Microsoft Word oilaviy marosim qoshiqlarini organishning mazmuni
tarixchilar - tarixiy voqealarni xalq og`zaki ijodida qanday aks etganligini o`rganadi: etnograflar
Download 210.22 Kb. Pdf ko'rish
|
oilaviy marosim qoshiqlarini organishning mazmuni
tarixchilar - tarixiy voqealarni xalq og`zaki ijodida qanday aks etganligini
o`rganadi: etnograflar – urug`chilik jamiyatining emirilishi va sinfiy jamiyatfa o`tish, Baqtriya, Sug`diyona va Xorazmda davlatlarning paydo bo`lishi, axmoniylarning harbiy ma`muriy jihatdan birlashuvi, Aleksandr Makedonskiy davlati, Grek Baqteriua podsholigining vujudga kelishi ermizdan oldingi VII
asrdan to eramizning IV asrigacha bo`lgan juda katta tarixiy davrni o`z ichiga oladi. Bu davrda epik xarakterni mifologik qaxramonlik ustun bo`lgan qadimgi musiqali poetik ijodining yuxaga kelishi bilan mashxurdir.
Bu vaqtlatda xudolarga sog`inish bilan bog`liq bo`gan turi xilo marosimlarda qo`shiq aytilgan ( Bu xaqda avestoda bayon etilgan) Masalan: muqaddas olov atrofida qo`shiq aytilgan , raqs tushilgan.
Xaql og`zaki musiqa ijodi falklor xalq badiy faoliyatining tarkibiy qismi, xalq musiqa san`atining boshqa turlaridan o`ziga xos xususiyatlar bilan ajralib turadigan san`atdir. Mexnatkash omma tomonidan yaratilib , xalqning talantli vakillari ijrosida sayqal topib, avloddan – avlodga o`tib kelayotgan badiy musiqiy asarlar o`zbek xalq musiqa ijodining tashkiletadi.
“ Falklor” termini birinchi marta XIX asr tatqiqotchisi Vilyam Toms tomonidan 1846 yilda qo`llangan bo`lib , u ikki so`zdan iborat : “ Falk” – xalq , lor – bilim , donolik , donishmandlik , yani “ xalq bilimi”, “ xalq donoligi”, “ xalq donishmandligi” demakdir.
Falklor asarlarida musiqa, raqs, teatr san`ati elementlari qo`shilib ketadi, shu sababdan falklor sekretik san`at deyiladi. Ayni vaqtda falklor asarlari san`atining boshqa turlaridan o`ziga xos tomonlari bilan farq qiladi. Falklor so`z , kuy va ijro birligi doimo saqlanadi. Xalq og`zaki ijodi uzoq davrlardan beri tarixning yo`ldoshi uning chinakam aks sadosi bo`lib kelgan. Utarixiy voqealarni xalq ommasining tushunchasi nuqtae nazaridan , mexnatkash xalq pozetsyasidan kelib chiqib , badiy formalarda baxolaydi. Xalq ijodini o`rganuvchi , tekshiruvchi fan falklorshunoslik deb yuritiladi. Bundan tashqari , falklor asarlari bilan bir qancha fanlar shug`ullanadi : tarixchilar tarixiy voqealarning xalq og`zaki ijodida qanday aks etganini o`rganadi : etnogroflarni xalqning urf – odatlari qiziqtiradi; san`atshinoslar esa falklordagi musiqa , raqs, o`yin , xoregrafiya va boshqalarni o`rganadilar ; tilshinoslar xalq ijodi tilining laxja va dealektlari bilan , adabiyotshinoslar falklor asarlarining yozux adabiyoti bilan munosabatlarini tekshiradilar.
O`zbek musiqa falklor xor qanday xalq ijodi kabi mexnatkashlarning fikri , orzu – umudlari , ularning turmushi va axloqi , sotsial va milliy ozodlik uchun kurashning ifodasi sifatida gavdalanadi. O`zbek xalq musiqasining mavzu jixatidan serqirraligi , janrlarga boyligi va xayotda tutgan o`rnining xilma – xilligi va cholg`u musiqasi janrlari o`zi bajaradigan funksiyasi va turmushda tutgan o`rniga muofiq ikki guruhni tashkil etadi.
1. Malum vaqt yoki malum sharaitdagina ijro etiladigan qo`shiq – ashulalar va choqg`u kuylari . bular oilaviy marosim qo`shiqlari , mexnat qo`shiqlari , allalar va boshqalar hamda xar xil tantana tomosha kabi marosimlarda ijro etiladigan cholg`u kuylardir.
2.Istagan vaqtda va xar kunday sharoitda , ya`ni xamma joyda ijro etiladigan qo`shiq va cholg`u kuylar , ularga o`zbek xalqining ananaviy musiqali falklor janirlar – terma / yoki chublama /, qo`shiq / tor ma`noda /, lapar , yalla va ashula , shuningdek , xuddi ularga o`xshash turdagi cholg`u pesalar kiradi.
Xar bir guruh o`ziga xos xarakterli belgi;arga ega . Masalan ijro etilishi malum vaqt yoki sharaitini taqazo qiladigan birinchi guruh ashula – qo`shiq janirlarining mavzusi o`zlariga xos ma`lum marosim yoki boshqa vaziyat bilan bog`liq bo`lib , undan deyarli chetlashmasligi bilan ajralib turadi. Quyida biz birinchi guruh qo`shiqlar turkumiga kiradigan oilaviy marosin qo`shiqlari ustida to`xtalamiz.
O`zbek xalq og`zaki ijodida qo`shiqlar salmoqli o`rin egallaydi. Qo`shiq atamasi turkiy “Qo`shmoq” fe`lininf o`zagidan yasalgan bo`lib , misraga misrani qo`shib kuylash , aytish manolarini anglatadi va bu atama ikki manoda qo`llanadi. Keng manoda u og`zaki shrika turini anglatadi va bu mano, yani she`riyat , qoshda , qo`shiq manolari Maxmud qashgariyning “Devonu lug`atit turk” asarida xam qayd etilgan / Pusk tillari lug`ati/. Tor majoda qo`shiq atamasi og`zaki lerik turga masub mustaqil janrni anglatadi.
Qo`shiqning mustaqil janr atamasi esa asarda ufodalangan mazmunga , qoshiqning ijro o`rni , tarzi va funksiyasiga qarab turli sifatlovchilar bilan birgalikda nomlanadi. Marosim qo`shiqlari xalq qo`shiqlari orasida eng qadimiy xisoblanadi.
Eng qadimgi marosim qo`shiqlari vazn, qofil va boshqa poetik shakillari etibori jixatidan mukammal uyushmagan , so`zlar xam ongli tarzda kuylab qo`llanilmagan bir shakilda bo`lib , ular ko`proq marosim jarayonida muayyan xarakat ritmiga mos keluvchi undov. Xitob va nidolar xarakteridagi poetik parchalardan iborat tuzilishga ega bo`lgan . Shunga qaramay, bunday parchalar , tomondan , marosim jarayonida uyushtirilgan haraktni bir meyorda ushlab turish uchun xizmat qilgan bo`lsa, ikkinchi tomondan, ular marosim paytida kelishuvlarga ma`lum darajada ruhiy ko`tarinkilik ham bag`ishlagan. Binobarin, marosim qo`shiqlarning eng qadimiy namunalari garchi bizga qadar etib kelmagan bo`lsa ham, biroq insonning til va ongga ega bo`lgan eng sharafli zot sifatida shakllanishida marosimlarning etakchi rilni bajarganliklariga qarab aytish mumkinki, marosim
qo`shiqlari ham
ibtidoiy jamoa
tuzumining ilk
bosqichlaridayoq vujudga kelib, insondagi ong va til taraqqiyotibilan bog`liq holda bevosita marosimlar jarayonida sekin-asta ham shakl, ham mazmun jihatidan taraqqiy etib kelgan.
Insonga sihat-salomatlik tilash, uning turmushida to`kin-sochinlik, kundalik hayotida omad keltirish yoki inson hayotining muhim nuqtalarini qayd etish, nishonlash maqsadida maxsus o`tkaziladigan, xalq orasida qat`iy an`anaga kirib qolgan hatti-harakatlar marosim deyiladi. Marosimni o`tkazish paytida ijro etiladigan qo`shiq va aytimlar,o`qiladigan afsun va duolar marosim folklorini tashkil etadi.
Kuchli an`anaviyligi, turli-tuman ijtimoiy hodisalarnirasmiylashtirish, tabiathodisalariga ta`sir o`tkazishga intilish bilan marosimlar ijtimoiy hayotta katta o`rin tutadi. Marosimning rihiy va estetik ta`sir ko`rsatishi, biror ijtimoiy aktni uyushtirish, yunaltirish funksiyalari bevosita hatti-harakat , so`z hamda sehr-jodu qudratiga ega deb hisoblangannarsalar vositasida amal qiladi. O`tkazilash vaqti, o`rni va tarzi funksiyalari va ishtirokchilar guruhi bilan marosim ikki katta qismdan iborat bo`lganligi uchun marosim fol`klori ham ikki qismga bo`linadi. Bular: a) mavsumiy marosimlar fol`klori , b) oilaviy-maishiy marosimlar fol`klori.
Xullas, izlanishlarimizning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib oilaviy marosim qo`shiqlarni turlari va mazmuni haqida keyingi paragraflarda to`xtalamiz.
Download 210.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling