Microsoft Word O'um bsat btsti 2021-2022 2-qism


Download 1.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/109
Sana24.01.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1115264
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   109
Bog'liq
O\'UM BSAT BTSTI 2021-2022 2-qism

- Avtoalmashuv - 
Masalan, behosdan Caps Lock klavishining bosilishi tufayli yuzaga kelgan xato - 
“UBSHU” tariqasidagi xato avtomatik tarzda “USHBU”ga almashtiriladi va h. z.  
-Avtoformat - Ma’lum abzats yoki ko’rinish, matn chegaralari avtomatik tarzda ifoda 
etiladi.
Internet sahifalari va adreslarini avtomat tarzda shakllantirish 
- Avtoto’ldirish -Bir qancha bosh elementlar kiritilganda, boshqa elementlarning (yil, oy, 
kun, avtor, tashkilot nomi, avtotekstning elementlari va h. z.) taklif etilishi mumkin.  
-Avtoreferat-Word da hujjatning statistik va lingvistik tahlilini amalga oshirish imkoniyati 
tug’ildi. Ushbu tahlil asosida referat yaratiladi.  
Bundan tashqari, 
- ko’rinishlarni avtomatik tarzda yaratish va oldindan ko’rish; 
- xatlar ustasi (master) kabi imkoniyatlar mavjud.
Word ning Pomoshnik (Yordamchi) imkoniyatiga alohida to’xtalib o’tish lozim.  
Pomoshnik ning asosiy vazifasi - ma’lum bir ishni bajarish mobaynida kerakli maslahatlar 
berib borishdir.  
Wordning yana bir afzalligi shundan iboratki, u matnni ingliz, rus tillarida shakllantirish 
mobaynida xatolarni ham tekshiradi. Ushbu vazifa quyidagi vositalar yordamida amalga 
oshiriladi: 
· tekstni tekshirish mobaynida ma’lum elementlarni tushirib qoldirish; 
· umuman matnda grammatika va orfografiyani tekshirish; 
Word dasturida yana jadvallar, chegaralar va to’ldirish bilan ishlashni yengillashtiruvchi 
quyidagi vositalar paydo bo’ldi.
1. Jadvallarni chizish-ustun, satr, yacheykalarni “sichqoncha” yordamida yasash; Lastik 
(o’chirg’ich) yordamida esa keraksiz qismlar o’chiriladi. Vertikal yuza bo’ylab tekislanib, 
yacheykalarga tekst joylashtiriladi. Jadval satrlarining o’lchovini ham o’zgartirish mumkin.
2. Chegara va to’ldirmalarni shakllantirishda yangi turlar, yangi shakllar ko’payib, har bir 
varaq atrofida chegaralar yasash imkoniyati tug’ildi.
Word da to’ldirmani nafaqat butun abzatsga nisbatan, balki ma’lum abzatsdagi alohida 
so’zlarga nisbatan ham qo’llash mumkin.
Surat chizish (risovaniye) iborasida esa Word da grafik vositalarning yangi to’plami 
taqdim etildi. Bunda hajm, asos, ranglarning konturi va palitrasini, soyalarni o’zgartirish 
mumkin.
Surat chizish vositalari quyidagilardan iborat: 
1. Office grafik redaktori - surat chizishning turli vositalarini taqdim etadi. Tekst va suratni 
bezash uchun 100 ta o’zgartiriladigan avtofigura, to’ldirma (zalivka)ning 4 turi, soya va hajmni 
o’zgartirish imkoniyati bor.
Suratlar, yozuvlarni, bog’langan yozuvlarni tekstning xohlagan joyiga joylashtirish, yoki 
varaqning orqa tomoniga ham joylashtirish mumkin.

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling