Microsoft Word Norqulova Munisa Kurs ishi
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Norqulova
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI San’atshunoslik fakulteti Musiqa ta’limi yo`nalishi 4-kurs V guruhi talabasi NORQULOVA MUNISANING “Musiqa tarixi” fanidan Farg’ona –Toshkent maqom turkumlari mavzusidagi Ilmiy rahbar: o`qituvchi: Fayziyev O.O Navoiy-2023 MUSIQA TA’LIMI KAFEDRASI T A Q R I Z I _________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________ kurs ishinning yakuniy natijalari Ilmiy rahbar: ___________________________________________ Mavzuning dolzarbligi Ishning talaba tomonidan mustaqil bajarilishi Amaliy jihatdan olingan natija Foydalanilgan adabiyotlar Rasmiy- lashtirish Kurs ishining himoyasi Jami % Mavzu: Farg’ona –Toshkent maqom turkumlari Reja: Kirish… … … … … … … … … … … … … … … … … … …. …. …. …. I-Bob. Farg’ona –Toshkent maqom turkumlari 1.1. Maqom va uning iboralari. 1.2. Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llarining ashulla bo‘limini kelib chiqishi. II-Bob. Chorgoh maqomi haqida. 2.1. Chorgoh maqomi Xulosa… … … … … … … … … … … … … … … … … … …. …. …. …. Foydalanilgan adabiyotlar… … … … … … … … … … … … …. …. …. …. KIRISH Maqomlar Sharq musiqasiga xos bo’lgan turkumli san’at turidir. Ular asosan musulmon Sharqida keng tarqalgan bo’lib, turli mamlakatlarda har-xil nomlanadi. Jumladan, biz bilganimizdek o’zbek va tojiklarda maqom, uyg’urlarda muqom, Ozarbayjonda mug’om, arablarda va turklarda maqam, E’ronda Dastgoh, hindlarda raga kabi. Maqomlar, ya’ni turkumli musiqa janrining ildizi VII asrlarda yashab o’tgan Borbad Marvaziyga borib taqaladi degan ilmiy farazlar mavjud. U afsonaviy bastakor, mahoratli sozanda va tengsiz hofiz bo’lgan. Aynan uning ijodida birinchi marta turkumli asarlar, ya’ni, Husravoniy turkumi yaratildi. Shu tariqa zamonlar o’taverib turkumli musiqa butun Sharq bo’ylab rivojlana bordi.Tahminan IX asrlardan shakl ola boshlagan maqomlar butun Sharq davlatlari bo’ylab Duvozdaxmaqom, ya’ni, o’n ikki maqom tizimi shaklida nomlandi va rivojlanadi. O’n ikki maqom tizimi haqida ilmiy-tarixiy risolalarda bir qancha ma’lumotlar bitilgan bo’lib, ularning ma’lum bir qismi bizgacha yetib keldi. Lekin, musiqasi yetib kelmadi.Zamonaviy maqomshunoslik fani asoschisi, san’atshunoslik fanlari doktori Is’hoq Rajabovning ilmiy tadqiqotlaridan bizga ma’lum bo’lishicha Shashmaqom Duvozdaxmaqomdan kelib chiqqan ekan. Maqomshunos alloma I.Rajabov ta’kidlaganidek Shashmaqom XVIII asr o’rtalariga kelib uzil-kesil shakllangan. Musiqa ko’plab asrlar davomida insonga hamroh bo’lib, uning mehnat faoliyatini, turmushini, his-tuyg’usi hamda kechinmalarini, o’y-fikrlari va orzu- umidlarini aks ettirib kelgan. Har bir xalqning boy mazmuni, janr va badiiy obrazlar hilma-xilligi ohang xususiyatlarining o’ziga xosligi, ritmikasi va melodika (ohang) qurilishi, o’ziga xos musiqa (cholg’u) asboblari yaratilishi bilan farqlanuvchi jozibador musiqa asarlari behisob.Mustaqillik yillarida O’zbekistonda juda ko’p sohalarda o’zgarishlar va yangiliklar bo’ldi. Milliy mumtoz musiqamiz qayta tiklandi. Musiqaga qaratilayotgan e’tiborlar oshgandan oshmoqda. Musiqa maktablarining moddiy ba’zasini modernizatsiyalashtirish va musiqa asboblari bilan ta’minlash ishlari amalga oshirildi.Shashmaqom YUNESKOning “Insoniyatning og’zaki va nomoddiy madaniy merosi” deb tan olinishi Shashmaqom rivojlanishiga turtki bo’ldi. 2017-yilda muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “O’zbek milliy maqom san’atini rivojlantirishga oid chora tadbirlar to’g’risida”gi qarori qabul qilinib, unga ko’ra “O’zbek milliy maqom san’ati markazi” tashkil qilindi. Har bir viloyatda maqom ansambllari tashkil etildi. Dastlab, O’zbekiston davlat konservatoriyasida “O’zbek maqomi san’ati” nomli fakultet tashkil etildi. Uning ijrochiligi bilan bir qatorda tarixi va nazariyasi ham e’tibordan chetda qolmadi. Buning isboti sifatida “O’zbek maqomi tarixi va nazariyasi” kafedrasi tashkil etilganligini keltirish mumkin. Har ikki yilda Shahrisabz shahrida Xalqaro Maqom anjumani bo’lib o’tadigan bo’ldi va uning tarkibida ijrochilik tanlovlaridan tashqari ilmiy-amaliy konferensiya ish yurita boshladi. 2021-yil sentabr oyidan boshlab Yunus Rajabiy nomidagi O’zbek milliy musiqa san’ati instituti o’z faoliyatini boshladi va h.k. Kurs ishining dolzarbligi: Umumta`lim maktablarida musiqa darslarining mazmuni, unga qo`yiladigan umumiy talablar,uning tuzilishi, o`ziga xos xususiyatlari, uni tashkil etish shakllari, vosita va usullari yuqorida qayd etilgan olimlartomonidan ishlab chiqilgan bo`lsada, lekin musiqa ta`limi vatarbiyasi jarayoniga bugungi kun nuqtai nazaridan yondashib,uni samarali tashkil etish yo`llarini aniqlash alohida muammo sifatida o`rganilganicha yo`q. Amaliyotda ham ushbu muammo,musiqa tarbiyasining boshqa ko`plab muammolari qatori o`zining to`laqonli yechimini topmagan bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir. Kurs ishining maqsadi: Muhtaram prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev Madaniyat va san`at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo`shimcha chora tadbirlar to`g`risidagi qarorida “umumiy o`rta ta`lim muassasalarida milliy musiqa cholg’ularidan kamida bittasida kuy ijro etish mahoratio`rgatiladi hamda bu haqda ularning ta`lim to’g`risidagi hujjatiga (shahodatnoma) tegishli qayd kiritiladi”.Olib borilayotgan islohotlar shuni ko`rsatib turibdiki, o`zbek milliy musiqa san`atining kelajagi porloqdir.Kurs ishimning maqsadi xor malakalarini rivojlantirish orqali bo`lajak o`quvchilarning estetik va badiiy didini tarbiyalash, professional uslubda kuylash malakalarini shakllantirishdan iboratdir. Kurs ishining vazifalari: Asosiy vazifalardan biri ovoz hosil qilish malakalari va fiziologik o`rganish hamda uni amalda qo`llay olish, shuningdek,musiqa malakalarini rivojlantirish va amaliy ko`nikma xosil qilishdan iborat. O`quvchilarning musiqa malakalarini rivojlantirish musiqaning sir-sinoatini bilish, nazariy va amaliy savodxonligini o`stirishga oid metodik tavsiyalar ishlab chiqish. Kurs ishining ob`ekti: Toshkent Farg`ona maqom yo`llarini o`rganish va uni o`quvchiga singdira olish. I-Bob. Farg’ona –Toshkent maqom turkumlari 2.1. Maqom va uning iboralari. “Mаqоm” аsli аrаbchа so’z bo’lib, “o’rin”, “jоy”, “mаnzil” mа’nоlаrini аnglаtаdi. Musiqа аmаliyotidа esа tоrli chоlg’uning tоvush sаdоlаntirilаdigаn jоyi, ya’ni pаrdаsini bildirаdi (IX-X аsrlаr Fоrоbiy dаvri). Kеyinchаlik esа biz bilgаn kаsbiy musiqаmizning yirik nаmunаsi mustаqil musiqiy jаnrni, ya’ni mаqоmlаrni аnglаtа bоshlаgаn. O’zbеkisоndа mаqоmоtning uch turi – Buхоrо mаqоmlаri, Хоrаzm mаqоmlаri vа Fаrg’оnа-Tоshkеnt mаqоm yo’llаri mаvjud. Buzruk, Rоst, Nаvо, Dugоh, Sеgоh, Irоq. SHаshmаqоm O’n ikki mаqоm tizimining milliy (mаhаlliy) musiqiy mаkоn shаrt-shаrоitlаridа rivоjlаntirilishi nаtijаsidа XVIII аsr o’rtаlаridа uzil-kеsil shаkllаngаnligi. Undа bаstаkоrlik sаn’аti аn’аnаlаri ilmiy jihаtdаn muаyyan tizimgа sоlinib, tаsnif etilgаnligi. SHаshmаqоm – оlti mukаmmаl pаrdа vа ulаrgа mоs kuy vа аshulаlаr mаjmuаsi ekаnligi. Uning tаrkibidаgi mаqоmlаrning hаr biri yirik shаkldаgi turkumli аsаrlаrdаn ibоrаtligi. Bu mаqоmlаr оg’zаki аn’аnа tаrzidа, ya’ni ustоzdаn shоgirdgа «оg’zаki uslub» vоsitаsidа o’tib, bizning dаvrgа qаdаr еtib kеlgаn. SHаshmаqоmyb ilk bоr V.Uspеnskiy bеsh chiziqli nоtа yozuvigа оlgаn. 1959 y. O’ХMning 5-jildidа YU.Rаjаbiy nоtаlаshtirgаn SHаshmаqоm turkumi chоp etilgаn. 1966- 75 yillаr mоbаynidа SHаshmаqоmni аlоhidа ko’rinishdа chоp etdi. Mаqоmlаrning bu bo’limi «mushkilоt» nоmi bilаn yuritilаdi. Mаvjud bаrchа оlti mаqоmlаrning chоlg’u qichslаri bir хil nоm bilаn аtаlib kеlinаdi: Tаsnif, Tаrjе’, Gаrdun, Muхаmmаs, Sаqil dеb nоmlаngаn. Ulаrning hаr birining usul birligi mаvjаd. Mаqоmlаrdа nоmdоsh bo’lmаgаn chоlg’u qismlаr hаm mаvjud: Nаvоdа – Nаg’mаi Оrаz, Dugоhdа – Pеshrаvi Dugоh vа Sаmоi Dugоh, Sеgоhdа – Hаfifi Sеgоh vа h.k. SHаshmаqоmning аshulа bo’limlаri murаkkаb shаkldаgi sho’’bаlаrdаn tаrkib tоpgаn. Аshulа bo’limlаridа tuzilishi jihаtidаn bir-biridаn аjrаlib turuvchi ikki хil sho’’bаlаr guruhi mаvjuddir. Ulаr o’zining tаrkibi bilаn birinchi vа ikkinchi guruh sho’’bаlаr dеb yuritilаdi. Bulаrdаn birinchisigа Sаrахbоr, Tаlqin, Nаsr kаbi sho’’bаlаr vа Ufаr qismi kirishi. II guruh sho’’bаlаrlаr Sаvt vа Mo’g’ulchа turkkumlаri nоmi bilаn yuritilаdi. I guruh sho’’bаlаrning murаkkаb shаkliy tuzilmаlаridа tаrоnаlаr o’rin оlgаn. SHаshmаqоmlаrning ikkinchi guruh sho’’bаlаri o’zigа хоsligi bilаn аjrаlib turаdi. Ulаrning SHаshmаqоm turkumidа nisbаtаn kеch shаkllаngаnligi vа ulаrdа nаzirаgo’ylik аn’аnаsining o’zigа хоs аks etishini ko’rish mumkin. Ulаr оdаtdа Sаvt vа Mo’g’ulchа nоmli bilаn yuritilаdi. Ikkinchi guruh sho’’bаlаr аniq tаrkibiy tuzulishgа egа bo’lib ulаrning hаr birini tаrkibidа Tаlqinchа, Qаshqаrchа, Sоqiynоmа vа Ufаr nоmli shохоbchаlаri o’rin оlgаn. Ushbu shохоbchаlаrning yuzаgа kеlishidа аsоsiy sho’’bаlаrning kuy-оhаnglаri sаqlаnib, dоirа usullаrining o’zgаrib bоrgаn. Usullаr mаqоmlаrning tuzilish хаrаktеrini bеlgilоvchi оmillаrdаndir. Ulаrni аjrаtа оlish, mаqоmlаrni qiyofаsini to’g’ri tushunishgа imkоn bеrаdi. SHаshmаqоmning bаrchа tаrkibiy qismlаrining o’zigа хоs usul mаjmui mаvjud. Ulаr muаyyan tаrtib аsоsidа tаrkib tоpgаn. Hаr bir usulning o’z nоmigа egаdir. Mаsаlаn: Sаrахbоr, nаsr, tаlqin, sаvt, gаrdun, tаlqin, qаshqаrchа, sоqiynоmа, ufаr vа h.k. Mаnbаlаrdа ko’rsаtilishichа, ilk usul insоnning tоmir urishidаn оlingаn. Tоmirni bаrmоq bilаn ushlаb ko’rilsа, uning go’yo “tаn-tаn”gа o’хshаsh bir tеkis urаyotgаni bilinаdi. Оlimlаr buni “Usuli zаrbi qаdim” (Qаdimiy zаrb usuli) dеb аtаgаnlаr. Zаrbi qаdim “bаk, bum” hоzirgi musiqа аmаliyotidа Sаrахbоr nоmi bilаn mаshhur. Uning murаkkаbrоq shаkllаri 2/4, ¾, 4/4, 5/4, 6/4, 7/4, 8/4, 3/8, 6/8 kаbi tаkt-ritm o’lchоvlаridа bo’lgаn dеyish mumkin. Хаlqlаrining kаsbiy musiqа mеrоsidа mukаmmаl jаnrlаr оdаtdа mаqоmоt tizimigа kirаdi. Ko’pchillik shаrq хаlqlаrining o’z аn’аnаlаri аsоsidа shаkllаngаn mаqоmlаri mаvjud vа ulаr o’zigа хоs nоmlаnib kеlinаdi. Аrаb mаqаmlаridа Mаqаm, turklаrdа mаkаm, uyg’urlаrdа muqоm, turkmаnlаrdа muqоm, оzаrbаyjоnlаrdа mug’оm, erоndа dаstgоh, shuningdеk, hindlаrdа rаgа vа h.k. Kаttа аshulа o’zbеk bаstаkоrlik ijоdiyotining nоyob, bеnаzir mаhsullаridаn biridir. U kаsbiy, ustоzоnа musiqiy mеrоsimiz qаtlаmigа mаnsub bo’lib, аsоsаn Fаrg’оnа vоdiysi – Tоshkеnt mаhаlliy uslubining yorqin vа bеnаzir bеlgilаrini o’zidа mujаssаm etgаn. Аsl kаttа аshulа аsоsаn ikki, bа’zidа uch nаfаr хоnаndаning hаmnаfаsligidа, hеch qаndаy chоlg’u jo’rligisiz ijrо etilаdi. Mаqоmdа bo’lgаni kаbi kаttа аshulаdа hаm hоfizlikning ustоz-shоgirdlik аn’аnаsi еtаkchilik qilаdi. Ishоq Rаjаbоvning ustоzоnа musiqаning eng murаkkаb vа mukаmmаl timsоli bo’lgаn mаqоmlаr bоbidа tеrаn vа chin qоmusiy bilimgа egаekаnligi mutахаssislаr tоmоnidаn shаk-shubhаsiz tаn оlingаn. Mаsаlаn, bu bоrаdа ustоzning 1963 yili nаshr etilgаn “Mаqоmlаr mаsаlаsigа dоir” nоmli mоnоgrаfik tаdqiqоti fikrimizning dаlili bo’lа оlаdi. Ushbu sаlоbаtli ilmiy аsаr mаzmunidа, jumlаdаn, SHаshmаqоm mаjmuаsi dаstlаb kаsbiy (sаrоy) musiqаsidа kеng o’rin tutgаnligi, O’n ikki mаqоm tizimining tаbiiy rivоji o’lаrоq shаkllаngаnligi hаmdа uning pаrdа tuzuk, kuy- оhаng, zаrb-usul, аvj-nаmud vа bоshqа shаkliy tuzilish qоnuniyatlаri аynаn аnа shu yaхlit tizimning tаrkibiy qismlаri ekаnligi uzil-kеsil rаvishdа o’z еchimigа kеlgаn. SHuningdеk, tаdqiqоtdа mаqоmоt tizimining o’zgа shаkllаri bo’lgаn Хоrаzm mаqоmlаri vа Fаrg’оnа- Tоshkеnt yo’llаrigа оid qimmаtli fikr-mulоhаzаlаr bildirilib, ulаrning SHаshmаqоm bilаn o’zаrо bоg’lаnish munоsаbаtlаri хususidа hаm mаlаkаli ko’rsаtmаlаr bаyon etilgаn. O‘rta Osiyo mintaqasining maqomoti bu yirik shajaraning asoslaridan birini tashkil etadi. U ham mamlakatga o‘xshab tarixan shakllangan. Turli toifalarni o‘z ichiga oluvchi yeg‘ma tushuncha. Maqomot-Buxoro shashmaqomi, Xorazm maqomlari, Farg‘ona-Toahkent maqom yo‘llari hamda ular zaminida yuzaga kelgan yangi zamonaviy navlarni ko‘zda tutadi. Maqomotning umumiylik tomonlari kuy va ashullarning parda asoslari va usullarning o‘xshashligida o‘z aksini topadi. O‘ziga xoslik tomonlari esa mustaqil kuy va ashullalar, usul va parda tizimlarining xususiyatlari, cholg‘u sozlarini ijro uslublari, qolaversa, kuy va ohanglarining betakror janrida namoyon bo‘ldi. Musiqiy risolalarda, umuman yozma xujjatlarda Buxoro va Xorazm yoki Farg‘ona- Toshkent maqomlarining shevalariga oid mulohazalar uchramaydi. Ustoz-sozanda va muhlis-shinavandalarining nazarida zikr etilgan maqom turlari umumiy ildizlardan kelib chiqqanligi e’tirof etiladi. Masalan, Xorazm sozandalarining fikricha, maqom turkumlarini tuzishda Buxoro (navbat-shashmaqom) an’analaridan andoza olgan. Buxorolik mashhur ustoz Marduhay Tanburiyning o‘g‘li Mihoel Baraev bilan bo‘lgan suhbatda “Maqomlar dar Xorazm paydo bo‘lib, Buxoroda rivoj topgan” (“Maqomho dar Xorazm paydo shuda, Buxoro ba rivoj giriftagi”) degan gapni otasidan eshitganligini bildirgan edi. Bundan tashqari, Farg‘onada hofiz va sozandalar orasida mazmunan yuqoridagiga o‘xshagan “Maqomlarning tanasi-Buxoroda, shoxlari-Xorazmda, mevasi- Farg‘onada” degan fikri keng tarqalgan. Maqomlarning dastlabki tushunchasi Jam’larga bevosita bog‘liq bo‘lgan va ular tarkibidan ajratib olingan ladlarning maxsus uyushmasidan iboratdir2. Mushtarak an’analarning mohiyatini anglashga qaratilgan ushbu majoziy ta’riflar maqom ildizlari va bu san’atning hayotiy ko‘rinishlari xalq tassavvurida aks ettirilishidan dalolat beradi. Mening mavzuim, Fafg‘ona-Toahkent maqom yo‘llarining ashulla bo’limi. O‘zbek milliy musiqasida “Farg‘ona-Toshkent maqomlari” yoki “Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llari” maqomchilik san’atining yana bir asosiy turkumini tashkil etadi. Farg‘ona vodiysida XIX-XX asrlarda turkumli va turkumsiz ashulla va maqom yo‘llari keng tarqalgan bo‘lib, ular voha mumtoz musiqa merosida yetakchi o‘rinlarni egallab, mahalliy ijrochilik an’analari bilan sug‘orilgan. Katta va kichik turkumga ega bo‘lgan Farg‘ona-Toshkent maqom ashulla yo‘llari “Shashmaqom” tarkibidagi bir qator sho‘ba (saraxbor, savt), shahobcha (qashqarcha, soqiynoma) va turkumlarga yaqindir. (ularning kuy harakati, shakli, usullariga o‘xshash). Toshkent, Farg‘onada mashhur bo‘lgan maqom turkumlari asosan ashulla yo‘llaridan iborat bo‘lib, ularda Shashmaqomdagi kabi cholg‘u yo‘llar uchramaydi Farg‘ona-Toshkent maqomlari va maqom yo‘llari 2,3,5,7 qismli turkumlarni tashkil etadi. Ularning har biri ma’lum shohobchalarga ega hamda sonlar vositasi bilan bir-biridan ajratiladi. Farg‘ona-Toahkent maqomlari orasida yirik shulla turkumlari: Bayot I-V, Chorgoh I-V, Gulyor-Shahnoz, Dugoh-Husayniy I-VII (ularning har biri umumtartib soni raqamlari bilan belgilanadi. Gulyor-Shahnoz maqomlaridan tashqari), masalan, Byot I, BayotII, BayotIII, Bayot IV, Bayot V. Farg‘ona-Toshkent maqomlari “Shashmaqom” ashulla bo‘limining sho‘ba’ shaxobcha va taronalarining ohang usul va shakllari tarkibida shakllangan va ashulla yo‘lining harakati asosida rivoj topgan. Farg‘ona-Toshkent maqomlarini targ‘ib etishda Xoji Abdulaziz Abdurasulov, Sodirxon hofiz Bobosharipov, Yunus Rajabiy, Abduqodir Ismoilov, Jo‘raxon Sultonov, Ma’murjon Uzoqov, Orifjon Xatamov, Mahmudjon Tojiboyev, Imomjon Ikromov, Rasulqori Mamadaliyev, Ochilxon Otaxonov va boshqalar maqom yo‘llarini yanada boyitish, yangi na’munalarni ijod etishga katta hissa qo‘shganlar. FARGʻONA-TOSHKENT MAQOM YOʻLLARI FARGʻONA-TOSHKENT MAQOM YOʻLLARI — Toshkent va Fargʻona vodiysi (Qoʻqon, Namangan, Andijon, Fargʻona, Margʻilon, Quva va b.) musiqa amaliyotida yuzaga kelgan maqom namunalarining umumlashma nomi. Shashmaqom va Xorazm matsomlaripxya farqli oʻlaroq alohidaalohida cholgʻu va ashula yoʻllaridan iborat. Jumladan, cholgʻu yoʻllari «Nasrullo I—V», «Munojot 1—V», «Ajam va taronalari», «Miskin I—V», «Segoh I — III», «Sayqal I— II», «Mirzadavlat I—II», «Choʻli Iroq», «Chorgoh», «Surnay Iroqi», «Surnay Dugohi» «Surnay Ushshogʻi» kabilar mashhur. Ashula yoʻllari alohida bir qismli («Segoh, «Toshkent» irogʻi» kabi) namunalardan tortib keng koʻlamli turkumlardan tashkil topgan. Ayniqsa, besh qismli «Chorgoh», «Bayot», «Bayoti Sheroziy», «Gulyor—Shahnoz» va yetti qismli «Dugoh — Husayn» ashula yoʻllari ommalashgan. Ular mumtoz sheʼriyat (Sakkokiy, Navoiy, Bobur, Uvaysiy, Furqat, Muqimiy va b.) namunalari asosida oʻqiladi. Fargʻona—Toshkent maqom turkumlarining qismlari raqamlar vositasida ajratiladi (mas, «Miskin I», «Miskin II», «Bayot I»). Ayrim hollarda tarkibiy qismlarning maxsus nomlari ham uchraydi. Jumladan, «Miskin» cholgu turkumining III kismi «Adoiy», IV qismi «Asiriy», «Nasrullo»ning II qismi «Chavandoz», III qismi «Qashqarcha», IV qismi «Tarona», V qismi «Ufar» deb nomlanadi. Shuningdek, Fargʻona-toshkent maqom yoʻllari —T. m. y. ning cholgʻu kuylarining ayrimlariga nisbatan «Mashq» atamasini qoʻllash odati mavjud (mas, «Mashqi Chorgoh», «Mashqi Dugoh—Husayn» va h. k.). Fargʻona-toshkent maqom yoʻllari —T. m. y. larining shakllanish ildizlari oʻrta asrlarda mashhur boʻlgan Oʻn ikki maqom tizimi va undan ham oldinroq mavjud turkumli asarlarga borib taqaladi. «Yoʻllari» atamasi ham shunga ishora etadi. Zero «maqom» atamasidan avvalroq musiqa ilmi amaliyotida «yoʻl» maʼnosidagi «roh», «tariqa», «ravashin» kabi tushunchalar keng qoʻllanib kelingan. Shashmaqomdan fark/sh ravishda F, — T. m. y. nafaqat xon saroylarida, balki xalq hayoti bilan bogʻliq turli vaziyat va sharoitlarda ham mudom ijro etilgan. Mas, surnay yoʻllari xalq tomosha va bayramlarida, dorbozlar oʻyini va toʻy bazmlarida, dutor, tanbur, gʻijjak ijrolari hamda ashula yoʻllari uy sharoitlarida oʻtkaziladigan turli yigʻin va majlislarda namoyon boʻlgan. Ayni paytda, bu maqomlarda Fargʻona—Toshkent musiqa uslubiga xos yalla, ashula, katta ashula janrlarining xususiyatlari oʻz aksini topgan. Bu holat ularning musiqiy tili xalqchil va nisbatan ommaviy ekanligi, xalq orasida mashhur boʻlishi sabablaridan biridir. Fargʻona-toshkent maqom yoʻllari —T. m. y. ijrochilari mazkur anʼanani odatda mashhur ustozlardan oʻrganishgan. Shu tarzda bu maqomlarni bizga yetkazib bergan taniqli talqinchilar qatorida Abduqodir naychi, Ahmadjon qoʻshnay, A. Yusupov (surnay), Shobarot tanburchi, A. Abdullayev (tanbur), M. Najmiddinov (dutor, tanbur), K. Jabborov (gʻijjak, dutor), S. Kalonov (nay), Faxriddin Sodiqov (chang, dutor), Gʻ. Toshmatov (gʻijjak), T. Alimatov (tanbur, dutor), hofizlar — Sh. Shoumarov, Toʻychi hofiz, Shojalil hofiz, Ilhom hofiz, Sodirxon hofiz, Rajabiylar, Rasulqori Mamadaliyev kabi ustoz sanʼatkorlarning xizmatlari katta. Bastakorlardan T. Jalilov, O. Hotamov, F. Mamadaliyev, soʻnggi yillarda A. Ismoilovlar Fargʻona-toshkent maqom yoʻllari —T. m. y. anʼanalarida turkumli va alohida ijro etiluvchi asarlar yaratishgan. 2.1. Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llarining ashulla bo‘limini kelib chiqishi. O'zbek mumtoz musiqasida «Farg'ona-Toshkent maqomlari yoki « Farg'ona- Toshkent maqom yo'llari» maqomchilik san'atining yana bir asosiy turkumini tashkil etadi. Farg'ona vodiysida XIX-XX asrlarda turkumli va turkumsiz ashula va cholg'u maqom yo'llari keng tarqalgan bo'lib, ular voha mumtoz musiqa merosida yetakcni o'rinlarni egallab, mahalliy ijrochilik an'analari bilan sug'onlgan. Katta va kichik turkumga ega bo'lgan Farg'ona-Toshkent maqom ashula va cholg'u yo'llari «Shashmaqom» tarkibidagi bir qator sho’ba (s'araxbor, savt), shoxobcha (qashqarcha, soqiynoma) va turkumlarga yaqindir (ulaming kuy harakati, shakli, usullariga o'xshash). Farg'ona-Toshkent maqomlari va maqom yo'llari 2, 3, 5 va 7 qismli turkumlarni tashkil etadi. Ularning har biri ma'lum shoxobchalarga ega hamda sonlar vositasi bilan bir- biridan ajratiladi. Farg'ona-Toshkent maqomlari orasida yirik ashula turkumlari: Bayot I— V, Chorgoh I—V, Gulyor-Shahnoz, Dugoh-Husayniy I—VII (ularning har bir qismi umumtartib soni raqamlari bilan belgilanadi, Gulyor-Shahnoz maqomidan tashqari), masalan, Bayot I, Bayot II, Bayot III, Bayot IV, Bayot V. Yirik maqom cholg'u yo'llari orasida turkumli (yakkasoz yoki cholg'u ansambli ijrosida); Chorgoh I—V; Miskin I—VII, Nasrulloyi I—III, Navro'zi ajam taronalari I—III; Hojiniyoz 1—II, surnay maqom yo'llari va b. Bulardan tashqari, alohida ashula va cholg'u maqom asarlari hamda yetuk sozanda va bastakorlar tomonidan Farg'ona vodiysiga xos bo'lgan ashula, katta ashula va cholg'u yo'llari asosida «Shashmaqom»ning sho"ba va shoxobchalari mutanosibligida yuzaga kelgan. Masalan, Yovvoyi Chorgoh, Yovvoyi Ushshoq, Yovvoyi tanovar (ashula va cholg'u yo'llari), Cho'li Iroq, Toshkent Irog'i, Qo'qon Irog'i, Samarqand yoki Hoji Abdulaziz ushshog'i, Toshkent yoki Mulla To'ychi ushshog'i, Xo'jand yoki Sodirxon hofiz ushshog'i va boshqalar. Farg'ona-Toshkent maqomlari «Shashmaqom» ashula bo'limining sho"ba, shoxobcha va taronalarining ohang, usul va shakllari tarkibida shakllangan va ashula yo'lining harakati asosida rivoj topgan. Birinchi qism — Saraxbor negizida, ikkinchi qism — uning taronasi yoki nasr asosida, uchinchi qism — savt, to'rtinchi qism - qashqarcha va beshinchi qism — soqiynoma yoki ufar asosida. Bayot, Chorgoh va Dugoh-Husayniy maqomlari «Shashmaqom»ning shu nomlar bilan atalgan sho"balari («Navo» va «Dugoh» maqomlari) asosida yaratilgan bo'lib, Gulyor-Shahnoz esa turli maqom sho"balari («Segoh» va «Rost» maqomlari) asosida yuzaga kelgan (ushbu maqomning beshta qismi o'z nomiga ega: Gulyor, Shahnoz, Chapandozi Gulyor, Ushshoqva Ufari Gulyor deb ataladi). Gulyor- Shahnoz maqomi o'ztuzilishi jihatidan boshqa turkumlardan tubdan farq qiladi. Lekin Gulyor-Shahnozning shoxobchalari mazmunan va usluban ancha murakkab, original ashula maqom yo'llaridir. Ular jozibali, yoqimli ham ta'sirchan ohanglarga boy. «Chorgoh» maqom turkumi besh qismli bo'lib, «Shashmaqom»ning Dugoh maqomi sho"balari asosida yaratilgan. Chorgoh 1 o'zining ulug'vorligi, yoqimliligi bilan Dugoh saraxbori kuy shakli sifatida yuzaga kelgan; lekin kuy rivoji qisqartirilgan va unga ma'lum o'zgarishlar kiritilgan. Daromaddan avjga (Muhayyari Chorgoh namudi saqlangan) kuy yo'nalishi va harakati saraxborga o'xshash (doyra usuli, sur'ati, she'r vazni saqlangan). Chorgoh 2 tarona uslubida Chorgoh savti variantidir. Chorgoh 3 — Chorgoh savtisi asosida aytiladi, ammo uning doyra usuli va shakli soddalashtirilgan. Chorgoh 4 — Chorgoh savti qashqarchasi ko'rinishida bo'lib, kuy mavzui, shakli va doyra usuli saqlangan. Chorgoh 5 — ufor doyra usulida bo'lib, uning sur'ati ancha sustlashtirilgan. Lekin ijro uslubi o'ziga xosligi bilan xarakterlanadi. Chorgoh maqomi turkumi vodiy ijro uslubiga moslashtirilgan holda «Shashmaqom» sho"balaridan qisqartirib olingan (kuy harakati va rivoji, xanglar ishlatilmasligi, avjlar qisqartirilishi yoki umuman tushirib qoldirilishi, usul variantlari qo'llanishi bilan ravshan bo'ladi). Farg'ona-Toshkent maqomlari an'anaviy ijrochiligida keng tarqalgan bo'lib, o'zbek bastakorlari tomonidan ularning yangi variantlari yuzaga kelgan, jumladan Chorgoh YI (ufar uslubida) va Dugoh Husayniy VII—VIII (uforva suporish shakllarida) Yunus Rajabiy ijodiga mansub. So'nggi yillarda Farg'ona-Toshkent maqomlarining o'zbek bastakorlari tomonidan yangidan-yangi variantlari yaratilishi, ushbu maqomlarning yanada rivojlanishida alohida ahamiyatga ega bo'ldi. Jumladan, besh qismli Nasrulloyi (ashula va cholg'u) turkumi; Miskin cholg'u turkumi asosida Miskin ashula turkumi (yetti qismli), Ushshoq asosida «Qadimgi ushshoq», «Zikri ushshoq», «Umrzoq Polvon ushshog'i» va boshqa asarlar taniqli xonanda va bastakor Fattohxon Mamadaliyev tomonidan ijro etilgan. Bulardan tashqari, xalq orasida Rasulqori ushshog'i, Orifxon ushshog'i, Fattohxon ushshog'i kabi asarlar ham keng tarqalgan. Farg'ona-Toshkent maqomlarini targ'ib etishda Hoji Abdulazaz Abdurasulov, Sodirxon hofiz Bobosharipov, Yunus Rajabiy, Abduqodir Ismoilov, Jo'raxon Sultonov, Ma'murjon Uzoqov, Imomjon Ikromov, Orifxon Hotamov, Rasulqori Mamadaliyev, Ochilxon Otaxonov, Abduhoshim Ismoilov, Mahmudjon Tojiboyev va boshqalar maqom yo'llarini yanada boyitish, yangi namunalarni ijod etishga katta hissa qo'shganlar. Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llarining ashulla bo‘limini kelib chiqishi. Toshkent va Farg‘ona vodiysi (Qo‘qon, Namangan, Andijon, Farg‘ona, Marg‘ilon) musiqa amaliyotida yuzaga kelgan maqom na’munalarining umumlashma nomi. Shashmaqom va Xorazm maqomlaridan farqli o‘laroq alohida-alohida cholg‘u va ashulla yo‘llaridan iborat. Jumladan, cholg‘u yo‘llari "Nasrullo I-V", Munojot I-V", ‘‘Ajam va taronalari”, “Miskin I-V”, “Mirzadavlat I-II”, “Cho‘li Iroq”, “Chorgoh”, “Sumay Iroqi”, “Sumay Dugohi” “Sumay Ushshog‘I” kabilar mashhur. Ashulla yo‘llari alohida bir qismli (“Segoh”, “Toshkent irog‘i” kabi) na’munalardan tortib keng ko‘lamli turkumlardan tashkil topgan. Ayniqsa, besh qismli “Chorgoh”, “Bayot”, “Bayoti Sheroziy”, “Gulyor- Shahnoz” va yetti qismli “Dugoh- Husayn” ashulla yo‘llari ommalashgan. (Ular mumtoz she’riyat (Sakkokiy, Navoiy, Bobur, Uvaysiy, Furqat, Muqimiy va h.) na’munalari asosida o‘qiladi. Farg‘ona-Toshkent maqom turkumlarining qismlari raqamlar vositasida ajratiladi (“Miskin I”, “Miskin II”, “Bayot I”). Tarkibiy qismlaning maxsus nomlari ham uchraydi. Jumladan, “Miskin” cholg‘u turkumining III kismi “Adoiy”, IV qismi “Asiriy”, “Nasnrllo”ning II qismi “Chavandoz”, III qismi “Qashqarcha”, IV qismi “Tarona”, V qismi “Ufar” deb nomlanadi. Farg‘ona-Toshkent maqomi yo‘llarining shakllanish ildizlari o‘rta asrlarda mashhur bo‘lgan. O‘n ikki maqom tizimi va undan ham oldinroq mavjud tukumli asarlarga borib taqaladi. Atamasi ham shunga ishora etadi. Zero “maqom” atamasidan avvalroq musiqa ilmi amaliyotida “yo‘l” ma’nosidagi “roh”, “tariqa”, “ravashin” kabi tushunchalar keng qo‘llanib kelingan. Shashmaqomdan farqli ravishda, Toshkent rnaqomiy- nafaqat xon saroylarida, balki xalq hayoti bilan bog‘liq turli vaziyat va sharoitlarda ham mudom ijro etilgan. Mas, sumay yo‘llari xalq tomosha va bayramlarida, dorbozlar o‘yini va to‘y bazmlarda dutor, tanbur, g‘ijjak ijrolari hamda ashulla yo‘llari uy sharoitlarida o‘tkaziladigan turli yig‘in va majlislarda namoyon bo‘lgan. Ayni paytda bu maqomlarda Farg‘ona-Toshkent musiqa uslubiga xos yo‘llar ashulla, katta ashulla janrlarining xususiyatlari o‘z aksini topgan. Bu holat ularning musiqiy tili xalqchil va nisbatan ommaviy ekanligi, xalq orasida mashhur bo‘lishi sabablaridan biridir. Farg‘ona-Toshkent maqom ijrochilari mazkur an’anani odatda mashhur ustozlardan o‘rganishgan. Shu tarzda bu maqomlarni bizga yetkazib bergan taniqli talqinchilar qatorida Abduqodir naychi, Ahmadjon qo‘shnay, A.Yusupov (surnay), Shobarot (tanburchi), A.Abdullayev (tanbur), M. Najmiddinov (dutor, tanbur), K.Jabborov (g‘ijjak, dutor), S.Kalonov (nay), Faxriddin Sodiqov (chang, dutor), S.Toshmatov (g‘ijjak), T.Alimarov (tanbur, dutor), hofizlar - Sh.Shoumarov, To‘ychi hofiz, Shojalil hofiz, Ilhom hofiz, Sodirxon hofiz, Rajabiylar, Rasulqori Mamadaliyev kabi ustoz san’atkorlaning xizmatlari katta. Bastakorlardan T. Jalilov, O.Hotamov, F.Mamadaliyev, so‘nggi yillarda A.Ismoilovlar Farg‘ona-Toshkent maqom an’analarida turkumli va alohida ijro etiluvchi asarlar yaratishgan. Maqomlari ijro etishga ixtisoslashgan xonanda va sozandalar guruhi. Ularning ijro dastularidan asosan maqomlar, shuningdek, o‘zbek bastakorlarining kuy va ashullalari, xalq musiqasi na’munalari o‘rin oladi. XX asrning boshlariga qadar maqomlarni Buxoro, Samarqand, Xiva, Qo‘qon, Toshkent va h. Yirik shaharlarda xususan saroy sharoitida faoliyat kursatgan. Keyinchalik maqomlarni yangicha shart-sharoitlarda mumtoz milliy musiqa ijodiyotini keng targ‘ib qilish maqsadida qayta tuzilgan. O‘tmishda maqomlarni yaxlit turkum holda yoki ularning alohida-alohida cholg‘u va ashulla qismlari ijro etilgan. Bunda jumladan Shashmaqom Talqin, Nasr, Savt kabi sho‘balarini aytishga ixtisoslashgan hofizlar talqinxorq nasrchi, savtxon deb ) yuritilgan. Ularga tanbur, doira yoki ixcham cholg‘u ansambli jo‘rlik qilgan. Jumladan, IX asrning oxirida Buxoroga mos maqomlar tarkibida odatda 2 ta tanbur, dutor, qo‘biz (yoki sato), doim va 2-3 nafar jo‘rnavoz hofizlar bo‘lgan. 1920-yillarda tashkil topgan. Sharq musiqa maktablarida Samarqand musiqa va xoreografiya institutida maqom ijrochiligidan saboq berishda Ota Jalol Nosirov, Ota G‘iyos Abdug‘ani, Domla Halim lbodov, Hoji Abdulaziz Rasulov, Matyoqub Hatamov kabi yirik maqomchi ustozlar xizmat qilganlar. Har kimning dilida Haq Taoloning shavq otashi bo‘lsa, ishq o‘tini tezlashtirish uchun unga samo juda muhimdir.4 1989-yildan Yunus Rajabiy nomida Respublika radiosi huzurida tashkil topgan. O‘zbek xalq cholg‘ulari ansambli (rahbar Yunus. Rajabiy), shuningdek, Hoji Abdulaziz Rasulov, Domla Halim, To‘ychi hofiz kabi atoqli hofizlaning boy ijodiy-ijrochilik an’analariga tayanib ish tutdi. Ansamblga tajribali xonanda va sozandalar jalb etilib, milliy cholg‘ulardan tanbur, dutor, chang, rubob, g‘ijjak, nay, qo‘shnay, doira va h. kiritildi. Ansambl tomonidan, asosan, Buxoro va Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llari mukammal o‘rganilishi hamda noyob lirik uslublari o‘zlashtirilishida F.Sodiqov (1961-1966-yillarda changchi va musiqa rahbari), J.Sultonov, O.Imomxojayev, A.Haydarov, K.Ismoilov, B. Dovidov, O. Alimahsumov, O.Qosimov, T.Alimatov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar - K.Mo‘minov, A.Ubaydullayev, B.Zirkiyev, I.Kataye, S.Aminov, Sh.Ergashev, X. Qodirov, H.Yusupov, Sodiqov, I.Qodiroq shuningdek, L.To‘rayev, D. Sottixojayev, U.Otayev va h.ning ulushi katta bo‘ldi. Bu jamoa ijrosida Shashmaqom, Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llari magnit tasmasi hamda grammofon plastinkalarga yozib olinib, bir necha bor ko‘paytirilgan. Yunus Rajabiy rahbarligida keng faoliyat ko‘rsata boshlagan bu ijodiy jamoa katta va o‘ziga xos maktab yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Ansamblga badiiy rahbar sifatida ishlagan Yunus Rajabiy, O.Alimahsumov, Sh.Mirzayev, G.Toshmatov (1981-1986), A.Ismoilov (1989-1996) va, Isroil Vahobov (1996-1999) xizmatlari katta. So‘nggi davrdagi ansambl tarkibi ud va qonun cholg‘ulari bilan kengaydi, maqomlaning ijro talqinlari yanada ko‘paydi. Maqom ijrochiligining keyingi ravnaqida A. Ismoilov va A. Abdurashidov, O. Hotamov, O. Otaxonov, E. Lutfullayev, H. Rajabiy, M. Tojiboyev, M. Yo‘ldoshev, aka- uka Vahobovlar, B. Do‘stmurodov, T. Marsan’at kollejlarida hamda ba’zi boshlang‘ich musiqa va san’at maktab va litseylarida ham maqom yo‘llari o‘qitilmoqda. 1983-yildan muntazam o‘tkaziladigan Maqom ijrochilarining respublika tanlovlariga, 1991-yildan Yunus Rajabiy nomi berilgan. Shu asnoda O‘zbekistonda mavjud maqomlar (Shashmaqom, Xorazm maqonmlari, Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llari) musiqasiga nazar tashlar ekanmiz, uning har biri o‘zgacha tarovatli kuy-navolari negizida eng mukammal darajada ulushgan parda (tovush) tizilmalai borligi e’tiborimizni o‘ziga jalb qiladi. 7 ta asosiy pardalari o‘zaro uyg‘un, ohangdosh tovuslar nisbatiga qurilgan bu nag‘amot ulushmalari kim tomonidan va qachon ijod etilgan? Bu borada yuritilgan mantiqiy flkr-mulohazalar asosida ularning shakllanish vaqtini keyingi davrlargcha, ya’ni musiqa san’ati taraqqiy etgan asrlarga taaluqli deb o‘ylash mumkin. Biroq jahon musiqa tarixi bunday xulosani inkor etadi. Chunki, maqom pardalariga o‘xshash yeri asosiy pog‘onali (pardali) tovush tuzilmalari Sharqu-G‘arb musiqa madaniyatiga juda qadim zamonlardan ma’lumdir. Xususan, qadimgi yunonlar bu kabi pardalarni bir necha turlarini bilibgina qolmay, balki ularning inson tarbiyasida alohida muhim o‘rni borligini ham ta’kidlaganlar. Donishmand Fisog‘urs Pifagor esa mukammal pardalarning inson ruhiga favqulodda ta’siri sabablarini ikniy bilish maqsadida ularni matematik usullar bilan o‘rganib chiqgan (bu usullar keyinchalik o‘rta asr Sharq musiqashunos olimlari tomonidan ham qo‘llangan). Demah mukammal uyushgan parda tizilmalari dastlab ilmiy-nazariy asosda ham ijod etilmagan, balki ularda mavjud go‘zal ohang uyg‘unliklari ilmiy asosda kashf etilgan edi. Olimlar orasida mavjud qarashlarga ko‘ra maqomlaming eng qadimiy na’munalari payg‘ambarlardan meros qolgan. Xususan, XVI asr ikkinchi yarmi - XVlI asr birinchi choragida yashab ijod etgan vatandoshimiz, mashhur musiqachi va olim Darvish Ali Changiyning "Tuhfatus-surur" nomli risolasida xabar berishicha, avvaliga yetti payg‘ambar nomlari bilan bog‘liq yettita maqom bo‘lgan. Bunda “Rost” maqomi - Odam alayhissalomdan, “Ushshoq”-alayhissalomdan, "Navo" - Dovud alayhissalomdan, "Hijoz" - Ayub alayhissalomdan, “Husayniy’’ - Yoqub alayhissalomdan va "Rahoviy" - Muhammad sallallohu alayhi vassalamdan meros qolganligi haqqidagi rivoyatlar bayon etiladi. Muallif bu axborotni yetkazishda Xo‘ja Abdulqodir ibn Marog‘iy, xoja Safiuddin ibn Abdulmo‘min, Sulton Uvays Jaloir kabi juda obro‘li ustozlar fikriga tayanganligini ham ma’lum qiladi. Shuni aytish kerakki maqomlar musiqasiga oid “maqom” atamasidan avval “yo‘l” ma’nosini anglatuvchi “roh”, kabi atamalar qo‘llanib kelganligini Darvish Ali Changiy bayon etgan ma’lumotlarni quvvatlashga xizmat qilishi mumkin. Olloh taolloning yer yuzidagi elchilari bo‘lgan payg‘ambarlarning insonlarga chinakam baxt-saodatga erishish yo‘llarini ko‘rsatganlar. Ulardan qolgan manaviy ta’limot na’munalari jamoa- qavnlar orasida alohida e’zozlanib, avloddan-avlodga go‘zal ruhiy meros sifatida o‘tib kelgan. Inson tinglovi va idroki uchun eng ma’qul va manzur bo‘lgan mukammal pardalar ham dastlab shu meros negizida (yoki uni nazariy jihatdan o‘rganish asnosida) hosil etilib, so‘ngra shu (parda) “yo‘llar” asosida turli kuylar rivojlantirilgan (yoki kuylarning yangi na’munalari ijod etilgan) bo‘lsa kerak. Shunday qilib, qadimgi dunyodan meros kelayotgan mukammal parda ulushmalari keyinchalik maqom tizimlari yuzaga kelishida shuningdek bastakorlar-u, xalq musiqa ijodiyoti rivojida ham muhim poydevor yangilik ahamiyat kasb etgan. Maqomlarda mavjud yana bir musiqiy qatlamni xalq og‘zaki musiqa ijodiyotining ko‘hna na’munalari tashkil etadi. Hayratlanarli tomoni shundaki, maqomlarda xalq musiqasining hatto eng qadimiy na’munalariga oid “izlari” ham saqlangan. Xususan bu izlari bizgacha yetib kelgan Navro‘zi Ajam, Nalto‘zi Xoro, Navro‘zi Sabo nomli maqom asarlarida ko‘ramiz Shundayki, bu asadrlarning kuy negizlarida mutahassis olimlar tomonidan xalq kuyining eng qadimiy na’munasi tasnif etilgan quyi oqim kuy ohanglari yaqqol namoyon bo‘ladi. Bu hol bejiz emas, albatta. Ma’lumki, ko‘pgina Sharq xalqlari uzoq o‘tnishdan buyon Navro‘z bayramini keng nishonlab, shu munosabat bilan ma’lum kuy va ashullalarni ijro etib kelganlar. O‘ziga xos mavsumiy marosim musiqasi sifatida xalq an’anaviy hayotidan muhim o‘rin olgan bu toifa kuylar keyinchalik maqom tizimlariga kiritilib, o‘zining yuksak rivojlangan ko‘rinishlarga ega bo‘lganligi haqiqatga yaqin bo‘lsa kerak. Maqom manbalari qatorida “goh” (ya’ni Dugoh, Segoh, Chorgoh, Panjgoh shaklidagi) kuy tuzilmalari ham e’tiborga molikdir. Aksariyat olimlar bu toifa kuylar negizi qadimiy kitoblari ma’lum ohanglarda o‘qish an’anasiga dahldorligini, shu jumladan “Avesto” dagi “got” madhiyalariga borib taqalishini faraz qiladilar. Bu o‘rinda Avestodagi “Gatheha” so‘zi keyinchalik daroy (forsiy) tiliga “Gah” shaklida o‘tganligi va yana qator holatalar inobatga olinadi. Bizga ma’lum “goh” kuylarining tahlili esa bu na’munalarning ildizlari faraz etilayotgan davrlardan-da qadimiyroq ekanligini ko‘rsatadi. Xususan, Farg‘ona- Toshkent maqomlaridagi Dugoh-Husayniy kuyi negizida ikki tayanch pardali ohang tuzilmasi, Segoh cholg‘u shuningdek, Shashmaqomning Tasnifi Segoh, Xorazm Segoh maqomining Tani maqom qisimlarida esa uch tayanch pardali ohang tizilmalari borligi ayon bo‘ladi. Etnomusiqashunos olimlaming qo‘lga kiritgan so‘nggi yutuqlaridan ma’lumki, bu kabi tayanch tovushli kuy na’munalari xalq musiqiy tafakkurining dasdabki kurtaklaridir. Albatta, maqomlarda qadimiylikka mansub qanchadan-qancha musiqiy yodgorliklaming o‘mi topilmasin, biroq ulari asl holiday qayta jonlanadi sadolanadi deb bo‘lmaydi. Zero maqomlarda “saqlangan” musiqiy yodgorliklar, garchand ulaming muhim izlari saqlanib qolgan bo‘lsa-da o‘zlarining yuksak rivojlangan holatlarida namoyon bo‘ladi. Demak maqomlarning eng qadimiy tarixi aslida tom ma’nodagi maqomlar tarixi bo‘lmay, balki ko‘proq ularning kelib chiqish manbalari bo‘lgan ko‘hna davr musiqa kuy qatlamlariga dahldordir. Xuddi ana shu turli musiqa na’munalari (demakki, nurli uslubli kuy shakllari) asosida usluban badiiy yaxlit maqom tizimlarining shakllanish davrlaridan e’tiboran bevosita mumtoz maqomlar tarixi ham boshlanadi. Dastlabki maqom tizimlari qachon va qanday shaklda bo‘lganligi xususida aniq ma’lumotlarga ega emasmiz. Bu borada Sosoniylar saroyida (shoh Xusrav Parviz davrida 590-628 yil) xizmat qilgan mashhur musiqachi - Borbad ijodiy merosi, xususan “7 Husravoniy” tizimi diqqatni o‘ziga jalb etadi. Musiqashunos olimlar “7 Husravoniy” tizimi keyinchalik maqomot tizimlari yuzaga kelishida asos bo‘lganligi yoki har holda bu tizimning maqomlar shakllanishiga ma’lum ta’siri haqida taxminlarga boradilar. Ammo bu masalada hali bir to‘xtamga erishilmaganligini ham qayd etish kerak. Mutaxasislar salobatli maqom tizimlarining yuzaga kelishi kasbiy qatlam ijrochilik taraqqiyotining ma’lum tarixiy bosqichi, shuningdek, rivojlangan musiqa ilmi, falsafa va matematika fanlarining mavjudligi, qolaversa buning uchum zarur shahar madaniy muhiti kabi omillar bilan shakllanganligini alohida ta’kidlaydilar. Xususan, atoqli musiqashunos olim, san’atshunoslik fanlari doktori Ishoq Rajabovning bu boradagi malakali ko‘rsatmalari e’tiborlidir. Maqomlar insonning musiqa haqidagi tushunchalari, musiqaviy-estetik qarashlari barkamol bo‘lgan, kishilarning ongi va saviyasi yuksalgan bir davrda yuzaga kelgan... Maqomlar tizimining shakllanishi jahon ilmu fanining rivojlanishi bilan ham chambarchas bog‘liqdir. Sharq musiqa olimlari musiqani tibbiyot, falsafa va matematika fanlari bilan bog‘liq ekanligini uqtirib o‘tganlar. Professor Ravshan Yunusovning ta’kidlashicha: Sharq maqomoti ko‘hna ancha murakkab falsafiy musiqiy-nazariy hamda amaliy asoslarga egadir. Shuni aytish kerakki, sharq musulmon olamida maqom tizlmasii yuzaga kelishi uchun zarur omillar asrlarga kelib jamul-jam bo‘lgan edi. Zero, aynan shu davrlarda aniq fanlar rivojlandi, vatandoshimiz Abu Nasr Farobiyning (871- 950) nusiqashunoslikdagi buyuk xizmatlari o‘laroq Sharq musiqa ilmiga asos solindi, kasbiy musiqa amaliyoti yangi bosqichga yuksaldi, shuningdek diniy-falsafiy ta’limot va qarashla yoyila boshladi. Ana shu bevosita va omillar ta’siri o‘laroq o‘rta asr Sharqining yirik (markaziy) shaharlarida o‘n ikki maqom tizimi yuzaga kelgan edi. Mazkur tizim tasni dastlab Safiuddin Urmaviy (1230-1294) va Qutbiddin Sheroziylarning musiqa ilmiga doir asarlarida ishlab chiqilgan bo‘lib, keyingi asrlarda Abdulqodir Marog‘iy (XIV), Abdurahmon Jomiy, Zaynulobidin Husayniy (XV), Najmiddin Kavkabiy (XVI), Darvishali Changiy (XVI-XVII) kabi ustoz amaliyotchi va nazoratchi olimlar tomonidan ijodiy davom ettirilgan edi. Yuqorida qayt etilganidek, Farg‘ona-Toshkent maqomlari keyinchalik umumlashtirib olingan tushuncha. Avval ustozlarning o‘zlari ularni Farg‘ona hamda Toshkent maktabiga xos maqomlarga ajratib kelganlar. Xususan: “Bayot”, “Dugoh”, “Chorgoh”, “Ushshoq”, “Miskin”, “Ajam”, “Nasrulloyi”, “Farg‘ona yo‘llari”, “Munojot”, “Choli Iroq”, “Girya”, “Ko‘cha bog‘i”, esa ko‘proq Toshkent an’analariga mansub deb qaratilgan. II-Bob. Chorgoh maqomi haqida. 2.1. Chorgoh maqomi Chorgoh (fors-to‘rt va joy, o‘rin) O‘n ikki maqom tizimidagi 24sho‘balardan birining nomi. Tovushqatori 2 butun (204-180 sent) va yarim ton (114 sent) oralig‘ida joylashgan pardalar tuzilmasiga asoslangan. O‘tmishda bastakorlar Chorgoh pardalari negizida turli shakl va janrlarda yaratishgan. Chorgoh maqom yo‘llari’iz hozirgi kunga qadar xilma xil ijod va ijro uslublari orqali bizgacha yetib kelgan. Muayyan maqom yoki sho‘ba tovushqatorining to‘rtinchi pardasi ham Chorgoh deyiladi. Musiqa ijodkorlari tomonidan xar hil maqom va sho‘balarga tayamgan holda Chorgoh nomida kuy va ashullalar bitilgani ma’lum. Masalan,“Chorgohi Ajam” (Ajam sho‘basining Chorgohi) kabi. Shashmaqomda ham Xorazm maqomlari majmuasidagi Dugoh maqomida tarkibiy cholg‘u kuy va ashulla yo‘llari: “Muhammasi Chorgoh”, “Taqini Chorgoh, Nasri chorgoh”, “Ufari Chorgoh, Safti Chorgoh”, “Talqinchai Savti Chorgoh”, “Qashqarchai Safti Chorgoh”, “Soqiynoma Safti Chorgoh”, “Ufari Safti Chorgoh”. Ular parda tuzilishining dastlabki to‘rt pog‘onasi O‘n ikki maqom Chorgoh sho‘basiga moye keladi. Chorgoh maqom yo‘llari Yorqin va yoqimli yangraydi, tinglovchida xush kayfiyat o‘rnatadi. Chorgoh sho‘balarining o‘zgacha uslubiy yo‘llari ham yaratilgan. Chunonchi, Farg‘ona- Toshkent mashhur Chorgoh ashulla yo‘llari, “Yovvoyi Chorgoh”, Surnay kuylari, Sodirxon Hofiz (Bobosharipov) yaratgan “Chorgohi Munojot” shular jumlasidan. Mazkur vohalarda mashhur Chorgoh yo‘llari 5 qismli yirik shakldagi ashulla turkumidan iborat. “Chorgoh 1” saraxbor, “Chorgoh 2” tarona, “Chorgoh 3” savt, “Chorgoh 4” qashqarcha, “Chorgoh 5” va “Chorgoh 6” ufar doira usullari asosida ishlangan. Eron dastgohlari, ozarbayjon mug‘omlari va uyg‘ur maqomlaridan birining nomi. Mazkur Chorgohlarning parda tuzilishi bir-biriga yaqin bo‘lsada, kuy-ohanglari, usul va uslublari o‘z milliy va mahalliy musiqasiga xosdir. Maqom manbalari qatorida “goh” (ya’ni Dugoh, Segoh, Chorgoh, Panchgoh) shaklidagi kuy tizilmalarini ham e’tiborga molikdir. Aksariyat olimlar bu toifa kuylar negizi qadimiy kitoblarni ma’lum ohanglarda o‘qish an’anasiga dahldorligini, shu jumladan “Avestodagi” “got” madhiyalariga borib taqalishini faraz qiladilar. Bu o‘rinda Avestodagi “Gatheha” so‘zi keyinchalik daroy (forsiy) tiliga “Gah” shaklida o‘tganligi va yana qator holatlar yana inobatga olinadi8. Bizga ma’lum “goh” kuylarining tahlili esa bu na’munalarning ildizlari faraz etilayotgan davralardan-da qadimniyroq ekanligini ko‘rsatadi. Xususan, Farg‘ona-Toshkent maqomlaridagi Dugih-XusayniyI kuyi negizida ikki tayanch parda ohang tizilmasi, Segoh cholg‘u kuyida, shuningdek, Shashmaqomning Tasnifi asegih, Xorazm Segoh maqomining Tani maqom qismlarida esa uch tayanch pardali ohang tizilmasi borligi ayon bo‘ladi. Etnomusiqashunos olimlarning qo‘lga kiritgan so‘nggi yutuqlaridan ma’lumki, bu kabi tayannh tovushli kuy na’munalari xalq musiqiy tafakkurining dastlabki kurtaklaridir. Aslida ana shu kabi maqomlarning yeti asosiy pardasi va ular asosida(Dugoh, Segoh, Choirgoh va boshqalar) ko‘hna kuy tizilmalarining quyidan yuqoriga qarab bosqichma bosqich (I, II, III, IV, va h.k) rivojlanib, pirovatdida yangi sifatlar kashf etish uslubi tariqat manzillariga xos jarayonlarning badiiy tarzida shakllangan bo‘lsa kerak. Har holda O‘n ikki maqom tizimini bizgacha “Shashmaqom”, “Xorazm maqomlari” va Farg‘ona- Toshkent maqom yo‘llari” da yetib kelgan na’munalarining qiyosiy tahlili shu kabi xulosalarga ham asos bo‘lmoqda. Bunga Shashmaqom, Xorazm maqomlari va Farg‘ona- Toshkent maqom yo‘llaridagi “Dugoh”, “Segoh”, “Chorgoh” nomli na’munalar yaqqol misol bo‘la oladi. Shundayki, dastlab juda oddiy shakllarda bo‘lgan goh kuy tizimlari O‘n ikki maqom tizimining sho‘balari guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, ularni mumtoz talablar darajasida rivoj toptirish maqsadida har biriga alohida-alohida mukammal parda uyushmalari biriktirilgan edi. Shunga binoan, Dugoh sho‘basi Xusayniy maqomida, Segoh sho‘basi Hijoz maqomida, Chorgoh sho‘basi Zangula pardalarida bayon etilib rivojlantirilgan. (N. Kavkabiy tasnifi). Buning binovarida esa sho‘balarning birikirilgan maqom pardalariga tabiiy singib ketish jarayoni ro‘y bergan. Bunga quyidagi misolni dalil keltirish mumkin. Xorazm maqomlaridan o‘rin olgan “Maqomi Segoh” aytim yo‘liuda dastlab uch tovushdan iborat bo‘lgan Segoh kuy-ohang qurilmasi “re” pardasidan boshlab birin-ketin yettita asosiy bosqichlarni zabt etadi.. Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llaridan “Segoh” aytim yo‘lida ham shu kabi musiqiy jarayonlar yuzaga keladi. Maqom yo‘llarini o‘zbek-tojik xalqlari musiqa boyliklari bilan bog‘liq holda chuqurroq o‘rganish, maqomlarning ikkala xalq musiqa merosida qanchalik katta ahamiyatga egaligini to‘g‘ri tushunib olishga yordam beradi, shu bilan birga, gullab-yashnayotgan o‘zbek-tojik musiqa madaniyatining yanada taraqqiy ettirish uchun zarur bo‘lgan musiqa- madaniy manbalardan biri- Shashmaqom kuy asoslaridan to‘g‘ri foydalanish yo‘llarini ochishga imkon beradi “Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llari” degan ibora bevosita jonli an’analarni aks ettiruvchi hayotiy tushunchadir . Demak dastlab ovoz ko‘lami (Dugoh), uch (Segoh) va to‘rt (Chorgoh) tovushlari doirasida bo‘lgan soda ko‘rinishli ko‘hna kuy tizilmalarining muayyan maqomlarning yettita asosiy pardalari bo‘ylab bosqichma-bosqich rivojlanuv natijasida ularning yangi sifat (ya’ni maqom) darajalari yuzaga kelgan edi. Aynan shu sifatlari darajasida ular keyinchalik yuzga kelgan yangi maqomot (Shashmaqom, Xorazm maqomlarida-Dugoh va Segoh, Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llarida Dugoh, Segoh va Chorgoh maqomlar) tizimidan o‘rin olgan edi. Mantiqiy xulosa shuki, bu jarayonda avvallari qo‘llanib kelingan Segohi- Hijoz, Dugohi-Xusayniy, Chorgohi-Zangula maqomlari pardalarining “hayoti” ham davom etayotganligini e’tirof etishimiz kerak. Xulosa Maqom borasidagi ushbu ta’riflar nafaqat O‘n ikki maqom, balki Shashmaqom, Xorazm maqomlari va Farg‘onja-Toshkent maqom yo‘llariga ham bevosita dahldordir. Bu o‘rinda ularning tarkibiy qismlarida “maqom” so‘zi bilan birga yana “samo”, “gardun”, “qalandar”, “samandar”, “girya”, “nola”, “charx”, “faryod”, “soqiynoma” kabi ko‘plab tasavvuf us istilohlarining qo‘llamishi, shuningdek asosiy aytim yo‘llarida yuksak ishq ( Jomiy, Sakkokiy, Navoiy, Mashrab, Bedil va h. k.) mazmunidagi g‘azallarning kuylanib kelinishi, “sof” musiqiy jihatdan esa mukammal parda yo‘llari asosida (tariqat jarayonlarining badiiy aksi o‘laroq) kuy mavzularini bir tartibda izchil rivojlantirib, ularning avj sifatlarini namoyon etish tamoyili kabi omillarni dalillar qatorida keltirish mumkin. Lekin eng muhim dalil bu buyuk ishq dardi ila yog‘rilgan maqomlar musiqasidir. Chunki bir musiqa mazmunida pok ruhiyatining asl go‘zallik, chin haqiqat sari ma’naviy xuruji o‘z ifodasini ntopodi. Binobarin maqomlarning asrlar osha o‘z badiiy qiymatini yo‘qotmasligi va ayni paytda, millionloab odamlar qalbidan o‘rin olganligini asl sabablaridan biri ham ularning teran ma’nolarga yo‘g‘rilgan go‘zal navolari-yu, beqiyos shaklu-tamoillari bilan izohlanadi. Bugungi mustaqil O'zbekistonda maqomotning uch turi — Buxoro «Shashmaqom»i, Xorazm maqomlari va Farg'ona-Toshkent maqomlari musiqa amaliyotida joriy bo'lib kelmoqda. Jonli jarayon bilan yo'g'rilgan maqomchilik an'analari bastakorlik va ijrochilik san'ati bilan bevosita bog'liqdir. Bunda ijodkorlik jabhasi ikki asosiy ko'rinishda namoyon bo'lishi ma'lum bo'lmoqda — biri maqom yo'llarini ijro etish talqinida an'anaga bo'ysungan holda rivojlanishi, yana biri maqomchilik an'analariga muvofiq yangi namunalarni ijod etishdan iborat (jumladan, Fattohxon Mamadaliyev tomonidan «Ushshoq» negizida «Qadimgi Ushshpq», «Zikri Ushshoq», «Umurzoq Polvon Ushshog'i», «Savti Fattohxon», «Miskin» maqom ashula turkumi yaratilishi; Orifxon Hotamov tomonidan «Ushshoq», «Girya» (masalan, «0rifxon Ushshog'i») turkumlari, yangi ashula yo'llari, Abduhoshim Ismoilov tomonidan maqom sho"balari asosida yangi cholg'u asarlarini ijod qilish va talqin etilishi. Maqomchilik ijodiyotining bu sohasi so'nggi yillarda yorqin namoyon bo'lmoqda. «Feruz» turkumi, dutor va surnay maqom cholg'u yo'llari o'z muxlislarini topmoqda. Mumtoz musiqaga mansub janrlar qatorida katta ashula va suvoralar namunalarining yangi davrdagi hayoti ham alohida diqqatni o'ziga tortadi. Har biri o'ziga xos bu noyob aytim turlarining mahalliy musiqiy an'analari doirasida tutgan o'rni ko'p jihatdan o'zaro o'xshash - katta ashula Farg'ona-Toshkent ashulachilik ijodiyotining yangi sifat bosqichdagi rivoji va alohida mumtoz ko'rinishi bo'lsa (bu borada katta ashula kechalari, Navro'z va Mustaqillik bayramlarida katta ashula namunalari keng ommaga targ'ib qilinishi namunalidir), suvora — Xorazm ashulachilik san'atining muhim va noyob qirralarini o'zida mujassam etgan mukammal aytim-ashula namunasidir (Xorazmda so'nggi yillari suvora aytishuvlarining o'tkazilishi an'anaga aylandi). Merosimizning yana bir ijodiyot turini dostonchilik san'ati an'analari tashkil etadi. Musiqiy-nasriy-nazmiy ijodiyotining eng qadimiylaridan biri bo'lgan o'zbek dostonchiligi boshqa Sharq xalqlari dostonchilik merosi bilan uzviy bog'liq holda rivoj topib kelmoqda. 1999-yilda Respublikamizda «Alpomish» dostonining 1000 yillik tantanalari yangi davrda baxshichilik san'atini rivojlantirish, milliy qadriyatlarimizni e'zozlash va o'zbek xalq va mumtoz musiqa ijodiyotini keng targ'ib etishda, ayniqsa, yoshlarni ko'p ming yillik madaniyatimiz sarchashmalaridan bahramand qilishda salmoqli hissa bo'ldi Demak, maqomlar nafaqat Sharq musiqa madaniyati, balki insoniyat qo‘lga kiritgan ulkan hodisa bo‘ldi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. O‘zbek musiqasi tarixi. Tuzuvchilar: T.E.Solomonova, T.B. G‘ofurbekov. -Toshkent: O`qituvchi, 1981, 131-b. 2. O‘zbek musiqasi tarixi Madrimov B.X. Toshkent “Barkamol fayz media” 3. Yu.Rajabiy. I. Akbarov. O’zbek xalq musiqasi tarixi, (O’qituvchi). 1981 yil . 4. R.Solomonova, R.Abdullayev “o‘zbek musiqa tarixi va xrestomatiyasi”. T.1983 yil 5.T.E.Solomonova “O’zbek musiqasi tarixi” Toshkent “O’qituvchi nashroyoti” 1981. 6. A.Jabborov, S.Begmatov, M.A’zamova. “O’zbek musiqa tarixi” “Fan va texnologiya nashriyoti” 2018. Internet saytlar 2.Yandex.uz 3.Google.co.uz 4.Wikipedia 5.Arxiv.uz Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling