Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh
Qurbon hayitining hukmi Qurbon hayitining hukmlari aynan Ramazon hayitining hukmlari kabidir. Faqat (kishi shirinlik) yeyishni namozdan keyinga qoldiradi va (masjidga ketayottanida) yo‘lda takbirni baland ovoz bilan aytadi. Imom xutbada qurbonlik hukmlarini va tashriq takbirini tushuntiradi. Namoz biror-bir uzr Nurul Izoh www.ziyouz.com kutubxonasi 67 tufayli uch kungacha kechiktirilishi mumkin. Tashriq takbirining hukmi, muddati va kimlarga vojib bo‘lishi Tashriq so‘zining lug‘aviy ma’nosi "quyosh nurida go‘shtni quritish" deganidir. Arablarda hayitning birinchi, ikkinchi, uchinchi kunlari qurbonlik go‘shtlarini quritish odat bo‘lgani uchun bu kunlarga tashriq kunlari deb nom berilgan. Ba’zi olimlarga ko‘ra, bu so‘zning "jarangdor ovoz bilan takbir aytish" degan ma’nosi ham bor. Arafa kuni bomdod namozidan boshlab, hayitning to‘rtinchi kuni asr namozigacha (asr namozi bilan birgalikda 23 vaqt) har farz namoz o‘qilganidan so‘ng, munfarid (yakka namoz o‘quvchi), jamoat, imom, muqim, musofir, shaharlik, qishloqlik, ayol va erkak har bir namozxonga tashriqtakbirini aytish vojibdir. Butun Islom o‘lkalarida fatvo shunga ko‘radir. Tashriq takbiri Tashriq takbiri quyidagicha: Allohu akbar, Allohu akbar, la ilaha illallohu vallohu akbar, Allohu akbar va lillahil hamd. Izoh: Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, arafa kuni bomdod namozida jamoatga yuzlanib: "Shu kunlarda siz aytadigan va Payg‘ambar ham aytgan eng xayrli so‘zlar "Allohu akbar, Allohu akbar, la ilaha illallohu vallohu akbar, Allohu akbar va lillahil hamd " so‘zlaridir" deganlar. Rivoyatga ko‘ra, tashriq takbirining tarixi shunday: Hazrat Ibrohim, alayhissalom, o‘g‘li Ismoilni, alayhissalom, Alloh uchun qurbon qilmoqchi bo‘lgan paytda birdan Jabroilning, alayhissalom, bir qo‘chqor bilan tushishlari Ibrohimni, alayhissalom, qo‘rqitadi. Jabroil, alayhissalom, yerga tushar ekan, "Allohu akbar" deydilar. O’zini qo‘lga olgan Ibrohim, alayhissalom, esa "Allohu akbar va lillahil hamd", deb javob beradilar. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling