Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/138
Sana04.10.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1691644
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   138
Bog'liq
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh

www.ziyouz.com kutubxonasi 
107
8) Umrada vido tavofi ham yo‘q. 
Qiron haji
"Qiron" so‘zi lug‘atda ikki narsani birlashtirish degan ma’noni anglatadi. Shariat istilohida esa
haqiqatan yoki hukman bir ihrom bilan haj va umrani birgalikda ado qilish ma’nosini bildiradi. 
Kishi ikki rakat ihrom uchun o‘qigan (nafl) namozidan so‘ng haj va umraga birdaniga niyat qilsa, 
uning haji qiron bo‘ladi. 
Hukmi
 
Qiron haji ifrod va tamattu’ hajlaridan ham fazilatliroqdir. 
Qiron hajining shartlari
Qiron hajining yettita sharti bor: 
1. Umra tavofining barchasini yoki aksar qismini ado qilmasdan avval haj ihromiga kirish. 
2. Dastlab umra ihromiga kirgan (kishining) uni buzmasdan haj uchun ihromga kirishi. 
3. Haj uchun Arafotda vuquf qilmasdan avval umra tavofining barchasini yoki aksariyatini qilgan 
bo‘lishi. 
4. Umra tavofining barchasini yoki aksariyatini haj mavsumida qilish. 
5. Umra va hajni buzishdan saqlanish. 
6. Qiron haji qiladigan kishining makkalik bo‘lmasligi. Makkada istiqomat qilayotgan kishi qiron 
haji qilmoqchi bo‘lsa, haj mavsumidan avval boshqa joyga kelishi va o‘sha yerdan hajga kelishi lozim. 
7. Hajning vaqtini o‘tkazib yubormaslik. 
Ado qilish shakli
Qiron haj qiladigan kishi Makkaga kirgach, hajni avval umra tavofidan boshlaydi. Avvalgi uch 
tavof yelkalarini qimirlatgan holda, tez-tez yurib yetti davra tavof qiladi. So‘ng ikki rakat tavof namozi 
o‘qiydi. So‘ngra Safo eilan Marva orasida yetti marta sa’y qiladi. Sochlarini oldirmaydi va 
qisqartirmaydi. Shu bilan umra nihoyasiga gtadi. Bundan so‘ng ayni ihrom bilan haj ibodatini 
boshlaydi va qudum tavofini ado etib, Safo bilan Marva orasida sa’y qiladi. Hajning qolgan amallarini 
bayon qilib o‘tilgan tarzda bajaradi. 
Allohga shukr
Qiron haj qilayotgan kishi hayitning birinchi kuni jamratul aqaba (shaytonga tosh otish joyi)da tosh 
otgach, oir safarda ikki ibodatni (haj va umra)ni ado etishga muvaffaq qilgani uchun Alloh taologa 
shukrona niyatida oitta qo‘y yoki katta hayvonni bir o‘zi yoxud yetti kishi birgalashib so‘yadi va 
go‘shtdan yeydi, undan faqirlarga sadaqa qilishi mustahabdir. Agar bunga ojiz bo‘lsa, uch kun qurbon 
hayitidan avval va haj amallari tugagach, yetti kun ro‘za gutib beradi. Hammasi bo‘lib 10 kun ro‘za 
tutadi. Ro‘zani orada ba’zi kunlarni o‘tkazib tutishi ham joizdir. 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling