147
3 - Amaliy mashg’ulot
Mavzu: O’quv jarayonida axborot texnologiyalarnining asosiy yo’nalishlari va uni tadbiq
etish.
Ishning maqsadi: O’quv jarayonida axborot texnologiyalarnining asosiy yo’nalishlari va
uni tadbiq etishni o’rganish.
Kutilayotgan natija: O’quv jarayonida axborot texnologiyalaridan to’g’ri foydalanish,
darsni amaliy tarzda olib boorish jarayonida ko’plab xujjatlarni osonlik bilan yaratish.
Amaliy ishning rejasi:
1. Axborot texnologiyalari orqali sifatli va hammabob ta’lim berish
2. Ta’lim tizimida yangi axborot va kommunikatsiya texnologiyalari
3. Oliy ta’lim sifati va hammabobligini takomillashtirish
4. Ta’limni axborotlashtirishdagi inqiloblar
Nazariy ma’lumotlar:
Axborot texnologiyalari orqali sifatli va hammabob ta’lim berish. Bugungi kunda,
biz kuzatayotgan axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining
jadal rivojlanishi natijasida,
shubhasiz quyidagilar o’z o’zidan ko’rinib turibdi:
1. Yangi axborot va kommunikatsiya texnologiyalari shaxsiy kompyuter va
Internet
ixtiro qilinishi sababli, jamiyat hayotiga
juda tez, ya’ni bir inson umri davomida kirib keldi.
2. Axborotlar bilan ishlash konsepsiyasining oddiyligi (elementar bitlar darajasida) ayniqsa
tasvir, ovoz va multimedia bilan ishlashni osonlashtirdi. Bunda mikroelektron baza uchun eng
arzon va oddiy energiya turidan foydalanildi.
3. Va nihoyat shunga yarasha kommunikatsiya usulini o’zgartirib, uni imkoniyatlarini
kengaytirish
natijasida, yangi texnologiyalar fan, ta’lim,
madaniyat, va siyosatga sezilarli
darajada ta’sir ko’rsatishi kutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: