Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc
Download 0,55 Mb. Pdf ko'rish
|
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh
www.ziyouz.com kutubxonasi
121 Imomi A’zam Abu Hanifa No’mon ibn Sobit Imomi A’zam Abu Hanifa No‘‘mon ibn Sobit, rahma-tullohi alayh, hijriy 80 yili Kufa shahrida dunyoga kel-ganlar. Dastlab ipak va jun matolar tijorati bilan shu-g‘ullandilar. So‘ngra Alloh uning qalbida ilmga muhabbat paydo qiladi. O’tkir zakovatli, teran tushunchali, sog‘lom va juda quvvatli dalillar topishqat’iyati bilan qiyosda, dalillardan yangi hukmlar chiqarishda tengsiz daho edilar. U kishining asl ismlari No‘‘mon, otalarining ismi esa Sobit, bobolarining ismi Zuto bo‘lgan. Zuto Qobul shah-rida tavallud topganlar. Qavmiyatlari, millatlari forslardan. Musulmonlar Qobulni fathetishganida, asir bo‘lib Kufa shahriga kelib qolganlar. Zuto Islom dinini qabul qilganlaridan so‘ng, uni qullikdan ozod qiladilar Zuto-dan Kufada Sobit ismli farzand dunyoga keladi. Sobitdan esa bizning Imomimiz — hazrat No’mon ibn Sobit, kunyalari Abu Hanifa, unvonlari Imomi A’zam bo‘lgan zot tavallud topdilar. Imomi A’zam Payg‘ambarimizning, alayhissalom, asri saodatlarida Kufada o‘sib-ulg‘ayganlar. Shu yerdagi eng katta ulamolardan dars oldilar. Ustozlari Kufa shahrining faqihi, katta muhaddis olim Hammod ibn Abu Sulaymon degan zot edi. Bu davrda ba’zi sahobalar hayot edilar. Jumladan, Kufa shahrida Imomi A’zam to‘qqiz nafar sahoba bilan muloqotda bo‘lganlar. Abu Hanifa, rahmatullohi alayh, o‘z mazhabini Kufada shakllantirdilar. U zot o‘z fiqh uslubini quyidagicha bayon qiladilar: "Avvalo Qur’oni karimga murojaat qilaman, agar lozim bo‘lgan dalilni undan topa olmasam, Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam, hadisi shariflariga murojaat qilaman. Qidirgan narsamni undan ham topa olmasam, sahobalardan birining so‘zini dalil sifatida olaman, ularning so‘zini qo‘yib, boshqalar aytgan so‘zni dalil o‘laroq qabul qilmayman. Zarur bo‘lgan tilni sahobalarning so‘zlaridan topa olmasam, boshqa tilarning so‘zlariga suyanmay, ijtihod qilgan inson kabi men ham ijtihod qilaman". Ahli sunna val jamoa mazhablari ulamolarini nomma-nom sanasak, mazhabboshimizning darajasi yaqqol ayon bo‘ladi. Imomi A’zam Abu Hanifa, rahmatullohi alayh, 80 hijriy yilda tug‘ilganlar. Imom Molik ibn Anas, rahmatullohi alayh, 93-yilda tug’ilganlar. Imom Shofe’iy, rahmatullohi alayh, 150-yilda tug‘ilganlar. Imom Ahmad ibn Hanbal, rahmatullohi alayh, 164-yilda tug’ilganlar. Imom Shofe’iy shunday e’tirof qiladilar: "Odamlar hammalari — barcha ulamolar Qur’onu hadisni anglashida, masala ilmida Abu Hanifaga bola-chaqalikka yaraydi xolos. Abu Hanifa bilan raqobat qilish darajasiga yetgan inson yo‘q". Imom Molik ibn Anas, rahimahulloh, esa: "Men hadis ilmini bilishda, janob Rasulullohning oxirgi hadislarini yetkazishda, eng sahih hadislarini anglab yetishda Imomi A’zamga o‘xshagan boshqa insonni uchratmadim", dedilar va bu zot ham doimo Imomi A’zamni o‘zlariga ustoz sanaganlar. Janob Rasulullohning, sollallohu alayhi va sallam, ming adadli sahobasining 150 nafari, yana boshqa bir taxminga ko‘ra, 1500 nafari Kufada yashaganlar. Ularning ulug‘laridan Abdulloh ibn Mas’ud, roziyallohu anhu, Hazrati Ali karramallohu vajhahu, kabi ulug‘ zotlar ham rada istiqomat qilganlar. Demak, Imomi A’zam tarbiyalangan muhit — Kufa hadis ilmiga boy iqlim edi. Shuning uchun Imomimiz bari taqriban 4000 hadis rivoyat qilganlar. Abdulloh ibn Mas’ud, Abdulloh ibn Abbos, Abu Dardo, y ibn Ka’b, Abu Muso al-Ash’ariy, roziyallohu anhum, kabi sahobalar mujtahidlik maqomiga chiqqan edilar. Imomimiz bularning hammalaridan hadis rivoyat qilganlar. Hazrati Usmondan so‘ng xalifa bo‘lgan hazrati Ali Kufani Islom davlatining poytaxtiga aylantirdilar. Hazrati Ali xalifa sifatida Kufaga kirib kelgan davrda bu yerda to‘rt ming nafardan ziyod juda yetuk bilimli ulamo bor edi. Bularning barchasi Abdulloh ibn Mas’uddan, roziyallohu anhu, ta’lim olgan edilar. Imomn A’zam, rahmatullohi alayh, mana shunday iqlimda unib o‘sganlar. Rivoyatlarda kelishicha, Imomi A’zamning bobolari Zuto otalari Sobitni go‘daklik chog‘ida Hazrati Alining oldiga olib borib, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling