Microsoft Word ot kishnagan oqshom ziyouz com doc
Download 161.76 Kb.
|
ot kishnagan oqshom
Bul sag‘ringga qarayman
Kuyovli qiz yotguday, Burningdan chiqqan damingga Karrak bossa yonguday, Quloqlaring orasidan Qo‘shtegirmon suv o‘tguday!.. Birodarlar, ashula ichidagi ot bor-ku? O‘sha o‘zimizning Tarlon, ha! Ana, Tarlon dirk-dirk o‘ynadi. Beponyon Vaxshivor adirlariga qarab kishnadi. Zalvorli adirlardan aks sado keldi... Yo, sizning otingiz-da bizning Tarlondaymi? Bizning Tarlonga kelbat beradimi? Unda, sizning otingiz-da ashula bo‘libdi-da? Ahay-ahay! Hadeb otni ashula qila berish bo‘lmas! Endi chavandozlarga-da o‘tayin! Kimni ashulaga solsam ekan? Shu burchakda o‘y surib o‘tirgan Odina chavandozni ashulaga solsammikin? O‘ttizni urib qo‘ydi, hali-da uylanmadi! Bir qitig‘iga tegayin! Zora, yigitlik g‘ururi varaja qilsa! Ahay-ahay! Qidirib chopsang biror kun Keng Qo‘ng‘irotning to‘yini, Olib yotsang, jo‘rajon Qora uyning to‘rini, Olib quchsang naylayin Burni kulgan bir parini, Shu chiqarar kuygan yurak cherini! — Ha, do‘-o‘-o‘st! — Qo‘yma, Ziyodulla chavandoz, qo‘yma! Chavandozlar gap qayoqqa borayotganini bildi. Gap egasi-da o‘zini bildi, o‘zini tanidi. Ko‘zlari pir-pir etdi. Ko‘zlari yerga qadaldi. Birodarlar, bo‘ydoqning aqli ikki ko‘zida bo‘ladi! Men endigi gapimni nag‘malarsiz aytdim: — Odina chavandoz deyman-ov! Yigitning boshi ikkita bo‘lmagunicha, moli ikkita bo‘lmaydi! Uylan-da endi, birodar! Og‘zingga tolqon solganday miq etmay yurasan! Aytda, o‘zi nima gap? Biz sening uzangi yo‘ldoshlaringmiz! Yaxshi kuningga-da, yomon kuningga-da yaraymiz! Chavandozlar gapimni quvvatlab turdi, ma’qullab turdi. Oxiri, Odina chavandozdan sado chiqdi! Odinasi qurg‘ur, bizning qaynsinglimizni ko‘z ostiga bosib yuribdi ekan! Ana, gap! Bir safar sovchi-da qo‘yibdi, ammo qaynonamiz yo‘q, debdi! Ana. — Odina chavandoz-ov, yosh yigit ko‘zi bilan qiz olma, deydilar. Bizning qaynisinglimizdan boshqasi bo‘lmaydimi? — dedim. — Yo‘q, bo‘lmaydi! — dedi Odina. Odina chavandoz olamda bizning qaynsinglimizdan o‘zgasini tan olmas emish! Qaynsinglimiz olamda yakkayu yagona emish! — Yo‘g‘-e? — dedim. — Ha! — dedi. — Chiningni ayt? — dedim. — Chinim! — dedi. Birodarlar, dil ketgan emish, dil! Ahay-ahay! — Ay, Odina chavandoz, unda, qo‘lni ber, o‘zim sovchi bo‘laman! — dedim. — Qaynsinglimni senga olib berib, sen bilan boja bo‘lmasam, Ziyodulla chavandoz otimni boshqa qo‘yaman! Shu kundan e’tiboran, ikkovimiz boja! Ay, Odina chavandoz-ov, nariroq o‘tir, boja bojani ko‘rsa... — dedim. 66 Birodarlar, yosh bolaga ish buyur-u, izidan o‘zing yugur, degani haqqost chin bo‘ldi! Qaynimiz nima qilibdi deng? Qaynimiz uyimiz oldidan oqadigan ariqqa kelib, Tarlonni suvga qo‘yibdi. G‘arq terga botib turgan Tarlon to‘yib-to‘yib suv ichibdi. Keyin, Tarlonni otxonaga olib kirib bog‘lab qo‘yibdi... Ertalab Tarlonni otxonadan yetaklab chiqdim. Aylantirib qaradim. Qorin etlari dir-dir uchdi, pir-pir uchdi! Birodarlar, otga suv tushsa ana shunday bo‘ladi! Tarlonga suv tushibdi! Ay, qaynim-e, ay, kalla-e! Endi senga nima deyin? Ot g‘arq terga botsa, suv ichirib otxonaga bog‘lab bo‘lmaydi, deyinmi? Mabodo ichirsa, xiyla yo‘l yurish lozim bo‘ladi, bo‘lmasa otga suv tushadi, deyinmi? Keyin, ot ko‘pkariga yaramay qoladi, deyinmi! Maktabda komsomollar kattasi bo‘lsang-da, shuni-da bilmaysanmi, deyinmi? Bitta-da to‘rti yo‘q a’lochi Qodirov Qoraqul bo‘laturib, shunga-da farosating yetmadimi, deyinmi? Omon surnaychining qizi bilan partaning ostidan xat olishib-xat berishib turishga yetgan aqling shunga yetmay qoldimi, deyinmi? Mendayin bir kal bo‘lsang ekan, aqli sochi bilan qo‘shilib to‘kilib ketgan desam, deyinmi? Kallang to‘la jun bo‘lsa, deyinmi? Demayin, demayin! Qayniga ilkis gapirib bo‘ladimi... Opasi bizda! Download 161.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling