Microsoft Word oyisha ziyouz com doc
“Sahihayn”da Anas roziyallohu anhudan keltirilgan rivoyatda Rasululloh
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
httpssiyrat.uzstoragebooksojkJTA4CDHKhQpMrhLDZQ5hHHwnijn6cPLdEBW25.pdf
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Kichik va o’rta tarix”
- Hudaybiya sulhida
“Sahihayn”da Anas roziyallohu anhudan keltirilgan rivoyatda Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam bir kuni Abu Bakr, Umar va Usmon bilan birga Uhud tog’iga chiqadilar. Bir payt ularning haybatidan tog’ larzaga tushadi. Shunda Oisha r.a. – Payg’ambarimiz SAVning suyukli ayoli. Abdulhamid Tahmoz www.ziyouz.com kutubxonasi 3 Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam muborak oyoqlari bilan tog’ni urib: “Tinchlan Uhud, sening ustingda Nabiy, Siddiq va ikki shahid turibdi”, deydilar. Darhaqiqat biz ta’rif etayotgan Oisha onamiz ana shunday ulug’ zotning nuri diydalari edi. Oisha roziyallohu anhoning onasi Ummu Ruvmon bo’lib, uning ismi xususida ixtiloflar bor. Bir rivoyatda Zaynab deyilsa, boshqa bir rivoyatda Da’d binti Omir ibn Uvaymir ibn Abdushams deyilgan. Ummu Ruvmonning nasabi xususida ham turli xil qarashlar mavjud. Oisha onamizning: “Ota-onamni faqat dindagi paytidan eslayman” degan so’zlariga qaraganda, bu muhtarama ayol islomning dastlabki paytlaidayoq iymon keltirgan. Ummu Ruvmon Abu Bakr roziyallohu anhu Payg’ambarimiz bilan hijrat qilib, Yasribni muborak Madinaga aylantirganlaridan keyin hijrat qilgan. Ibn Sa’dning rivoyatiga ko’ra, Ummu Ruvmon hali Payg’ambarimiz hayotlik paytlarida (hijriy 6-yili) vafot etadi. Shunda Nabiy alayhissalom bu ayolning qabri oldiga borib, istig’for aytadilar. Biroq bu boradagi ma’lumotlar ikki xildir. Buxoriy “Kichik va o’rta tarix” asarida bu ayolni Usmon xalifaligi davrida vafot etgan kishilar qatorida sanab o’tadi. Abu Bakr roziyallohu anhu johiliyat zamonida Qatala degan bir ayol bilan turmush qurgan edi. Bir rivoyatda uni quraysh amiri Abdul Uzzoning qizi deganlar. Bu ayolning musulmon bo’lgan bo’lmagani esa aniq emas. Abu Bakr roziyallohu anhu bu ayoldan Abdulloh va Asmo degan ikki farzand ko’radi. Bu ayoldan keyin Ummu Ruvmonga uylanadi va bu nikohdan Abdurahmon va Oisha dunyoga keladi. Abu Bakr roziyallohu anhu islom davrida yana iki ayolga uylanadi. Asmo binti Umays ismli ayol bilan bo’lgan nikohdan Muhammad ismli bir o’g’il ko’radi. Habiba binti Xorij degan ayoldan esa Ummu Kulsum degan bir qiz tug’iladi. Shuni ham aytish kerakki, Ummu Kulsum tug’ilganida Abu Bakr roziyallohu anhu vafot etgan edi. Oisha roziyallohu anhoning oilasidagilar islomni dastlabki kunidanoq qabul qilgan edi. Faqat Oisha onamizning tug’ishgan akasi Abdurahmongina bu baxtdan mosuvo qolgandi. U hatto Badr va Uhud janglarida mushriklar tomonida turib musulmonlarga qarshi jangda qatnashgan. Otasi unga qarshi o’rnidan turganida Payg’ambarimiz: “Siz bizga keraksiz, Abu Bakr” deya u zotni to’xtatganlar. Oradan yillar o’tib mashhur Hudaybiya sulhida Abdurahmon ibn Abu Bakr Allohning marhamati bilan muqaddas dinni qabul etish saodatiga noil bo’ladi. Bu o’rinda shuni ham aytish kerakki, hech bir musulmon oila islom dinining yoyilishida Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu oilasidek fidoyilik ko’rsatmagan . Bu oila Nabiy alayhissalom bilan birga hijrat qilgani uchun ham islom tarixida yorqin iz qoldirdi. Hozirgacha bu sanani musulmonlar islom tarixining muqaddimasi deb hisoblaydilar. Sahl ibn Sa’d aytadi: “Hijriy sana Nabiy alayhissalomning payg’ambar bo’lishlari yoki vafot etishlari davridan belgilanmaydi, balki Madinaga hijrat qilishlaridan belgilanadi”. Umar ibn Xattob roziyallohu anhu marhamat qiladi: “Hijrat haq va botilning o’rtasini ajratadi. Sanani aynan shunday belgilanglar”. Hazrati Abu Bakrning oilasi islom tarixidagi ana shunday ulug’ hodisaning bevosita ishtirokchisi bo’lgan. Hijrat voqeasi xususida Oisha onamiz shunday deydi: “Otam Abu Bakr Madina safariga Oisha r.a. – Payg’ambarimiz SAVning suyukli ayoli. Abdulhamid Tahmoz Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling