Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh
- Bu sahifa navigatsiya:
- Har baloning daf qilinishi haqida
www.ziyouz.com kutubxonasi
64 boshqa). Ado etish tartibi Sajda oyatini o‘qigan yoki eshitgan kishi o‘tirgan bo‘lsa, o‘rnidanturadi. Qo‘lni ko‘tarmay takbir aytib, sajdaga boradi va yana takbir aytib, o‘rnidan turadi. Shu tartibda bir marta sajda qiladi. So‘ngtashahhud o‘qimaydi va salom bermaydi. Shukr sajdasi Hazrati Abu Bakrdan, roziyallohu anhu. rivoyat qilinishicha, Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, iisonni xushnud qiladigan bir narsaga ro‘para kelganlarida yoki biror xushxabar eshitganlarida Alloh taologa shukr qilish maqsadida darhol sajda qilar edilar. Shukr sajdasi Imomi A’zamga, roziyallohu anhu, ko‘ra namozdan so‘ng makruhdir va hech qanday savobi yo‘q, qilmagan afzaldir. Imom Abu Yusuf va Imom Muhammadga ko‘ra esa, savob bo‘lgan bir ibodatdir. Shukur sajdasi tilovat sajdasi kabi ado etiladi. Izoh: Fiqh ulamolari Imom A’zamniig, rahmatullohi alayh, bu nuqtai nazarlarini, qilinishi vojibemas deb, Imom Abu Yusuf va Imom Muhammadning fikrlarini esa, qilinishining zarari yo‘q, joizdir deb sharhlaganlar. Bunga ko‘ra, har bir xushxabarni eshitganda sajda qilish shart emas, ammo Qilinishi joizdir. Har baloning daf qilinishi haqida Imom Nasafiy "Kofiy" nomli asarlarida aytadilarki, kimki bir joyda barcha sajda oyatlarnni o‘qib, har biri uchun alohida-alohida sajda qilsa, bu ibodat tufayli boshiga keladigan barcha balolardan omon qoladi. Juma namoziiing hukmi Juma namozi quyidagi yetti shartni jam qilgan bo‘lib, har bir musulmon uchun farzi ayndir. Farz bo‘lishining shartlari: 1. Erkakbo‘lishi; 2. Ozod bo‘lishi; 3. Shaharda yoki shahar yaqinida istiqomat qilishi; 4. Sog‘lom bo‘lishi; 5. Zolimning hamlasidan omon bo‘lishi; 6. Ikki ko‘zi ko‘r bo‘lmasligi; 7. Ikki oyog‘ining birdaniga oqsoq yoki shol bo‘lmasligi. A Durust bo‘lishining shartlari 1. Juma namozi peshin namozining vaqtida o‘qilishi zarur. Peshin namozining vaqti kirmasdan juma o‘qilishi du rust emas. Juma o‘qilayotganida vaqt chiqsa, u bekor bo‘ladi. 2. Vaqtida (farz namozidan avval) juma xutbasi niyati bilan, juma namoziga jamoat bo‘la oladigan kishilar huzurida xutba o‘qishlari kerak. 3. Barchaning masjidga kirib, bemalol namoz o‘qishi mumkin bo‘lishi zarur. Hanafiy mazhabiga ko‘ra, juma farzi uchun yetarli jamoat qul, musofir va bemorlardan iborat bo‘lsa ham, imomdan boshqa uch erkak kishidir. Mazkur jamoat bilan juma namozi o‘qish mumkinligining sharti bu kishilarning birinchi sajdaga borgunlaricha imom bilan birga qolishlaridir. Ilk sajdani qilgach, (namozni buzib) tarqaydigan bo‘lsalarI imom namozni yolg‘iz o‘zi juma namozi sifatida tamomlaydi Ammo imom birinchi sajdaga bormasidan, jamoat tarqaladigan bo‘lsa, namoz buziladi. Uch kishilik jamoatdan biri ayol yoki yosh bola bo‘lsa, namoz sahih bo‘lmaydi. Qul, musofir |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling