Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh
- Bu sahifa navigatsiya:
- Allohumma asqina g‘aysan mug‘isan hanian marian, g‘adaqan ajilan g‘oyra raisin mujillilan sohhan tabakan doiman.
Yomg‘ir so‘rash duosi
Istisqo Alloh taolodan istig‘for tilab, maxsus holda yomg‘ir yog‘dirishini so‘rashdir. Istisqoda namoz jamoat bilan o‘qilmaydi. Ketma-ket uch kun eski, toza, hatto, yamoq solingan kiyimlarni kiyib, bo‘yni egik, tavoze’ va xushu’ bilan, yayov holda cho‘lga (sahroga) shahar va qishloq tashqarisiga chiqish, chiqishidan oldin har kun sadaqa berish mustahabdir.. Bolalar va keksa kishilarni, bolali hayvonlarni ham olib chiqish mustahabdir. Izoh: Chunki ular rahmatning tushishiga (yomg‘ir yog‘ishiga) sababchi bo‘ladilar. Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam: "Sizning orangizdagi zaiflar, muhtojlar kundalik rizqingizni ta’minlayaptshshr va (ular tufayli) mushkul ishla-ringizda kerakli yordamni olmoqdasiz", dedilar. Boshqa bir hadisda esa: "Allohdan qo‘rquvchi yoshlar, o‘tlovchi hayvonlar, beli bukik qariyalar, ona sutidan ajramagan begunoh go‘daklar bo‘lmasa edi, ustingizga samodan balolar yog‘ardi ", deganlar. Makkai Mukarrama va Quddus xalqi istisqo uchun shahar tashqarisida emas Masjidul Harom va Masjidul Aqsoda to‘planadilar, Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam, shaharlari Madinada xalq Qubo masjidiga yig‘iladi. Qiblaga qarab, imom tik turgan holatda qo‘lini ko‘tarib duo qiladi. Jamoat qiblaga qarab o‘tirgan joyidaya "Omin" deydi va ushbu duo o‘qiladi: Allohumma asqina g‘aysan mug‘isan hanian marian, g‘adaqan ajilan g‘oyra raisin mujillilan sohhan tabakan doiman. Ma’nosi: Allohim! Bizga bizni shiddatdan qutqaruvchi, zohiriy va botiniy foydali, mo‘l, barakali har yonni o‘z ichiga olgan, har yonga oqadigan, har yonni ho‘l qiladigan davomiy yomg‘irni bergin. Bu va bunga o‘xshash duolar maxfiy yoki jahriy o‘qiladi. Istisqoda kiyim teskari qilinmaydi. Duoda zimmiy (musulmon bo‘lmagan) kishi ishtirok etmaydi. Hazrati Oyishadan rivoyat qilinishiga ko‘ra, bir kuni xalq Payg‘ambarimizga, sollallohu alayhi va sallam, yomg‘ir yog‘mayotganidan shikoyat qildi. Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, maydonda minbar qurishni buyurdilar va butunsh xalqning to‘planshii uchun bir kunni tayinladilar. Tayinlangan kun quyosh chiqib-chiqmay o‘rnatilgan minbarga Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, chiqib o‘rnashib, takbir va Allohga hamdu sano aytgach, xalqqa yuzlanib: "Ey xalq, siz menga kelib, yerlaringizda qurg‘oqchilik bo‘lgani, vaqtida yomg‘ir yog‘mayotganidan shikoyat qildingiz. Alloh ham sizga duo qilishingizni buyurdi, istagingizni bajarajagini va’da qildi " dedilar. So‘ng: "Hamd olamlarning Parvardigoriga xosdir. U saqlovchi va kechiruvchidir, hisob-kitob kunining Egasidir. Undan bo‘lak iloh yo‘qdir va u xohlaganini qilguvchidir. Allohim, sen boysan, biz esa senga muhtoj faqirlarmiz, bizga yomg‘ir ber va uni bizga xayrli ayla " deb duo qildilar. Keyin qo‘llarini osmonga ko‘tardilar (qo‘ltiqlari ko‘rindi) ustlaridagi kiyimni teskari kiyib, xalqqa yuzlandilar, minbarda uzoq muddat bu vaziyatda turib, keyin pastga tushib, ikki rakat nafl namoz o‘qidilar. Namozdan keyin sharros yomg‘ir yog‘maguncha masjidga qaytmadilar. Kuchli yomg‘ir boshlangach, xalq pana joy axtarib, tarqalishganda, old tishlari ko‘rinadigan holda kuldilar va "Guvohlik beramanki, Alloh har ishga qodirdir va yana guvohlik beramanki, men uning quli (bandasi) va elchisidirman ", dedilar. Zimmiylarni (musulmon bo‘lmasalar-da, islomiy o‘lkada jizya va xiroj to‘lab yashovchilar) duoga chiqarmaslik sababi, agar duodan so‘ng yomg‘ir yog‘sa, avom xalq ularning duolari ham qabul bo‘lib, yomg‘ir yog‘di, ularning dini ham haq ekan, deb o‘ylab, imonlari susayishidan saqlanishdir. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling