Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/138
Sana04.10.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1691644
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   138
Bog'liq
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh

www.ziyouz.com kutubxonasi 
106
salomlaydilar. Ayol ihromga kirayotganida hayzli bo‘lsa, namoz o‘qish emas, balki ihrom kiyish uchun 
yuvinadi va so‘ng ihrom kiyadi. Faqat bunday holatda ayollar hajning barcha amallarini bajarsa-da, 
Ka’bani tavof qilmaydilar. 
26.Agar ayol Arafotda vuquf qilib va ziyorat tavofini bajargach, hayz ko‘rsa, uning haj arkonlari 
tamomlangan hisoblanadi va uyiga qaytadi, vido tavofi qilolmagani uchun unga hech narsa lozim 
bo‘lmaydi. 
Umra
"Umra" so‘zining lug‘aviy ma’nosi ziyorat qilish demakdir. Shar’iy istilohda esa, Harami Sharifni 
belgilangan tartibda ziyorat qilish degan ma’noni anglatadi. 
Umra sunnati muakkadadir. 
Umraning vaqti va miyqotlari
Xuddi hajda bo‘lganidek, umraning ham ma’lum miyqoti mavjud. Umrani yil davomida bajarish 
mumkin. Arafa kuni, Qurbon hayitining birinchi kuni va tashriq (Zulhijjaning 11-, 12-, 13-) kunlaridan 
tashqari, yilning boshqa kunlarida umra uchun ihromga kirish karohatsiz sahihdir. Bu sanab o‘tilgan 
kunlarda umra uchun ihromga kirish tahriman makruhdir. 
Hajning miyqotlari umraning ham miyqotlaridir. Faqat Makkada istiqomat qilayotganlar bundan 
mustasno,chunki ularning miyqoti Hilldir. 
Rukni
Baytullohning atrofida yetti marta yoki undan ko‘proq tavof qilishdir. 
Umraning sharti ihromdir. 
Vojiblari
Safo bilan Marva orasida sa’y qilish, soch oldirish yoki qisqartirish. 
Bajarish tartibi
Haj bo‘limida bayon qilingan tarzda yuvinib, poklanib, ikki rakat namoz o‘qigach, talbiya aytadi. 
So‘ng "Allohumma inniy urqaul umrata fa yassirha liy va taqobbalha minniy" deb niyat qilish lozim. 
Ma’nosi: "Allohim, umra ibodatini ado qilmoqchiman, meni bunga muvaffaq qilgin va bu ibodatni 
dargohingda qabul ayla ". 
Shunda umra uchun ihromga kirgan hisoblanadi. Ihromga kirgach, Baytullohni yetti marta tavof 
qiladi Safo va Marva orasida sa’y qiladi. Shundan so‘ng soch oldiradi yoki qisqartiradi. Shu bilan kishi 
umrani tamomlagan hisoblanadi. Kichik haj hisoblangan umra faqat quyidagi xususlarda hajdan farq 
qiladi. 
1) Haj farz amal bo‘lsa, umra sunnati muakkadadir. 
2) Umra uchun ma’lum vaqt belgilanmagan. 
3) Umrada Arafotda vuquf qilinmaydi. 
4) Umrada Muzdalifada turish yo‘q. 
5) Umrada shaytonga tosh otish yo‘q 
6) Umrada ikki vaqt namozini jam’ qilish yo‘q 
7) Umrada qudum (tashrif) tavofi qilinmaydi. 


Nurul Izoh 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling