Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/138
Sana04.10.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1691644
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   138
Bog'liq
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh

www.ziyouz.com kutubxonasi 
28
NAMOZ KITOBI 
Vojib bo‘lishining shartlari  
Kishiga namoz o‘qish farz bo‘lishining uchta sharti bor: Islom, balog‘at, aql. Lekin yetti yoshga 
to‘lgan bolalar namoz o‘qishga buyuriladi. O’n yoshga to‘lganida ham namoz o‘qimasa, o‘rgatish 
maqsadida faqatgina qo‘l bilan uriladi, tayoq bilan urilmaydi. 
Izoh: Hadisi sharifda Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam "Farzandlaringiz yetti yoshga 
to‘lgach, namoz o‘qishga buyuringlar, o‘n yoshga kirganida ham namoz o‘qimasalar (engil) uringlar 
va yotoqlarini ajratinglar ", deb marhamat qilganlar. 
Vojib bo‘lishining sababi  
Vojib bo‘lish sababi namoz vaqtlarining kirishidir. Namozning avvalgi vaqti kirishi bilan butun 
vaqtning bir qismida uni ado etish vojibdir. 
Izoh: Namoz lug‘atda duo degan manoni anglatadi. Shariatda esa boshlanishi iftitoh takbiri, oxiri 
salom bo‘lgan maxsus harakat va lafzlardan iborat ibodatdir. Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi 
va sallam, hijratlaridan bir yarim yil avval, Meroj kechasida farz qilingan. 
Namoz vaqtlari  
Bir kecha-kunduzda farz namozlarning besh vaqti bor: 
1. Bomdod namozining vaqti subhi sodiqdan boshlab, quyosh chiqqunigachadir. Sharqdan yoyila 
boshlagan oppoq yorug‘lik bomdod namozining vaqti kirganini bildiradi. 
2. Peshin namozining vaqti quyoshning zavolidan har bir narsaning soyasi o‘zidan ikki marta uzun 
bo‘lgunichadir. 
3. Asr namozining vaqti narsalarning soyasi o‘zidan ikki marta uzun bo‘lgan vaqtdan boshlab, quyosh 
botgunigacha davom etadI. 
4. Shom namozining vaqti quyosh botganidan so‘ng boshlanib, qizil shafaq yo‘qolgunicha davom 
etadi. 
5. Xufton va vitr namozlarining vaqti qizil shafaq yo‘qolgan paytdan boshlanib, subhi sodiq 
kirgunigacha davom etadi. Vitr namozi hech qachon xufton namozidan avval o‘qilmaydi. 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling