» kabi tushunchalar keng qoʻllanib kelingan. Shashmaqomdan fark/sh ravishda 
F, — T. m. y. nafaqat xon saroylarida, balki xalq hayoti bilan bogʻliq turli vaziyat va 
sharoitlarda ham mudom ijro etilgan. Mas, surnay yoʻllari xalq tomosha va bayramlarida, 
dorbozlar oʻyini va toʻy bazmlarida, dutor, tanbur, gʻijjak ijrolari hamda ashula yoʻllari uy 
sharoitlarida oʻtkaziladigan turli yigʻin va majlislarda namoyon boʻlgan. Ayni paytda, bu 
maqomlarda Fargʻona—Toshkent musiqa uslubiga xos yalla, ashula, katta ashula 


janrlarining xususiyatlari oʻz aksini topgan. Bu holat ularning musiqiy tili xalqchil va 
nisbatan ommaviy
ekanligi, xalq orasida mashhur boʻlishi sabablaridan biridir. 
Fargʻona-toshkent maqom yoʻllari —T. m. y. ijrochilari mazkur anʼanani odatda 
mashhur ustozlardan oʻrganishgan. Shu tarzda bu maqomlarni bizga yetkazib bergan 
taniqli talqinchilar qatorida Abduqodir naychi, Ahmadjon qoʻshnay, A. Yusupov (surnay), 
Shobarot tanburchi, A. Abdullayev (tanbur), M. Najmiddinov (dutor, tanbur), K. Jabborov 
(gʻijjak, dutor), S. Kalonov (nay), Faxriddin Sodiqov (chang, dutor), Gʻ. Toshmatov 
(gʻijjak), T. Alimatov (tanbur, dutor), hofizlar — Sh. Shoumarov, Toʻychi hofiz, Shojalil 
hofiz, Ilhom hofiz, Sodirxon hofiz, Rajabiylar, Rasulqori Mamadaliyev kabi ustoz 
sanʼatkorlarning xizmatlari katta. Bastakorlardan T. Jalilov, O. Hotamov, F. Mamadaliyev, 
soʻnggi yillarda A. Ismoilovlar Fargʻona-toshkent maqom yoʻllari —T. m. y. anʼanalarida 
turkumli va alohida ijro etiluvchi asarlar yaratishgan. 
2.1. Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llarining ashulla bo‘limini kelib chiqishi. 
O'zbek mumtoz musiqasida «Farg'ona-Toshkent maqomlari yoki « Farg'ona-
Toshkent maqom yo'llari» maqomchilik san'atining yana bir asosiy turkumini tashkil 
etadi. Farg'ona vodiysida XIX-XX asrlarda 
turkumli va turkumsiz ashula va cholg'u maqom yo'llari keng tarqalgan bo'lib, ular voha 
mumtoz musiqa merosida yetakcni o'rinlarni egallab, mahalliy ijrochilik an'analari bilan 
sug'onlgan. Katta va kichik turkumga ega bo'lgan Farg'ona-Toshkent maqom ashula va 
cholg'u yo'llari «Shashmaqom» tarkibidagi bir qator sho’ba (s'araxbor, savt), shoxobcha 
(qashqarcha, soqiynoma) va turkumlarga yaqindir (ulaming kuy harakati, shakli, usullariga 
o'xshash). Farg'ona-Toshkent maqomlari va maqom yo'llari 2, 3, 5 va 7 qismli turkumlarni 
tashkil etadi. Ularning har biri ma'lum shoxobchalarga ega hamda sonlar vositasi bilan bir-


biridan ajratiladi. Farg'ona-Toshkent maqomlari orasida yirik ashula turkumlari: Bayot I—
V, Chorgoh I—V, Gulyor-Shahnoz, Dugoh-Husayniy I—VII (ularning har bir qismi 
umumtartib soni raqamlari bilan belgilanadi, Gulyor-Shahnoz maqomidan tashqari), 
masalan, Bayot I, Bayot II, Bayot III, Bayot IV, Bayot V. Yirik maqom cholg'u yo'llari 
orasida turkumli (yakkasoz yoki cholg'u ansambli ijrosida); Chorgoh I—V; Miskin I—VII, 
Nasrulloyi I—III, Navro'zi ajam taronalari I—III; Hojiniyoz 1—II, surnay maqom yo'llari 
va b. Bulardan tashqari, alohida ashula va cholg'u maqom asarlari hamda yetuk sozanda va 
bastakorlar tomonidan Farg'ona vodiysiga xos bo'lgan ashula, katta ashula va cholg'u 
yo'llari asosida «Shashmaqom»ning sho"ba va shoxobchalari mutanosibligida yuzaga 
kelgan. Masalan, Yovvoyi Chorgoh, Yovvoyi Ushshoq, Yovvoyi tanovar (ashula va 
cholg'u yo'llari), Cho'li Iroq, Toshkent Irog'i, Qo'qon Irog'i, Samarqand yoki Hoji 
Abdulaziz ushshog'i, Toshkent yoki Mulla To'ychi ushshog'i, Xo'jand yoki Sodirxon hofiz 
ushshog'i va boshqalar. 
Farg'ona-Toshkent maqomlari «Shashmaqom» ashula bo'limining sho"ba, shoxobcha va 
taronalarining ohang, usul va shakllari tarkibida shakllangan va ashula yo'lining harakati 
asosida rivoj topgan. Birinchi qism — Saraxbor negizida, ikkinchi qism — uning taronasi 
yoki nasr asosida, uchinchi qism — savt, to'rtinchi qism - qashqarcha va beshinchi qism 
— soqiynoma yoki ufar asosida. Bayot, Chorgoh va Dugoh-Husayniy maqomlari 
«Shashmaqom»ning shu nomlar bilan atalgan sho"balari («Navo» va «Dugoh» maqomlari) 
asosida yaratilgan bo'lib, Gulyor-Shahnoz esa turli maqom sho"balari («Segoh» va «Rost» 
maqomlari) asosida yuzaga kelgan (ushbu maqomning beshta qismi o'z nomiga ega: 
Gulyor, Shahnoz, Chapandozi Gulyor, Ushshoqva Ufari Gulyor deb ataladi). Gulyor-
Shahnoz maqomi o'ztuzilishi jihatidan boshqa turkumlardan tubdan farq qiladi. Lekin 
Gulyor-Shahnozning shoxobchalari mazmunan va usluban ancha murakkab, original 
ashula maqom yo'llaridir. Ular jozibali, yoqimli ham ta'sirchan ohanglarga boy. 
«Chorgoh» maqom turkumi besh qismli bo'lib, «Shashmaqom»ning Dugoh maqomi 
sho"balari asosida yaratilgan. Chorgoh 1 o'zining ulug'vorligi, yoqimliligi bilan Dugoh 
saraxbori kuy shakli sifatida yuzaga kelgan; lekin kuy rivoji qisqartirilgan va unga ma'lum 
o'zgarishlar kiritilgan. Daromaddan avjga (Muhayyari Chorgoh namudi saqlangan) kuy 
yo'nalishi va harakati saraxborga o'xshash (doyra usuli, sur'ati, she'r vazni saqlangan). 
Chorgoh 2 tarona uslubida Chorgoh savti variantidir. Chorgoh 3 — Chorgoh savtisi 
asosida aytiladi, ammo uning doyra usuli va shakli soddalashtirilgan. Chorgoh 4 — 


Chorgoh savti qashqarchasi ko'rinishida bo'lib, kuy mavzui, shakli va doyra usuli 
saqlangan. Chorgoh 5 — ufor doyra usulida bo'lib, uning sur'ati ancha sustlashtirilgan.
Lekin ijro uslubi o'ziga xosligi bilan xarakterlanadi. Chorgoh maqomi turkumi vodiy 
ijro uslubiga moslashtirilgan holda «Shashmaqom» sho"balaridan qisqartirib olingan (kuy 
harakati va rivoji, xanglar ishlatilmasligi, avjlar qisqartirilishi yoki umuman tushirib 
qoldirilishi, usul variantlari qo'llanishi bilan ravshan bo'ladi). Farg'ona-Toshkent 
maqomlari an'anaviy ijrochiligida keng tarqalgan bo'lib, o'zbek bastakorlari tomonidan 
ularning yangi variantlari yuzaga kelgan, jumladan Chorgoh YI (ufar uslubida) va Dugoh 
Husayniy VII—VIII (uforva suporish shakllarida) Yunus Rajabiy ijodiga mansub. So'nggi 
yillarda Farg'ona-Toshkent maqomlarining o'zbek bastakorlari tomonidan yangidan-yangi 
variantlari yaratilishi, ushbu maqomlarning yanada rivojlanishida alohida ahamiyatga ega 
bo'ldi. Jumladan, besh qismli Nasrulloyi (ashula va cholg'u) turkumi; Miskin cholg'u 
turkumi asosida Miskin ashula turkumi (yetti qismli), Ushshoq asosida «Qadimgi 
ushshoq», «Zikri ushshoq», «Umrzoq Polvon ushshog'i» va boshqa asarlar taniqli xonanda 
va bastakor Fattohxon Mamadaliyev tomonidan ijro etilgan. Bulardan tashqari, xalq 
orasida Rasulqori ushshog'i, Orifxon ushshog'i, Fattohxon ushshog'i kabi asarlar ham keng 
tarqalgan. Farg'ona-Toshkent maqomlarini targ'ib etishda Hoji Abdulazaz Abdurasulov, 
Sodirxon hofiz Bobosharipov, Yunus Rajabiy, Abduqodir Ismoilov, Jo'raxon Sultonov, 
Ma'murjon Uzoqov, Imomjon Ikromov, Orifxon Hotamov, Rasulqori Mamadaliyev, 
Ochilxon Otaxonov, Abduhoshim Ismoilov, Mahmudjon Tojiboyev va boshqalar maqom 
yo'llarini yanada boyitish, yangi namunalarni ijod etishga katta hissa qo'shganlar. 
Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llarining ashulla bo‘limini kelib chiqishi. 
Toshkent va Farg‘ona vodiysi (Qo‘qon, Namangan, Andijon, Farg‘ona, Marg‘ilon) 
musiqa amaliyotida yuzaga kelgan maqom na’munalarining umumlashma nomi. 
Shashmaqom va Xorazm maqomlaridan farqli o‘laroq alohida-alohida cholg‘u va ashulla 
yo‘llaridan iborat. Jumladan, cholg‘u yo‘llari "Nasrullo I-V", Munojot I-V", ‘‘Ajam va 
taronalari”, “Miskin I-V”, “Mirzadavlat I-II”, “Cho‘li Iroq”, “Chorgoh”, “Sumay Iroqi”, 
“Sumay Dugohi” “Sumay Ushshog‘I” kabilar mashhur. Ashulla yo‘llari alohida bir qismli 
(“Segoh”, “Toshkent irog‘i” kabi) na’munalardan tortib keng ko‘lamli turkumlardan 


tashkil topgan. Ayniqsa, besh qismli “Chorgoh”, “Bayot”, “Bayoti Sheroziy”, “Gulyor-
Shahnoz” va yetti qismli “Dugoh- Husayn” ashulla yo‘llari ommalashgan. (Ular mumtoz 
she’riyat (Sakkokiy, Navoiy, Bobur, Uvaysiy, Furqat, Muqimiy va h.) na’munalari asosida 
o‘qiladi. Farg‘ona-Toshkent maqom turkumlarining qismlari raqamlar vositasida ajratiladi 
(“Miskin I”, “Miskin II”, “Bayot I”). Tarkibiy qismlaning maxsus nomlari ham uchraydi. 
Jumladan, “Miskin” cholg‘u turkumining III kismi “Adoiy”, IV qismi “Asiriy”, 
“Nasnrllo”ning II qismi “Chavandoz”, III qismi “Qashqarcha”, IV qismi “Tarona”, V 
qismi “Ufar” deb nomlanadi. Farg‘ona-Toshkent maqomi yo‘llarining shakllanish ildizlari 
o‘rta asrlarda mashhur bo‘lgan. O‘n ikki maqom tizimi va undan ham oldinroq mavjud 
tukumli asarlarga borib taqaladi. Atamasi ham shunga ishora etadi. Zero “maqom” 
atamasidan avvalroq musiqa ilmi amaliyotida “yo‘l” ma’nosidagi “roh”, “tariqa”, 
“ravashin” kabi tushunchalar keng qo‘llanib kelingan. Shashmaqomdan farqli ravishda, 
Toshkent rnaqomiy- nafaqat xon saroylarida, balki xalq hayoti bilan bog‘liq turli vaziyat 
va sharoitlarda ham mudom ijro etilgan. Mas, sumay yo‘llari xalq tomosha va 
bayramlarida, dorbozlar o‘yini va to‘y bazmlarda dutor, tanbur, g‘ijjak ijrolari hamda 
ashulla yo‘llari uy sharoitlarida o‘tkaziladigan turli yig‘in va majlislarda namoyon 
bo‘lgan. Ayni paytda bu maqomlarda Farg‘ona-Toshkent musiqa uslubiga xos yo‘llar 
ashulla, katta ashulla janrlarining xususiyatlari o‘z aksini topgan. Bu holat ularning 
musiqiy tili xalqchil va nisbatan ommaviy ekanligi, xalq orasida mashhur bo‘lishi 
sabablaridan biridir. Farg‘ona-Toshkent maqom ijrochilari mazkur an’anani odatda 
mashhur ustozlardan o‘rganishgan.
Shu tarzda bu maqomlarni bizga yetkazib bergan taniqli talqinchilar qatorida Abduqodir 
naychi, Ahmadjon qo‘shnay, A.Yusupov (surnay), Shobarot (tanburchi), A.Abdullayev 
(tanbur), M. Najmiddinov (dutor, tanbur), K.Jabborov (g‘ijjak, dutor), S.Kalonov (nay), 
Faxriddin Sodiqov (chang, dutor), S.Toshmatov (g‘ijjak), T.Alimarov (tanbur, dutor), 
hofizlar - Sh.Shoumarov, To‘ychi hofiz, Shojalil hofiz, Ilhom hofiz, Sodirxon hofiz, 
Rajabiylar, Rasulqori Mamadaliyev kabi ustoz san’atkorlaning xizmatlari katta. 
Bastakorlardan T. Jalilov, O.Hotamov, F.Mamadaliyev, so‘nggi yillarda A.Ismoilovlar 
Farg‘ona-Toshkent maqom an’analarida turkumli va alohida ijro etiluvchi asarlar 
yaratishgan. Maqomlari ijro etishga ixtisoslashgan xonanda va sozandalar guruhi. 
Ularning ijro dastularidan asosan maqomlar, shuningdek, o‘zbek bastakorlarining kuy va 
ashullalari, xalq musiqasi na’munalari o‘rin oladi. XX asrning boshlariga qadar 


maqomlarni Buxoro, Samarqand, Xiva, Qo‘qon, Toshkent va h. Yirik shaharlarda xususan 
saroy sharoitida faoliyat kursatgan. Keyinchalik maqomlarni yangicha shart-sharoitlarda 
mumtoz milliy musiqa ijodiyotini keng targ‘ib qilish maqsadida qayta tuzilgan. O‘tmishda 
maqomlarni yaxlit turkum holda yoki ularning alohida-alohida cholg‘u va ashulla qismlari 
ijro etilgan. Bunda jumladan Shashmaqom Talqin, Nasr, Savt kabi sho‘balarini aytishga 
ixtisoslashgan hofizlar talqinxorq nasrchi, savtxon deb ) yuritilgan. Ularga tanbur, doira 
yoki ixcham cholg‘u ansambli jo‘rlik qilgan. Jumladan, IX asrning oxirida Buxoroga mos 
maqomlar tarkibida odatda 2 ta tanbur, dutor, qo‘biz (yoki sato), doim va 2-3 nafar 
jo‘rnavoz hofizlar bo‘lgan. 1920-yillarda tashkil topgan. Sharq musiqa maktablarida 
Samarqand musiqa va xoreografiya institutida maqom ijrochiligidan saboq berishda Ota 
Jalol Nosirov, Ota G‘iyos Abdug‘ani, Domla Halim lbodov, Hoji Abdulaziz Rasulov, 
Matyoqub Hatamov kabi yirik maqomchi ustozlar xizmat qilganlar. 
Har kimning dilida Haq Taoloning shavq otashi bo‘lsa, ishq o‘tini tezlashtirish uchun 
unga samo juda muhimdir.4 1989-yildan Yunus Rajabiy nomida Respublika radiosi 
huzurida tashkil topgan. O‘zbek xalq cholg‘ulari ansambli (rahbar Yunus. Rajabiy), 
shuningdek, Hoji Abdulaziz Rasulov, Domla Halim, To‘ychi hofiz kabi atoqli hofizlaning 
boy ijodiy-ijrochilik an’analariga tayanib ish tutdi. Ansamblga tajribali xonanda va 
sozandalar jalb etilib, milliy cholg‘ulardan tanbur, dutor, chang, rubob, g‘ijjak, nay, 
qo‘shnay, doira va h. kiritildi. Ansambl tomonidan, asosan, Buxoro va Farg‘ona-Toshkent 
maqom yo‘llari mukammal o‘rganilishi hamda noyob lirik uslublari o‘zlashtirilishida 
F.Sodiqov (1961-1966-yillarda changchi va musiqa rahbari), J.Sultonov, O.Imomxojayev, 
A.Haydarov, K.Ismoilov, B. Dovidov, O. Alimahsumov, O.Qosimov, T.Alimatov, 
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar - K.Mo‘minov, A.Ubaydullayev, B.Zirkiyev, 
I.Kataye, S.Aminov, Sh.Ergashev, X. Qodirov, H.Yusupov, Sodiqov, I.Qodiroq 
shuningdek, L.To‘rayev, D. Sottixojayev, U.Otayev va h.ning ulushi katta bo‘ldi. Bu 
jamoa ijrosida Shashmaqom, Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llari magnit tasmasi hamda 
grammofon plastinkalarga yozib olinib, bir necha bor ko‘paytirilgan. Yunus Rajabiy 
rahbarligida keng faoliyat ko‘rsata boshlagan bu ijodiy jamoa katta va o‘ziga xos maktab 
yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Ansamblga badiiy rahbar sifatida ishlagan Yunus Rajabiy, 
O.Alimahsumov, Sh.Mirzayev, G.Toshmatov (1981-1986), A.Ismoilov (1989-1996) va, 


Isroil Vahobov (1996-1999) xizmatlari katta. So‘nggi davrdagi ansambl tarkibi ud va 
qonun cholg‘ulari bilan kengaydi, maqomlaning ijro talqinlari yanada ko‘paydi. 
Maqom ijrochiligining keyingi ravnaqida A. Ismoilov va A. Abdurashidov, O. 
Hotamov, O. Otaxonov, E. Lutfullayev, H. Rajabiy, M. Tojiboyev, M. Yo‘ldoshev, aka-
uka Vahobovlar, B. Do‘stmurodov, T. Marsan’at kollejlarida hamda ba’zi boshlang‘ich 
musiqa va san’at maktab va litseylarida ham maqom yo‘llari o‘qitilmoqda. 1983-yildan 
muntazam o‘tkaziladigan Maqom ijrochilarining respublika tanlovlariga, 1991-yildan 
Yunus Rajabiy nomi berilgan.
Shu asnoda O‘zbekistonda mavjud maqomlar (Shashmaqom, Xorazm maqonmlari, 
Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llari) musiqasiga nazar tashlar ekanmiz, uning har biri 
o‘zgacha tarovatli kuy-navolari negizida eng mukammal darajada ulushgan parda (tovush) 
tizilmalai borligi e’tiborimizni o‘ziga jalb qiladi. 7 ta asosiy pardalari o‘zaro uyg‘un, 
ohangdosh tovuslar nisbatiga qurilgan bu nag‘amot ulushmalari kim tomonidan va qachon 
ijod etilgan? Bu borada yuritilgan mantiqiy flkr-mulohazalar asosida ularning shakllanish 
vaqtini keyingi davrlargcha, ya’ni musiqa san’ati taraqqiy etgan asrlarga taaluqli deb 
o‘ylash mumkin. 
Biroq jahon musiqa tarixi bunday xulosani inkor etadi. Chunki, maqom pardalariga 
o‘xshash yeri asosiy pog‘onali (pardali) tovush tuzilmalari Sharqu-G‘arb musiqa 
madaniyatiga juda qadim zamonlardan ma’lumdir. Xususan, qadimgi yunonlar bu kabi 
pardalarni bir necha turlarini bilibgina qolmay, balki ularning inson tarbiyasida alohida 
muhim o‘rni borligini ham ta’kidlaganlar. Donishmand Fisog‘urs Pifagor esa mukammal 
pardalarning inson ruhiga favqulodda ta’siri sabablarini ikniy bilish maqsadida ularni 
matematik usullar bilan o‘rganib chiqgan (bu usullar keyinchalik o‘rta asr Sharq 
musiqashunos olimlari tomonidan ham qo‘llangan). Demah mukammal uyushgan parda 
tizilmalari dastlab ilmiy-nazariy asosda ham ijod etilmagan, balki ularda mavjud go‘zal 
ohang uyg‘unliklari ilmiy asosda kashf etilgan edi. Olimlar orasida mavjud qarashlarga 
ko‘ra maqomlaming eng qadimiy na’munalari payg‘ambarlardan meros qolgan. Xususan, 
XVI asr ikkinchi yarmi - XVlI asr birinchi choragida yashab ijod etgan vatandoshimiz, 
mashhur musiqachi va olim Darvish Ali Changiyning "Tuhfatus-surur" nomli risolasida 
xabar berishicha, avvaliga yetti payg‘ambar nomlari bilan bog‘liq yettita maqom bo‘lgan. 
Bunda “Rost” maqomi - Odam alayhissalomdan, “Ushshoq”-alayhissalomdan, "Navo" - 


Dovud alayhissalomdan, "Hijoz" - Ayub alayhissalomdan, “Husayniy’’ - Yoqub 
alayhissalomdan va "Rahoviy" - Muhammad sallallohu alayhi vassalamdan meros 
qolganligi haqqidagi rivoyatlar bayon etiladi. 
Muallif bu axborotni yetkazishda Xo‘ja Abdulqodir ibn Marog‘iy, xoja Safiuddin ibn 
Abdulmo‘min, Sulton Uvays Jaloir kabi juda obro‘li ustozlar fikriga tayanganligini ham 
ma’lum qiladi. Shuni aytish kerakki maqomlar musiqasiga oid “maqom” atamasidan avval 
“yo‘l” ma’nosini anglatuvchi “roh”, kabi atamalar qo‘llanib kelganligini Darvish Ali 
Changiy bayon etgan ma’lumotlarni quvvatlashga xizmat qilishi mumkin. Olloh taolloning 
yer yuzidagi elchilari bo‘lgan payg‘ambarlarning insonlarga chinakam baxt-saodatga 
erishish yo‘llarini ko‘rsatganlar. Ulardan qolgan manaviy ta’limot na’munalari jamoa-
qavnlar orasida alohida e’zozlanib, avloddan-avlodga go‘zal ruhiy meros sifatida o‘tib 
kelgan. Inson tinglovi va idroki uchun eng ma’qul va manzur bo‘lgan mukammal pardalar 
ham dastlab shu meros negizida (yoki uni nazariy jihatdan o‘rganish asnosida) hosil etilib, 
so‘ngra shu (parda) “yo‘llar” asosida turli kuylar rivojlantirilgan (yoki kuylarning yangi 
na’munalari ijod etilgan) bo‘lsa kerak. Shunday qilib, qadimgi dunyodan meros 
kelayotgan mukammal parda ulushmalari keyinchalik maqom tizimlari yuzaga kelishida 
shuningdek bastakorlar-u, xalq musiqa ijodiyoti rivojida ham muhim poydevor yangilik 
ahamiyat kasb etgan. Maqomlarda mavjud yana bir musiqiy qatlamni xalq og‘zaki musiqa 
ijodiyotining ko‘hna na’munalari tashkil etadi. Hayratlanarli tomoni shundaki, 
maqomlarda xalq musiqasining hatto eng qadimiy na’munalariga oid “izlari” ham 
saqlangan. 
Xususan bu izlari bizgacha yetib kelgan Navro‘zi Ajam, Nalto‘zi Xoro, Navro‘zi Sabo 
nomli maqom asarlarida ko‘ramiz Shundayki, bu asadrlarning kuy negizlarida mutahassis 
olimlar tomonidan xalq kuyining eng qadimiy na’munasi tasnif etilgan quyi oqim kuy 
ohanglari yaqqol namoyon bo‘ladi. Bu hol bejiz emas, albatta. Ma’lumki, ko‘pgina Sharq 
xalqlari uzoq o‘tnishdan buyon Navro‘z bayramini keng nishonlab, shu munosabat bilan 
ma’lum kuy va ashullalarni ijro etib kelganlar. 
O‘ziga xos mavsumiy marosim musiqasi sifatida xalq an’anaviy hayotidan muhim 
o‘rin olgan bu toifa kuylar keyinchalik maqom tizimlariga kiritilib, o‘zining yuksak 
rivojlangan ko‘rinishlarga ega bo‘lganligi haqiqatga yaqin bo‘lsa kerak.


Maqom manbalari qatorida “goh” (ya’ni Dugoh, Segoh, Chorgoh, Panjgoh shaklidagi) 
kuy tuzilmalari ham e’tiborga molikdir. Aksariyat olimlar bu toifa kuylar negizi qadimiy 
kitoblari ma’lum ohanglarda o‘qish an’anasiga dahldorligini, shu jumladan “Avesto” dagi 
“got” madhiyalariga borib taqalishini faraz qiladilar. Bu o‘rinda Avestodagi “Gatheha” 
so‘zi keyinchalik daroy (forsiy) tiliga “Gah” shaklida o‘tganligi va yana qator holatalar 
inobatga olinadi. Bizga ma’lum “goh” kuylarining tahlili esa bu na’munalarning ildizlari 
faraz etilayotgan davrlardan-da qadimiyroq ekanligini ko‘rsatadi. Xususan, Farg‘ona-
Toshkent maqomlaridagi Dugoh-Husayniy kuyi negizida ikki tayanch pardali ohang 
tuzilmasi, Segoh cholg‘u shuningdek, Shashmaqomning Tasnifi Segoh, Xorazm Segoh 
maqomining Tani maqom qisimlarida esa uch tayanch pardali ohang tizilmalari borligi 
ayon bo‘ladi. Etnomusiqashunos olimlaming qo‘lga kiritgan so‘nggi yutuqlaridan 
ma’lumki, bu kabi tayanch tovushli kuy na’munalari xalq musiqiy tafakkurining dasdabki 
kurtaklaridir. 
Albatta, maqomlarda qadimiylikka mansub qanchadan-qancha musiqiy yodgorliklaming 
o‘mi topilmasin, biroq ulari asl holiday qayta jonlanadi sadolanadi deb bo‘lmaydi. Zero 
maqomlarda “saqlangan” musiqiy yodgorliklar, garchand ulaming muhim izlari saqlanib 
qolgan bo‘lsa-da o‘zlarining yuksak rivojlangan holatlarida namoyon bo‘ladi. Demak 
maqomlarning eng qadimiy tarixi aslida tom ma’nodagi maqomlar tarixi bo‘lmay, balki 
ko‘proq ularning kelib chiqish manbalari bo‘lgan ko‘hna davr musiqa kuy qatlamlariga 
dahldordir. Xuddi ana shu turli musiqa na’munalari (demakki, nurli uslubli kuy shakllari) 
asosida usluban badiiy yaxlit maqom tizimlarining shakllanish davrlaridan e’tiboran 
bevosita mumtoz maqomlar tarixi ham boshlanadi. 
Dastlabki maqom tizimlari qachon va qanday shaklda bo‘lganligi xususida aniq 
ma’lumotlarga ega emasmiz. Bu borada Sosoniylar saroyida (shoh Xusrav Parviz davrida 
590-628 yil) xizmat qilgan mashhur musiqachi - Borbad ijodiy merosi, xususan “7 
Husravoniy” tizimi diqqatni o‘ziga jalb etadi. Musiqashunos olimlar “7 Husravoniy” 
tizimi keyinchalik maqomot tizimlari yuzaga kelishida asos bo‘lganligi yoki har holda bu 
tizimning maqomlar shakllanishiga ma’lum ta’siri haqida taxminlarga boradilar. Ammo bu 
masalada hali bir to‘xtamga erishilmaganligini ham qayd etish kerak. Mutaxasislar 
salobatli maqom tizimlarining yuzaga kelishi kasbiy qatlam ijrochilik taraqqiyotining 
ma’lum tarixiy bosqichi, shuningdek, rivojlangan musiqa ilmi, falsafa va matematika 


fanlarining mavjudligi, qolaversa buning uchum zarur shahar madaniy muhiti kabi omillar 
bilan shakllanganligini alohida ta’kidlaydilar. Xususan, atoqli musiqashunos olim, 
san’atshunoslik fanlari doktori Ishoq Rajabovning bu boradagi malakali ko‘rsatmalari 
e’tiborlidir. Maqomlar insonning musiqa haqidagi tushunchalari, musiqaviy-estetik 
qarashlari barkamol bo‘lgan, kishilarning ongi va saviyasi yuksalgan bir davrda yuzaga 
kelgan... Maqomlar tizimining shakllanishi jahon ilmu fanining rivojlanishi bilan ham 
chambarchas bog‘liqdir. 
Sharq musiqa olimlari musiqani tibbiyot, falsafa va matematika fanlari bilan bog‘liq 
ekanligini uqtirib o‘tganlar. Professor Ravshan Yunusovning ta’kidlashicha: Sharq 
maqomoti ko‘hna ancha murakkab falsafiy musiqiy-nazariy hamda amaliy asoslarga 
egadir. Shuni aytish kerakki, sharq musulmon olamida maqom tizlmasii yuzaga kelishi 
uchun zarur omillar asrlarga kelib jamul-jam bo‘lgan edi. Zero, aynan shu davrlarda aniq 
fanlar rivojlandi, vatandoshimiz Abu Nasr Farobiyning (871- 950) nusiqashunoslikdagi 
buyuk xizmatlari o‘laroq Sharq musiqa ilmiga asos solindi, kasbiy musiqa amaliyoti yangi 
bosqichga yuksaldi, shuningdek diniy-falsafiy ta’limot va qarashla yoyila boshladi. Ana 
shu bevosita va omillar ta’siri o‘laroq o‘rta asr Sharqining yirik (markaziy) shaharlarida 
o‘n ikki maqom tizimi yuzaga kelgan edi. Mazkur tizim tasni dastlab Safiuddin Urmaviy 
(1230-1294) va
Qutbiddin Sheroziylarning musiqa ilmiga doir asarlarida ishlab chiqilgan bo‘lib, keyingi 
asrlarda Abdulqodir Marog‘iy (XIV), Abdurahmon Jomiy, Zaynulobidin Husayniy (XV), 
Najmiddin Kavkabiy (XVI), Darvishali Changiy (XVI-XVII) kabi ustoz amaliyotchi va 
nazoratchi olimlar tomonidan ijodiy davom ettirilgan edi. 
Yuqorida qayt etilganidek, Farg‘ona-Toshkent maqomlari keyinchalik umumlashtirib 
olingan tushuncha. Avval ustozlarning o‘zlari ularni Farg‘ona hamda Toshkent maktabiga 
xos maqomlarga ajratib kelganlar. Xususan: “Bayot”, “Dugoh”, “Chorgoh”, “Ushshoq”, 
“Miskin”, “Ajam”, “Nasrulloyi”, “Farg‘ona yo‘llari”, “Munojot”, “Choli Iroq”, “Girya”, 
“Ko‘cha bog‘i”, esa ko‘proq Toshkent an’analariga mansub deb qaratilgan. 


II-Bob. Chorgoh maqomi haqida. 
2.1. Chorgoh maqomi 
Chorgoh (fors-to‘rt va joy, o‘rin) O‘n ikki maqom tizimidagi 24sho‘balardan birining 
nomi. Tovushqatori 2 butun (204-180 sent) va yarim ton (114 sent) oralig‘ida joylashgan 
pardalar tuzilmasiga asoslangan. O‘tmishda bastakorlar Chorgoh pardalari negizida turli 
shakl va janrlarda yaratishgan. Chorgoh maqom yo‘llari’iz hozirgi kunga qadar xilma xil 
ijod va ijro uslublari orqali bizgacha yetib kelgan. Muayyan maqom yoki sho‘ba 
tovushqatorining to‘rtinchi pardasi ham Chorgoh deyiladi. Musiqa ijodkorlari tomonidan 
xar hil maqom va sho‘balarga tayamgan holda Chorgoh nomida kuy va ashullalar bitilgani 
ma’lum. Masalan,“Chorgohi Ajam” (Ajam sho‘basining Chorgohi) kabi. 
Shashmaqomda ham Xorazm maqomlari majmuasidagi Dugoh maqomida tarkibiy cholg‘u 
kuy va ashulla yo‘llari: “Muhammasi Chorgoh”, “Taqini Chorgoh, Nasri chorgoh”, “Ufari 
Chorgoh, Safti Chorgoh”, “Talqinchai Savti Chorgoh”, “Qashqarchai Safti Chorgoh”, 
“Soqiynoma Safti Chorgoh”, “Ufari Safti Chorgoh”. 
Ular parda tuzilishining dastlabki to‘rt pog‘onasi O‘n ikki maqom Chorgoh sho‘basiga 
moye keladi. Chorgoh maqom yo‘llari Yorqin va yoqimli yangraydi, tinglovchida xush 
kayfiyat o‘rnatadi. 
Chorgoh sho‘balarining o‘zgacha uslubiy yo‘llari ham yaratilgan. Chunonchi, Farg‘ona-
Toshkent mashhur Chorgoh ashulla yo‘llari, “Yovvoyi Chorgoh”, Surnay kuylari, 
Sodirxon Hofiz (Bobosharipov) yaratgan “Chorgohi Munojot” shular jumlasidan. Mazkur 
vohalarda mashhur Chorgoh yo‘llari 5 qismli yirik shakldagi ashulla turkumidan iborat. 
“Chorgoh 1” saraxbor, “Chorgoh 2” tarona, “Chorgoh 3” savt, “Chorgoh 4” qashqarcha, 
“Chorgoh 5” va “Chorgoh 6” ufar doira usullari asosida ishlangan. 
Eron dastgohlari, ozarbayjon mug‘omlari va uyg‘ur maqomlaridan birining nomi. Mazkur 
Chorgohlarning parda tuzilishi bir-biriga yaqin bo‘lsada, kuy-ohanglari, usul va uslublari 
o‘z milliy va mahalliy musiqasiga xosdir. 
Maqom manbalari qatorida “goh” (ya’ni Dugoh, Segoh, Chorgoh, Panchgoh) shaklidagi 
kuy tizilmalarini ham e’tiborga molikdir. Aksariyat olimlar bu toifa kuylar negizi qadimiy 
kitoblarni ma’lum ohanglarda o‘qish an’anasiga dahldorligini, shu jumladan “Avestodagi” 


“got” madhiyalariga borib taqalishini faraz qiladilar. Bu o‘rinda Avestodagi “Gatheha” 
so‘zi keyinchalik daroy (forsiy) tiliga “Gah” shaklida o‘tganligi va yana qator holatlar 
yana inobatga olinadi8. 
Bizga ma’lum “goh” kuylarining tahlili esa bu na’munalarning ildizlari faraz etilayotgan 
davralardan-da qadimniyroq ekanligini ko‘rsatadi. Xususan, Farg‘ona-Toshkent 
maqomlaridagi Dugih-XusayniyI kuyi negizida ikki tayanch parda ohang tizilmasi, Segoh 
cholg‘u kuyida, shuningdek, Shashmaqomning Tasnifi asegih, Xorazm Segoh 
maqomining Tani maqom qismlarida esa uch tayanch pardali ohang tizilmasi borligi ayon 
bo‘ladi.
Etnomusiqashunos olimlarning qo‘lga kiritgan so‘nggi yutuqlaridan ma’lumki, bu kabi 
tayannh tovushli kuy na’munalari xalq musiqiy tafakkurining dastlabki kurtaklaridir. 
Aslida ana shu kabi maqomlarning yeti asosiy pardasi va ular asosida(Dugoh, Segoh, 
Choirgoh va boshqalar) ko‘hna kuy tizilmalarining quyidan yuqoriga qarab bosqichma 
bosqich (I, II, III, IV, va h.k) rivojlanib, pirovatdida yangi sifatlar kashf etish uslubi tariqat 
manzillariga xos jarayonlarning badiiy tarzida shakllangan bo‘lsa kerak. Har holda O‘n 
ikki maqom tizimini bizgacha “Shashmaqom”, “Xorazm maqomlari” va Farg‘ona-
Toshkent maqom yo‘llari” da yetib kelgan na’munalarining qiyosiy tahlili shu kabi 
xulosalarga ham asos bo‘lmoqda. Bunga Shashmaqom, Xorazm maqomlari va Farg‘ona-
Toshkent maqom yo‘llaridagi “Dugoh”, “Segoh”, “Chorgoh” nomli na’munalar yaqqol 
misol bo‘la oladi. Shundayki, dastlab juda oddiy shakllarda bo‘lgan goh kuy tizimlari O‘n 
ikki maqom tizimining sho‘balari guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, ularni mumtoz talablar 
darajasida rivoj toptirish maqsadida har biriga alohida-alohida mukammal parda 
uyushmalari biriktirilgan edi. Shunga binoan, Dugoh sho‘basi Xusayniy maqomida, Segoh 
sho‘basi Hijoz maqomida, Chorgoh sho‘basi Zangula pardalarida bayon etilib 
rivojlantirilgan. (N. Kavkabiy tasnifi). Buning binovarida esa sho‘balarning birikirilgan 
maqom pardalariga tabiiy singib ketish jarayoni ro‘y bergan. Bunga quyidagi misolni dalil 
keltirish mumkin. Xorazm maqomlaridan o‘rin olgan “Maqomi Segoh” aytim yo‘liuda 
dastlab uch tovushdan iborat bo‘lgan Segoh kuy-ohang qurilmasi “re” pardasidan boshlab 
birin-ketin yettita asosiy bosqichlarni zabt etadi.. Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llaridan 
“Segoh” aytim yo‘lida ham shu kabi musiqiy jarayonlar yuzaga keladi.


Maqom yo‘llarini o‘zbek-tojik xalqlari musiqa boyliklari bilan bog‘liq holda chuqurroq 
o‘rganish, maqomlarning ikkala xalq musiqa merosida qanchalik katta ahamiyatga 
egaligini to‘g‘ri tushunib olishga yordam beradi, shu bilan birga, gullab-yashnayotgan 
o‘zbek-tojik musiqa madaniyatining yanada taraqqiy ettirish uchun zarur bo‘lgan musiqa-
madaniy manbalardan biri- Shashmaqom kuy asoslaridan to‘g‘ri foydalanish yo‘llarini 
ochishga imkon beradi 
“Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llari” degan ibora bevosita jonli an’analarni aks ettiruvchi 
hayotiy tushunchadir . 
Demak dastlab ovoz ko‘lami (Dugoh), uch (Segoh) va to‘rt (Chorgoh) tovushlari doirasida 
bo‘lgan soda ko‘rinishli ko‘hna kuy tizilmalarining muayyan maqomlarning yettita asosiy 
pardalari bo‘ylab bosqichma-bosqich rivojlanuv natijasida ularning yangi sifat (ya’ni 
maqom) darajalari yuzaga kelgan edi. Aynan shu sifatlari darajasida ular keyinchalik 
yuzga kelgan yangi maqomot (Shashmaqom, Xorazm maqomlarida-Dugoh va Segoh, 
Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llarida Dugoh, Segoh va Chorgoh maqomlar) tizimidan 
o‘rin olgan edi. Mantiqiy xulosa shuki, bu jarayonda avvallari qo‘llanib kelingan Segohi-
Hijoz, Dugohi-Xusayniy, Chorgohi-Zangula maqomlari pardalarining “hayoti” ham 
davom etayotganligini e’tirof etishimiz kerak. 


Xulosa 
Maqom borasidagi ushbu ta’riflar nafaqat O‘n ikki maqom, balki Shashmaqom, 
Xorazm maqomlari va Farg‘onja-Toshkent maqom yo‘llariga ham bevosita dahldordir. Bu 
o‘rinda ularning tarkibiy qismlarida “maqom” so‘zi bilan birga yana “samo”, “gardun”, 
“qalandar”, “samandar”, “girya”, “nola”, “charx”, “faryod”, “soqiynoma” kabi ko‘plab 
tasavvuf us istilohlarining qo‘llamishi, shuningdek asosiy aytim yo‘llarida yuksak ishq ( 
Jomiy, Sakkokiy, Navoiy, Mashrab, Bedil va h. k.) mazmunidagi g‘azallarning kuylanib 
kelinishi, “sof” musiqiy jihatdan esa mukammal parda yo‘llari asosida (tariqat 
jarayonlarining badiiy aksi o‘laroq) kuy mavzularini bir tartibda izchil rivojlantirib, 
ularning avj sifatlarini namoyon etish tamoyili kabi omillarni dalillar qatorida keltirish 
mumkin. Lekin eng muhim dalil bu buyuk ishq dardi ila yog‘rilgan maqomlar musiqasidir. 
Chunki bir musiqa mazmunida pok ruhiyatining asl go‘zallik, chin haqiqat sari ma’naviy 
xuruji o‘z ifodasini ntopodi. Binobarin maqomlarning asrlar osha o‘z badiiy qiymatini 
yo‘qotmasligi va ayni paytda, millionloab odamlar qalbidan o‘rin olganligini asl 
sabablaridan biri ham ularning teran ma’nolarga yo‘g‘rilgan go‘zal navolari-yu, beqiyos 
shaklu-tamoillari bilan izohlanadi.
Bugungi mustaqil O'zbekistonda maqomotning uch turi — Buxoro «Shashmaqom»i, 
Xorazm maqomlari va Farg'ona-Toshkent maqomlari musiqa amaliyotida joriy bo'lib 
kelmoqda. Jonli jarayon bilan yo'g'rilgan maqomchilik an'analari bastakorlik va ijrochilik 
san'ati bilan bevosita bog'liqdir. Bunda ijodkorlik jabhasi ikki asosiy ko'rinishda namoyon 
bo'lishi ma'lum bo'lmoqda — biri maqom yo'llarini ijro etish talqinida an'anaga 
bo'ysungan holda rivojlanishi, yana biri maqomchilik an'analariga muvofiq yangi 
namunalarni ijod etishdan iborat (jumladan, Fattohxon Mamadaliyev tomonidan 
«Ushshoq» negizida «Qadimgi Ushshpq», «Zikri Ushshoq», «Umurzoq Polvon 
Ushshog'i», «Savti Fattohxon», «Miskin» maqom ashula turkumi yaratilishi; Orifxon 
Hotamov tomonidan «Ushshoq», «Girya» (masalan, «0rifxon Ushshog'i») turkumlari, 
yangi
ashula yo'llari, Abduhoshim Ismoilov tomonidan maqom sho"balari asosida yangi cholg'u 
asarlarini ijod qilish va talqin etilishi. Maqomchilik ijodiyotining bu sohasi so'nggi yillarda 
yorqin namoyon bo'lmoqda. «Feruz» turkumi, dutor va surnay maqom cholg'u yo'llari o'z 
muxlislarini topmoqda. Mumtoz musiqaga mansub janrlar qatorida katta ashula va 


suvoralar namunalarining yangi davrdagi hayoti ham alohida diqqatni o'ziga tortadi. Har 
biri o'ziga xos bu noyob aytim turlarining mahalliy musiqiy an'analari doirasida tutgan 
o'rni ko'p jihatdan o'zaro o'xshash - katta ashula Farg'ona-Toshkent ashulachilik 
ijodiyotining yangi sifat bosqichdagi rivoji va alohida mumtoz ko'rinishi bo'lsa (bu borada 
katta ashula kechalari, Navro'z va Mustaqillik bayramlarida katta ashula namunalari keng 
ommaga targ'ib qilinishi namunalidir), suvora — Xorazm ashulachilik san'atining muhim 
va noyob qirralarini o'zida mujassam etgan mukammal aytim-ashula namunasidir 
(Xorazmda so'nggi yillari suvora aytishuvlarining o'tkazilishi an'anaga aylandi). 
Merosimizning yana bir ijodiyot turini dostonchilik san'ati an'analari tashkil etadi. 
Musiqiy-nasriy-nazmiy ijodiyotining eng qadimiylaridan biri bo'lgan o'zbek dostonchiligi 
boshqa Sharq xalqlari dostonchilik merosi bilan uzviy bog'liq holda rivoj topib kelmoqda. 
1999-yilda Respublikamizda «Alpomish» dostonining 1000 yillik tantanalari yangi davrda 
baxshichilik san'atini rivojlantirish, milliy qadriyatlarimizni e'zozlash va o'zbek xalq va 
mumtoz musiqa ijodiyotini keng targ'ib etishda, ayniqsa, yoshlarni ko'p ming yillik 
madaniyatimiz sarchashmalaridan bahramand qilishda salmoqli hissa bo'ldi Demak, 
maqomlar nafaqat Sharq musiqa madaniyati, balki insoniyat qo‘lga kiritgan ulkan hodisa 
bo‘ldi.


Foydalanilgan adabiyotlar
1. O‘zbek musiqasi tarixi. Tuzuvchilar: T.E.Solomonova, T.B. 
G‘ofurbekov. -Toshkent: O`qituvchi, 1981, 131-b. 
2. O‘zbek musiqasi tarixi Madrimov B.X. Toshkent “Barkamol fayz 
media” 
3. Yu.Rajabiy. I. Akbarov. O’zbek xalq musiqasi tarixi, (O’qituvchi). 1981 
yil

4.
R.Solomonova, R.Abdullayev “o‘zbek musiqa tarixi va xrestomatiyasi”.
T.1983 yil 
5.T.E.Solomonova “O’zbek musiqasi tarixi” Toshkent “O’qituvchi 
nashroyoti” 1981. 
6. A.Jabborov, S.Begmatov, M.A’zamova. “O’zbek musiqa tarixi” “Fan 
va texnologiya nashriyoti” 2018. 
Internet saytlar 
2.Yandex.uz 
3.Google.co.uz 
4.Wikipedia 
5.Arxiv.uz 





Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling